• Axborotni himoyalash konsepsiyasi
  • Axborotni ishlovchi himoyalangan texnik vosita
  • O„zbekiston respublikаsi




    Download 2,37 Mb.
    bet87/98
    Sana18.05.2024
    Hajmi2,37 Mb.
    #241674
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   98
    Bog'liq
    13241 2 62D59433227506AEF1BEA6CA35C85C6376F78A92

    Axborot xavfsizligi doktrinasi - axborot xavfsizligini ta‘minlash maqsadlariga, masalalariga, prinsiplariga va asosiy yo‘nalishlariga rasmiy qarashlar majmui.
    Axborotdan foydalanish – shtatga oid texnik vositalardan foydalanib axborot bilan tanishish, uni xujjatlash, nusxalash, modifikatsiyalash yoki axborotni yo‘q qilish jarayoni.
    Axborotni texnik himoyalash - himoyalashga loyiq axborotning (ma‘lumotlarning) xavfsizligini xarakatdagi qonunlarga muvofiq, texnik, dasturiy va dasturiy - texnik vositalarni ishlatib, nokriptografik usullar yordamida ta‘minlashdan iborat axborot himoyasi.
    Axborotni fizik (bevosita) himoyalash - himoya obyektiga vakolatsiz shaxslarning suqilib kirishlariga yoki undan foydalanishlariga to‘siqlar yaratuvchi tashkiliy tadbirlar yoki vositalar majmuini ishlatish yo‘li bilan axborotni himoyalash.
    Axborotni himoyalash konsepsiyasi – axborotni himoyalash bo‘yicha qarashlar va umumiy texnik talablar tizimi. Axborotni himoyalashning apparat vositasi – axborotni ishlovchi texnik vositasi komplekti tarkibiga kiruvchi maxsus himoyalovchi qurilma yoki moslama.
    Axborotni huquqiy himoyalash – axborotni himoyalash bo‘yicha subyektlar munosabatini rostlovchi qonuniy va me‘yoriy xujjatlarni (aktlarni) ishlab chiqishni, hamda ularning bajarilishini nazorat qilishni o‘z ichiga oluvchi axborotni xuquqiy usullar yordamida himoyalash.
    Axborotni ishlovchi himoyalangan texnik vosita – himoyalash vositalari va usullari ishlab chiqish va tayyorlash bosqichida amalga oshirilgan axborotni ishlovchi texnik vosita.
    Axborotning buzilishi – tashqi ta‘sirlar (halallar), apparatura ishlashidagi buzilishlar, yoki xizmatchi xodimning bilimsizligi natijasida texnik vositalarida ishlanuvchi axborotning tasodifiy ruxsatsiz modifikatsiyalanishi.
    Bot - oddiy foydalanuvchi interfeysi orqali avtomatik tarzda va/yoki berilgan jadval bo‘yicha qandaydir harakatlarni bajaruvchi maxsus dastur. Kompyuter dasturlari muhokama qilinganida bot atamasi asosan Internetga qo‘llash bilan ishlatiladi.
    Botnet - ishga tushirilgan botlarga ega bir qancha sonli xostlardan tashkil topgan kompyuter tarmog‘i. Odatda kompyuterlarga bo‘ladigan tarmoq xujumlarini (spamni tarqatish, foydalanuvchilarning shaxsiy ma‘lumotlarini o‘g‘irlash, masofadagi tizimda parollarni saralash, xizmat qilishdan voz kechishga undash hujumlari va x.) koordinatsiyalash uchun ishlatiladi (inglizcha robot va network so‘zlaridan olingan.).

    Download 2,37 Mb.
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   98




    Download 2,37 Mb.