Bog‘lanishli nutq.
Nutq, matn va gapni farqlash; og‘zaki va yozma nutqni to‘g‘ri shakllantirish; matn mazmunini qayta hikoyalatish; matndagi asosiy fikrni aniqlay olish; matnning tuzilishini aniqlash, uni qismlarga ajratish; ular orasidagi bog‘lanishni izohlay olish; matnga sarlavha topish.
Ta’limiy bayon. Berilgan matn asosida hikoya yozish; muhokama va tasvir janri elementlari qatnashgan bayon yozish; matnni qisqartirib, ijodiy qayta hikoyalash asosida bayon yozish; tanlab qayta hikoyalash asosida bayon yozish.
Ta’limiy insho. Qismli (qismlarga ajratib berilgan) rasmlar va mavzular bitta rasmda ifoda etilgan ko‘rinish asosida, shuningdek, o‘qilgan, kuzatilgan, eshitilgan, ko‘rilgan voqea va hodisalar asosida material to‘plash, reja va shu asosida insho yozish; bayon va insho rejalarini tuzishda o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga yo‘llash.
Husnixat.
Chiroyli yozish malakalari takomillashtiriladi. Bo‘g‘in, so‘z, gap, matnni husnixat qoidalariga rioya qilgan holda ko‘chirib yozish; eshitib yozish va mustaqil yozish; matnni yozishda sarlavhaning yozilishiga, xat boshidan boshlash; agarda, so‘zlar orasidagi masofaning bir xilligiga, harflarning to‘g‘ri va aniq yozilishiga, tutashtirilishiga diqqqat qaratiladi, hoshiyaga rioya qilish, o‘zining va o‘zgalarning yozuvini grafik tahlil qila olish.
O‘quv yili davomida o‘rganiladigan imlosi qiyin so‘zlar: agronom, akvarium, antenna, artist, astoydil, atele, avtomobil, avtonazoratchi, bashariyat, binafsha, boychechak, brigada, daromad, dastyor, dastlab, dehqon, depo, drijyor, dollar, domino, do‘kon, ehtiyoj, ehtiyot, ekskavator, eskalator, e’zozlamoq, fabrika, faoliyat, faxrlanmoq, ferma, festival, firma, fonarcha, futbol, gavjum, giyoh, gramm, go‘sht, hadya etmoq, handalak, haqiqat, harbiy, hayvonot, hasharot, hikoya, hofiz, hudud (chegara), hunarmand, hunarmandchilik, hurriyat, ikkita, ilm-ma’rifat, iste’dodli, ishonch, jarroh, jahon, jayron, jonivor, kasseta, kilogramm, kilovatt, kofe, kolleksiya, kosmonavt, kungaboqar, ko‘hna (qadimgi), la’l (qimmatbaho tosh), leytenant, madhiya, majmua, masjid, mavsum, mayyor, mehnatsevar, mehribon, mehr-oqibat, metall, metro, me’mor, militsioner, muhandis, murojaat qilmoq, muvaffaqiyat, mo‘jiza, na’matak, ne’mat, nomzod, nota, ohangrabo, oromgoh, parashyut, patent, payvandlamoq, piyola, pomidor, portfel, projektor, pulemyot, qahramon, qandil (lyustra), qimmatbaho, qumursqa, rassom (musavvir), rostgo‘y, ruhlanmoq, sabzavot, samolyot, samovar, sellofan, sentner, seyalka, sport, suxandon (diktor), tabiat, tanaffus, tashakkur, taassurot, telefon, tennis, termos, tramvay, transport, trolleybus, ufq, urf-odat, vagon, velosiped, vokzal, voleybol, xursand, xayrlashmoq, xiyobon, xizmatchi, xohlamoq, xokkey, yelpig‘ich, yiroq (uzoq), yop-yorug‘, zehnli, ziyrak, zog‘orabaliq, zag‘cha, o‘qariq, o‘chirg‘ich, g‘amxo‘r, g‘ijjak, g‘ilof, g‘o‘zapoya, shaxmatchi, shifer, charm, choyshab, cho‘tka. Trolleybus (inglizcha trolley - „g‘ildirakli tok uzatuvchi“ va lotincha omnibus - "„har yerda“, "„hamma uchun“ so‘zlaridan) tashqi manbadan beriladigan elektr tokini isteʼmol qiluvchi elektr dvigateli yordamida harakatlanuvchi avtomobildir. (Bu xildagi so‘zlar darslikning oxirida lug‘at sifatida berilgan).
O‘qish fanidan o‘quv dasturi
Uqtirish xati
Sinfda, sinfdan tashqari o‘qish va nutq o‘stirish
Dasturning bu bo‘limi “Savod o‘rgatish”ning davomi hisoblanadi. “Alifbe” ona tilidan beriladigan bilim o‘quvchilarning o‘quv-biluv ko‘nikma va malakalari qat’iy hisobga olgan holda tuziladi.
1-sinfda savod o‘rgatish yakunlangach, o‘qish darslari boshlanadi va 2 – 4-sinflarda izchil davom ettiriladi.
Sinfda va sinfdan tashqari o‘qish dasturining mazmuni kichik yoshdagi o‘quvchilarda ona – vatanga muhabbat uyg‘otish maqsadlariga xizmat qiladi. O‘qish bolalarning nutq boyligini o‘stirish, adabiy-estetik tafakkurini kamol toptirish, mustaqil fikrlashga o‘rgatishning muhim omilidir. Shuning uchun ham boshlang‘ich ta’lim tizimida muhim o‘quv predmeti ta’lim berish, kamol toptirish va tarbiyalash vositasi hisoblanadi.
O‘qishga o‘rgatishning muhim vazifalari quyidagilardan iborat:
-
boshlang‘ich o‘qish malakalarini (to‘g‘ri va ifodali o‘qishni) takomillashtirish;
-
bolalarni o‘qigan asarlarining adabiy- estetik xususiyatlarini chuqur idrok etish, ularda tasvirlangan voqea-hodisalarning mohiyatini anglash va undan muayyan xulosalar chiqarishga tayyorlash;
-
bolalarda yuksak axloqiy qarashlar va nafosat tuyg‘usini tarbiyalash;
-
o‘quvchilarni matn ustida ishlashga o‘rgatish;
-
o‘quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish.
Bu vazifalar dasturda berilgan badiiy, adabiy asarlar, jumladan, xalq og‘zaki ijodi namunalari asosida amalga oshiriladi.Asar (arab. - iz, qodsiq) - 1) bi-ror narsadan qolgan yoki undan darak beruvchi belgi; nishon, iz; 2) Muhammad (sav) dan qolgan barcha sunnatlar; 3) olim, yozuvchi, rassom, bastakor va boshqa ijodining mahsuli. Har bir sinf o‘qish dasturi quyidagi bilimlarni o‘z ichiga oladi:
-
o‘qish mavzulari va yod olish uchun asarlar
-
o‘qish ko‘nikmasi va malakalari
-
matn va bog‘lanishli og‘zaki nutq ustida ishlash
-
sinfdan tashqari o‘qish
O‘qish mavzulari. O‘qish dasturini tuzishda g‘oyaviy- estetik, mavsumiy, tadrijiy asoslar hisobga olinadi. Shunday qilib, o‘quv materiallari bolalarga ta’lim berish, ularni tarbiyalashda muhim bo‘lgan borliq haqidagi bilimlar va insoniy munosabatlarni o‘z ichiga oladi. O‘quvchilarni badiiy, adabiy asarlar bilan tanishtirish orqali kitobxonlik madaniyatini tarkib toptirish o‘qish dasturlarining tub mohiyatini tashkil etadi.
O‘tmishda xalqimiz boshidan kechirgan muhim voqea-hodisalar aks ettirilgan asarlarni o‘qish orqali o‘quvchilarda tarixiy bilimlar shakllana boradi.
Ona yurt daxlsizligi yo‘lida ajdodlarimiz olib borgan mardonavor kurashlar tarixi haqida hikoya qilingan asarlar bolalarda vatanga muhabbat tuyg‘ularini tarbiyalaydi.
Boshlang‘ich ta’lim o‘quv dasturidan o‘rin olgan vatan mavzusidagi asarlar o‘quvchilarni mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy madaniy - ma’rifiy hayoti va xalqimizning bunyodkorlik yo‘lidagi olib borayotgan ishlari bilan tanishtirishga yordam beradi. Dasturning vatanga, inson e’tiqodi va ma’naviyatiga bag‘ishlangan mavzularini o‘rganish o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tuyg‘ularni tarbiyalashda alohida o‘rin tutadi.
Istiqlol tufayli erishgan yutuqlarimiz haqidagi asarlar milliy g‘urur tuyg‘ularini tarbiyalashga xizmat qiladi.
1-sinfning o‘quv yili oxirida bolalar vatan va uning tabiati, insoniy qadriyatlari haqida kichik-kichik asarlarni o‘qiydilar.
2-sinfda shakl va mazmun jihatdan uncha murakkab bo‘lmagan vatan, ona tabiat, istiqlol, kishilarning hayoti va mehnati, axloqiy munosabatlar haqidagi asarlar bilan tanishadilar.
3 va 4-sinflar o‘qish dasturida mavzular ko‘lami ancha kengaydi. Bu sinflarda o‘qish darslarining kattagina qismi asarni o‘qish va matn ustida ishlashga qaratiladi. Suhbatlar, hikoya qilishlar, dastlabki o‘qishlar o‘qilgan matnlar mazmuni bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi, mavzuga qiziqish uyg‘otishi, o‘quvchilarni his-hayajon bilan o‘qishga tayyorlashi va asarni to‘g‘ri tushunishga yordam berishi zarur.
Darsda o‘quvchilarning faolligini oshiradigan, tasavvurlarini boyitadigan usullardan foydalanish, asarlarni janr mazmunidan kelib chiqib, rollarga bo‘lib o‘qitish, qahramonlar nomidan qayta hikoya qilish, qahramonning taqdiri haqidagi hikoyani davom ettirish, qiziqarli mavzularda og‘zaki hikoya tuzdirish kabi ijobiy topshiriqlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Janr (fransuzcha genre - „koʻrinish“) - shakliy va tarkibiy xususiyatlar majmui bilan tavsiflanuvchi asar turi.
O‘qish darslari oldiga qo‘yilgan tarbiyaviy vazifaning muvaffaqiyatli hal etilishi darsda badiiy asar matni ustida ishlash bilangina bog‘liq bo‘lib qolmay, balki bolalarni qurshab olgan hayot, tabiatdagi turfa o‘zgarishlar, ekologik vaziyat, ijtimoiy foydali mehnat bilan ham o‘zaro bog‘liq bo‘lishi lozim.
Bolalarni o‘qishga o‘rgatishda hayot tajribalariga tayanib ish ko‘riladi. Buning uchun o‘quvchi madaniy-maishiy va boshqa sohadagi turli korxonalarga sayohatlar uyushtiradi, tabiat hodisalari yuzasidan kuzatishlarni tashkil etadi.
O‘qish darslarini bolalarda go‘zallikka muhabbat uyg‘otadigan, poklik tuyg‘ulariga ozuqa beradigan, hissiyotni o‘tkirlashtiradigan, aqlni, fahm-farosatni charxlaydigan, tasavvurlarni boyitadigan, estetik didni o‘stiradigan musiqa va tasviriy san’at fanlari bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi kerak. Musíqa (yunoncha μουσική - ilhom parilari san’ati) - tovush san’atidir; musiqiy asarga nisbatan ham musiqa atamasi qo‘llanishi mumkin. O‘qish, musiqa va tasviriy san’at darslarini o‘zaro bog‘lab uyushtirish bolalarda san’at asarlarini to‘g‘ri tushunish va qadrlash ko‘nikmalarini o‘stiradi, o‘quvchilarning shaxs sifatida ma’naviy qiyofasini shakllantirishga xizmat qiladi.
Sinfdan tashqari o‘qish. Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari o‘qishga o‘quvchilarni ona tilini puxta o‘zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi, ta’lim jarayonida ularni axloqiy-estetik tarbiyalashning muhim vositasi sifatida qaraladi. Sinfdan tashqari o‘qishning maqsadi, kichik yoshdagi o‘quvchilarni bolalar adabiyoti va xalq og‘zaki ijodi namunalari bilan tanishtirish, ularda kitobxonlik madaniyatini tarkib toptirishdir.
Sinfdan tashqari o‘qish dasturning mazmuniga ko‘ra ta’limning har bir bosqichida ikki asosiy bo‘limga ajratiladi: Birinchi bosqichda o‘qish doirasi, ya’ni o‘qitiladigan kitoblar va ularni qaysi tartibda o‘qish bilan tanishtirish yuzasidan o‘quvchilarga ko‘rsatma beriladi. Ikkinchi bosqichda shu o‘quv materiallar asosida bilim, ko‘nima va malakalar shakllantiriladi.
O‘quvchilar kitob va ularning mualliflari haqidagi bilimlarni bevosita amaliy faoliyatlari, ya’ni kitob ustida ishlash jaryonida egallaydilar.
Sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlari o‘qish darslari bilan bog‘lab olib boriladi. O‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligi ostida avval mavzuga oid bir necha kitob bilan tanishsalar, keyinroq bolalar yozuvchilarning asarlari bilan tanishadilar, so‘ngra bolalarning qiziqishlariga mos, ruhiyatlariga yaqin har xil mualliflarning bir mavzuga doir kitoblarini mustaqil tanlab olishga o‘tadilar.
1-sinfda sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlarida savod o‘rgatish darslarida hosil qilingan ko‘nikma va malakalar asosida bolalarning ona – Vatan, milliy qadriyatlar haqidagi tasavvur tushunchalari kengaytirilib, boyitiladi.
2-sinfda o‘quvchilar kichik hajmdagi asarlarni o‘qituvchining topshirig‘i va yordami asosida mustaqil o‘qishga o‘tadilar.
3 va 4-sinflarda sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning mustaqil o‘qishlari uchun kishilarning hayoti yorqin tasvirlangan, ularning ma’naviy-axloqiy turmush tarzi aks ettirilgan badiiy adabiy asarlar tavsiya etiladi. Jumladan, o‘quv materiali sifati sarguzashtlarga boy asarlar, ona tabiat saxovati, kishilarning o‘zaro mehr-muhabbati tarannum etilgan, buyuk ajdodlarimizning olamshumul faoliyatlari ko‘rsatilgan axloqiy-ma’rifiy hikoyalar, istiqlol to‘g‘risidagi asarlar bilan tanishtirishga ahamiyat berilgan.
O‘quvchilarning bolalar kitobi, gazetasi va jurnallari bilan mustaqil ishlashda sinf va maktab kutubxonasi bilan hamkorlikni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlarining samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Birinchi sinf o‘quvchilarining kitob bilan mustaqil faoliyatini shakllantirish uchun sinf kutubxonasi tashkil etiladi.
Ikkinchi sinfda esa kitoblar ko‘rgazmasi mavzular asosida tashkil etiladi. Masalan, Vatan, istiqlol, tabiat, axloqiy-ma’naviy qadriyatlar, buyuk ajdodlarimizning qahramonona jasoratlari kabi mavzular shular jumlasidandir. Bunday kitob ko‘rgazmalari hamda tavsiya etilayotgan kitoblar ro‘yxati o‘quvchilar saviyalariga mos asarlarni tanlab o‘qishlariga yordam berishi kerak.
Uchinchi sinf kitoblar ko‘rgazmasida kitoblar mualliflariga qarab tartiblanadi. Masalan, Q.Muhammadiy, Q.Hikmat, P.Mo‘min, G‘.G‘ulom, Z.Diyor, A.Obidjon, T.Yo‘ldosh kabi shoirlarning asarlari tavsiya etilgan kitoblar ro‘yxati va kitob ustida mustaqil ishlash uchun mavzular bo‘yicha kartotekalar mavjud bo‘ladi.
To‘rtinchi sinfda sinf va maktab kutubxonasidagi mavjud badiiy, tarixiy adabiyotlar, bolalar gazetasi va jurnalida bosilgan, o‘quvchilar o‘qishi uchun tavsiya etilgan maqolalarning “Nimani o‘qishim kerak?” sarlavhali katalogini (mavzusi yoki muallifi bir xil kitoblar va maqolalarning ma’lum tartibda tuzilgan ro‘yxati) tuzish tavsiya etiladi.
Ikkinchi sinfdan boshlab o‘quvchilarni shahar va tuman kutubxonalari bilan tanishtirish, sayohatlar uyushtirish tavsiya qilinadi. Uchinchi va to‘rtinchi sinflarda kitobxon o‘quvchilarni tarbiyalashga, ularning kutubxonalardan mustaqil foydalanishlariga yordam beradigan adabiy ertaklar, badiiy o‘qish kabi tadbirlarni o‘tkazish ko‘zda tutildi.
Sinfda va sinfdan tashqari o‘qish boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan barcha fan dasturlarining bo‘limlari bilan bevosita bog‘liq. O‘z navbatida ona tili va to‘g‘ri yozuv, atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik, tasviriy san’at va musiqani o‘rganishda olingan bilim va hosil qilingan ko‘nikmalar o‘qish darslarida foydalaniladi.
O‘qish ko‘nikmalari. Matn va bog‘lanishli
og‘zaki nutq ustida ishlash
O‘qish mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida o‘quvchilarda nutq faoliyatining asosiy ko‘rinishi bo‘lgan ko‘nikmalari, matn va kitob ustida ishlash, o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish, nutq madaniyatini rivojlantirish nazarda tutiladi.
1-sinfda o‘quvchilar matnni ongli, to‘g‘ri va bo‘g‘inlab sidirg‘a o‘qishni o‘rganadilar. Olti-yetti yoshli bolalarning nutqini takomillashtirish uchun uning nutqidagi kamchiliklarni o‘qish darslaridagina emas, balki barcha fan yuzasidan o‘tkaziladigan darslarda hamda darsdan va maktabdan tashqari o‘tkazilgan mashg‘ulotlar jarayonida ham tuzatib borishga alohida ahamiyat berish zarur.
2,3-sinflarning o‘qish darslarida to‘g‘ri, tez o‘qish, ongli, ifodali o‘qish ko‘nikmalarini o‘stirish va takomillashtirish zarur. Bunga asarni va uning qismlarini o‘quvchilarga bir necha marta qayta o‘qitish bilangina erishish mumkin.
Bolalar o‘qilgan asarlar yuzasidan berilgan savollarga javob berishga o‘rganadilar. Matn ustida ishlash o‘qituvchi rahbarligida olib boriladi.
2-sinfda o‘quvchilarda so‘zlarni to‘liq sidirg‘asiga o‘qish malakasi shakllanadi, o‘qishning to‘g‘ri va ifodali bo‘lishiga erishiladi, o‘qish texnikasi tezlashadi. Bu sinfda o‘quvchilar matnning ayrim qismlarini, qisqa hikoyalarni ichda (ovozsiz) mustaqil o‘qishga o‘tadilar. Matn ustida ishlash murakkablashib boradi, bolalar o‘qituvchi rahbarligida asarning asosiy mazmunini aniqlaydilar, qahramonlarning xatti-harakatini ifodalovchi so‘z va iboralarni topishga, voqea-hodisalarni so‘z bilan tasvirlashga o‘rganadilar. Ularda so‘z boyligiga talab ortadi, nutq sofligi va aniqligiga e’tibor kuchayadi, lug‘at boyligi ko‘payadi, faollashadi, nutq sur’ati oshadi va so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llashga, ovozni boshqarishga o‘rganadi.
3-sinfda so‘zlarni butunicha sidirg‘a o‘qish ko‘nikmasi to‘la shakllanadi. Bu esa o‘quvchilarda ongli va ifodali o‘qishga qo‘yilgan talablarni o‘stirish imkoniyatini beradi.
O‘qish darslarida bolalarning matn mazmunini o‘zlashtirish ustida mustaqil ishlashlari, hikoyadagi voqea-hodisalarning izchilligini belgilashlariga, o‘zaro bog‘lanish sabab-natijalarini aniqlashlariga alohida ahamiyat beriladi. Matnning badiiy xususiyatlarini, tasviriy vositalarini aniqlash ustida ishlash davom ettiriladi.
O‘quvchilarni o‘z nutqlarida maqollardan, hikmatli so‘z va iboralardan foydalanishga, so‘zlarni to‘g‘ri tanlashga, gap qurilishidan (so‘zlarning bir-biriga bog‘lanishidan) to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish talab etiladi. O‘qish darslarida o‘quvchilarning so‘zlarni adabiy qoidalarga muvofiq talaffuz etishlari talab etiladi.
4-sinfda o‘quvchilar so‘zlarni bo‘g‘inlamay sidirg‘a o‘qishlari, matnni tez, to‘g‘ri, ongli o‘qiy olishlari kerak. Bu sinfda bo‘g‘inlab o‘qishga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. Bolalar o‘qilgan matn mazmunini mustaqil ravishda qayta hikoya qilishlari, matn yuzasidan sodda reja tuza olishlari, uning asosiy mazmunini ajrata olishlari, o‘qilgan matnni to‘la, qisqartirib tanlab qayta hikoyalashlari zarur. Ifodali o‘qish va o‘zaro nutqiy faoliyat jarayonida bolalarning adabiy talaffuz me’yorlari shakllanadi. O‘quvchilar nutqining faollashuvi, nutqning grammatik shakllarini to‘g‘ri qo‘llash va to‘g‘ri talaffuz etish bolalar nutqining ravon, ifodali bo‘lishiga yordam beradi.
O‘qish fanidan
Davlat ta’lim standarti
O‘QISh
(1 – 4 sinf)
1. Boshlang‘ich ta’limda o‘qish fanining maqsad va vazifalari
Bola o‘qish texnikasini egallashi uchun, avvalo, uning savodxonlik darajasini oshirish, og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish, to‘g‘ri talaffuz etishni o‘rgatish lozim.
Dastlab tanish, keyin notanish matn ifodali o‘qitilib, o‘quvchidagi ko‘nikma, malaka aniqlanadi. Bunda miqdoriy ko‘rsatkich – o‘qish tezligi, ravon o‘qiy olish, bir daqiqada nechta so‘z o‘qiy olishi belgilanadi.
Bola matn mazmunini to‘liq uqib olishi, shuningdek, o‘zgalar nutqini eshitib, tushunib olishi maqsad qilinadi.
O‘quvchining 10 daqiqada 4-5 sahifali matnni o‘qib, qayta so‘zlab bera olishi, o‘zgalar fikrini anglab, uni og‘zaki bayon qila olish darajasi aniqlanadi.
Mazkur standart mezonlarining o‘zaro uzviy bog‘liqligi (integratsiyasi), o‘qish, ona tili ta’limida belgilangan vazifalarning amalga oshishida asosiy omil hisoblanadi.
2. Ta’lim mazmunini belgilovchi ko‘rsatkichlar
Boshlang‘ich ta’limda adabiyot ta’limi tarkibidagi o‘qish mazmunining negizi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-
mavzu doirasi: Vatan, vatan o‘tmishi, hozirgi taraqqiyoti, kelajagi buyuk allomalar, tarixiy shaxslar, xalq qahramonlari, tengdoshlari hayoti, ilm- fan, ma’rifat, madaniyat, mavsumiy o‘zgarishlar;
-
janriy xususiyatlari: hikoya, ertak, maqol, topishmoq, doston, tez aytish, she’r, latifa, lof;
-
kitob bilan ishlash;
-
so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish; bo‘g‘inlab o‘qishdan ongli, sidirg‘asiga
(tekis), tez, to‘g‘ri, ravon va ifodali o‘qishga erishish;
-
o‘zbek va xorijiy bolalar yozuvchilari asarlarini o‘qish;
-
yozuvchilarning ismi-sharifi, asarlarining nomlari haqida to‘laroq tushuncha hosil qilish;
-
badiiy asarlarni sharhli, ifodali o‘qish;
-
asar mazmuni va voqealari o‘rtasidagi bog‘lanishni, qahramonlarning fe’l-atvorini aniqlash, qiyosiy tavsiflash;
-
o‘qigan asarlari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini og‘zaki va yozma tarzda izchil ifodalash;
-
so‘z boyligini oshira borish va nutqida faol qo‘llash;
-
o‘qigan asarlari yuzasidan mustaqil reja tuzish;
-
badiiy asarlarni estetik tahlil qilish;
-
o‘qigan asarlari yuzasidan savol-topshiriqlar tuzish;
-
nasriy asar mazmunini to‘liq, qisqartirib, shaxsini o‘zgartirib hikoyalash;
-
badiiy asarlarni o‘zaro qiyoslab, tegishli xulosalar chiqarish.
3. O‘quvchining o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar
|