|
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Navoiy viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi
|
bet | 2/4 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 1,01 Mb. | | #251260 |
Bog'liq 7-sinf elektron jadvalni formatlashT/r
|
Darsning bosqichlari
|
Vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
2 daqiqa
|
2.
|
Guruhlarga topshiriq berish orqali o`tilgan mavzuni so`rash
|
6 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni (Taqdimot metodi)
|
15 daqiqa
|
4
|
Amaliy mashqlar bajarish orqali mavzuni mustahkamlash
|
18 daqiqa
|
5
|
Dars yakuni:
1. G`olib guruhni aniqlash va o`quvchilarni baholash va rag’batlantirish
2. Uyga vazifa
|
4 daqiqa
|
Darsning shiori:
Biliming osmonga yetgan bo’lsa ham,
Boshqalar ilmiga quloq sol har dam.
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism:
a) Psixologik iqlim yaratish
(salomlashish, sinfning va o`quvchilarning darsga tayyorligini baholash, davomat, ob-havo, sanani aniqlash)
b) Darsning mavzusini va maqsadini e’lon qilish
d) o`rganiladigan BKM larni e’lon qilish:
e) O`quvchilarni guruhlarga ajratish, Internet va Windows nomlari bilan nomlash, guruh sardorlarini saylash;
j) “Oltin qoidalar” ni ishlab chiqish:
1. O`zaro hurmat 2. O`zgalar fikrini hurmat qilish
3. Erkin fikrlash 4. Intizomlilik
5. Topqirlik 6. Hozirjavoblik
i) Baholash mezonlari haqida tushuncha berish
(“Ofarin”, “Barakallo”, “Harakat qil” so’zlari yozilgan shakllar);
O’tilgan mavzu yuzasidan o`quvchilarni baholash.
O`tilgan mavzu yuzasidan tayanch so`z va tushunchalar yozilgan kartochkalar guruhlarga tarqatiladi.
“ Internet” guruhiga:
Windows yo’lboshlovchisi ishiga qaysi dastur javob beradi?
Yolboshlovchini ishga tushirish usullarini ayting?
Yo’lboshlovchi interfeysi qanday qismlardan iborat?
Papka ichiga fayl qanday joylashtiriladi?
“Windows” guruhiga:
Windows so’zining ma’nosi?
Windowsning ish stolida qanday obyektlar bo’ladi?
Yo’lboshlovchi oynasida obyektdan qaysi klavishlar yordamida nusxa olish mumkin?
Yangi papka qanday hosil qilinadi?
O`quvchilarning kartochkalardagi savollarga qay darajada izoh berganliklariga
qarab “Ofarin”, “Barakallo”, “Harakat qil” so’zlari yozilgan shakllardan tegishlisi taqdim etiladi.
O`quvchilar bilan o`tgan mavzularni takrorlash maqsadida amaliy topshiriq beriladi.
Topshiriq: Har bir o’quvchi komputerda yangi papka ochib, papka ichiga
fayl joylashtiriladi.
Guruh o`quvchilari bajargan ishlariga qarab rag`batlantiruvchi kartochkalar bilan taqdirlanadi.
O`qituvchi yangi mavzu bayonini o`quvchilarga tushuntirish jarayonida kompyuter, videoproyektor va ekrandan bevosita foydalangan holda Microsoft Office dasturi tarmog`iga kiruvchi Microsoft Office Power Point matn muharriri orqali ekranda mavzuga tegishli rasmlardan lavhalarni ham namoyish etib tushuntiradi.
|
| |