|
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning asosiy maqsadi
|
bet | 2/9 | Sana | 11.02.2024 | Hajmi | 67,66 Kb. | | #154828 |
Bog'liq ix-sinf variativ oquv dastur 102 soat (1)Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:
Umumta’lim maktablari o‘quvchilarida XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish orqali mustaqil hayotga tayyorlash, ijodkorlikni shakllantirish va jamoa bo‘lib ishlashni o‘rgatish, nostandart sharoitlarda to‘g‘ri, iqtisodiy, ekologik trendlarga mos adekvat yechimni topish, xalqaro baholash dasturlarida ishtirok etib yuqori natijalarni ko‘rsata oladigan yoshlarni tarbiyalash;
o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashini va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan xalqaro baholash dasturi (PISA, TIMSS) talablariga mos keladigan topshiriqlar bilan ishlashga mo‘ljallangan amaliy va mustaqil mashg‘ulotlar bajarishga hamda ijodiy fikrlashga undovchi amaliy topshiriqlar bilan ishlashni ko‘zda tutadi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:
umumiy o‘rta ta’limning barcha bosqichlarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini uzluksiz ta’limda o‘qitish tizimini yaratish;
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishning zamonaviy shakl, usul va texnologiyalari, mazmuni, uning moddiy-texnik ta’minotini modernizatsiyalash va kadrlar salohiyatini oshirish;
intellektual salohiyat va raqamli madaniyatni shakllantirish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida hayotiy muammolarni yechish, loyihalashtirish, modellashtirish va boshqarish kabi universal faoliyatlarni o‘zlashtirish;
raqamli jamiyatdagi masalalarni yechishda samarali texnologiyalarni tanlash;
kreativ fikrlash va innovatsion faoliyat yuritish ko‘nikmasini shakllantirish orqali maqsadli axborot tizimlarini va mehnatga ta’sir o‘tkazishning innovatsion usullarini yaratish;
ta’lim jarayonida tayanch bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni egallash orqali mustaqil hayotda zarur bo‘ladigan bo‘lajak kasbni to‘g‘ri tanlash;
yangi bilimlarni egallash, mukamallikka erishish uchun raqamli texnologiyalar asosida o‘z ustida mustaqil ishlash va faoliyat yuritish;
umri davomida tahsil oladigan yoshlarni tarbiyalash;
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishning maqsadi zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanadigan yosh avlodni kashf etish va rag‘batlantirishdan iborat.
Mazkur o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasining 2035-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son Farmoni asosida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”, 2025-yilgacha O‘zbekiston sanoatining rivojlanishi konsepsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvarda Oliy Majlisga murojaatnomasida belgilangan vazifalar asosida Umumiy o'rta ta'lim maktablarida variativ o'quv rejalarni tajriba-sinovdan o'tkazish bo’yicha O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 15-iyundagi 144-sonli buyrug‘i asosidagi “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida variativ o‘quv rejalarni tajriba-sinovdan o‘tkazish bo‘yicha tavsiya”sida belgilab qo‘yilgan tartibga muvofiq ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tajriba-sinovdan o‘tkaziladigan (tanlov sinfi tanlov fanlar bo‘yicha) Informatika va axborot texnologiyalari fani yo‘nalishi bo‘yicha variativ o‘quv rejalar ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha bitta yo‘nalishda tanlov asosida o‘qitilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Shunga ko‘ra Veb-frilanser (Internet tarmog'i orqali mehnat daromadi olish) yo'nalishi ishlab chiqilgan bo‘lib, bunda haftasiga 7-8-sinflarda Informatika va axborot texnologiya fani 2 soatdan jami 68 soatdan, 9-sinfda 3 soat jami 102 soat, 10-11-sinflarda esa 6 soatdan jami 204 soatdan o‘qitilib, mavzular kengaytirilgan holda, har bir mavzuni mustahkamlashga amaliy mashg‘ulotlar, testlar yechish belgilab qo‘yilgan.
Jumladan, tanlov fani sifatida tanlangan majburiy fanlar: "Chet tili", "Informatika va axborot texnologiyalari" fanlari ikki guruhga bo'lib o‘qitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (mazkur fanga tayanch o‘quv rejada ajratilgan soatlar bundan mustasno).
Dasturda boblar kesimida mavzularga ajratilgan umumiy soatlar hajmi keltirilgan bo‘lib, ularning taqsimlanishi o‘qituvchi tomonidan ijodiy yondoshgan holda amalga oshiriladi. Jumladan, taqvim mavzuiy rejani tuzishda o‘quv dasturida boblarga ajratilgan (mavzularga berilgan) umumiy soat hajmidan chiqmagan holda taqsimlanishi zarur.
Shuningdek, o‘quvchilarning Davlat ta’lim standartini o‘zlashtirish yuzasidan o‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra o‘quvchilar bilimida aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish maqsadida mavzularga ajratilgan soat hajmini 15 % gacha o‘zgartirish va metodik kengash yig‘lishida kelishilgan holda maktab pedogogika kengashida muhokama qilinib tasdiqlanishi maqsadga muvofiqdir.
Mazkur dasturda tavsiya etilayotgan adabiyotlar ro‘yxatidan fan o‘qituvchilari ijodiy yondoshgan holda mavzularni kengaytirib o‘qitishda foydalanishlari mumkin.
Mazkur o‘quv dasturi 2021-2022 o‘quv yilida IX-sinflarda tajriba-sinov uchun amaliyotga joriy etiladi.
|
| |