• Muammoli topshiriq
  • Mavjud vaziyat
  • O'zbekiston respublikasi




    Download 3.23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet57/64
    Sana13.05.2023
    Hajmi3.23 Mb.
    #59264
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   64
    Bog'liq
    transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar
    guruh mustaqil ishlar ro\'yhati 2, 4 - kurs, Issiqlik elektr stansiyasi.pdf, Tarmoq xizmatlari, 8, Thin film 1, Заковат учун саволлар-01, 11, Oybegim mening (Oybekka hujum), Andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik texnologiyasi fakulteti iqtisodiyot yonalishi, 1 savol javobi, Mustaqil ish topshiriqlari, rentgen spektraskop, 202-, Mustaqil ta\'lim
    Muammoli topshiriq: TXK va ta’mirlash sifatiga qanday omillar ta’sir 
    ko‘rstadi va ularni yaxshilash uchun chora-tadbirlarni taklif qiling. ISO nima? Kim 
    tomonidan o`rnatiladi, o`z ichiga nimalarni oladi? 
    Mavjud vaziyat 
    Avtomobillarga to’la ravishda xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda quyidagi 
    ishlab chiqarish bo’linma va ustaxonalar tashkil etiladi: bular avtomobillarni Yuvish 
    va quritish, avtomobillarni xizmatga qabul qilish va ularni egasiga topshirish, maxsus 
    diagnostika, texnik xizmat ko’rsatish postlari, ta’mirlash, agregatlarni almashtirish 
    postlari, kuzov elementlarini ta’mirlovchi postlar, avtomobil, agregat, asbob va 
    jihozlarini ta’mirlovchi maxsus ustaxonalar kiradi.
    Muammoli topshiriq: guruhdagi talabalarni 3 ta yoki 4 ta kichik guruhlarga 
    bo‘lib Namangan shahridagi avtoservis korxonasidagi bo‘lim va ustaxonalar 
    faoliyatini tahlil qilish va ular asosida xulosalar yozish. Bo‘lim va ustaxonalarni 
    tahliliy chizmasini chizib namunaviy loyihalar bilan solishtirish. Bo‘lim va 
    ustaxonalarda bajarilayotgan ishlar texnologiyasi bilan tanishish, tahlil qilish va 
    solishtirma texnologik xarita tuzish. 
    Mavjud vaziyat 
    Avtomarkazlar va ASKlarda ma’muriy-maishiy xonalar qatori mijozlar uchun 
    alohida xona, ehtiyot qismlar omborlari va savdo do’konlari, salonlari bo’lishi shart. 
    Ishlab chiqarish binolari va ustaxonalaridan tashqari texnologik jarayonlarning 
    uzluksiz va to’xtovsizligini ta’minlovchi elementlardan biri ombor xo’jaligidir. Uni 
    barpo etish va faoliyatini ishlab chiqarish jarayonlari talablari asosida tashkil etish, 
    ayniqsa, muhimdir. Ombor xo’jaligining tarkibi, ularda saqlanadigan zaxiralar hajmi 
    va xillari, avtoservis korxonalarining turlari va ishlab chiqarish quvvatiga bog’liq 
    bo’ladi. 


    Muammoli topshiriq: guruhdagi talabalarni 3 ta yoki 4 ta kichik guruhlarga 
    bo‘lib Namangan shahridagi avtoservis korxonasidagi yordamchi bo‘limlar 
    faoliyatini tahlil qilish va ular asosida xulosalar yozish. Omborxona xo‘jaligini 
    mikroiqlimini yaratish bo‘yicha sizning takliflaringiz. 
    Mavjud vaziyat 
    Ekspluatatsiya jarayonida sodir bo’ladigan buzilishlarni aniqlash va oldini 
    olish, avtomobillarning ishonchliligini va Yuqori samaradorligini saqlab turish uchun 
    diagnostika ishlari o’tkaziladi. Avtomobil, uning tarkibiy qismlari ma’lum 
    ekspluatatsiya sharoitlarida namoyon bo’ladigan, xususiyatlar deb ataladigan miqdor 
    va sifat ko’rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Xususiyatlar majmui avtomobil yoki uning 
    elementini ishlatish uchun yaroqlilik darajasini aniqlaydi va boshqa avtomobil 
    (element)lardan farqi va o’ziga xosligini ifoda etadi. 

    Download 3.23 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   64




    Download 3.23 Mb.
    Pdf ko'rish