O’zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi navoiy 2007 Ushbu matn qo’llanma bakalavriat ta`lim standartlariga kiritilgan «Pedagogik texnologiya asoslari»




Download 183.98 Kb.
bet2/46
Sana13.06.2023
Hajmi183.98 Kb.
#72607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi-fayllar.org
8, Inspektor bayonnoma 92, Синф соатлари 101020090809, Оддий хайдаш Ректификация (2) (2), Фалсафа ЖН 3-топшириқ (ЖБ), bugungi mavzu, DARVIN TA’LIMOTINING PAYDO BO‘LISHI, Go’za chigiti tuklanishining irsiylanishi
NING HARAKATLANTIRUVCHI KUCHI.
1-MAVZU: O’ZBEKISTONDA TA`LIM SOHASIDAGI ISLOHATLAR VA ILGOR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ZARURIYATI.
R e j a
  1. Prezident I.A. Karimov asarlarida ta`limni isloh qilishning mohiyati haqida.


  2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va yangi ta`lim modeli.


  3. Prezident I.A. Karimovning ta`lim sohasidagi «portlash effekti» nazariyasi mohiyati.


  4. Milliy dasturni amalga oshirish bosqichlari va yangi pedagogik texnologiya muammolari.


Mamlakatimiz rahbari I. A. Karimov ta`kidlaganidek: «mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta`lim-tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o’rgatish sohalarini isloh qilishga nihoyatda katta zaruriyat sezila boshlandi»1. Yurtimizning kelajagi, uning ertangi taqdiri, ozod va obod jamiyat qurilishiga erishishimiz ham ma`lum ma`noda shu islohatlarning natijasiga boglik edi. «Chunki ta`lim-tarbiya- ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta`lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa biz ko’zlagan oliy maqsad- ozod va obod jamiyat barpo etib bo’lmaydi»2 degan yurtboshimizning fikrlaridan ta`lim-tarbiya islohati, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga erishish mamlakatimiz taraqqiyotini ta`minlovchi asosiy omillardan biri ekanligini bilib olishimiz mumkin.


Ta`lim-tarbiya tizimini, jumladan, kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilishning muhim omillari Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko’rsatib berildi va ular quyidagilardan iborat:


  • respublikaning demokratik huquqiy va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo’lidan izchil ilgarilab borayotganligi;


  • mamlakat iqtisodiyotida tub o’zgarishlarning amalga oshirilishi, respublika iqtisodiyoti asosan xom ashyo yo’nalishidan raqobatbardosh pirovard mahsulot ishlab chiqarish yo’liga izchil o’tayotganligi, mamlakat eksport salohiyotining kengayayotganligi;


  • davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta`lim ustuvorligi qaror topganligi;


  • milliy o’zlikni anglashning o’sib borishi, vatanparvarlik, o’z vatani uchun iftixor tuyg’usining shakllanayotganligi, boy milliy madaniy-tarixiy an`analarga va xalqimizning intellektual merosiga hurmat;


  • O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyasi, respublikaning jahondagi mavqei va obru-e`tiborining mustahkamlanib borayotganligi1


Ta`lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan tub islohatlarning asosiy yo’nalishlari:


  • ta`lim tizimini, mazmunini isloh qilish;


  • ta`lim-tarbiya boshqaruvini isloh qilish;


  • ta`limning bozor iqtisodiyotiga asoslangan mexanizmini yaratish;


  • ota-ona, o’qituvchi. O’quvchining ta`lim jarayoniga bo’lgan yangicha qarashlarini shakllantirish;


  • va bu islohatlarning bosh harakatlantiruvchi kuchi yangi pedagogik texnologiyani amaliyotga tadbiq etishdan iborat.





Download 183.98 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Download 183.98 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi navoiy 2007 Ushbu matn qo’llanma bakalavriat ta`lim standartlariga kiritilgan «Pedagogik texnologiya asoslari»

Download 183.98 Kb.