|
-mavzu: Qadimiy qadriyatlarimiz (21 mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan)
|
bet | 38/52 | Sana | 17.09.2024 | Hajmi | 147,62 Kb. | | #271380 |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’li26-mavzu: Qadimiy qadriyatlarimiz (21 mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan).
O`quvchilarda milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimizga hurmat tuyg’ularini kuchaytirish orqali ular ongiga mehr-oqibat, insoniylik, milliyligini yo`qotmaslik, boy, asrlardan asrlargacha yetib kelayotgan urf-odatlarimizni saqlab qolish xislatlarini tarbiyalash.
27-mavzu: Amir Temur tuzuklarida ilm-fan, axloq-odob haqida(Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan).
O`quvchilarning buyuk davlat arbobi va jahongir lashkarboshi, Sohibqiron Amir Temurga bo`lgan cheksiz hurmatlarini yanada rivojlantirish hamda ular ongiga Amir Temur bobomiz faxrimiz-g`ururimiz ekanligini singdirish.
28-mavzu: Moddiy va ma’naviy me’ros (Tasviriy san’at, musiqa, mehnat fanlari oyliklari doirasida).
Fan o’qituvchilari bilan birgalikda fan oyligini yuqori saviyada tashkil etish.
29-mavzu: Tomchi suvda – hayot jilvasi.
Suv – hayot manbai, milliy boyligimiz. Uni isrof qilish gunoh. O`quvchilarni tejamkorlikka o`rgatish, ularga ortiqcha isrofgarchilikka yo`l qo`ymaslikni uqtirish orqali o’quvchilarning iqtisodiy savodxonligini, iqtisodiy ongini, iqtisodiy fikrlashi va iqtisodiy madaniyatlilik darajasini oshirish.
30-mavzu: Vaqtni qadrlash.
Vaqt nima? G’. G’ulomning vaqt haqidagi she’ri, vaqtni sotib olib bo’lmasligi.
31-mavzu: Xotira –ulug’ qadriyat (9 may – Xotira va qadrlash kuni oldidan).
O`quvchilar qalbi va ongiga ajdodlar xotirasiga hurmat, tiriklarni qadrlash tuyg’ularini singdirish orqali ularda hozirgi kunlarimizga shukronalik, tinchlikning qadriga yetish hamda ajdodlarga munosib voris bo’lish xislatlarini tarbiyalash.
32-mavzu: Til o‘rganish – davr talabi (Xorijiy tillar fanlari oyligi doirasida).
O`quvchilarga til – dil kaliti ekanligi haqidagi hikmatlarni uqtirib, Davlat tiliga bo`lgan hurmatni yanada rivojlantirish bilan bir qatorda o’quvchilar qalbi va ongiga boshqa millat va elatlar tillariga ham hurmat bilan munosabatda bo’lish tuyg’ularini singdirish.
|
| |