XX asrning 30-60 yillarida pedagogik texnologiyaga oid qarashlar




Download 183.98 Kb.
bet8/46
Sana13.06.2023
Hajmi183.98 Kb.
#72607
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi-fayllar.org
8, Inspektor bayonnoma 92, Синф соатлари 101020090809, Оддий хайдаш Ректификация (2) (2), Фалсафа ЖН 3-топшириқ (ЖБ), bugungi mavzu, DARVIN TA’LIMOTINING PAYDO BO‘LISHI, Go’za chigiti tuklanishining irsiylanishi
XX asrning 30-60 yillarida pedagogik texnologiyaga oid qarashlar. XX asrning 30- yillarida ta`lim-tarbiya tizimida katta o’zgarishlar yuz berdi. Bu o’zgarishlar hukumatning 30- yillarda qabul qilgan qator qarorlari (1932 yil 25 avgustdagi «Boshlang’ich va o’rta maktablarning o’quv programmalari va rejimi haqida»gi, 1933 yil fevraldagi «Boshlang’ich va o’rta maktab darsliklari haqida»gi, 1934 yil 15 maydagi maktablarda tarix va geografiya o’qitish to’g’risidagi va boshqalar) bilan bog`liqdir. Bu qarorlarda o’quv jarayonidagi kamchiliklar: o’quv materiallarining haddan tashqari ko’pligi, buning natijasida ayrim o’quv fanlari yuzaki o’tilayotganligi, ba`zi fanlar, ayniqsa, matematika, fizika va ximiya dasturlari orasida bog’lanish yo’qligi, soddalashib ketganligi kabilar ko’rsatildi. O’qitishda ko’rgazmali qurollardan foydalanishga alohida e`tibor qaratildi.
XX asrning 40-50 yillarida o’quv jarayoniga texnik vositalar (radio, kino) ning joriy etilishi pedagogik texnologiyaga tenglashtirildi. Faqat 60 yillarning o’rtasida, 70 yillarda bu tushuncha mazmuni chet el pedagogik nashrlarida (AQSh, Yaponiya, Angliya, Italiya, Vengriya) va xalqaro konferensiyalarda keng muhokama etila boshlandi va professor N.Sayidaxmedov ta`kidlashicha uning ikki yo’nalishi ko’rsatilgan. Birinchi yo’nalish pedagogik texnologiyani «o’qitishning texnik vositalar»ini qo’llash sifatida belgilasa (M.Klark, Xokridj- Buyuk Britaniya; K.Cheduik, D.Fini- AQSh; S.G. Shapovalenko-Rossiya) ikkinchisi- «o’quv jarayoni texnologiyasi» sifatida qaraldi (T.Samakato- Yaponiya; T.A.Ilina- Rossiya)1
T.S. Nazarovaning qayd etishicha pedagogik texnologiya 70 - yillarning boshlarida AQSh da yuzaga kelgan bo’lib, uning asoschilari taniqli olimlar B.Blum, D.Kratvol, N.Gronlund, J.Kerrol, J.Blok, L.Anderson va boshqalardir2.
Pedagogik texnologiya keyinchalik dunyoning ko’p mamlakatlariga tarqalgan. YUNESKO dek nufuzli tashkilot ham tan olib, o’zlashtirilishiga ko’maklashib kelmoqda. 1996 yili Ierusalimda, keyitn 1997 yili Manila (Filippin)da ta`lim innovatsiyalari va texnologiyalari bo’yicha xalqaro konferensiyalar o’tkazilgan. Pedagogik texnologiyalar tezkor ravishda Janubiy Koreya, Yaponiya, Singapur, Janubiy-Sharkiy Osiyoning boshqa mamlakatlarida tajriba sinovdan o’tgan va joriy qilingan.



Download 183.98 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46




Download 183.98 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



XX asrning 30-60 yillarida pedagogik texnologiyaga oid qarashlar

Download 183.98 Kb.