• Kiberxavfsizlik
  • Kodlash
  • Kodlar lug‟ati
  • Konfidensial axborot
  • O„zbekiston respublikаsi




    Download 2,37 Mb.
    bet91/98
    Sana18.05.2024
    Hajmi2,37 Mb.
    #241674
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   98
    Bog'liq
    13241 2 62D59433227506AEF1BEA6CA35C85C6376F78A92

    Kiberjinoyatchilik - g‘arazli yoki xuliganlik maqsadlarida himoyalashning kompyuter tizimlarini buzib ochishga, axborotni o‘g‘irlashga yoki buzishga yo‘naltirilgan alohida shaxslarning yoki guruhlarning harakatlari.
    Kiberterrorizm - insonlar halokati, aytarlicha moddiy zarar xavfini yoki boshqa jamiyatga xavfli oqibatlarni tug‘diruvchi kompyuter tizimlarini izdan chiqarish bo‘yicha harakatlar.
    Kiberxavfsizlik – kiberfazoning kiberhujumlardan foydalanishidan qo‘riqlash yoki himoyalash imkoniyati.
    Koder (dasturchi) - internet-firibgarlik texnologiyalari bilan shug‘ullanuvchi uyushgan jinoiy guruh ichidagi ixtisosliklardan biri; troyan va boshqa zarar yetkazuvchi dasturlarni yozuvchi va ularni yopiq anjumanlarda ―o‘ziga o‘xshashlarga‖ sotuvchi ishtirokchini belgilaydi.
    Kodlash- axborotga ishlov berish uchun qulay ko‘rinish(shalilga) o‘tkazisish tushuniladi.
    Kodlar kitobi – tarkibida tartibga solingan ochiq matn va kodlar ekvivalenti yoki so‘zlarni almashtirish texnologiyasidan foydalanuvchi mashina shifrlash usuli bo‘lgan hujjat.
    Kodlar lug‟ati – kod tizimida kod ekvivalenti berilgan ochiq matn so‘zlari, raqamlari, iboralari yoki gaplar nabori.
    Kompyuter xavfsizligi – axborot tizimlari aktivlarining, jumladan apparat vositalarining, dasturiy ta‘minotning, o‘rnatilgan mikrodasturiy vositaning va ishlanuvchi, saqlanuvchi va uzatiluvchi axborotning konfidensialligini, yaxlitligini va foydalanuvchanligini kafolatlovchi choralar va nazoratlash vositalari.
    Konfidensial axborot – egasi tomonidan himoyalashni talab etuvchi tijoriy yoki shaxsiy sirdan iborat axborot.
    Kriptografik algoritm – kriptografik funksiyalardan birini hisoblashni amalga oshiruvchi algoritm.
    Lug‟atga asoslangan hujum – ochiq matn elementlari lug‘atidan foydalanishga asoslangan kriptotizimga hujum.
    Ma‟lumotlar – odam ishtiroki bilan yoki avtomatik tarzda uzatishga, izohlashga yoki ishlashga yaroqli, formallashgan ko‘rinishda ifodalangan axborot.

    Download 2,37 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   98




    Download 2,37 Mb.