• KROUDFANDING 147 22.1 Muqobil moliyalashtirish bozorini ilmiy-nazariy asoslari
  • Bitkoynning narxi baland bo‘lganligi tufayli uni kichik




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet186/225
    Sana23.06.2024
    Hajmi4,09 Mb.
    #265242
    1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   225
    Bog'liq
    Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022

    10. Bitkoynning narxi baland bo‘lganligi tufayli uni kichik 
    birliklarda ifodalash uchun qanday birlik ishlatiladi? 
    a) Bitkoin Cash 
    b) Satoshi 
    c) Cash 
    d) One Coin 
     


    354 
     
    XXII BOB

    MUQOBIL MOLIYALASHTIRISH VA 
    KROUDFANDING
    147
     
    22.1 Muqobil moliyalashtirish bozorini ilmiy-nazariy asoslari 
     
    Jahonda ilg‘or xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti o‘z rivojlanishida 
    moliyalashtirish masalasida turli murakkablik va muammolarga duch 
    kelmoqda. Jahon moliyaviy inqirozi butun dunyoning bank-moliya 
    bozoriga juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Ilg‘or xorijiy mamlakatlar banklari 
    o‘zlarining risklarini kamaytirish maqsadida investitsiyalar va kapital 
    qo‘yilmalarini keskin tarzda qisqartirmoqda va albatta, biznes vakillari 
    buni o‘zlarida sezilarli darajada his etdilar. Bunday sharoitda 
    moliyalashtirishning an’anaviy usullari va manbalariga nisbatan 
    ularning muqobil variantlarini qidirib topish alohida ahamiyat kasb 
    etmoqda. Bu jihatdan olib qaralganda, muammoning diqqatga 
    sazovorligi shundaki, jahon amaliyotida allaqachonlardan buyon 
    moliyalashtirishning 
    muqobil 
    variantlaridan 
    yetarli 
    darajada 
    foydalanib kelinmoqda. “Ilg‘or xorijiy mamlakatlarda muqobil 
    moliyalashtirish bozori 20 yildan beri mavjud bo‘lib, ulkan 
    rivojlanishga erishdi. AQSHda muqobil moliyalashtirish bozori 44,3 
    mlrd. dollarga, Yevropada 36,0 mlrd. dollarga, Osiyo muqobil 
    moliyalashtirish bozori esa 361,0 mlrd. dollarga baholanmoqda”. 
    Ilg‘or xorijiy mamlakatlari tajribasi yuqori investitsiyaviy qiymatga 
    ega muqobil moliyalashtirish bozorini rivojlantirish zarurligini 
    ko‘rsatmoqda.
    Jahonda globallashuv sharoitida muqobil moliyalashtirish 
    bozorini rivojlantirish va takomillashtirish borasida bir qator ilmiy-
    tadqiqotlar olib borilmoqda. Mazkur ilmiy-tadqiqotlarda muqobil 
    moliyalashtirish bozori va uni moliya bozorining ajralmas qismi 
    sifatida faoliyatini takomillashtirish, muqobil moliyalashtirish orqali 
    mamlakat iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish, 
    mazkur faoliyatni muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchi maxsus 
    vakolatli organlar faoliyatini samarali tashkil etish, milliy muqobil 
    moliya bozorlarini halqaro muqobil moliya bozorlariga integratsiyasini 
    147
    Mazkur bob B.Murodovning “O‘ZBЕKISTONDA MUQOBIL MOLIYALASHTIRISH BOZORINI 
    RIVOJLANTIRISH” mavzusida iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Doctor of Philosophy) 
    dissertatsiyasi avtorеfеratidan olindi.


    355 
    ta’minlash masalalari tadqiq etilgan. Rivojlanayotgan mamlakatlarning 
    muqobil moliyalashtirish bozori va risklarni inobatga olgan holda, 
    yetarli darajada barqaror emasligi, rivojlangan mamlakatlar muqobil 
    moliyalashtirish bozorining aylanmasi boshqa davlatlar bilan 
    tafovutning 
    kattaligi, 
    muqobil 
    moliyalashtirish 
    bozorlarining 
    ishtirokchilar uchun qo‘yilgan talablarning farq qilishi tufayli o‘zaro 
    integratsiyani ta’minlashning qiyinligi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar 
    tomonidan muqobil moliyalashtirish bozoridan investitsiyalarni jalb 
    qilishda mavjud salohiyatdan yetarlicha foydalanilmayotganligi 
    sababli mazkur masala bo‘yicha kompleks tadqiqotlar olib borish 
    muhim ahamiyat kasb etadi.
    O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyotidagi barqarorlikni ta’minlashda 
    kapital oqimini oshirish, bu jarayonda muqobil moliya bozorini jadal 
    rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Shu bois ham islohotlarning 
    hozirgi yangi bosqichida muqobil moliya bozorini yangi bosqichga 
    ko‘tarish uchun muhim huquqiy asoslar yaratilib, institutsional 
    qadamlar tashlanmoqda. “O‘z navbatida, 2019 yil yakunlari bo‘yicha 
    O‘zbekiston iqtisodiyotining pul mablag‘lari bilan ta’minlanganlik 
    darajasi bor-yo‘g‘i 17,6 foizni tashkil qildi. Jahon banki ekspertlari 
    iqtisodiyotda monetizatsiya koeffitsiyenti 40 foizdan kam bo‘lsa 
    to‘lovsizlik muammosini hal qilib bo‘lmasligi isbotlanib, davlat 
    budjetining mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish esa qat’iy 
    cheklangan va u doim qat’iy maqsadli xarakterga ega bo‘lib kelgan” . 
    Bir paytning o‘zida “Bank-moliya tizimini rivojlantirish uchun keskin 
    choralar ko‘rishimiz lozimligi, bank-moliya tizimi raqamli 
    texnologiyalarni qo‘llash, yangi bank-moliya mahsulotlarini joriy etish 
    va dasturiy ta’minotlar bo‘yicha zamon talablaridan 10-15 yil 
    orqadadir”.
    Ushbu vazifalarning samarali ijrosini ta’minlashda zamonaviy 
    moliyaviy texnologiyalar va tadbirkorlik sub’ektlari loyihalarini 
    moliyalashtirishning kraudfanding va boshqa muqobil mexanizmlarini 
    rivojlantirish muhim o‘rin tutayotganini ko‘rsatmoqda. 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 yanvardagi 
    PF-5614-son “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va iqtisodiy siyosat 
    samaradorligini 
    oshirishning 
    qo‘shimcha 
    chora-tadbirlari 
    to‘g‘risida”gi, 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-son “2017-2021 
    yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
    yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va 


    356 
    ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi 
    to‘g‘risida”gi, 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086-son “O‘zbekiston 
    Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari 
    prognozi va davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga 
    budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 
    iyuldagi VM-468-sonli “Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi 
    innovatsiya texnoparki faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari 
    to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifa va topshiriqlarning ijrosini 
    ta’minlashga mazkur darslik muayyan darajada xizmat qiladi.
    “Muqobil moliyalashtirish bozori” iborasi keyingi yillarda 
    ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda sekin-astalik bilan qo‘llanilib 
    kelinayotgan iboralardan biri hisoblanadi. U hozircha, asosan, tor va 
    shu muammo bilan qiziquvchi hamda shug‘ullanuvchi mutaxassislar 
    doiralari-dagina ishlatilmoqda, xolos. Uning o‘zbek iqtisodiy 
    (moliyaviy) termina-logiyasiga kirib kelgani va ishlatilayotganiga ko‘p 
    bo‘lgani yo‘q. Buning ustiga, bu masalaga tez-tez murojaat qilish 
    hollari ham deyarli uchramay turibdi. Bu bozorning mohiyatini 
    aniqlash masalasiga, eng avvalo, uningajralmas jihatlarini ifodalovchi 
    “muqobil”, “moliyalashtirish” va “bozor” kabi so‘zlar orqali qanday 
    ma’no-mazmun va mohiyat ifodalangan bo‘lishi mumkinligiga e’tibor 
    qaratish lozim. Biroq, bizningcha, ular ham yetarli emas. Bu yerda 
    “muqobil moliyalashtirish” va “moliyalashtirish bozori” iboralarining 
    ham nimani anglatishi e’tibordan chetda qolmasligi kerak. Shuning 
    uchun “muqobil moliyalashtirish bozori”ning mazmun-mohiyatini 
    ifodalash, bir paytning o‘zida, dastlab keltirilgan mustaqil uch so‘z 
    mazmun-mohiyatini mexanik tarzda qo‘shilishidan hosil bo‘lmaydi. 
    Nazarimizda, bu o‘rinlarda o‘sha uch so‘zga qo‘shimcha ravishda yana 
    keyin keltirilgan “muqobil moliyalashtirish” va “moliyalashtirish 
    bozori” iboralarining ham qo‘shib hisoblash va undan so‘ng tegishli 
    mohiyatni ifodalovchi ta’rifni ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.
    Yuqorida 
    bayon 
    qilinganlardan 
    kelib 
    chiqib, 
    ularni 
    umumlashtirib va umumiy kesishuv nuqtalarini hisobga olgan holda, 
    fikrimizcha, “muqobil moliyalashtirish bozori”ning mazmun-
    mohiyatini ifodalashga xizmat qiluvchi quyidagi ta’rifni berish 
    mumkin: “Moliyalashtirish bozorining tarkibiy qismi bo‘lgan, o‘zida 
    moliyalashtirishning noan’anaviy ikki va undan ko‘proq bo‘lgan 
    variant (shakl)larini taklif qiluvchi moliyaviy manba (mablag‘)lar 
    bozoriga muqobil moliyalashtirish bozori deyiladi” . Bu ta’rifda unga 


    357 
    xos bo‘lgan: a) “muqobil moliyalashtirish bozori”ning umumiy 
    moliyalashtirish bozorining bir qismi ekanligi; b) bu bozorning o‘zida 
    noan’anaviy moliyalashtirishning ikki va undan ko‘proq bo‘lgan 
    variant (shakl)larining taklif etilishi; v) “muqobil moliyalashtirish 
    bozori”ning turli belgilariga ko‘ra bir-biridan farqlanuvchi 
    noan’anaviy moliyaviy manba (mablag‘)lar bozoridan iborat ekanligi 
    kabi asosiy jihat (belgi, xususiyat)lar o‘z aksini topgan.
    O‘zbekiston sharoitida muqobil moliyalashtirish bozorini 
    rivojlantirishning ob’ektiv zarurligi, birinchi navbatda, quyidagilar 
    bilan belgilanadi: a) ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni moliyalashtirish 
    mamlakatimizda juda qiyinchilik bilan amalga oshirilmoqda; b) 
    mavjud moliyalashtirish manbalarining ko‘lami va hajmi O‘zbekiston 
    ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini 
    ta’minlash ehtiyojlaridan ortda 
    qolmoqda; 
    v) 
    shu 
    jarayonlarni 
    moliyalashtirish 
    manbalarini 
    diversifikatsiyalanish nuqtai-nazaridan ham bozor iqtisodi talablari 
    darajasida deb bo‘lmaydi; g) bu jarayonlarda hanuzgacha an’anaviy 
    variantlardan foydalanib kelinmoqda; d) mamlakatimizda ijtimoiy-
    iqtisodiy jarayonlarni moliyalashtirishda dunyoning taraqqiy etgan 
    mamlakatlarida ko‘p yillardan buyon qo‘llanilib kelinayotgan 
    moliyalashtirishning yangi, muqobil moliyalashtirish instrumentlaridan 
    yetarli darajada foydalanilmasdan kelinyapdi;
    “Muqobil moliyalashtirish bozori”ning ahamiyati, qisqacha, 
    quyidagi-larda namoyon bo‘lishi mumkin: a) O‘zbekistonda ham 
    madaniylashgan “muqo-bil moliyalashtirish bozori” tarkib topsa va 
    rivojlansa, bu eng avvalo, boshqa sharoitlar teng bo‘lgan taqdirda, 
    moliyalashtirish bozorining kengayishiga olib keladi; b) “muqobil 
    moliyalashtirish bozori”ning vujudga kelishi, barqaror tarkib topishi va 
    rivojlanishi “moliyalash-tirish”ning diversifikatsiyalashuvini oshiradi, 
    bu esa, o‘z navbatida, tegishli jarayonlarning risklashuv 
    darajasinikamaytiradi; 
    v) 
    moliya-lashtirish 
    bozorining 
    alohida 
    segmenti hisoblanishi mumkin bo‘lgan “muqobil moliyalashtirish 
    bozori”da, boshqa sharoitlar teng bo‘lgan taqdirda, moliyalashtirish 
    manbalarining bahosi, shunga mos ravishda pasayadi va h.k.; 
    Muqobil moliyalashtirish bozori an’anaviy bank yoki kapital 
    bozori 
    moliyasidan 
    “dezintermediatsiya” 
    (vositachilarni 
    moliyalashtirish zanjiri¬dan chiqarib yuborish) orqali farq qilib, yangi 
    texnologiya asosida uchinchi tomon sarmoyasini investorlar va 
    kreditorlar o‘rtasida bog‘laydi yoki uni jalb qiladi. Bu, o‘z navbatida, 


    358 
    tranzaksion xarajatlarni kamaytiradi va moliya bozori samaradorligini 
    oshiradi. Muqobil moliyalashtirish bozorining qanday faoliyat 
    ko‘rsatishini quyidagicha ifodalash mumkin 
    (1-rasm).
    Rivojlanayotgan muqobil moliyalashtirish bozori vositalari 
    ba’zan bir-biriga mos keladi va bir-birining xususiyatlarini birlashtira 
    oladi. Masalan, bu o‘rinda muqobil moliyalashtirish shakllaridan 
    bo‘lgan P2P kreditlash (peer-to-peer lending) va kraudfanding 
    (crowdfunding) bozor krediti sifatida qaralishi mumkin.

    Download 4,09 Mb.
    1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   225




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bitkoynning narxi baland bo‘lganligi tufayli uni kichik

    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish