• A Finextra white paper produced in association with EPAM, September 2016.
  • Oʻzbekiston respublikasi




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet180/225
    Sana23.06.2024
    Hajmi4,09 Mb.
    #265242
    1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   225
    Bog'liq
    Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022

     
    21.2.
     
    Investitsiya 
    faoliyatida 
    robo-maslahatchilar 
    xizmatlaridan foydalanishning o’ziga xos jihatlari 
     
    Institutsional investorlar faoliyatini rivojlantirish va ular bilan 
    raqobatlashish 
    maqsadida 
    robo-maslahatchilar 
    xizmatlaridan 
    136
    Cam-Duc Au, Philippe Krahnhof.
     
    The Role of Robo-Advisors in the German Banking Market - Critical 
    Analysis 
    on 
    Human 
    versus 
    Digital 
    Advisory 
    Services. 
    // 
    Conference 
    Paper,
    May 
    2020.
    https://www.researchgate.net/publication/342549761
     
    137
    Krzysztof Waliszewski, Marta Zięba-Szklarska.
     
    Robo-advisors as Automated Personal Financial Planners – 
    SWOT Analysis. // Journal of Finance and Financial Law, Wrzesień/September 2020, vol.3(27):155–173. 
    https://www.researchgate.net/publication/346514903_Robo-
    advisors_as_Automated_Personal_Financial_Planners_-_SWOT_Analysis
      
    138
    The future of advisory: exploring the impact of robo on wealth management. 
    A Finextra white paper 
    produced in association with EPAM, September 2016. 
    https://www.epam.com/content/dam/epam/free_library/whitepapers/The_Future_of_Advisory.pdf
      


    342 
    foydalanish amaliyoti tobora kengaymoqda. Qimmatli qog’ozlarga 
    investitsiyalar kiritishda banklar, sug’urta kompaniyalari, investitsiya 
    fondlariga 
    alternativ 
    variant 
    sifatida 
    robo-maslahatchilardan 
    foydalanilayotgan bo’lsa-da, ba’zan yirik institutsional investorlar 
    (asosan, investitsiya fondlari va banklar) o’z faoliyatida 
    iste’molchilarga qo’shimcha xizmat turi sifatida robo-maslahatchilar 
    faoliyatini yo’lga qo’yayotganini ko’rishimiz mumkin. Shu sababli 
    bugungi kunda kapital bozorida institutsional investorlar va robo-
    maslahatchilarning faoliyati bir-biri bilan chambarchas bog’liq. 
    Kapital bozorida investitsiya faoliyatini amalga oshirishda 
    an’anaviy inson maslahatchilariga arzon alternativ sifatida ishlab 
    chiqilgan robo-maslahatchilar mijozlar portfelini avtomatik ravishda 
    yaratish va boshqarish uchun algoritmlardan foydalanadigan onlayn 
    platformalardir.
    Robo-maslahatchilar 
    global 
    moliyaviy 
    inqirozdan 
    keyin 
    moliyaviy texnologiyalar bo’yicha startap (fintech start-up) sifatida ish 
    boshlagan bo'lsalar-da, so'nggi yillarda ular juda ommalashmoqda, 
    ayniqsa, an'anaviy moliya institutlari o'zlarining robo-maslahat 
    xizmatlarini taklif qila boshladilar. Masalan, AQShning eng yirik 
    brokerlik kompaniyalaridan biri Charlz Shvab (Charles Schwab) 2015-
    yilda "Intelligent Portfolios" nomli robo-maslahat xizmatini ishga 
    tushirdi. Shuningdek, 2015-yilda dunyodagi eng yirik aktivlar 
    boshqaruvchi kompaniya BlackRock Future Advisor robo-maslahat 
    kompaniyasini o’ziga qo’shib oldi. Shuningdek, robo-maslahat 
    xizmatlari o'zlarining avtomatlashtirilgan maslahat xizmatlarini taklif 
    qila boshlagan Bank of America va Wells Fargo singari bank 
    gigantlarining ham e'tiborini tortganligiga guvoh bo’lishimiz 
    mumkin.
    139
    Robo-maslahatchilar investitsiyalarni boshqarish bo'yicha onlayn 
    xizmatlar turi bo'lib, ular insonning minimal aralashuvi bilan 
    moliyaviy 
    maslahat 
    berish 
    uchun 
    matematik 
    algoritmlardan 
    foydalanadilar. Ular o'zlarining algoritmlaridan mijoz aktivlarini 
    imkon 
    qadar 
    samarali 
    tarzda 
    boshqarish 
    va 
    taqsimlashda 
    foydalanadilar. 
    139
    Facundo Abraham, Sergio L.Schmukler, Jose Tessada. Robo-Advisors: Investing through Machines. // 
    Research & Policy Briefs, World Bank Group. No. 21, February 2019; 
    http://documents1.worldbank.org/curated/en/275041551196836758/pdf/Robo-Advisors-Investing-through-
    Machines.pdf
     


    343 
    Robo-maslahatchilar risklarni kamaytirish, moliyaviy holat va 
    investitsiyalarning rentabelligi to'g'risida ma'lumot olinadigan onlayn 
    so’rovnomalardan foydalanadilar. Ushbu so'rovnomalar mijozlar 
    ishtirokida 
    o'tkaziladi. 
    Robo-maslahatchilarning 
    bir 
    necha 
    xususiyatlarini alohida ta’kidlab o’tish lozim. 
    1. Portfelni boshqarish. Robo-maslahatchilar investorlarning 
    qiziqishlari asosida ularga maqbul portfellarni yaratadilar. Odatda, 
    portfellar mablag'larni aksiyalarga yo'naltirishga qaratilgan Zamonaviy 
    portfel nazariyasi asosida boshqariladi. Robo-maslahatchilar, odatda, 
    mablag'larni riskli va risk darajasi past aktivlarga ajratadilar va bu 
    investorlarning maqsadlari va risk darajasidan kelib chiqib belgilanadi. 
    Robo-maslahatchilar portfelni nazorat qiladi va uni muvozanatda 
    ushlashga harakat qiladi. 
    2. Soliq bo’yicha xarajatlarni kamaytirish. Soliq to’lovlaridan 
    qochish, odatda, soliq yilining oxiriga qadar amalga oshiriladigan 
    kapitaldan olinadigan soliqlarni o’zida olib qolish maqsadida qimmatli 
    qog'ozlarni zararga sotish orqali amalga oshiriladi. Qimmatli 
    qog'ozlarni zararga sotish orqali investorlar qimmatli qog’ozlardan 
    olinadigan daromad uchun soliq to'lashdan qochishadi. Bunda 
    to’lanadigan soliq miqdoridan ko’ra ko’riladigan zarar miqdori kam 
    bo’ladi va qimmatli qog’ozlarni zararga sotishdan tushum soliqqa 
    tortilmaydi. Shu sababli bu usul qimmatli qog'ozlar egalari uchun 
    foydali 
    hisoblanadi. 
    Robo-maslahatchilar 
    jarayonni 
    avtomatlashtiradilar, bu esa foydalanuvchilarga qulaylik yaratadi.
    140
    Robo-maslahatchilarning bir qancha afzalliklarini ta’kidlash 
    mumkin. 
    1. Arzon. Robo-maslahatchilar an'anaviy investitsiyalarni 
    boshqarish xizmatlarini ko’rsatuvchi insonlarga - moliyaviy 
    maslahatchilariga qaraganda ancha past narxlarda xizmat taklif 
    qilishadi. Bunday turdagi dasturlardan foydalanish uchun zarur bo'lgan 
    minimal miqdor moliyaviy rejalashtiruvchilar tomonidan talab 
    qilinadigan o’rtacha xizmat haqidan ancha past hisoblanadi, ya’ni 
    robo-maslahatchilar xizmatlaridan foydalanish arzonga tushadi. 
    2. Foydalanish oson va xavfsiz. Robo-maslahatchilar mobil 
    telefonlar yoki veb-ilovalar orqali investorlarga turli xil aktivlar 
    sinflariga qulay tarzda sarmoya kiritishga imkon beradi. Bundan 
    140
     
    https://corporatefinanceinstitute.com/resources/knowledge/trading-investing/robo-advisors/
      


    344 
    tashqari, ular foydalanuvchilarga moslashuvchanlik va xavfsizlikni 
    ta'minlaydigan portfelni boshqarish imkoniyatini ham taqdim etadi. 
    Robo-maslahatchilar investitsiyalarni boshqarish bo'yicha inson 
    maslahatchilarga qaraganda arzonroq va tezroq xizmatlarni taklif 
    qilsalar ham ularga to'liq shaxsiylashtirilgan xizmatlarni taklif qilish 
    uchun zarur bo'lgan subyektivlik yetishmaydi.
    141
    Robo-maslahatchilar investorlarga va foydalanuvchilarga savdo-
    sotiqni amalga oshirish va portfellarni yaratish uchun zarur bo'lgan 
    resurslar 
    va 
    vositalar 
    taqdim 
    etadi, 
    shuningdek, 
    ularning 
    investitsiyalarini avtomatlashtirish imkoniyatini beradi. Robo-
    maslahatchilar investorlarga ko'proq moslashuvchanlik, arzon narxlar 
    va yuqori nazoratni taklif qilsa-da, ularga inson maslahatchilari 
    tomonidan taqdim etiladigan tajriba va subyektivlik yetishmasligini 
    ta'kidlab o'tish lozim. 
    Robo-maslahatchilarni risk darajasi past yoki riskli deyish 
    noto’g’ri, ya’ni robo-maslahatchilar tomonidan boshqariladigan 
    portfelning riskliligi to'liq investorning qiziqishlariga bog'liq. Robo-
    maslahatchilar investorlarga turli xil risklilik darajasi va xronologiya 
    bo'yicha turli takliflarni taqdim etishadi. 
    Risk qilishga moyil bo’lgan investorlar riskli portfelni tanlashlari 
    mumkin (masalan, ko'proq aksiyalar, davlat obligatsiyalari), aksincha, 
    riskdan qochgan investorlar past volatillikda past rentabellikni taklif 
    qiladigan portfelni tanlashlari mumkin (portfelda risk darajasi past 
    qimmatli qog'ozlarning nisbatan yuqori ulushi mavjud bo’ladi). Har bir 
    individual investorning riskga bo'lgan moyilligini baholash orqali 
    robo-maslahatchilar individual portfellarni shakllantirishi mumkin. 
    141
     
    https://corporatefinanceinstitute.com/resources/knowledge/trading-investing/robo-advisors/
      


    345 

    Download 4,09 Mb.
    1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   225




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish