• Avtorizatsiya
  • Axborot kafolati
  • Axborot xavfsizligi
  • Axborot xavfsizligi arxitektori
  • O„zbekiston respublikаsi




    Download 2,37 Mb.
    bet86/98
    Sana18.05.2024
    Hajmi2,37 Mb.
    #241674
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   98
    Bog'liq
    13241 2 62D59433227506AEF1BEA6CA35C85C6376F78A92

    Avariya vaziyati – masalalar yechilishining to‘xtalishiga sabab bo‘luvchi hisoblash tizimining buzilishi.
    Avtomatlashtirilgan axborot tizimi – ma‘lumotlarni va axborotni yaratish, uzatish, ishlash, tarqatish, saqlash va/yoki boshqarishga va hisoblashlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan dasturiy va apparat vositalar majmui.
    Avtorizatsiya – tizimda foydalanuvchiga, uning ijobiy autentifikatsiyasiga asosan, ma‘lum foydalanish huquqlarini taqdim etish.
    Axborot egasi - axborot resurslariga, axborot mulkdori bilan shartnoma asosida egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni idora qilish huquqiga ega axborot munosabatlarining subyekti.
    Axborot kafolati - axborot va axborot tizimlarining foydalanuvchanligini, yaxlitligini, autentifikatsiyalanishini, konfidensialligini va rad etmasligini ta‘minlash orqali himoyalash va qo‘riqlash choralari.
    Axborot urushi - dushmanning axborotiga, axborotga asoslangan jarayonlariga va axborot tizimlariga zarar yetkazish, bir vaqtning o‘zida tegishli axborotni, axborotga va axborot tizimlariga asoslangan jarayonlarni himoyalash yo‘li bilan axborot ustunligiga erishish uchun zarur choralarni ko‘rish harakatlari.
    Axborot xavfsizligi – axborot egasiga yoki foydalanuvchiga va madadlovchi infrastrukturaga ziyon keltiruvchi tabiiy yoki sun‘iy xarakterli, tasodifiy yoki atayin qilingan ta‘sirlardan axborotning va madadlovchi infrastrukturaning himoyalanganligi.
    Axborot xavfsizligi - axborot holati bo‘lib, unga binoan axborotga tasodifiy yoki atayin ruxsatsiz ta‘sir etishga yoki ruxsatsiz uning olinishiga yo‘l qo‘yilmaydi; yana - axborotni texnik vositalar yordamida ishlanishida uning maxfiylik (konfidensiallik), yaxlitlik va foydalanuvchanlik kabi xarakteristikalarini (xususiyatlarini) saqlanishini ta‘minlovchi axborotning himoyalanish darajasi holati.
    Axborot xavfsizligi arxitektori - tashkilotning asosiy missiyasini himoyalash uchun kerakli axborot xavfsizligi talablari va etalon modelni, segment va yechimlar arxitekturasini o‘z ichiga olgan barcha tashkilot arxitektura jixatlarida adekvat adreslangan biznes - jarayonlar va bu missiya va biznes jarayonlarni madadlovchi axborot tizimlarini ta‘minlashga javobgar bo‘lgan jismoniy shaxs, guruh yoki tashkilot.

    Download 2,37 Mb.
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   98




    Download 2,37 Mb.