339
XXI BOB
.
ROBO-MASLAHATCHILAR (ROBO-ADVISORS)
21. Robo-maslahatchilarning mazmun-mohiyati va ahamiyati
Mamlakat
iqtisodiyotini
rivojlantirishda
zamonaviy
texnologiyalar va nou-xaularning qo’llanilishi ijobiy holat sifatida
baholanadi va yuqori samaradorlikka erishish vositasi sifatida qaraladi.
Mamlakatimizda
moliya institutlari, moliya bozori ishtirokchilari,
ayniqsa, institutsional investorlar sifatida investitsiya fondlari,
tijorat
banklari
va
sug’urta
kompaniyalari
faoliyatida
moliyaviy
texnologiyalardan foydalanish moliyaviy operatsiyalar samaradorligini
oshirishga xizmat qiladi. Xususan, kapital bozorini rivojlantirish,
institutsional investorlar kapitallari va xizmatlari,
shuningdek, aholi
jamg’armalarini kapital bozoriga keng ko’lamda jalb qilishda robo-
maslahatchilardan foydalanish bugungi kunda samarali yo’llardan biri
hisoblanadi. Xalqaro kapital bozori
amaliyotda institutsional
investorlar tomonidan robo-maslahatchilar xizmatlaridan foydalanish
yuqori moliyaviy resurslar shakllantirish imkonini beradi. Bugungi
kunda mamlakatimizda kapital bozori va
institutsional investorlar
faoliyatini o’rganish ularning robo-maslahatchilar salohiyatidan keng
foydalanishga ehtiyoji borligini ko’rsatadi.
Institutsional investorlar faoliyatini o’rganish va faoliyat
samaradorligini oshirish kapital bozorini
rivojlantirishga yordam
beradi. O’z navbatida, institutsional investorlarning ko’rsatkichlarini
yaxshilashda robo-maslahatchilarning imkoniyatlaridan foydalanish
maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Bugungi kunda robo-maslahatchilar
investitsiya fondlariga
raqobatchi sifatida moliya bozorida keng foydalaniladi. Robo-
maslahatchilar bu investorlarga moliyaviy maslahat berish uchun
avtomatlashtirilgan
algoritmlardan
foydalanadigan
mexanizatsiyalashgan platformalar hisoblanadi. Robo-maslahatchilar
nafaqat foydalanishdagi qulaylik va arzon
narxlardagi maslahatlarni
taqdim etishadi, balki riskni hisobga olgan holda ishlashda ham
samaradorlikka ega
133
.