364
Startaplarni (boshlang‘ich) moliyalash-tirish uchun kraudfanding
platformasidan foydalanish samaraliroq. Chunki mablag‘ yig‘ishning
ushbu turidan foydalanishning afzalliklari ko‘proq. Shu bilan birga,
agar loyiha kerakli miqdordagi mablag‘ni to‘plamasa ham,
kraudfanding mahsulot va tovarni ommalashtirish usuli, ommaviy
iste’molchi yoki innovatsiyalar foydalanuvchisini qo‘llab-quvvatlash
vositasi,
shuningdek,
tovar
ishlab
chiqaruvchilar
uchun
iste’molchilarning xohish-istaklarini o‘rganish usuliga aylanishi
mumkin.
Kraudfandingning o‘ziga xosligi shundaki, u an’anaviy
ma’nodagi kreditlash bilan almashtirilishi mumkin emas. U ko‘p
funksiyali moliyaviy instrument hisoblanadi. Fikrimizcha, agar
kraudfandingga davlat tomonidan e’tibor beriladigan bo‘lsa, u kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda impuls beruvchi
tramplinga aylanishi mumkin.
Shuni ta’kidlash kerakki, hozirgi vaqtda kraudfanding platforma-
lari va bank sektorining o‘zaro olib boradigan faoliyat yo‘nalishlari
mavjud. Jahon amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, banklar qarz
oluvchilarning kreditga layoqatliligini baholashda o‘zlarining tahlillari
doirasiga ushbu qarz oluvchilarning kraudfanding maydonlaridagi
faoliyati tahlilini ham kiritishlari mumkin. Mazkur holatda, agar loyiha
kerakli pul miqdorining kamida yarmini to‘plasa, kredit riski kamayadi
va bank yetishmayotgan qismini qo‘shimcha moliyalashtirishi
mumkin.
Muqobil
moliyalashtirish
bozorining
ishlash
mexanizmi
tadbirkor platforma tanlashidan boshlab loyihadan foyda olish
jarayonigacha shaffof va o‘rtada birorta vositachisiz amalga
oshirilishiga imkon beradi. Bu, o‘z navbatida, moliyalashtirish
jarayonini tranzaksion xarajatlarsiz amalga oshirishga imkon yaratadi
va o‘z navbatida mahsulot yoki xizmatlar tanarxida o‘z aksini topadi.