• Rivojlantiruvchi mashqlar
  • Rivojlantiruvchi mashqlar.
  • Natural sonlar, kattaliklar va geometrik material haqidagi bilimlarni umumlashtirish va bir tizimga solish (11 soat)
  • Tabiiyot fanidan Davlat ta’lim standarti (1 – 4 - sinflar
  • III. O‘quvchilar geografiya faniga oid quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart: 1- sinf Bilim
  • 2- sinf Bilim
  • 3- sinf Bilim
  • 4- sinf Bilim
  • Atrofimizdagi olam fanidan o‘quv dasturi (1-2-sinf) Uqtirish xati
  • Atrofimizdagi olam 1-sinf (33 soat
  • Atrofimizdagi tabiat ( 13 soat)
  • Biz foydalanadigan jihozlar (4 soat)
  • Bizning o‘lka (9 soat)
  • O‘quv yili davomida o‘tilganlarni takrorlash (2 soat) 2-SINF (34 soat, haftasiga 1 soatdan) Atrofimizdagi olamni o‘rganamiz
  • O‘lkamizda kuz ( ( (8 soat)
  • Ona zaminimiz (5 soat)
  • Sog‘ tanda sog‘lom aql (3 soat)
  • O‘quv yili davomida o‘tilganlarni takrorlash (1 soat) Tabiatshunoslik
  • Amaliy ish Katakli daftarda tomonlarining uzunliklari berilgan kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchak chizish. Rivojlantiruvchi mashqlar




    Download 1,71 Mb.
    bet10/148
    Sana24.03.2017
    Hajmi1,71 Mb.
    #1479
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   148

    Amaliy ish

    Katakli daftarda tomonlarining uzunliklari berilgan kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchak chizish.



    Rivojlantiruvchi mashqlar.

    Qirqma shakllar: buklanadigan ko‘pburchaklar. Bir xil qismlardan tuzilgan shakllar.



    Natural sonlarni qo‘shish va ayirish. Kattaliklar.

    Geometrik shakllar (26 soat)

    Qo‘shish va ayirish (bilimlarni umumlashtirish va bir tizimga solish): qo‘shish va ayirish bilan yechiladigan masalalar. Bir necha sonni qo‘shishda qo‘shiluvchilarning o‘rinlarini almashtirish va guruhlash. Qo‘shish va ayirish amallari orasidagi o‘zaro bog‘lanish.

    Qo‘shishning o‘rin almashtirish va guruhlash xossasi, hisoblashlarda ularni qo‘llash.

    Qo‘shish va ayirishni tekshirish usullari.

    Tezlik. Vaqt. Masofa.

    1 000 000 ichida sonlarni qo‘shish va ayirishni 100 ichida amallar bajarishga keltirilgan hollarda og‘zaki, qolgan hollarda yozma bajarish.

    Qo‘shish va ayirishni o‘z ichiga olgan 2-3 amalli (qavsli va qavssiz) ifodalar, ularning qiymatlarini hisoblash.

    Miqdorlarni qo‘shish va ayrish.

    x 316=654 85; 729-x=217 163, x-137=500-140

    ko‘rinishidagi tenglamalarni yechish va masalalar yechishda ularni qo‘llash.

    O‘rganilgan ko‘rinishdagi 2 va 3 amalli masalalar, ularni amallar bo‘yicha, ifodalar va tenglamalar tuzib yechish.

    Doira va aylana (umumlashtirish).

    Aylana va boshqa geometrik shakllardan naqshlar chizish.

    Massa birligi: gramm, kilogramm, tonna, ular orasidagi munosabatlar (umumlashtirish).



    Amaliy ish

    Berilgan perimetrdagi to‘g‘ri to‘rtburchak (kvadrat) chizish, mumkin bo‘lgan hollarni ko‘rib chiqish.

    Berilgan qismlari bo‘yicha kesma yasash. Kesmani teng qismlarga bo‘lish.

    Sirkul bilan ishlash.

    Geometrik mazmundagi (shakllar yasashga oid) masalalar.

    Rivojlantiruvchi mashqlar.

    Bloklar bilan berilgan matematik masalalar.

    Matematik kvadratlar.

    Matematik fokuslar.



    Natural sonlarni ko‘paytirish va bo‘lish (105 soat)

    Ko‘paytirish va bo‘lish (bilimlarni umumlashtirish va sistemaga solish).

    Ko‘paytirish va bo‘lish orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar.

    Nol va 1 sonlari bilan ko‘paytirish hollari. Nolni bo‘lish. Nolga bo‘lishning mumkin emasligi.

    Ko‘paytuvchilar va ko‘paytma; bo‘linuvchi, bo‘luvchi va bo‘linma orasidagi o‘zaro bo‘g‘lanishlar.

    6∙x=426 120; x:18=70-50; 360:x=630:7 ko‘rinishidagi tenglamalarni komponentlar va amallar natijalari orasidagi bog‘lanishlar asosida yechish.

    Ko‘paytirish va bo‘lishni tekshirish usullari.

    Ko‘paytirishning o‘rin almashtirish, guruhlash va taqsimot xossalari. Ularni hisoblarda qo‘llash.

    O‘zgaruvchilar yordamida ko‘paytirish va bo‘lish xossalarini yozish.

    100 ichida bajariladigan amallarga keltirish mumkin bo‘lgan hollarda ko‘p xonali sonlarni bir xonali songa og‘zaki ko‘paytirish va bo‘lish.

    10; 100; 1000 ga ko‘paytirish va bo‘lish.

    Ko‘p xonali sonni bir xonali songa yozma ko‘paytirish va bo‘lish. Nol bilan tugallangan songa ko‘paytirish.

    Sonni ko‘paytmaga bo‘lish. Nol bilan tugallangan songa bo‘lish.

    Ko‘p xonali sonni ikki xonali va uch xonali songa ko‘paytirish.

    Ko‘p xonali sonni ikki xonali va uch xonali songa yozma bo‘lish.

    Ko‘paytirish va bo‘lishni o‘z ichiga olgan 2 dan 4 gacha amalli ifodalar.

    Vaqt, tezlik, tekis harakatda bosib o‘tilgan yo‘l; narx, miqdor, baho kabi kattaliklar orasidagi bog‘lanishga misollar.

    Qarama-qarshi yo‘nalishlardagi ro‘baro va qarama-qarshi harakatlarga; to‘rtinchi proporsionalni topishga (bevosita birga keltirish, teskari birga keltirish, munosabatlar usuli bilan; algebrik usulda); proporsional bo‘lishga; sonni ikki sonning o‘zini topishga 2 va 4 amalli masalalar.

    Qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lishni o‘z ichiga olgan 3 va 4 amalli (qavsli va qavssiz) sonli ifodalar; ularning qiymatini hisoblab topish.

    Miqdorlarni (kattaliklarni) bir xonali songa ko‘paytirish va bo‘lish.

    Vaqt birliklari: sekund, minut, soat, sutka, oy, yil, asr, ular orsidagi munosabatlar, voqeaning boshlanishi, oxiri, uning davom etish vaqtini aniqlashga doir masala.

    Qo‘shish, ayirish, ko‘patirish va bo‘lish amallarini o‘z ichiga olgan 2 va 3 amalli masalalar. Shakllarning yuzi haqida tasavvur. Yuz o‘lchovi birliklari. To‘g‘ri to‘rtburchaklar (kvadrat)ning perimetri va yuzini topishga doir masalalar.



    Amaliy ish

    Yuzi 1 kv.m, 1 kv. dm, 1 kv. mm ga teng bo‘lgan shakllarni yasash.

    Berilgan tomonlarining uzunliklari bo‘yicha yoki parametri bo‘yicha to‘g‘ri to‘rtburchakni chizish va uning yuzini hisoblash.

    Yuzi va bir tomonining uzunligi berilgan to‘g‘ri to‘rtburchakni yasash, uning bo‘yini va enini taqqoslash.

    Yuzi berilgan holda bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha to‘rtburchaklarni (xona poli, devorlari, derazalari, uncha katta bo‘lmagan ekin maydonlarini) chizish.

    To‘g‘ri to‘rtburchakning diagonali. To‘g‘ri to‘rtburchakning digonallarining xossalari.



    Rivojlantiruvchi mashqlar.

    Qiziqarli, o‘z-o‘zini tekshirish mashqlari: naqshni takrorlash, “Bir vaqtda chap va o‘ng qo‘lingiz bilan”.

    Matematik o‘yinxona: sonli piramida, arifmetik labirint, qiziqarli kvadratlar, arifmetik o‘yin.

    Matematik fokuslar: berkitilgan sonlar, yig‘indisi, sonlarni o‘ylab topish.

    Qiziqarli matematika: uchta son yig‘indisi, eng yaxshi hisobchi.

    Arifmetik musobaqa: hosil bo‘lgan sonlarni o‘ylab topish, bir lahzalik hisob, she’riy masalalar, hosil masalalar.



    Natural sonlar, kattaliklar va geometrik material haqidagi bilimlarni umumlashtirish va bir tizimga solish

    (11 soat)

    Yil davomida quyidagilar o‘tkaziladi:

    -hamma amallar bajarish qoidalariga rioya qilmagan holda (qavsli va qavssiz) 2 dan 4 gacha amalli sonli ifodalarning qiymatini topish;

    a) arifmetik amallarning ma’nosini;

    b) noma’lum komponentlarni;

    d) ko‘p, kam, teng munosabatlarini;

    ye) miqdorlar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni ochib beradigan 1 amalli masalalar yechish;

    - o‘rganilgan holdagi 2 dan 4 gacha amalli masalalar yechish;

    - uzunlik, massa, vaqt va hajm birliklaridan foydalanishga doir masalalar yechish;

    - murakkabroq tarkibli geometrik shakllarni tanishga doir masalalar yechish;

    - shaklni berilgan qismlarga bo‘lish;

    - 2-3 ga bo‘lingan qismlardan berilgan shaklni tuzish; chizg‘ich, sirkul va uchburchak yordamida katakli va kataksiz qog‘ozda o‘rganilgan shakllar chizish.



    Tabiiyot fanidan

    Davlat ta’lim standarti

    (1 – 4 -sinflar)

    I. Boshlang‘ich ta’limda tabiiyot fanining maqsad va vazifalari

    Bolani tevarak – atrofdagi tabiat bilan tanishtirish, unda olam tuzilishi va tabiat hodisalari haqida boshlang‘ich tasavvur hosil qilish, ilmiy dunyoqarash kurtaklarini shakllantirish, tabiatga muhabbat uyg‘otish va undan oqilona foydalanishni o‘rgatish tabiat ta’limi sohasi orqali amalga oshiriladi.

    Tabiat bo‘yicha standart ko‘rsatkichlari bolaning tabiat va undagi hodisalar haqidagi tasavvurga ega bo‘lish, ularni farqlay olish, qisqacha tavsiflab berish hamda amalda qo‘llay olishga o‘rgatish nuqtai nazaridan belgilanadi.
    II. Ta’lim mazmunini belgilovchi ko‘rsatkichlar

    Boshlang‘ich ta’limda tabiat ta’limi mazmunining negizi quyidagilarni o‘z ichiga oldi: bizning maktab, bizning mahalla, ko‘chada yurish va tabiatda o‘zini tutish qoidalari, kun tartibi, shaxsiy gigiyena qoidalari, jonli va jonsiz tabiat, tabiat hodisalari, jism va moddalar, madaniy va yovvoyi o‘simliklar, o‘simliklarning organlari, xona o‘simliklari, o‘simliklardagi mavsumiy o‘zgarishlar, madaniy o‘simliklarni parvarish qilish va hosilini yig‘ish, dehqonlarning bahor, yoz va kuzdagi mehnati, hayvonot dunyosi, uy va yovvoyi hayvonlar, hasharotlar, qushlar, suvda yashovchi hayvonlar, hayvonlarning yashash sharoiti, odamning ichki va tashqi organlari, salomatlikni saqlash, suvning kuch holati, tabiatda suvning aylanishi, ob – havo, atmosferadagi hodisalar, bulut va yog‘inlarning hosil bo‘lishi, Koinot, yulduzlar, Quyosh - eng yaqin yulduz, Oyning Yer atrofida aylanishi, kun va tun, yil fasllarining davriy almashinishi, yarimsharlar xaritasi, tabiiy xarita, Yer yuzasining asosiy shakllari, Yer yuzasi tabiatining xilma-xilligi, o‘lkamiz tabiati: tog‘ va tekisliklari, cho‘llari, dashtlari, o‘rmonlari, asosiy qoidalari, ko‘llari va suv omborlari, yer osti boyliklari, mamlakatimiz poytaxti, viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasining tabiati, inson va tabiat orasidagi munosabat, tabiatni muhofaza qilish.

    III. O‘quvchilar geografiya faniga oid quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart:

    1- sinf

    Bilim:

    - ko‘cha va transportda yurish qoidalari;

    - uy hayvonlarining yovvoyi hayvonlardan farqi;

    - qush va hasharotlarning bir-biridan farqi;

    - madaniy va yovvoyi o‘simliklar;

    - o‘simlik qismlari (ildiz, poya, barg, gul, meva, urug‘);

    - yil fasllari nomlari;

    - ob-havoning turlicha bo‘lishi;

    - o‘quv qurollari, uy jihozlari, oshxona anjomlari, xonadonda

    foydalaniladigan elektr asboblar, kompyuter va uning imkoniyatlari;

    - suvning inson, o‘simlik va hayvonlar uchun ahamiyati, suvni behudaga isrof qilmaslik zarurligi.

    Ko‘nikma:

    - o‘z maktabini tavsiflay olish;

    - o‘zining yashash manzilini ayta olish;

    - o‘simlik va hayvonlarning hayoti uchun oziqlanishi zarurligini tushuntira

    olish;

    - uy hayvonlaridan 5-6 tasining nomini ayta olish;



    - yovvoyi hayvonlardan 5-6 tasining nomini ayta olish;

    - qushlardan 5-6 tasining nomini ayta olish;

    - hasharotlardan 5-6 tasining nomini ayta olish;

    - Quyosh, yorug‘lik va issiqlikning erdagi hayot uchun zarurligini tavsiflay

    olish.

    Malaka:

    - kun tartibiga rioya qilish;

    - shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish;

    - oshxona ishlarida onasiga yordam berish;

    - yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish.
    2- sinf

    Bilim:

    - fasllardagi mavsumiy o‘zgarishlar;

    - Yerning Quyosh atrofida, Oyning Yer atrofida aylanishi;

    - jism va moddalar;

    - suvning uch holati;

    - kishilarning kuz, qish va bahordagi mehnati;

    - aksariyat o‘simliklarning urug‘dan ko‘payishi;

    - termometr;

    - inson bilan tabiatning bog‘liqligi;

    - ovqatlanish gigiyenasi;

    - vaqt o‘lchov birligi.

    Ko‘nikma:

    - havo va suvning Yerdagi hayot uchun zarurligini tavsiflay olish;

    - kuzatishga asoslanib havodagi o‘zgarishlarni tushuntira olish;

    - tabiatni asrashning muhimligini tavsiflay olish;

    - O‘zbekistonda yetishtiriladigan 5-6 xil o‘simliklarni ayta olish;

    - inson va tabiat orasidagi munosabatni tavsiflay olish;

    - kun chiqishi, tush vaqti, kun botishini tushuntira olish.

    Malaka:

    - termometr yordamida havo va suvning haroratini o‘lchash;

    - soatdan vaqtni aniqlash;

    - shaxsiy gigiyenaga amal qilish;

    - tishni parvarishlash;

    - ovqatlanish tartibiga amal qilish;

    - tabiatni muntazam kuzatish va natijalarni «Kundalik kuzatish daftari»ga qayd qilish.
    3- sinf

    Bilim:

    - jonli va jonsiz tabiat;

    - tabiat hodisalari;

    - shamol — havoning harakati ekanligi;

    - suvning asosiy xususiyatlari;

    - okean, dengiz, daryo, ko‘llar;

    - tabiatda suvning aylanishi;

    - atmosferadagi hodisalar (bulut va yog‘inlarning paydo bo‘lishi);

    - foydali qazilmalar;

    - o‘tsimon va butasimon o‘simliklar, daraxtlar;

    - foydali va zararli hasharotlar;

    - inson tanasining tuzilishini, teri, skelet va muskullarning vazifalari;

    - yurak va qon tomirlari, nafas olish organlari, ovqat hazm qilish organlari,

    nerv sistemasining vazifalari;

    - chekish, alkogol ichimliklari va giyohvand moddalarni iste’mol qilishning

    organizmga ta’siri.



    Ko‘nikma:

    - suvning muzlashi, muzning erishi, suvning qaynashini tavsiflay olish;

    - yashash joyidagi keng tarqalgan o‘simlik va hayvonlarni tavsiflay olish;

    - eng muhim madaniy o‘simliklarni parvarish qilish va hosilini yig‘ishni

    tavsiflay olish;

    - manzarali o‘simliklarning ahamiyatini tavsiflay olish;

    - tabiat manzarasini tavsiflay olish.

    Malaka:

    - maktab yer uchastkasidagi yerga ishlov berish, o‘simlik va gul o‘tkazish;

    - gigiyenik qoidalarga amal qilish;

    - tabiatni muhofaza qilish, tabiatda o‘zini tutish qoidalariga amal qilish;

    - «Qizil kitob»ga kirgan 5-6 ta o‘simlik, 3-4 ta hayvon turlarini aytish;

    - gerbariylarni tayyorlash;

    - tabiatda muntazam kuzatishlar olib borish, kundalik materiallar bo‘yicha

    kuzatishlarga yakun chiqarish.




    4- sinf
    Bilim:

    - Koinotning bepoyonligi, yulduzlarning son-sanoqsizligi, ulkanligi;

    - Yer, Quyosh va Oyning qiyosiy o‘lchamlari;

    - yarimsharlar tabiiy xaritasi;

    - tog‘, o‘rmon, cho‘l, dasht tabiati;

    - ufqning asosiy tomonlari;

    - Yer yuzasining asosiy shakllari, ularning tabiiy xaritada tasvirlanishi;

    - o‘simlik va hayvonlarning inson hayotidagi o‘rni;

    - O‘zbekistondagi yirik qo‘riqxonalar;

    - globus Yerning andozasi ekanligi;

    - foydali qazilmalarning xaritada tasvirlanishi.

    Ko‘nikma:

    - Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishidan kun va tunning almashinishini

    tushuntira olish;

    - foydali qazilmalardan 5-6 tasini tavsiflay olish;

    - Toshkent shahri, viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasining tabiati,

    aholisi, ular markazlaridagi diqqatga sazovar joylarni tavsiflay olish;

    - tabiatni muhofaza qilish zarurligini tavsiflay olish.

    Malaka:

    - Quyosh va mahalliy belgilarga qarab ufqning asosiy tomonlarini aniqlash;

    - yarimsharlar xaritasidan O‘zbekiston hududini topish;

    - xaritadan O‘zbekiston bilan chegaradosh Davlatlarni ko‘rsatish;

    - O‘zbekiston tabiiy xaritasidan o‘lkamiz tog‘ va tekisliklarini, yirik

    daryolarini ko‘rsatish;

    - O‘zbekiston xaritasidan eng muhim foydali qazilma konlarini ko‘rsatish;

    - O‘zbekiston xaritasidan Toshkent shahri, viloyatlar, Qoraqalpog‘iston

    Respublikasi hududlarini va ularning markazlarini ko‘rsatish.

    Atrofimizdagi olam fanidan

    o‘quv dasturi

    (1-2-sinf)

    Uqtirish xati

    "Atrofimizdagi olam" fani 1—2-sinflarda o‘qitiladi.

    Kursning vazifasi bolalarning fanlar va tabiat hodisalari, ijtimoiy hayot haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, tizimga solish, ularning axloqiy ko‘nikmalarini boyitish, odamlar hayoti va mehnatiga qiziqish uyg‘otish, oila, maktab, jamoat joylarida o‘zini to‘g‘ri tutish ko‘nikmalarini shakllantirishdir.

    Kursni o‘rgatishda asosiy e’tibor tabiatga, oila a’zolariga, umuman insonga nisbatan muhabbat va g‘amxo‘rlik, inson mehnati bilan yaratilgan narsalarni ehtiyotlab saqlash, mehnatni qadrlash, jonajon o‘lkani, Vatanni sevish, uyda va maktabda ijtimoiy foydali mehnatga qiziqish hislarini tarbiyalashga qaratilgan.

    O‘quvchilarning ilmiy-amaliy dunyoqarashini shakllantirish maqsadida jonli va jonsiz tabiatning sabab-oqibat aloqalarini aniqlashga, tabiatdagi ma’lum qonuniyatlarni o‘rganilayotgan ob’ekt o‘xshashliklari, farqi, predmetlarni guruhlashga, saralash, xulosa chiqarishga o‘rgatish muhim ahamiyat kasb etadi.

    “Atrofimizdagi olam” fani bolalarning atrof olam haqidagi tasavvur va tushunchalarini shakllantirish bilan bir qatorda ularning so‘z boyliklarini oshirishga qaratilgan.

    "Atrofimizdagi olam" fani boshlang‘ich sinflarning o‘quv rejasidagi boshqa fanlardan farqli o‘laroq bir qator vazifalarga ega:


    1. Atrofimizdagi hayot hodisalari bilan tanishish jarayonida o‘quvchilarning uzluksiz o‘rganish qobiliyatini rivojlantirish uchun zaruriy bo‘lgan ma’lum ma’naviy-axloqiy ko‘nikmalar hosil bo‘ladi.

    2. Maktab sharoitida atrof- muhit bilan tanishtirish o‘quvchilarni samarali ta’lim olishlariga imkon beradi, chunki bu yoshda bolalarning yetakchi faoliyatini hisobga olgan holda ta’lim beriladi.

    3. Fanni o‘rganishda ta’lim jarayonini tashkil qilishning mazmuni, shakli, uslublari integratsiyasi ta’minlanadi.
      Uslub - tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bogʻliq vazifalariga koʻra ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda birbirlaridan maʼlum darajada farq qiladilar.
      Masalan, Ona tabiatni o‘rganish o‘quvchilarni ekskursiyalar, o‘quv sayrlari hamda amaliy ishlarni tashkil qilishda alohida ob’ekt va hodisalarni bevosita kuzatish jarayonida tabiat bilan tanishtirishni nazarda tutadi.

    Kuzatishlar bir necha yo‘nalishda tashkil qilinadi: ob-havo; jonsiz tabiatning har xil komponentlarining yil fasllari bo‘yicha holati (tuproq, suv havzalari, kecha va kunduzning davomiyligi va h.k.); o‘simlik va hayvonlar hayotidagi mavsumiy o‘zgarishlar; odamlarning mavsumiy mehnati va ularning yil fasllari bo‘yicha o‘zgarishi; tabiatdagi alohida o‘simlik va hayvonlarni kuzatish.

    Ob-havo har kuni kuzatib boriladi, tabiatning boshqa ob’ektlari va hodisalari uzoq yoki qisqa muddat davomida kuzatiladi.

    Tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlarni kuzatish jarayonida o‘quvchilar o‘simliklar va hayvonlarning ba’zi turlari, o‘simliklar hayoti uchun zarur bo‘lgan sharoitlar (masalan, o‘simlik o‘sishining tashqi sharoitga, ya’ni issiqlik, yorug‘lik, namlik, tuproq holatiga bog‘liqligi), turli yil fasllarida o‘simlik va hayvonlar hayotidagi o‘zgarishlar bilan tanishadilar.

    O‘simlik va hayvonlarning ba’zi turlarini chuqurroq o‘rganish "O‘simliklar" va "Hayvonlar" mavzularida ko‘zda tutiladi. Bu mavzularni o‘rganishda ba’zi turlarning o‘ziga xos belgilarini ajratib olish maqsadida aniq narsalarni taqqoslashga katta ahamiyat berilgan.

    Hayvonlarni tasvirlashda o‘quvchilar ular tanasining faqat asosiy qismlarini aytadilar. Tananing boshqa qismlari, bu qismlarning yaqqol ajratib turgan xarakterli bo‘yog‘i yoki shakli tanish (o‘ziga xos) belgisi bo‘lib, bir hayvonni boshqasidan ajratish uchun xizmat qilgani holda ko‘rsatiladi.

    "O‘simliklar va hayvonlar" mavzulari bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash uchun o‘quvchilarning tabiiy material bilan ishlari qo‘llaniladi.

    O‘qitish jarayonida o‘quvchilar yigirmadan ortiq tur tushunchalarni egallaydilar: mebel, idish-tovoq, transport, maishiy texnika, ish qurollari, o‘simliklar, hayvonlar, sog‘liqni saqlash, shaxsiy gigiyena va boshqalar.

    Texnika (techne - mahorat, sanʼat) - moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui.

    O‘quvchilarning tur tushunchalarini o‘rganishda o‘zlarining aniq narsalar va ularning tasvirini guruhlarga ajratish bo‘yicha shaxsiy amaliy faoliyatlari katta ahamiyatga ega. O‘quvchilar narsalarning guruhlarga birlashishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan umumiy belgilarni bilishi va ko‘rsata olishi kerak.

    Har bir darsda ko‘tariladigan, hal qilinadigan tarbiyaviy masalalar muhim ahamiyatga ega.

    Fanni o‘rganish jarayonida dunyoni ekologik idrok etish, maktab yer uchastkasi va tabiat burchagidagi hayvon­lar va o‘simliklarni parvarish qilish ko‘nikmalarini, tabiatga muhabbat va tabiat go‘zalligini ko‘ra bilish qobiliyati, tabiiy hodisalarni tushunish kabilar ishlab chiqilishi kerak.

    O‘quvchilar aniq misollarda tabiatdagi o‘zaro aloqalarni ko‘rish, jonsiz tabiat jonli tabiat bilan qanday bog‘liqligi, bir xil organizmlar boshqa xillari bilan qanday bog‘liqligi, tabiatdagi oziqlanish zanjirini bilishlari kerak.

    Bolalarni jamiyat hayoti bilan tanishtirishning turli xil shakl, uslub va vositalari mavjud: ekskursiyalar, sanoat va qishloq xo‘jaligi ishchilari bilan uchrashuvlar, muzey, teatr, klublarga borish, suhbat va o‘qishlar, kinofilm, diafilm, tele va radio ko‘rsatuvlarni tomosha qilish, bayramlarga tayyorgarlik ko‘rish va hokazo.

    Atrofdagi olam narsa va ob’ektlari haqida shakllangan tasavvurlarini o‘quvchilar o‘quv mashg‘ulotlari, didaktik va ijodiy o‘yinlar, o‘z-o‘ziga xizmat qilish va ijtimoiy foydali mehnat qilish jarayonida amaliy mustahkamlaydilar. Shu tarzda atrofdagi olam bilan tanishish bo‘yicha materiallarni o‘rganishda o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ularning har taraflama yetuk shaxs bo‘lib rivojlanishi maqsadida ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi masalalar hal qilinadi.

    Kursning asoslaridan biri sifatida jamiyat hayoti bilan o‘z shahri yoki qishlog‘i misolida tanishish belgilangan. O‘quvchilar iqtisodiy ishlab chiqarish jarayonlari, shunga oid odamlarning kasblari, madaniyat va ta’lim haqida elementar tasavvurga ega bo‘ladilar.

    Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.
    Tabiat va xo‘jalik o‘rtasidagi, iqtisodning turli tarmoqlari orasidagi muhim o‘zaro aloqalar ochiladi, turli faoliyatda vijdoni, halol mehnatga hurmat tarbiyalanadi.

    Navbatdagi asos o‘quvchilarning sog‘ligi hamda muayyan ko‘nikma va bilimlarni shakllantirishga qaratilgan faoliyatning xavfsizligi bo‘yicha masalalarni o‘z ichiga oladi. gigiyena qoidalarini egallash bilan bog‘liq holda xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda: ko‘chada, yo‘lda, suvda, uyda notanish odamlar bilan muomala yoki aloqada o‘zini tuta bilishni o‘rgatish ko‘zda tutilgan.

    O‘quvchilarni boshqa odamlar — bolalar va kattalar bilan muloqotda bo‘lishga o‘rgatish, xushmuomalalik asoslari va odamlar orasida — oilada, mehmonda, maktabda, jamoat joylarida o‘zini tutishning oddiy qoidalarini o‘rgatish kursning muhim asosi hisoblanadi.

    Kursning yana bir sermazmun yo‘nalishi — o‘quvchilarni joylarda mo‘ljal olishning eng oddiy usullarini o‘rgatish; o‘z mamlakati, uning poytaxti va boshqa shaharlari, dunyoning turli davlatlari va umuman, sayyoramiz haqidagi ilk geografik tasavvurlarni shakllantirish. Mantiqiy fikrni rivojlantirish maqsadida xayoliy sayohatlar uchun globus va geografik xarita (garchand ular bilan mukammal tanishish keyingi sinflarda ko‘zda tutilgan bo‘lsa ham)lardan foydalanish mumkin. Ushbu masalalarni o‘rganish metodikasi bolalarning dunyoqarashlari, tasavvurlarining rivojlanishiga olib keladi. Vatanga, barcha odamlarning umumiy uyi bo‘lmish Zaminga muhabbat tuyg‘usini tarbiyalashga yordam beradi.

    "Atrofimizdagi olam" fani integratsiyalashgan bo‘lib, unda tabiiy-ilmiy (biologik, geografik, ekologik, fizik) bilim elementlari tarixiy, iqtisodiy, ijtimoiy bilimlar bilan mujassamlashgan va bu fan atrofimizdagi olam haqida bir butun tasavvur hosil qiladi.

    Bu o‘quv fanining ikkinchi yilga mo‘ljallangan maqsadi — atrof -olam narsalari haqidagi tushunchalarni kengaytirish va chuqurlashtirish; olamning umumiy ko‘rinishini shakllantirish, insonparvar, ijodiy, ijtimoiy faol ekologik fikrlay oladigan, jamiyat va tabiatga ma’suliyat bilan qaraydigan shaxsni tarbiyalash.

    Kursning mazmunini tanlash va tartiblashtirishdagi butkul yangi mezon — bu o‘rganilayotgan materialga o‘lkashunoslik nuqtai nazaridan yondashishning birligi, kursning hayot bilan bog‘liqligi.

    Atrof olam bilan tanishish bo‘yicha mashg‘ulotlar nafaqat sinfda, balki tabiat quchog‘ida ham o‘tkazilishi kerak. O‘zbekistonning iqlim sharoitini hisobga olgan holda tabiatshunoslik ob’ektlarini kuzatish mavsumiy taqvim bo‘yicha emas, balki shu joy tabiatining o‘zgarishlari bilan bog‘liq holda tashkil etish kerak.

    Kuzatuvlar va tabiatga ekskursiyalar asosida o‘quvchilar yil fasllari almashishining tartibini tushunadilar, yil fasllarini, masalan, kuz bilan bahorni, qish bilan yozni taqqoslash natijasida ularning o‘ziga xos xususiyatlari haqida gapirishni o‘rganadilar.

    1-sinf o‘quv dasturi “Kirish”, “Atrofimizdagi tabiat”, “Biz foydalanadigan jihozlar”, “Bizning o‘lka” kabi qiziqarli bo‘limlarni o‘z ichiga olgan.

    O‘qitishning ikkinchi yili dasturiga quyidagi mavzular kiritilgan: “Kirish”, “Atrofimizdagi olamni o‘rganamiz”, “O‘lkamizda kuz”, “Ona zaminimiz”, “Qish”, “Sog‘ tanda sog‘lom aql”, “O‘lkamizda bahor”.

    "Atrofimizdagi olam" kursini o‘rganishda qo‘llaniladigan shakl, uslub va vositalar turlichadir. O‘quvchilar o‘qituvchi, kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachisi yordamida tabiat va ijtimoiy hayotdagi hodisalarni kuzatadilar.

    Mashg‘ulotlar faqatgina sinfda emas, balki ko‘chada, bog‘chada (istirohat bog‘ida), muzeyda, dalada va h.k. o‘tkaziladi. Ekskursiyalar, turli kasb egalari bilan uchrashuv va suhbatlar, didaktik o‘yinlar, rasmlar chizish, diafilm, diapozitivlar, kompyuterda ko‘rish – bular mashg‘ulotlarning bolalar uchun qiziqarli va sermazmun o‘tkazilishga imkon yaratadi.


    Atrofimizdagi olam

    1-sinf

    (33 soat, haftasiga 1 soatdan)



    Kirish (5 soat)

    Bizning maktab. Maktab binosi va hovlisi, sinfxonalari, kutubxona, oshxona, sport zali va boshqalar. Bizning sinf. Partada o‘tirish qoidasi. Xonani toza va tartibli saqlash, o‘z vaqtida shamollatish.

    Bizning mahalla. Men yashaydigan manzil. Mahallamiz manzarasi: ko‘chalari, uylari, do‘kon, bog‘cha, maktab, aloqa bo‘limi.

    Ko‘chada yurish qoidalari. Piyodalar uchun yo‘lak, chorraha, yo‘lning o‘tish joyi, svetofor. Transportda yurish qoidasi.

    1-sinf o‘quvchisining kun tartibi. Shaxsiy gigiyena qoidalari. Shamollashdan va yuqumli kasalliklardan ehtiyot bo‘lish. Ovqatlanish qoidasi.

    Atrofimizdagi tabiat ( 13 soat)

    Quyosh. Quyosh yorug‘ligi va issiqligining atrofimizdagi tabiat uchun ahamiyati. Ob-havo. Yil fasllari. Yil fasllarida ob-havoning turlicha bo‘lishi.

    Kuzda o‘simliklar hayoti. O‘simlik mevalarining pishishi, barglarining sarg‘ayishi va to‘kilishi. Kishilarning kuzdagi mehnati. Dala va bog‘larda hosillarning yig‘ib-terib olinishi.

    O‘simliklar dunyosi. Madaniy va yovvoyi o‘simliklar. O‘simlik qismlari. Xona o‘simliklari. Xona o‘simliklarining o‘sish sharoiti. Bog‘da (hovlida, tomorqada) o‘stiriladigan gullar: atirgul, chinnigul, rayhon va boshqalar.

    Hayvonot olami. Uy hayvonlari: qoramol, qo‘y, echki, ot, it, mushuk.

    Qoramol - quvushshoxlilar oilasiga mansub juft tuyoqli, kavsh qaytaruvchi hayvonlar. Q.ga haqiqiy buqalar turkumiga mansub yirik xonaki kenja turlar - sigir, buyvol, qoʻtos hamda gayal, bizon, zubr va boshqa kiradi.
    Ularning odamlar uchun ahamiyati. Yovvoyi hayvonlar: bo‘ri, tulki, ayiq, yo‘lbars, sher, ilon, baliq, baqa va boshqalar. Qushlar: qaldirg‘och, chumchuq, mayna, qarg‘a, bulbul, sa’va, kabutar, musicha. Hasharotlar: kapalak, ninachi, pashsha, chivin, chigirtka, xonqizi, ari, asalari, o‘rgimchak.

    Qish faslining manzarasi. Suvning muzlash hodisasi. Muzlagan suv havzalari ustida yurishning xavfliligi.



    Biz foydalanadigan jihozlar (4 soat)

    Atrofimizdagi narsalar: uy anjomlari, o‘quv qurollari, kiyim-kechaklar, oziq-ovqat mahsulotlari.

    Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.
    Bizga zarur bo‘lgan narsalarni tayyorlayotgan kishilar mehnatini qadrlash. Oshxonadagi gazdan foydalanish. Yong‘inga qarshi xavfsizlik qoidalari.

    Elektr asboblari: lampochka, televizor, radio, magnitofon, videopleyr, muzlatgich, dazmol va boshqalar. Ulardan foydalanish. Kompyuter.

    Bizning o‘lka (9 soat)

    Biz yashayotgan o‘lkaO‘zbekiston. O‘lkamizdagi tog‘lar, dalalar, yaylovlar, cho‘llar, o‘rmonlar, daryolar mavjudligi. Suv  obi hayot. Suvni muhofaza qilish va tejamkorlikda sarflash.

    Salom bahor. Bahorda tabiat manzarasi. O‘lkamizda bahorning o‘ziga xos xususiyatlari. Kishilarning bahordagi mehnati. Dalalarga ekinlarning ekilishi. Navro‘zi olam. O‘lkamizda Navro‘z bayrami.

    Men yashaydigan qishloq (shahar) tabiati. Bizning bog‘. Bog‘dagi daraxtlarni parvarish qilish. Ularning gullashi va meva tugishi.

    Biz va tabiat. Tabiat qo‘yniga sayohat qilish. Tabiatni asrash.

    Salom yoz. Yozda tabiat manzarasi. Yozda kishilar mehnati. Yozgi ta’tilda tabiat qo‘ynida dam olish.



    O‘quv yili davomida o‘tilganlarni takrorlash (2 soat)

    2-SINF

    (34 soat, haftasiga 1 soatdan)

    Atrofimizdagi olamni o‘rganamiz (3 soat)

    Atrofimizdagi olam. Sezgi organlari: ko‘z, quloq, burun, til, teri. Jism va moddalar. Suvning uch holati: muz, suv, bug‘. Ob-havo. Havoning ochiq yoki bulutligi, yog‘inlar. Ob-havoning mahalliy belgilari. Termometr. Termometr yordamida havo haroratini o‘lchash. Ob-havoni kundalik kuzatish.



    O‘lkamizda kuz ( ( (8 soat)

    Yil fasllari. Fasllarning almashishi. Turli fasllarda Quyoshning ko‘rinma holatlari.

    Kuz — hosil yig‘iladigan fasl. Paxta  Vatanimiz boyligi. Paxta yig‘im-terimi.

    Kuz noz-ne’matlari. O‘zbekiston bog‘larida, dalalarida yetishtiriladigan meva-sabzavotlar. Hosilni yig‘ishtirib olish.

    Ijtimoiy foydali mehnat. Maktab hovlisi va sinfxonani ozoda tutish. Maktab yer uchastkasidagi ekin va daraxtlarni parvarish qilishda ishtirok etish.

    Kuzda hasharotlar hayoti. Foydali va zararli hasharotlar. Chumolilarning hayoti.

    O‘lkamizda uchraydigan qushlar. Hasharotxo‘r, donxo‘r, yirtqich (go‘shtxo‘r), hammaxo‘r qushlar. Qushlarning boshqa o‘lkalarga uchib ketishi va boshqa o‘lkalardan uchib kelishi.

    O‘simliklarning qishga tayyorlanishi. Xazonrezgilik. Barglardan gerbariy tayyorlash.



    Ona zaminimiz (5 soat)

    Yer  sayyora. Globus. Yerning Quyosh atrofida, Oyning Yer atrofida aylanishi.

    Yer yuzasining tuzilishi. Yer yuzidagi tog‘, tekislik va suvli joylar. O‘lkamizdagi tog‘ va tekisliklar.

    Suv — hayot manbai. Daryo, ko‘l, kanal va ariq suvlari.

    Vaqt o‘lchov birliklari: yil, oy, hafta, sutka, soat, minut, sekund.

    Qish (3 soat)

    Kumush qish. Qishdagi ob-havo. Qish manzarasi.

    Kishilarning qishdagi mehnati. Dalalarni bahorgi ekish mavsumiga tayyorlash. Issiq xonalarda ko‘chat tayyorlash.

    Uy va hayvonlarning qishdagi hayoti. Fermalarda chorva mollarini parvarish qilish. O‘lkamizda qishlaydigan qushlar.



    Sog‘ tanda sog‘lom aql (3 soat)

    Tana gigiyenasi. Tanani ozoda tutish.

    Tishni parvarish qilish. Tish cho‘tkasi va pastasidan foydalanish.

    Ovqatanish gigienasi. Odam organizmi uchun foydali bo‘lgan oziq-ovqatlar. Oziq-ovqat piramidasi.



    O‘lkamizda bahor (11 soat)

    Navro‘z — yangi kun. Sumalak  Navro‘z taomi.

    Sumalak - Markaziy Osiyo, hamda boshqa turkiy va forsiy xalqlar tomonidan Navroʻz bayrami kunlari pishiriladigan shirin taom turi. Asosan, bugʻdoyning yosh novdalari, un, yogʻlardan tayyorlanadi. Shuningdek, baʼzi milliy anʼanalarga koʻra, tosh yoki yongʻoq ham solib pishiriladi.
    Navro‘z shodiyonalari.

    Bahorda o‘simliklar hayoti. erta bahorda ochiladigan gullar. Daraxtlarning gullashi.

    O‘simliklarni ko‘paytirish. O‘simliklarning urug‘dan, ildiz mevasi (piyozi)dan, novdasidan ko‘payishi.

    Bahorda kishilar mehnati. Dalalarda ekinlarni ekish. Ko‘chatlarni o‘tqazish va ularni parvarish qilish. Bog‘larda mevali daraxtlarni parvarish qilish.

    Bahorda hasharotlar hayoti. Bahorda hasharotlarning uyg‘onishi va hayot kechirishi.

    Bahorda o‘lkamizga qushlarning qaytib kelishi. Qushlarning ahamiyati, ularni muhofaza qilish.

    O‘lkamizdagi uy va yovvoyi hayvonlar. Uy hayvonlarining ahamiyati. Yovvoyi hayvonlarning tabiatdagi o‘rni.

    Tabiat va inson. Insonning tabiatdan foydalanishi va unga ta’siri. Tabiatni muhofaza qilish.

    Shahar bilan qishloq, ular orasidagi farq.

    O‘lkamizda yoz. Yoz  o‘tadi soz. Yozda tabiatga sayohat. Tabiat qo‘ynida o‘zini tutish qoidalari.

    O‘quv yili davomida o‘tilganlarni takrorlash (1 soat)

    Tabiatshunoslik

    (3 - 4 sinf)



    Uqtirish xati

    Tabiatshunoslik fani 3–4-sinflarda o‘rganiladi. Tabiatshunoslik tabiiy-ilmiy o‘quv fanlari sirasiga kiradi. Mazkur fan tabiat, tabiiy boyliklardan foydalanish va asrash bo‘yicha odamlarining mehnati haqidagi sodda bilimlar, shuningdek, o‘quvchilarning amaliy o‘quv faoliyati asosida ularda tabiatni chuqur anglash, o‘z yurtiga muhabbat uyg‘otishni shakllantirish jarayonini davom ettirishga qaratilgan.

    Tabiatshunoslik 1-2-sinflarda o‘qitilgan "Atrofimizdagi olam" kursining davomi hisoblanadi. O‘quvchilarga tushunarli ravishda tabiat va jamiyat o‘rtasidagi bog‘liqlik va ziddiyatlar o‘rgatiladi.

    O‘quvchilar insonlar oldida turgan aniq ekologik muammolarni biladilar. Bunday muammolarga jonsiz tabiatni va tuproqni ifloslanishdan, yemirilish va kuchsizlanishdan saqlash; turli tirik mavjudotlar va ularning vakillarini saqlash; insonlar sog‘ligini saqlashda tabiatni asrash kiradi.

    Tabiatshunoslikni o‘qitish bolalarda butun Yer yuzi tabiatini asrab-avaylash hissini shakllantiradi. O‘quvchilar tabiatni asrash yuzasidan olib borilayotgan amaliy ishlar yuzasidan alohida ko‘nikmaga ega bo‘ladilar. O‘quvchilarga o‘lkamizning tabiat hodisalari va undagi jismlar haqida boshlang‘ich bilimlar berish; sodda misollar bilan tabiat, shuningdek, inson va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni ko‘rsatish; tabiatdan foydalanish va uni asrash bo‘yicha inson faoliyati bilan tanishtirish; tabiatni asrash uchun zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish va shu asosda tabiatga nisbatan maqbul dunyoqarashni shakllantirish; o‘quvchilarni ekologik, etik, estetik, mehnat, baynalmilal, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tabiatshunoslik kursini o‘qitishning asosiy maqsadi hisoblanadi.

    Bolalarni o‘quv dasturi bo‘linmalariga muvofiq yangi bilimlar bilan qurollantirishgina emas, balki 1 – 2-sinflarda olgan tabiat haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish tabiatshunoslik kursining vazifasi hisoblanadi. Tabiat va jamiyat hayotini ko‘p yoqlama bilish qator aloqalarni tushunishga va atrof-muhitga shaxsiy munosabatni shakllantirishga imkon beradi. Ekologik ta’lim maqsadlaridan kelib chiqib, tabiashunoslik insonning tabiatga ta’siri bilan tanishtirishni o‘z oldiga muhim vazifa qilib qo‘yadi.

    Tabiatshunoslik fanini o‘rgatish jarayonida o‘qituvchi quyidagi vazifalarga e’tibor berishi lozim:


    1. Jonli va jonsiz tabiat va maktab atrofidagi, viloyatdagi, o‘z yurtidagi kishilarning mehnati haqidagi tasavvur va tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish;

    2. Tabiatdagi va kishilar mehnatidagi mavsumiy o‘zgarishlarni kuzatish;

    3. Oddiy ilmiy dunyoqarashni shakllantirish maqsadida tabiatdagi voqelikni bolalar bilan doimiy kuzatib borish;

    4. Aniq misollar asosida ashyolar va tabiat hodisalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ochib berish, tabiatning odamlar mehnatiga ta’sirini ko‘rsatish;

    5. Tabiatni asrashning amaliyoti haqidagi bilimini asrash yuzasidan o‘tkazilayotgan tadbirlar bilan tanishtirish;

    6. Sanitariya-gigiyena haqidagi bilimlarni shakllantirishda davom etish, shaxsiy va jamoa gigiyenasi ko‘nikmalarini taraqqiy ettirish.

    Ekologik ta’lim va tarbiya maqsadlaridan kelib chiqib, tabiatshunoslik fani o‘quvchilarni insonning tabiatga ta’sirini va tabiat boyliklarini bolalarga tushuntirish vazifasini o‘z oldiga qo‘yadi.

    Tabiatni asrash masalasi tabiatshunoslik fanining bosh vazifalaridan biri bo‘lib, u bolalarda tabiiy boyliklarni asrash va ko‘paytirishga intilishni tarbiyalashga yordam beradi. O‘quvchilar tabiatning biron-bir bo‘lagining halokati boshqalarning halokatiga olib kelishi haqida tasavvurga ega bo‘ladi; ular o‘simliklarni o‘stirish, mahalladagi daraxtlarni parvarishlash, qushlarni boqish uchun o‘simliklar mevasini terish, maktab bog‘ida o‘stirish uchun gullar urug‘ini ekish, jonli burchakda ishlash kabi tabiatni asrash yumushlarida qatnashadi.

    Fan darslari, tajribalar, sayohatlar, amaliyot ko‘rinishidagi darsdan tashqari ishlar (dalada o‘tkaziladigan amaliyotlar) o‘quv mashg‘ulotlarining asosiy shakli hisoblanadi. Tabiatshunoslikni o‘qitishda shu fanga xos bo‘lgan tabiatning o‘zidagi, sinfdagi, jonli tabiat burchagidagi ashyolar va voqelikni kuzatish, tabiiy ob’yektlar va ularning tasvirlarini darsda namoyish qilish, o‘quv eksperimentni o‘tkazish yetakchi o‘rin tutadi.

    Dasturda qilinishi zarur bo‘lgan vazifalar turi ko‘rsatilgan, lekin maktab va uni o‘rab turgan sharoitga qarab o‘qitishning ijobiy faoliyati bilan bog‘liq ravishda ularning miqdori ko‘paytirilishi mumkin. U yoki bu ko‘rinishni tasvirlash uchun modellashtirish: chizma va harakatlanuvchi jadvallardan foydalaniladi. O‘qituvchi modellar orqali tananing ovqatlanish bilan bog‘liqligini tasvirlab beradi. Muhim modellardan biri-inson va tabiat o‘rtasidagi bog‘liqlikni tasvirlovchi modeldir.

    Bu esa o‘quvchilarda ekologik xulqning qoida va majburiyatlarini shakllantirishga yordam beradi. Tabiatda o‘zini tutish qoidasi va xulqini yaxshi o‘zlashtirib olish uchun u yoki bu harakatni taqiqlashni ifoda etgan chizma holatlardan foydalanish lozim. O‘qituvchining ta’sirchan hikoyasi o‘quvchida tabiatga muhabbat va qiziqish hissini uyg‘otadi. O‘quv jarayonida asosiy o‘rinni rollarga bo‘lingan o‘yinlar, tabiatga oid bo‘lgan badiiy adabiyotlarni o‘qish, munozaralar, tabiatni asrash uchun olib boriladigan amaliy ishlar, o‘quvchilar orasida tabiatni asrash haqidagi bilimlarni targ‘ib qilish kabilar egallaydi.

    "Kundalik kuzatish daftari" asosida kuzatish olib boriladi. Kuzatish olib borish bo‘yicha vazifalar jonli va jonsiz tabiatni o‘rab turgan ob’ektlar, tabiatdagi organizmlarning o‘zaro aloqasi haqidagi umumiy tushunchalarni shakllantiradi. Uzviylik o‘lkashunoslik, mavsumi yillikni o‘qitishning muhim prinsiplari hisoblanadi. O‘rganish uchun tabiat ob’yekti va voqeligini mahalliy (tuman, viloyat) sharoitni hisobga olgan holda o‘qitishning o‘zi tanlaydi. O‘qituvchi darslarni almashtirishi va o‘rnini o‘zgartirishi mumkin, negaki, tabiatdagi o‘zgarishlarni o‘rganish tabiatda shu holatlar yuz bergan davrga mos kelishi kerak. Agar bunday mos kelish bo‘lmasa, darslar o‘zgartirilishi yoki tabiatshunoslik boshqa darslar (o‘qish) bilan almashtirishi mumkin, albatta keyin uning o‘rnini to‘ldirish kerak.

    Tabiatshunoslik darslari o‘quvchilarda kishilar mehnatini hurmat qilishni tarbiyalash, ularda tabiatdagi o‘quv va ijtimoiy foydali, amaliy ish uchun zarur bo‘lgan atrof olam bilan tanishtirish bo‘yicha darslarda paydo bo‘ladigan mehnat malakalari va ko‘nikmalarini shakllantirishda davom etmoqda.

    3-sinf uchun dastur quyidagi bo‘limlardan iborat: “Kirish”, “Foydali qazilmalar”, Tabiatda havo va suv”, “O‘simliklar”, “Hayvonot olami”, “Sog‘lig‘imizni saqlaylik”.

    Dastlabki mavzu ona yurt tabiatini yoritib beradi. Shuning uchun 3-sinfda tabiatdagi havo, suv, foydali qazilmalar va tuproq singari jonsiz tabiatni o‘rganishdan so‘ng atrofdagi o‘simlik va hayvonot dunyosini o‘rganish zarur, chunki 3-4-sinfda o‘rganilgan tabiatshunoslik materialini o‘rganishdagi mantiqiy izchillikni ta’minlaydi.

    “Bizni o‘rab turgan havo”, “Suvning xususiyatlari”, “Tabiatda suv”, “Yer osti boyliklari”, “Tuproq” mavzularini o‘rganish jarayonida quyidagilarga alohida e’tibor qaratish zarur: tabiat va inson hayotida suv, havo, tuproq qanday o‘rin tutadi; foydali qazilmalar nima uchun kerak; suv, havo, tuproqni qanday asrash lozim.

    “O‘simliklar” va “Hayvonot olami” mavzulari o‘quvchilarning mavsumiy o‘zgarish haqidagi bilimlarini chuqurlashtirishni va bir paytning o‘zida o‘simlik va hayvonot dunyosi bilan kengroq tanishtirishni ko‘zda tutadi. Paxta, sholi, poliz ekinlari va bog‘ mevalarini terishning boshlanishi kabi qishloq xo‘jalik ishlari madaniy o‘simliklar bilan bog‘liq. O‘quv yili boshidan o‘z yurtining o‘simlik va hayvonot dunyosini o‘rganish ekskursiya va Yer tajriba uchastkasidagi amaliy ish paytidagi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida (maktab joylashgan yerga qarab) olib borilishi lozim, Amaliyotsiz o‘quvchilar bilimni ongli va mustahkam egallay olmaydi.

    Park, bog‘, dala yoki suv havzasi bilan tanishish chogida maktab joylashgan joyda mos keladigani obyekt tanlab olinadi. Tanlab olingan muhitda aniq misollar asosida tegishli o‘simliklarning turlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, boshqa organizmlar bilan aloqasi, ularga insonning ta’siri o‘rganiladi. Masalan, park uchun bir xildagi o‘simliklar, dala uchun esa jonsiz tabiat, mavsum xususiyatlari bilan bog‘liq turli sharoitlar ta’sir etgan boshqa o‘simliklardir.

    O‘simlik va hayvonot dunyosi, foydali qazilmalar bilan tanishtirishni aniq misollar asosida, tabiatga ekskursiya chog‘ida kuzatish yo‘li bilan amalga oshirilishi lozim.

    O‘quvchilarni “Sog‘lig‘imizni saqlaylik” mavzusi inson tabiatning bir bo‘lagi ekanligi haqidagi fikrni shakllantirish, asosiy organlarning joylashuvi, ular bajaradigan vazifalar, ularga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish kabi oddiy ma’lumotlarda to‘xtalanadi. Har bir bola o‘z organizmi, uning rivoji va sog‘ligini saqlash uchun ularni bilishi lozimligi haqida umumiy bilimga ega bo‘lishi kerak.

    Shaxsiy va ijtimoiy gigiyena masalalariga va ayniqsa, bolalar o‘z sog‘liklarini saqlashi va mustahkamlashi uchun zarur bo‘lgan tadbirlarga alohida e’tibor bermoqlari lozim.

    “Ekologiya” mavzusida ekologiya haqida umumiy taassurot beriladi. Jonli va jonsiz tabiat aloqasi, ekologik piramida, tabiatdagi organizmlarning o‘zaro aloqasi, ularning o‘z-o‘zini himoya qilishi, ekologik halokat kabilarga alohida e’tibor berilishi zarur.

    4-sinf tabiatshunoslik fanida quyidagi mavzular o‘rganiladi: “Kirish”, “Yer  Quyosh sistemasidagi sayyora”, “Yer yuzasi tabiatining xilma-xilligi”, “O‘zbekiston xaritasi yonida”, “Vatanimiz bo‘ylab sayohat”.

    "Kirish" mavzusida, birinchi sinfdan uchinchi sinfgacha olingan “Atrofimizdagi olam” haqidagi bilimlar umumlashtiriladi.

    “YerQuyosh sistemasidagi sayyora” bo‘limi o‘z ichiga “Yulduzlar”, “Quyosh – eng yaqin yulduz”, “Quyosh sistemasidagi sayyoralar”, “Asteroidlar”, “Kometalar,” “Meteorlar”, “Globus – Yerning kichraytirgan shakli”, “Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi. Kun bilan tun”, “Yil fasllarining almashinishi”, “Yerda yorug‘lik va issiqlikning taqsimlanishi”, “Oy–Yerning yo‘ldoshi” kabi mavzularni olgan. Ushbu mavzularni o‘tishda yulduzlar, sayyoralar, asteroidlar, kometalar, meteorlar haqida tushunchaga ega bo‘lishi bilan birga Yer sharining tuzilishi, materik va okeanlarning joylashuvi, O‘zbekistonning globus va yarim shar xaritalarida joylashgan o‘rni bilan tanishiladi. O‘quvchilar quyosh nuri tushadigan yer yuzasi mintaqalari bilan tanishadilar, ularning joylashuvi haqida xabar topadi, ob-havo haqida oddiy tasavvurga ega bo‘ladi.

    Mintaqa - Yer yuzasining tabiiy geografik kenglik zonalligining eng yuqori bosqichi. Yer pusti yoki geografik qobiqning biror jihatdan oʻxshash boʻlgan, kenglik boʻylab choʻzilgan nisbatan kambar qismi. M.
    Ular 1-sinfdan buyon ob-havoni kuzatish daftarlari "iqlim" tushunchasining mohiyatini anglashga yordam beradi. Ammo o‘qituvchi tushuntirayotganda shunga ehtiyot bo‘lishi kerakki, o‘quvchilar iqlim va ob-havoni bir tushuncha sifatida qorishtirib yubormasin. O‘quvchilar aniq misollar yordamida sayyoramiz ekologik muammolari va imkoniyat qadar yechimlari bilan tanishadilar.

    O‘quvchilar yer yuzasining shakllari (tog‘, tekislik va suvli joylar) haqidagi oddiy tushunchalarni 2-sinfda atrofimizdagi olam fanidan olgan edi, aniq tushunchalar esa 4-sinfda tabiatga ekskursiyalar chog‘ida shakllantiriladi. Ta’limning ko‘rgazmali vositalari va ekran qo‘llanmalaridan foydalanish yo‘li bilan bu tasavvur va tushunchalar mustahkamlanadi. O‘quvchilar tepalikni tog‘dan, tekislikni o‘rmon-qirlardan ajrata olishlari yer yuzasi shaklini o‘rganish, solishtirish asosida olib borilishi lozim.

    Agar imkon bo‘lsa, o‘quvchilar sayohat chog‘ida suv havzalari bilan tanishadilar.

    Joylarning rejasi, ularning shartli belgilari haqida tasavvurga ega bo‘lgan o‘quvchilar xarita haqida oddiy bilimlarga ega bo‘ladi, uning shartli belgilarini o‘qiydi, yurtimizning joylashgan o‘rnini topadi, janubdan shimolga tabiat o‘zgarishini tushunadi.

    Tabiat mintaqalarini shimoldan janubga emas, balki janubdan shimolga qarab o‘rganish lozim. Bu "yaqindan uzoqqa" qarab o‘rganish prinsipi bilan bog‘liq. O‘z yurtini o‘rganib, bolalar cho‘l, vodiy zonasida yashashlarini bilib oladi. Cho‘l tabiati va odamlarning undagi mehnati o‘quvchilar kundalik hayotida ko‘radigan holatdir. Shuning uchun o‘quvchilarda o‘z joyi tabiati haqida to‘plangan bilimlarni umumlashtirish va sistemalashtirish zarur, shundan keyin o‘quvchilarni boshqa tabiat mintaqalari sari yetaklash mumkin. 4-sinf o‘quvchilariga "mintaqa" tushunchasi berilmasligi kerak. Tabiat o‘quvchilarga qiyosiy planda tanishtiriladi, bunda jonli va jonsiz tabiatning omillari, insonlar mehnatiga ta’siri ko‘rsatiladi. Tabiatni janubdan shimolga qarab o‘rganish dasturning o‘lkashunoslik asosi sifatidagi rolini tushunish imkonini beradi: o‘quvchilar o‘z yurtiga boshqa tabiat sharoitlari o‘rtasidagi ahamiyati nuqtai nazaridan qarashni o‘rganadi.

    "Foydali qazilmalar"ning 3-sinfda o‘rganilishini hisobga olib, dasturda “O‘zbekistonning foydali qazilmalari” mavzusida o‘lkamizda qazib olinadigan asosiy qazilmalar haqida tushunchalar berilgan.

    "Vatanimiz bo‘ylab sayohat" bo‘limi “Vatanimiz chegaralari”, “O‘zbekistonning tabiiy rayonlarga va ma’muriy bo‘linishi”, “Farg‘ona vodiysining tabiati”, “Toshkent viloyatining tabiati”, “Sirdaryo, Jizzax va Navoiy viloyatlarining tabiati”, “Samarqand va Buxoro viloyatlarining tabiati”, “Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining tabiati”, “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining tabiati”, “Tabiatga g‘amxo‘r bo‘ling”, “Qizil kitob” – ogohlik belgisi” kabi mavzulardan tashkil topgan va shu bo‘lim tabiatshunoslik fanini yakunlaydi. O‘quvchilar olgan bilimlarini umumlashtiradi. Birinchi navbatda tabiatga ehtiyotlik bilan munosabatda bo‘lishda insonning roli ko‘rsatiladi. Inson yerni, tuproqni, o‘simliklarni, hayvonlarni, suv va havoni asrashi lozim ekanligi eslatiladi. O‘quvchilar O‘zbekiston Respublikasining tabiatini asrash bo‘yicha qonunchilik hujjatlari bilan tanishadilar.

    Tabiatni asrash masalasini o‘rganish faqat bu mavzu bilan cheklanib qolmaydi. Bu masala tabiatshunoslik fani uchun asosiy bo‘lib qolaveradi. O‘quvchilar tabiatni asrash zarurligi haqidagi xulosa va umumlashmalarga keladi, bu o‘qituvchiga O‘zbekistonning tabiatni asrash haqidagi qonunni kichik yoshdagi o‘quvchilarning ongiga yetkazish imkonini beradi.

    "Ekologiya asoslari" mavzularini o‘rganish jarayonida 3-sinfda olingan ekologiya haqidagi tushuncha va tafakkurlarini nazariy usuldan 4-sinfga kelib turli ko‘rgazmali qurollar orqali amaliy usulga o‘tishi ta’min qilinadi.

    Tabiatshunoslik fanini o‘rganishda kuzatish, ekskursiya, tajriba, amaliy ishlar yetakchi o‘rin tutadi. Bolalarni kuzatish usullariga o‘rgatish, ularning natijalarini kundalik daftarga belgilash, ular asosida xulosa va umumlashmalar qilish davom ettiriladi. Ekskursiyalar o‘tkazishga, tabiat ashyolari va voqeligini tabiiy holatda o‘rganishga katta e’tibor beriladi. Bu yuqori ko‘rgazma asosida sinflarda o‘tkaziladigan darslarga ham tegishli. Shuning uchun tabiatshunoslik darslarini o‘tkazishga alohida e’tibor berish zarur.

    "O‘zbekiston tabiatini asrash" mayzusini o‘rganishda o‘quvchilar Respublikamiz ekologik muammolari va tabiatni asrash ishlari bilan tanishadilar.


    Download 1,71 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   148




    Download 1,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amaliy ish Katakli daftarda tomonlarining uzunliklari berilgan kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchak chizish. Rivojlantiruvchi mashqlar

    Download 1,71 Mb.