|
O„zbekiston respublikаsi
| bet | 89/98 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 2,37 Mb. | | #241674 |
Bog'liq 13241 2 62D59433227506AEF1BEA6CA35C85C6376F78A92Himoya ma‟muri – avtomatlashtirilgan tizimni axborotdan ruxsatsiz foydalanishdan himoyalashga javobgar foydalanish subyekti.
Himoyaning faol texnik vositasi – texnik razvedka vositalariga yoki ushbu vositalarning me‘yorida ishlashini, buzuvchi, niqoblovchi yoki imitatsiyalovchi faol halallar yaratilishini ta‘minlovchi himoyaning texnik vositasi.
Hujum – bosqinchining operatsion muhitini boshqarishiga imkon beruvchi axborot tizimi xavfsizligining buzilishi.
Hujumni aniqlash va ogohlantirish – qaror qabul qiluvchiga maqbul javobni amalga oshirish uchun bildirish orqali ataylab qilingan ruxsat etilmagan harakatlarning aniqlanishi, korrelyatsiyasi, identifikatsiyalanishi va tavsiflanishi.
Identifikator – subyekt yoki obyektning farqlanuvchi alomatidan iborat foydalanishning identifikatsiya vositasi. Foydalanuvchilar uchun asosiy identifikatsiya vositasi parol hisoblanadi.
Identifikatsiya ma‟lumotlari - tizimda muayyan qatnashchini bir ma‘noli identifikatsiyalashga imkon beruvchi, unga tegishli noyob identifikatsiya ma‘lumotlari majmui.
Ijtimoiy injeneriya – xizmatchi xodimlar va foydalanuvchilar bilan, turli nayrang, aldash va h. orqali chalg‘itish asosidagi muloqotdan olinadigan axborot yordamida axborot tizimining xavfsizlik tizimini chetlab o‘tish.
Ikki faktorli autentifikatsiya – foydalanuvchilarni ikkita turli faktorlar asosida autentifikatsiyalash, odatda, foydalanuvchi biladigan narsa va egalik qiladigan narsa (masalan, parol va fizik identifikatori) asosida.
Imzo verifikatsiyasi - ma‘lumotlardagi raqamli imzoni tekshirish uchun raqamli imzo algoritmi va ochiq kalitdan foydalanish.
Insayder – guruxga tegishli yashirin axborotdan foydalanish xuquqiga ega guruh a‘zosi. Odatda, axborot sirqib chiqishi bilan bog‘liq insidentda muhim shaxs hisoblanadi. Shu nuqtai nazaridan, insayderlarning quyidagi xillari farqlanadi: beparvolar, manipulyatsiyalanuvchilar, ranjiganlar, noxolislar, qo‘shimcha pul ishlovchilar va h.
|
| |