• Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy vazifalari
  • Texnologiya o‘quv fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari
  • 2. Psixomotor, funksional, hamda amaliy faoliyat turlarini bajarishdagi operatsion kompetensiya
  • 3. To‘g‘ri va ongli kasb tanlash, ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish kompetensiyasi
  • Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanining maqsad va vazifalari




    Download 0.83 Mb.
    bet6/173
    Sana01.07.2021
    Hajmi0.83 Mb.
    #15329
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanining maqsad va vazifalari

    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:

    o‘quvchilarda texnik-texnologik hamda texnologik jarayon davomida bajariladigan operatsiyalar yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustaqil amaliy faoliyatida qo‘llash, kasb-hunar tanlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat.

    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:

    materiallar va ularning xossalari, xususiyatlari hamda texnik ob’ekt va texnologik jarayonlarga oid ma’lumotlarni o‘rganish;

    texnik ob’ekt hamda texnologik jarayonlarda maxsus va umummehnat operatsiyalarini bilish;

    texnologik jarayonlarni boshqara olish hamda maxsus va umummehnat operatsiyalarini amaliyotda qo‘llay olish;

    texnik va kreaktiv fikrlashni, intellektual qobiliyatlarini shakllantirish;

    texnologik jarayon va tayyorlangan mahsulotlarni bajarish ketma-ketligi hamda mahsulot sifatini tahlil qilish;

    buyum va jarayonlarni bajarishga oid xulosalar chiqarish hamda mehnat operatsiyalarini, mahsulot sifatini baholash;

    ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlash ishlarini amalga oshirishda tayanch va texnologiya faniga oid kompetensiyalarni shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat.

    Texnologiya o‘quv fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari

    1. Buyum va mahsulot turlarini, ularni tayyorlash va ishlov berish usullarini bilish, texnologik loyihalash hamda amalga oshirish kompetensiyasi

    A1

    Turli materiallardan yasaladigan buyumlarni o‘lchash, rejalash, yelimlash, sodda loyihalash ishlarini bajara oladi;

    tabiiy va turli materiallarni bir-birida farqlay oladi;

    turli materiallardan yasaladigan buyumlarni qurish-yasashda ishni ketma-ketlikda bajarish rejasini tuza oladi;

    sodda buyumlarni tika oladi;

    kichik hajmdagi buyumlarni to‘qiy oladi;

    oddiy modellarni yasay oladi;

    o‘tkir va tig‘li asboblardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiena talablariga rioya qilgan holda foydalana oladi.

    A1+

    Sodda naqsh elementlarini chiza oladi;

    naqsh elementlaridan kompozitsiya tuza oladi;

    tabiiy materiallarda sodda naqsh elementlarini tasvirlay oladi;

    hunarmandlarning sodda ish namunalarini bajara oladi;

    kashtachilik yo‘nalishida sodda naqsh elementlaridan iborat kompozitsiyalarni tika oladi.

    A2

    Tabiiy va turli materiallarning xususiyatlarini tavsiflaydi va farqlay oladi;

    materiallarni saralay oladi;

    buyum va mahsulotlarni texnologik loyihalay oladi;

    materiallarga issiq va sovuq ishlov berish usullarini bajara oladi;

    detallarni bir-biriga yopishtirishda maxsus yelimlardan foydalana oladi;

    buyumlarni konstruksiyalash va modellashtirish ishlarini bajara oladi;

    texnik ob’ektlarni biladi va texnologik jarayonlarni qo‘llay oladi;

    kichik hajmdagi sodda buyumlarni tikadi va to‘qiy oladi;

    harakatlanuvchi modellarni yasay oladi;

    asbob-uskunalarni saqlash va ta’mirlash ishlarini bajara oladi;

    xalq hunarmandchiligi turlari bo‘yicha buyumlarni loyihalay oladi;

    elektrotexnika, avtomatika va robototexnika turlarini tavsiflay oladi;

    sodda elektrotexnika ishlarini bajara oladi;

    texnika va texnologiyalarning iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishdagi ahamiyatini biladi;

    sanoat sohalari bo‘yicha tayanch bilimlarga ega bo‘ladi;

    zamonaviy bozor munosabatlariga moslashadi hamda faoliyat yurita oladi;

    turli materiallarga ishlov berishda, asbob-uskuna, moslama, mexanizm, mashinalarda texnika xavfsizligi qoidalari va sanitariya-gigiena talablariga rioya qilgan holda ishlay oladi.

    A2+

    Mahsulot tarkibi, xossalari va xususiyatlarini aniqlaydi, tavsiflay oladi;

    xalq hunarmandchiligi sohalari bo‘yicha buyumlarni texnologik loyihalash va tayyorlashda texnologik jarayonlarni qo‘llay oladi;

    xom ashyolarga badiiy ishlov bera oladi;

    xalq hunarmandchiligi bilan uyg‘unlashgan kasb-hunarlarini sodda ish usullari vositasida qo‘llay oladi.

    2. Psixomotor, funksional, hamda amaliy faoliyat turlarini bajarishdagi operatsion kompetensiya

    A1

    O‘z mehnat harakatlarini o‘quv topshiriqlari asosida muntazam takrorlay oladi;

    egallagan hayotiy odob-axloq qoidalari, mehnatsevarlikka oid asosiy tushunchalarga rioya eta oladi.

    A1+

    Hunarmandlarning qo‘l mehnatiga oid bilimini umumlashtirgan holda amaliy vazifalarni bajara oladi.

    A2

    Hozirjavoblik, ishchanlik, faollik va muomala madaniyatiga amal qila oladi;

    o‘quv-amaliy topshiriqlarni tizimli, tartib-intizom asosida bajara oladi;

    mustaqil ishlashga ijodiy yondashib, kreativ fikrlay oladi;

    A2+

    Texnologik loyihalash va jarayonlarni amalga oshirish bo‘yicha mustaqil qaror qabul qila oladi;

    o‘z xato va kamchiliklarini anglay oladi, ko‘ra biladi va tuzatishga harakat qila oladi.

    3. To‘g‘ri va ongli kasb tanlash, ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish kompetensiyasi

    A1

    Kasblar olamini biladi, kasb-hunarlarga oid ma’lumotlarni to‘playdi va tavsiflay oladi.

    A1+

    Hunarmandlar haqidagi ma’lumotlarni biladi, ular faoliyatiga oid ma’lumotlarni to‘playdi va tavsiflay oladi.

    A2

    Kasblarda mehnat turlarini (odam-odam, odam-texnika, odam-tabiat, odam-belgili tizim, odam-badiiy obrazni) ta’riflay oladi;

    hududda joylashgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari va ularning yo‘nalishlari, joylashuvini biladi, tahlil qila oladi;

    kelgusi ta’lim yo‘nalishini (akademik litsey yoki kasb-hunar kollejini) ongli va mustaqil ravishda tanlay oladi;

    kasb-hunar turlarining inson salomatligiga qo‘yadigan talablarini va o‘z imkoniyatlarini psixologik va fiziologik jihatdan baholay oladi.

    A2+

    Kasbiy axborotlarni, kasblarning murakkablilik omillarini tahlil qila oladi;

    uzluksiz ta’lim tizimini, unda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining tutgan o‘rnini tavsiflay oladi;

    kasbiy qiziqish va moyilliklarni aniqlash bo‘yicha mashqlarni mustaqil bajara oladi.



    Download 0.83 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173




    Download 0.83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanining maqsad va vazifalari

    Download 0.83 Mb.