|
O„zbekiston respublikаsi
|
bet | 94/98 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 2,37 Mb. | | #241674 |
Bog'liq 13241 2 62D59433227506AEF1BEA6CA35C85C6376F78A92Shifrlash algoritmi - shifrlash funksiyasini amalga oshiruvchi kriptografik algoritm. Blokli shifrtizim holida shifrlashning muayyan rejimida shifrlashning bazaviy blokli algoritmidan foydalanib hosil qilinadi.
Tahdid turlari - tahdidlarni tasodifiy va atayinlariga, aktiv va passivlariga tasniflash mumkin.
Tarmoq xavfsizligi - axborot tarmog‘ini ruxsatsiz foydalanishdan, me‘yoriy ishlashiga tasodifiy yoki atayin aralashishdan yoki tarmoq komponentlarini buzishga urinishdan ehtiyot qiluvchi choralar. Asbob-uskunalarni, dasturiy ta‘minotni, ma‘lumotlarni himoyalashni o‘z ichiga oladi.
Tarmoqlararo ekran – apparat-dasturiy vositalar yordamida tarmoqdan foydalanishni markazlashtirish va uni nazoratlash yo‘li bilan tarmoqni boshqa tizimlardan va tarmoqlardan keladigan xavfsizlikka tahdidlardan himoyalash usuli; yana - bir necha komponentlardan (masalan, tarmoqlararo ekran dasturiy ta‘minoti ishlaydigan marshrutizator yoki shlyuzdan) tashkil topgan ximoya to‘sig‘i hisoblanadi.
Tizim ma‟muri – tizimni ekspluatatsiyasiga va uning ishga layoqatlik holatini ta‘minlashga javobgar shaxs.
Tizim xavfsizligi - tizim resurslaridan va funksional imkoniyatlaridan ruxsatsiz foydalanishdan hamda ishlashida turli bashorat qilinadigan yoki qilinmaydigan holatlar sabab bo‘luvchi, bo‘lishi mumkin bo‘lgan buzilishlardan tizimning himoyalanishi.
Virus – boshqa dasturlar bajarilayotganida o‘zini ularga kirituvchi unchalik katta bo‘lmagan dastur; yana - nusxalarini beixtiyor yaratish va keyinchalik yangi nusxasini nazoratlash va qayta yaratishga erishish maqsadida fayllardagi va tizimli sohalardagi boshqa dasturlarni modifikatsiyalash imkoniyatiga ega dastur.
Virusga qarshi himoya - hisoblash texnikasi va avtomatlashtirilgan tizim vositalarini dasturiy virus ta‘siridan himoyalashni ta‘minlashda ishlatiluvchi tashkiliy, xuquqiy, texnik va texnologik choralar kompleksi.
Xabar haqiqiyligi kodi - bir-biriga ishonuvchi ishtirokchilar tomonidan xabarlarni autentifikatsiyalash protokollarida xabarga qo‘shiladigan va uning yaxlitligini va ma‘lumotlar manbaining autentifikatsiyasini ta‘minlashga mo‘ljallangan simvollarning maxsus nabori.
|
| |