Kommunikativ kompetensiya:
mustaqil fikrini og„zaki va yozma tarzda ifoda eta olish,
darslikdan foydalanib, mavzu bo„yicha yozma matn tuza olish;
darslik, o„quv atlasi ma‟lumotlardan samarali foydalanish;
muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish va guruhlarda
ijodiy tarzda ishlay olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: :
kompyuter, televizor va boshqa manbalardan zarur
ma‟lumotlarni izlab topa olish, ulardan samarali foydalana olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
fan to„garagida mustaqil o„rganish orqali bilimini oshirib
borish, sportning yoshiga mos turi bilan shug„ullanish, o„zini
tuta olish, to„g„riso„z bo„lish, o„zining xatosini tushunish,
atrofidagi tabiat manzaralarini estetik his etish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
farzandlik, o„quvchilik burchini bilish, unga rioya qilish,
sinfdagi jihozlar, o„quv qurollarini asrash.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
o„zi yashaydigan joyning maftunkor tabiati, tarixiy
obidalarini, dam olish maskanlarini asrash va qadriga yetish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan
xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
xarita, globus bilan ishlashda hisoblashning qulay usullarini
qo„llay olish, aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik
faoliyatda zarur bo„lgan dastlabki rejalarni tuza olish, suvni isrof
qilmaslik va tejamkorlikning ma‟nosini tushunish, unga amal
qilish.
Dars turi: Yangi materialni o‟rganish
Dars jihozi: cho‟llar va u yerda o‟suvchi osimliklar, hayvonlar,
qushlar aks etgan rasmlar,bukletlar, amaliy mashg‟ulotga
jihozlar, slaydlar
Darsda qo‟lanadigan metodlar: suhbatlashish, savol-javob, “So‟z
top”, “Muammoliy vaziyat” va boshqa ta‟limiy o‟yinlar
|