• 2-MAVZU: YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING MOHIYATI VA AHAMIYATI R e j a
  • Ta`limni rivojlantirishning yangi boskichida pedagogik texnologiyaning ahamiyati.
  • Milliy dasturni amalga oshirish bosqichlarida pedagogik texnologiya muammolari




    Download 183.98 Kb.
    bet4/46
    Sana13.06.2023
    Hajmi183.98 Kb.
    #72607
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
    Bog'liq
    Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi-fayllar.org
    8, Inspektor bayonnoma 92, Синф соатлари 101020090809, Оддий хайдаш Ректификация (2) (2), Фалсафа ЖН 3-топшириқ (ЖБ), bugungi mavzu, DARVIN TA’LIMOTINING PAYDO BO‘LISHI, Go’za chigiti tuklanishining irsiylanishi
    Milliy dasturni amalga oshirish bosqichlarida pedagogik texnologiya muammolari. Ta`lim tizimi va o’quv-tarbiya ishlari sohasiga turli o’zgarish, yangilik va pedagogik texnologiyalarni jalb qilish muammolari «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ni ro’yobga chiqarish bosqichlarida o’ziga xos tarzda ko’rsatib berilgan. Mazkur dasturni ro’yobga chiqarishning birinchi bosqichi (1997-2001 yillar) da - «o’quv-uslubiy majmualarning hamda ta`lim jarayonini didaktik va axborot ta`minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish», ikkinchi bosqich (2001- 2005 yillar)da - «ta`lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlashni davom ettirish, o’quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli o’quv adabiyotlari va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta`minlash, uzluksiz ta`lim tizimini axborotlashtirishni amalga oshirish», uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) da «ta`lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustaxkamlash, o’quv-tarbiya jarayonini yangi o’quv-uslu-biy majmualar, ilgor pedagogik texnologiyalar bilan tulik ta`minlash» vazifalari belgilab qo’yilgan. (Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.)

    2-MAVZU: YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING

    MOHIYATI VA AHAMIYATI

    R e j a
    1. Ta`limni rivojlantirishning yangi bosqichida pedagogik texnologiyaning ahamiyati.


    2. «Pedagogik texnologiya»tushunchasi va unga berilgan ta`riflar tahlili.


    3. Yangi pedagogik texnologiyalar mohiyati.


    4. Pedagogik texnologiya va o’qitish texnologiyasi: o’zaro bog’liqligi va farqi.




    Ta`limni rivojlantirishning yangi boskichida pedagogik texnologiyaning ahamiyati. Pedagogik texnologiya (PT) - shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida 3- ming yillikda davlatmiz ta`lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, o’qituvchi faoliyati yangilanadi, bilimga chanqoqlik Vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari tizimli ravishda shakllantiriladi.
    «Ta`lim to’g’grisida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta`lim-tarbiya tizimini isloh qilish, unga ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etish zarurligi qayta-qayta ta`kidlanadi. Chunki mamalakatimiz tez sur`atlar bilan taraqqiy etib, jahon hamjamiyatida iqtisodiy -siyosiy mavqei kundan-kun ortib bormoqda. Lekin ijtimoiy sohada, ayniqsa, ta`lim - tarbiyada umumiy taraqqiyotdan orqada qolish hollari sezilmoqda. Ta`lim-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish bilan bunday holga barham berish mumkin. Quyidagi holatlar ilg’or texnologiyalarni ta`lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etishning dolzarbligini ko’rsatib beradi:

    • «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» maqsadi va vazifalarini ro’yobga chiqarish uchun, ma`lum sabablarga ko’ra jahon hamjamiyati taraqqiyotidan ortda qolib ketgan jamiyatimiz taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o’rin olishi uchun, aholi ta`limini jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida ilg’or pedagogik tadbirlardan foydalanish zarurligi;


    • an`anaviy o’qitish tizimi yozma va og’zaki so’zlarga tayanib ish ko’rishi tufayli «axborotli o’qitish» sifatida tavsiflanib, o’qituvchi faoliyati birgina o’quv jarayonining tashkilotchisi sifatidagina emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib qolganligi yoki ta`lim-tarbiya jarayonida o’qituvchi va o’quvchi rolini o’zgartirish zarurligi;


    • fan-texnika taraqqiyotining o’ta rivojlanganligi natijasida axborotlarning keskin ko’payib borayotganligi va ularni yoshlarga bildirish uchun vaqtning chegaralanganligi;


    • kishilik jamiyati taraqqiyotining shu kundagi bosqichida nazariy va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega bo’lgan, aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga o’tib borayotganligi;


    • Barkamol avlodni tarbiyalash talabi ularga eng ilg’or bilim berish usuli hisblangan ob`ektiv borliqqa tizimli yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab qilishi.


    Pedagogika fani va amaliyotida keyingi paytlarda keng qo’llanilayotgan «pedagogik texnologiya» atamasi inglizcha «an educational technologu» so’zidan olingan bo’lib, «ta`lim texnologiyasi» degan ma`noni bildiradi.




    Download 183.98 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




    Download 183.98 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Milliy dasturni amalga oshirish bosqichlarida pedagogik texnologiya muammolari

    Download 183.98 Kb.