• Xavfsizlik atributi
  • Xavfsizlik xizmati ma‟muri
  • O„zbekiston respublikаsi




    Download 2,37 Mb.
    bet95/98
    Sana18.05.2024
    Hajmi2,37 Mb.
    #241674
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98
    Bog'liq
    13241 2 62D59433227506AEF1BEA6CA35C85C6376F78A92

    Xatoliklar jurnali – tizim tomonidan adashishlar xususidagi axborot yoziladigan fayl.
    Xavfsiz o‟chirish - qattiq diskni qayta yozish uchun dasturiy - aparat vositalari asosidagi jarayonlardan foydalanib qayta yozish texnologiyasi.
    Xavfsiz operatsion tizim – ma‘lumotlar va resurslar mazmuniga mos himoyalash darajasini ta‘minlash maqsadida apparat va dasturiy vositalarni samarali boshqaruvchi operatsion tizim.
    Xavfsizlik - ta‘siri natijasida nomaqbul holatlarga olib keluvchi atayin yoki tasodifiy, ichki va tashqi beqarorlovchi faktorlarga qarshi tizimning tura olish xususiyati. Yana - ma‘lumotlar fayllarining va dasturlarning avtorizatsiyalanmagan
    300 shaxslar (jumladan tizim xodimi), kompyuterlar yoki dasturlar tomonidan ishlatilishi, ko‘rib chiqilishi va modifikatsiyalanishi mumkin bo‘lmagan holat.
    Xavfsizlik atributi – baholanish obyektining xavfsizlik siyosatini amalga oshirishda ishlatiluvchi subyektlar, foydalanuvchilar va/yoki obyektlar bilan bog‘lik axborot.
    Xavfsizlik auditi – kompyuter tizimi xavfsizligiga ta‘sir etuvchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfli harakatlarni xarakterlovchi, oldindan aniqlangan hodisalar to‘plamini ro‘yxatga olish (audit faylida qaydlash) yo‘li bilan himoyalanishni nazoratlash.
    Xavfsizlik xizmati ma‟muri – xavfsizlikni ta‘minlashning bir yoki bir necha tizimi hamda loyihalashni nazoratlash va ulardan foydalanish xususida to‘liq tasavvurga ega shaxs (yoki shaxslar guruhi).
    Xavfsizlikni aktiv testlash – nishon bilan to‘g‘ridan – to‘g‘ri o‘zaro aloqaga mo‘ljallangan xavfsizlikni testlash, masalan, talab qilingan nishongacha paketni yuborish.
    Xavfsizlikning avtomatlashtirilgan domeni - asboblar, texnologiyalar guruhini hamda ma‘lumotlarni o‘z ichiga olgan axborot xavfsizligi sohasi.
    Xeshlash algoritmi – kriptografiyada kriptografik xesh-funksiyani amalga oshiruvchi algoritm. Matematika va dasturlashda – odatda, satr uzunligini kamaytiruvchi simvollar satrini o‘zgartiruvchi algoritm. Chiqish yo‘li satrining har bir simvolining qiymati kirish yo‘li simvollarining katta soniga (idealda – barchasiga) murakkab tarzda bog‘liq. Odatda xeshlash algoritmi ixtiyoriy uzunlikdagi satrni belgilangan uzunlikdagi satrga o‘zgartiradi.

    Download 2,37 Mb.
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98




    Download 2,37 Mb.