|
O„zbekiston respublikаsi
|
bet | 93/98 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 2,37 Mb. | | #241674 |
Bog'liq 13241 2 62D59433227506AEF1BEA6CA35C85C6376F78A92Raqamli axborot – kompyuter tizimlarida ishlashga, saqlashga va almashishga mo‘ljallangan ma‘lumotlar ko‘rinishida ifodalangan axborot.
Raqamli imzo algoritmi - ma‘lumotlarni raqamli imzolash uchun foydalaniluvchi asimetrik algoritm.
Raqamli imzoni shakllantirish algoritmi – raqamli imzo sxemasining tarkibiy qismi. Kirish yo‘liga imzolanuvchi xabar, maxfiy kalit, hamda raqamli imzo sxemasining ochiq parametrlari beriluvchi algoritm (umuman randomizatsiyalangan algoritm). Algoritm ishining natijasi raqamli imzo
hisoblanadi. Raqamli imzo sxemasining ba‘zi turlarida imzoni shakllantirishda protokol ishlatiladi.
Risk matritsasi - rutbalash va oqibatlariga va imkoniyatlariga rutbalar berish yo‘li bilan riskni ifodalash instrumenti.
Risk menejmenti — axborot-telekommunikatsiya texnologiya resurslariga ta‘sir etishi mumkin bo‘lgan xavfli xodisalar oqibatlarini identifikatsiyalashning, nazoratlashning, bartaraf etishning yoki kamaytirishning to‘liq jarayoni.
Riskni nazoratlash - riskni modifikatsiyalovchi (o‘zgartiruvchi) chora. 1- izoh. Riskni nazoratlash o‘z ichiga har qanday jarayonni, siyosatni, usulni, amaliyotni va riskni modifikasiyalovchi boshqa harakatlarni olishi mumkin. 2- izoh. Riskni nazoratlash doimo istalgan va kutilgan effektni bermasligi mumkin.
RSA shifrlash algoritmi – 1978 yili R. Rayvest, A Shamir va L.Adleman tomonidan taklif etilgan va asimetrik shifr tizimlarini qurishga mo‘ljallangan shifrlash algoritmi.
Shaxsiy axborot – tarqalishi faqat mos shaxslar yoki tashkilotlar ruxsati bilan mumkin bo‘lgan mamlakat fuqarolari yoki tashkilotlari manfaatlariga daxldor axborot.
Shifrlash-Kriptografik uslublardan (shifrmatnga va dastlabki matnga oʻgirish, elektron raqamli imzoni shakllantirish va tekshirish, xesh-funksiya shakllantirish va tekshirish) foydalanishga asoslangan axborotni oʻzgartirish jarayoni. Axborotni shifrlash uni begonalar tomonidan oʻrganish yoki oʻzgartirish imkoniyatini yoʻqqa chiqaradi. Shuningdek, maʼlumotlarga va dasturlarga, ulardan noqonuniy foydalanish maqsadida, ruxsatsiz raqamli imzo tizimiga kirishning oldini olishni taʼminlaydi.
|
| |