|
-mavzu: Men sevgan ertak qahramoni.(1 soat)
|
bet | 13/52 | Sana | 17.09.2024 | Hajmi | 147,62 Kb. | | #271380 |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’li28-mavzu: Men sevgan ertak qahramoni.(1 soat)
Ertak qahramonlari o’quvchilarga orzu va orzusi bo’yicha tanlagan kasbining mohir ustasi bo’lib yetishishlarida kuchli ta’sir ko’rsatishi , shu bilan bir qatorda orzularining ro`yobga chiqishida irodaning , mehnatning, harakatning va ustozlar o’gitining o`rni alohida ahamiyat kasb etishligini va bu jarayonda ertaklarning ahamiyatini tushuntirish.
29-mavzu: Mening qahramonim.(1 soat)
Men sevgan qahramon. Qahramon deganda kimlar anglanishi, haqiqiy qahramonlik nima ekanligi, bugungi va ertangi kun qahramonlari kimlar bo’lishi haqida tushunchalar hosil qilish.
30-mavzu:Bobom xotiralari (Xotira va qadrlash kuni oldidan).(1 soat)
O`quvchilar qalbi va ongiga ajdodlar xotirasiga hurmat, tiriklarni qadrlash tuyg’ularini singdirish orqali ularda hozirgi kunlarimizga shukronalik, tinchlikning qadriga yetish hamda ajdodlarga munosib voris bo’lish xislatlarini tarbiyalash.
31-mavzu: Kitobim - oftobim.(1 soat)
O`quvchilarda kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosi, hayotni o’rgatuvchi murabbiy ekanligi haqida tushunchalar hosil qilish orqali ularning qalbi va ongiga kitob o’qishga bo’lgan munosabat, kitobni asrab-avaylash va kitobga mehr-muhabbat tuyg`ularini singdirish.
32-mavzu: Yoz – o‘tadi soz! (1 soat)
O`quvchilarga yozgi ta’tilni mazmunli o`tkazish bo’yicha tavsiyalar berish, ularga yozgi oromgohlarga yoki cho`milish havzalariga borganda ehtiyot bo`lishlikni uqtirish.
33-mavzu: Men 1-sinfni tugatdim (Maktab haqida taassurotlarim). (1 soat)
O`quvchilarning o’quv yili davomidagi taassurotlari bilan o’rtoqlashib, ularga yozgi ta’tilni mazmunli o`tkazish bo’yicha tavsiyalar berish, yozgi oromgohlarga yoki cho`milish havzalariga borganda ehtiyot bo`lishlikni uqtirish
2 – sinf
(34 soat)
1-mavzu: Vatan kelajagi bizning qo’limizda.
Mustaqillik kunini nima uchun eng ulug`, eng aziz ayyom sifatida bayram qilinishi,hayotimizdagi bugungi imkoniyatlar qanday paydo bo`lganligi, sobiq mustabid tuzum davrida xalqimiz qanday qiyinchiliklarni boshidan kechirganligi, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning buyuk ma’naviy jasorati va o’tmishni unutmaslik haqida aytgan fikrlari, afg`on qizi nima uchun o`z orzusiga yetolmaganligi, Yurtimizda yoshlarning bilim olishi uchun qanday qulay imkoniyatlar yaratilganligi, dunyoda qanday gunoh kechirilmasligi, Vatan kelajagi yoshlarga bog’liq ekanligi.
|
| |