|
-mavzu: Mehribonim onam(8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan).(1 soat)
|
bet | 12/52 | Sana | 17.09.2024 | Hajmi | 147,62 Kb. | | #271380 |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’li23-mavzu: Mehribonim onam(8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan).(1 soat)
O`quvchilarga aziz onajonlarimiz va opa-singillarimizga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo’lish tuyg’ularini singdirish orqali ularni “Ayolga e’tibor – kelajakka e’tibor”, “Ayol baxtli bo’lsa, jamiyat ham baxtli bo’ladi” degan g’oyalarga sadoqat ruhida tarbiyalash.
24-mavzu: Odobli bola elga manzur.(1 soat)
O’quvchilar qalbi va ongiga odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish tuyg’ularini singdirish, ularni zo‘ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviq qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlardan himoya qilish, o’quvchilarda ichkilikbozlik, giyohvandlik va «ommaviy madaniyat» kabi bizga yot illatlarga qarshi immunitetni shakllantirish.
25-mavzu: Navro‘z – bahor bayrami ( 21 mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan).(1 soat)
O`quvchilarda milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimizga hurmat tuyg’ularini kuchaytirish orqali ular ongiga mehr-oqibat, insoniylik, milliyligini yo`qotmaslik, boy, asrlardan asrlargacha yetib kelayotgan urf-odatlarimizni saqlab qolish xislatlarini tarbiyalash.
26-mavzu: Mehnat-mehnatning tagi rohat.(1 soat)
O`quvchilarda mehnatga bo’lgan to’g’ri munosabatni shakllantirish orqali ularga halol mehnat bilan topilgan boylik hech qachon yo’q bo’lmasligi haqidagi tushunchalarni singdirish, o’quvchilarni aqliy va jismoniy mehnatga o’rgatish hamda ularda jamoa bilan birgalikda mehnat qilish ko’nikmalarini tarbiyalash, ularga orzu va orzusi bo’yicha tanlagan kasbining mohir ustasi bo’lib yetishishlarida, barcha orzularining ro`yobga chiqishida irodaning , mehnatning, harakatning va ustozlar o’gitining o`rni alohida ahamiyat kasb etishligini tushuntirish.
27-mavzu: Ona tabiat qo‘ynida.(1 soat)
Ekskursiya mashg’uloti orqali o‘quvchilar ongida atrof-muhitga, olam va odamga, hayvonot va o‘simlik dunyosiga mehr-muhabbat bilan munosabatda bo’lish, tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, atmosfera va atrof-muhit tozaligini asrash, tarixiy va tabiiy boyliklarni asrash tuyg’ularini shakllantirish.
|
| |