Ran Tao, Chi-Wei Su, Yidong Xiao




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/225
Sana23.06.2024
Hajmi4,09 Mb.
#265242
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   225
Bog'liq
Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022

133
Ran Tao, Chi-Wei Su, Yidong Xiao, 
Ke Dai, Fahad Khalid. Robo advisors, algorithmic trading and 
investment management: Wonders of fourth industrial revolution in financial markets // Technological 
Forecasting and Social Change, Volume 163, February 2021, 120421 
https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S0040162520312476
  


340 
Robo-maslahatchilar investitsiya faoliyati bo'yicha maslahat 
olishda inson moliyaviy maslahati kontekstida paydo bo'ladigan 
manfaatlar to'qnashuvidan xavotir oladigan investorlar orasida 
munosib alternativ variant sifatida ko’riladi
134

Robo-maslahatchilar segmentida xususiy investorlar o'zlarining 
ko'lami va riskka bo'lgan moyilligiga qarab investitsiya hajmlarini 
tanlashi mumkin bo'lgan avtomatlashtirilgan onlayn portfellarni taklif 
qiluvchi xususiy aktivlarni boshqarish provayderlaridan iborat. 
Wealthfront, 
Schwab 
Intelligent 
Portfolios, 
Betterment 
kabi 
provayderlar xususiy kompaniyalarga va institutsional investorlarga 
o'z pullarini (juda oz miqdordan boshlab) oldindan tuzilgan algoritmlar 
tomonidan avtomatik ravishda boshqariladigan oldindan mavjud 
bo'lgan portfellarga investitsiya qilishga imkon beradi. Ushbu 
xizmatlarning afzalligi o'z portfeli rivojlanishini doimiy ravishda 
shaxsiy 
monitoring 
qilolmaydigan 
yoki 
buni 
istamaydigan 
investorlarning passiv roli hisoblanadi. Bunday avtomatlashtirilgan 
investitsiya xizmatlari boshlang'ich kapitali kam bo'lgan va o'ziga xos 
investitsiya nou-xaularisiz yuqori daromad olish imkoniyatini beradi, 
bu esa an'anaviy banklar tomonidan taqdim etilayotgan klassik 
investitsiyalarga ziddir. Robo-maslahatchilar segmentida moliyaviy 
ko'rsatkichlar avtomatlashtirilgan onlayn portfellar boshqaruvidagi 
aktivlarni ko'rsatadi. Avtomatlashtirilgan va tavsiyalarga asoslangan 
maslahat funksiyalari bo'lmagan onlayn brokerlar ushbu segmentga 
kiritilmagan
135

Robo-maslahatchilar algoritmlar va qoidalarga asoslangan 
raqamli investitsiya bo'yicha maslahat va portfelni boshqarish 
xizmatlarini taklif etadi. Robo-maslahatchilarning eng keng tarqalgan 
xususiyatlari quyidagilar: 
1. Iqtisodiy samaradorlik. Robo-maslahatchilar, asosan, birja 
savdo fondlari (ETF) deb ataladigan passiv indeks fondlaridan 
foydalanadilar. Passiv investitsiyalar va ma'lum bir ma'lumot indeksini 
takrorlash orqali robo-maslahatchilar qimmat aktiv mablag'lardan 
qochishga va ijobiy ko'rsatkichlarga erishishga harakat qiladi. 
134
Lukas Brenner, Tobias Meyll. Robo-advisors: A substitute for human financial advice? // Journal of 
Behavioral and Experimental Finance, Volume 25, March 2020, 100275 
https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S2214635019301881
  
135
 
www.statista.com
 –statistik ma’lumotlar taqdim etuvchi Statista rasmiy biznes ma’lumotlari platformasi veb-
sayti;
https://www.statista.com/outlook/dmo/fintech/personal-finance/robo-advisors/worldwide
 


341 
2. Obyektivlik. Algoritmlar ma’lum bir xususiyatlar asosida 
investitsiya portfelini shakllantirish uchun mijozning ma'lumotlaridan 
foydalanadi. Insonning his-tuyg'ulari yoki hissiyotlari qaror qabul 
qilishning obektiv va oqilona jarayoniga ta’sir qilmasliklari uchun 
chiqarib yuborilgan. Ushbu g'oya shoshilinch xulosalardan qochish va 
shu bilan odamlar uchun xos bo'lgan investitsiya harakatlaridan 
qochish maqsadida qilingan.
3. Shaffoflik. Robo-maslahatchilar shaffof narxlar bilan 
standartlashtirilgan investitsiya xizmatlarni taklif qilishadi. Xarajatlar 
internetda e'lon qilinadi va har qanday vaqtda ularga kirish mumkin
136

Robo-maslahatchilar 
bu 
raqamli 
platformalar 
bo’lib, 
foydalanuvchilarga 
yordam 
beradigan 
interaktiv 
va 
aqlli 
komponentlarni qamrab oladi hamda bank va investitsiya mahsulotlari 
sohasida konsaltingning avtomatik jarayonidan foydalanish orqali 
mijozlarga maslahatlar berish uchun IT texnologiyasidan foydalanadi. 
Robo-maslahat xizmatlari an'anaviy maslahat xizmatlaridan farq 
qiladi. Robo-maslahat xizmatlari mijozni miqdoriy baholash va 
mijozlar portfelini boshqarishga bog'liq
137
.
Bugungi kunda robo-maslahatchilardan investitsiya faoliyatida 
foydalanish institutsional investitsiyalarni boshqarishning bir usuli 
sifatida ham qaralmoqda. Strategiyalarni boshqarish bo'yicha miqdoriy 
yondashuvlar investitsiya banklari va institutsional investitsiya 
menejerlari tomonidan qo'llanilib kelinadi, biroq robo-maslahatchilar 
xizmatlari institutsional darajadagi pulni samarali boshqarish 
imkoniyatini beradi.
138

Download 4,09 Mb.
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   225




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish