|
-mavzu: Ustozga ta’zim! (Ustozlar va murabbiylar kuni munosabati bilan) (1 soat)
|
bet | 9/52 | Sana | 17.09.2024 | Hajmi | 147,62 Kb. | | #271380 |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’li5-mavzu: Ustozga ta’zim! (Ustozlar va murabbiylar kuni munosabati bilan) (1 soat)
O`quvchilar qalbiga o`qituvchi va murabbiylarga hurmat tuyg`usini singdirish, ularga ustozlarning ulug`ligini va ularga doimo ehtirom ko`rsatish lozimligini uqtirish.
6-mavzu: Tabiatni muhofaza qilish.(1 soat)
O‘quvchilar ongida atrof-muhitga, olam va odamga, hayvonot va o‘simlik dunyosiga mehr-muhabbat bilan munosabatda bo’lish, tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, atmosfera va atrof-muhit tozaligini asrash, tarixiy va tabiiy boyliklarni asrash tuyg’ularini shakllantirish.
7-mavzu: Tejamkorlik haqida suhbat (1 soat)
O`quvchilarni tejamkorlikka o`rgatish, ularga ortiqcha isrofgarchilikka yo`l qo`ymaslikni uqtirish orqali o’quvchilarning iqtisodiy savodxonligini, iqtisodiy ongini, iqtisodiy fikrlashi va iqtisodiy madaniyatlilik darajasini oshirish.
8-mavzu: Ona tilim – jonu dilim (O‘z.Res. “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan).(1 soat)
O`quvchilarga Ona tili — bu millatning ruhi, til – dil kaliti ekanligi haqidagi hikmatlarni uqtirib, Davlat tiliga bo`lgan hurmatni yanada rivojlantirish bilan bir qatorda o’quvchilar qalbi va ongiga boshqa millat va elatlar tillariga ham hurmat bilan munosabatda bo’lish tuyg’ularini singdirish.
9-mavzu: Oltin kuz ertaklari(1 soat)
Ertaklar – yaxshilikka yetaklar. Har doim yaxshilikning g’alaba qozonishi, ko’p ertak o’qigan bolalar aqlli, odobli va mehnatsevar bo’lishi.
10-mavzu: Ta’til taassurotlari.(1 soat)
O’quvchilarning ta’til davomida nima ishlar bilan shug’ullanganliklari tinglanadi, boshqalarga ibrat bo’ladigan yumush bilan shug’ullangan bolalar rag’batlantiriladi.
11-mavzu: Bayrog‘imiz – faxrimiz (18 noyabr - O‘z.Res. Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan).(1 soat)
O`quvchilarda davlat ramzlariga bo`lgan hurmatni rivojlantirish,O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ini yuksaklarga ko`tarishda ularning o’rni kattaligini uqtirish, O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i o`zga yurtlarda ko`tarilganda g`urur va iftixor tuyg`usini oshirishini singdirish.
|
| |