• 22.3-rasm. Osiyo Tinch okeani mintaqasida muqobil moliyalashtirish bozorining 2013-2017 yillardagi umumiy hajmi
  • -rasm. Amerika qit’asi muqobil moliyalashtirish bozorining




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet189/225
    Sana23.06.2024
    Hajmi4,09 Mb.
    #265242
    1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   225
    Bog'liq
    Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022

    22.2-rasm. Amerika qit’asi muqobil moliyalashtirish bozorining 
    2013-2017 yillardagi umumiy hajmi 
     
    Shu davrda Osiyo Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha muqobil 
    moliyalashtirish bozorining jalb qilingan mablag‘lari hajmi 50 
    barobardan ko‘proqqa ortgan, ya’ni 6,0 mlrd. AQSH dollaridan 361,0 
    mlrd. AQSH dollariga yetgan. Osiyo Tinch okeani mintaqasida Xitoy 
    davlatida muqobil moliyalashtirish bozorining Osiyo Tinch okeani 
    mintaqasidagi boshqa davlatlarga nisbatan eng katta hajmga ega 
    ekanligini yaqqol ko‘rishimiz mumkin (3-rasm). 


    362 
    6
    24
    102
    243
    358
    0,14
    0,22
    1,12
    2
    3,64
    0
    100
    200
    300
    400
    2013 йил
    2014 йил
    2015 йил
    2016 йил
    2017 йил
    Ҳитой ОТОМ (Осиё Тинч океани минтақасининг бошқа …
    22.3-rasm. Osiyo Tinch okeani mintaqasida muqobil 
    moliyalashtirish bozorining 2013-2017 yillardagi umumiy hajmi 
    Oxirgi 10 yilliklar xorijiy huquq sohasida kraudfanding bitim-lari 
    ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar va mexanizmlarni 
    tartibga soluvchi normativ bazaning shakllanayotganligi bilan 
    xarakter-lanadi. 
    Masalan, 
    muqobil 
    moliyalashtirish 
    manbalari 
    bozorining eng yirigi bo‘lgan Buyuk Britaniyada kraudfanding bilan 
    bog‘liq bo‘lgan faoliyat qattiq tartibga solingan va uni amalga oshirish 
    maxsus ruxsatsiz mumkin emas. Bundan tashqari, 2014 yildan boshlab 
    britaniyalik investorlar bitimlarda kraudfanding riskini to‘liq idrok 
    etmagan insonlar ishtirok etishining oldini olish uchun maxsus 
    sertifikatsiyalash tartibiga rioya qiladilar . 
    AQSHda esa 2012 yilning 5 aprelida JOBS (Jumpstart Our 
    Business Startup) qonuni kuchga kirgan bo‘lib, u aksionerlik 
    kraudfandinggi uchun normativ bazani o‘rnatdi va akkreditatsiya 
    qilinmagan investorlarni belgiladi. Unga ko‘ra har qanday amerikalik 
    kraudfanding loyihasi cheklanmagan investorlar hisobidan 12 oy 
    davomida maksimum 1,0 mln. AQSH dollari to‘plashi mumkin.
    Biroq, investorlarga o‘zlarining umumiy yillik omonatiga nisbatan 
    cheklanma o‘rnatilgan – u 2 000 AQSH dollaridan yoki yillik 
    daromad 100,0 ming AQSH dollaridan oshmasa, 5 foiz va bu yillik 
    daromad 100,0 ming AQSH dollaridan oshadigan bo‘lsa, uning 10 
    foizidan oshmasligi kerak. Oxirgi holatda bir investor umumiy yillik 


    363 
    omonatining summasi ham 100,0 ming AQSH dollaridan oshmasligi 
    lozim . Fransiyada esa loyihaga qo‘yilishi lozim bo‘lgan summa bir 
    xususiy shaxs uchun 250,0 yevrodan oshmasligi zarur. Shuningdek, bu 
    mamlakatda 
    kompaniya 
    tomonidan 
    kraudfanding 
    yordamida 
    to‘planishi lozim bo‘lgan maksimal summa 300,0 ming yevrodan 
    oshmasligi kerak . Yaponiyada kraudfanding bozorining o‘z-o‘zini 
    tartibga solishi katta ahamiyat kasb etadi. Japan Securities Dealers 
    Association 
    muqobil 
    moliyalashtirishdan 
    foydalanayotgan 
    kompaniyalarning skriningi va investorlarning xavfsizligi hamda 
    kraudplatformalarning faoliyat yuritishi bilan bog‘liq bo‘lgan 
    masalalarning monitoringini amalga oshiradi . 
    Rossiya 
    Federatsiyasida 
    kraudfanding 
    amalda 
    tartibga 
    solinmaydigan faoliyatga aylanib qolgan. Shuning uchun ham bu 
    mamlakatda bu soha bo‘yicha nazorat-tartibga soluvchi tuzilmani 
    shakllantirish muammosi o‘tkir muammolardan biriga aylangan . 
    Bunda tartibga soluvchi choralarni ishlab chiqishda faqatgina 
    tadbirkorlar va investorlar emas, balki moliyaviy muassasalar ham 
    manfaatdordir. Zero, ular kraudfanding platformalari tufayli 
    foydasining bir qismidan mahrum bo‘lib qolmoqdalar . Ishonchli 
    onlayn-birlashmali tuzilmalar va pullarni o‘tkazish bo‘yicha xavfsiz 
    tizimlarning mavjud bo‘lmaganligi kraudfanding platformalari va 
    an’anaviy moliyaviy muassasalarning integratsiyalashuvi zarurligini 
    taqozo etmoqda.

    Download 4,09 Mb.
    1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   225




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Amerika qit’asi muqobil moliyalashtirish bozorining

    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish