DARSNING BORISHI:
1. Tashkiliy qism:
Salomlashish, navbatchi axboroti.
O‟quvchilarni darsga tayyorlash.
“Do‟stona kelishuv”
Intizom
O‟zaro hurmat
Faollik
Ahillik
Aniqlik
O‟ng qo‟l qoidasi
2. O’tgan mavzuni mustahkamlash
O‟tgan dars Tabiat zonalari mavzusida savol-javob mashqlari
olib boriladi.
1. Tabiat zonasi nima?
2. Nima
uchun
cho’larda
yashaydigan
odamlar
ko’chmanchi bo’ladi?
3. Dash zonasida o’t o’simliglar nima sababdan qalin
bo’ladi?
4. Dash zonasida dehqonlar nimalar ekadilar?
3. Yangi mavzu bayoni
Bugun cho‟llar haqida suhbatlashamiz va o‟rganamiz.Sinf
o‟quvchillariga O‟zbekiston cho‟llari tabiati haqida videolavha
namoyish etiladi. O‟quvchillar bilan darslik asosida ish olib
boriladi. Sinf o‟quvchilari zanjir usulida darslikni o‟qiydillar.
Yer yuzining ayrim joylarida juda kam yog„in yog„adi, yillik
yog„in miqdori 200 mm dan oshmaydi, oqar suvlar ham yo„q.
Bunday joylar qurg„oqchil bo„lib, o„simlik lar yaxshi rivoj
lanmaydi. O„simliklar yaxshi rivojlana olmaydigan qurg„oqchil
yerlar cho„l deb ataladi. Cho„l qumli, gilli yoki toshli bo„ladi.
Qumli cho„lda sha mol qumlarni suradi, ba‟zida do„ngliklarni
hosil qiladi. Bunday do„nglik barxan deb ataladi. Shamol tufayli
turli shakl lar vujudga keladi. Gilli cho„llarda qotgan va yorilib
ketgan joylarda turli shakllarni hosil qilgan taqir yerlar mavjud.
Cho„l qurg„oqchil va havosi issiq bo„lgani uchun o„sim liklar
kam o„sadi. O„t o„simliklar, asosan, biroz yom g„ir yog„adigan
bahor boshlarida o„sib, qurg„oqchil yozda qurib qoladi.
Saksovul, yantoq kabi o„simliklar qurg„oqchil sharoitga moslash
gan. Bu o„sim liklarning ildizi juda uzun bo„lib, yerosti
suvlaridan to„yinadi. O„zbekiston hududining yarmiga yaqinini
cho„llar
egallagan. O„lkamiz hududida Qizilqum, Ustyurt, Mirzacho„l,
Qarnobcho„l, Qarshi cho„llari mavjud. Cho„llarda yoz mavsumi
5–6 oy davom etib, havo harorati soya joyda +50°C gacha
ko„tariladi, qum esa +80°C gacha qiziydi. Bu davrda yog„in
yog„maydi. Keng cho„llar ustida issiq shamol esib, o„zi bilan
qum va changlarni olib keladi. Bunday sharoit o„simlik va
hayvonlar uchun halokatlidir. O„lkamiz cho„llarida bahor
boshlarida va kuz oxirlarida oz miqdorda yomg„ir yog„adi.
Qishda havo harorati −20°C gacha sovuq bo„lib, qor yog„adi.
Cho„llarda yantoq, shuvoq, tereskan, jung„or gulsapsari,
nashtarbarg, merendera, cho„l yulg„uni, sassiqqavron, saksovul,
juzg„un, quyonsuyak, oqtikan kabi o„simliklar o„sadi. Cho„lning
ayrim joylarida bahorda boychechak, lola va lolaqiz g„aldoqlar
bilan qoplanib, chiroyli manzarani hosil qiladi. Qushlardan so„fi
to„rg„ay, turto„rg„ay, yo„rg„atuvaloq, bizg„ildoq, qironqara,
tuvaloq, qirg„iy, ilonxo„r burgut, qoraqush kabilar uchraydi.
Cho„lda yirik hayvonlar dan jayron, oqquyruq, qulon, tulki,
chiyabo„ri, qum mushugi kabilar yashaydi. Mayda hayvonlardan
esa qo„shoyoq, toshbaqa, tipratikan, yumronqoziq, kaltakesak,
ilonlar ko„p uchraydi. O„lkamiz cho„llarida kaltakesaklar va
ilonlarning bir necha turlari yashaydi. O„lkamizdagi cho„llarning
katta qismi o„zlashtirilib, vohalarga aylantirildi. Ekinzor va
bog„lar, shahar va qishloqlar bunyod etildi.
O„zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasidan o„lkamiz
hududidagi cho„l larni ko„rsating va ularning nomlarini aytib
bering
|