• Vannaxona Vannaxona sanitarlik vazifasini bajaradi. Agar vannaxona katta tasvirlangan boʻlsa bu vazifalarning buzilishi toʻgʻrisida gapirish mumkin. Quvur
  • Qoʻshimchalar
  • Testdagi belgilar tavsifi




    Download 308.66 Kb.
    bet24/52
    Sana15.05.2023
    Hajmi308.66 Kb.
    #59817
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   52
    Bog'liq
    1 4 sinf oʻquvchilari bilan oʻtkaziladigan psixologik tadbirlar
    2012-iyul-sentyabr, Fizika fanidan mustaqil ish, 9-lekciya CifrlıinfXızmeti, anatatsiya, HUSANOV S SLAYD, Ofis dasturlari va ularning yangi imkoniyatlari. Ofis dasturlar , 6-test english, mehmonxona xujaligida xizmatlar sifatini boshqarish, Авр, 1 Ma\'ruzalar 1-qism, Taza Jаqtılаndırıw qurılmаlаrı, lаmpаlаrdıń túri hám tаrmаqqа jаlǵаnıw sхеmаlаrı, 15, Ижара учун (электр), АМАЛ-14...
    Testdagi belgilar tavsifi
    Uy
    Eski, qulab tushayotgan uy - ba’zida subyekt oʻziga boʻlgan munosabatni shu tarzda ifodalashi mumkin.
    Uzokdagi uy - rad qilinish tuygʻusi.
    Yaqindagi uy - ochiqlik, iliqlik va mehmondoʻstlik hissi. Uyning oʻrniga uning plani rasmi chizilgan boʻlsa - jiddiy nizo. Turli qurilmalar uyning haqiqiy sohibiga nisbatan agressiyaning mavjudligi. Devorga koʻtarilayotgan zina (eshiksiz) - voqelikni toʻgri baholashga zarar yetkazuvchi nizoli vaziyatning aks ettirilishi.
    Devorlar
    Orqa devorning odatdagidek boʻlmagan tarzda tasvirlanishi oʻz-oʻzini nazorat qilishga ongli ravishda harakat qilish, kelishuvlarga moslashish, shu bilan birga kuchli dushmanlikka moyillik.
    Boshka detallarga nisbatan orqa devor konturlarining sezilarli tarzda qalinroq, yorqinroq chizilishi - subyekt voqelik bilan aloqani saqlab qolishga intiladi. Devor va uning asosi mavjud emasligi voqelik bilan aloqaning zaifligi. Devor asosi konturlarining boʻrttirib koʻrsatilishi - subyekt tashvish, qiyinchilikni his qiladi va nizolarni bartaraf qilishga intiladi.
    Gorizontal oʻlchovlari boʻrttirilgan devor - vaqtida notoʻgri orientirovka qilish (yo oʻtmishning, yo kelajakning ustunligi), subyektning bosimga juda sezuvchanligi. Devorning yon konturlari juda ingichka va adekvat emasligi - falokat xavfini his qilish; chiziq konturlari juda boʻrttirilgan, devorning faqat bir tomoni tasvirlansa va agar bu devor yon tarafi boʻlsa, kelishmovchilik va ajralib qolish kabilarga jiddiy moyillik mavjud. Devor aniq - ravshan tasvirlansa - imkon boricha vazi- yatga ta’sir qilish ehtiyoji, anglanmagan mayllar.
    Vertikal oʻlchamlari boʻrttirilgan devor - subyektning voqelik bilan munosabati doimiy emas, xayolan huzurlanishga intiladi.
    Eshiklar
    Eshik mavjud boʻlmasa, subyekt boshqalar oldida oʻzini namoyon qilishga qiynaladi (ayniqsa, oila davrasida). Yon tarafdagi yoki orkadagi eshik - chetlashish, qochish.
    Bayramona (tantanavor) eshik – samimiylik, ochiqlikning birinchi belgisi.
    Ochiq eshik. Agar gurarjoy boʻlsa - bu tashqaridan boʻladigan iliqlikka kuchli ehtiyoj yoki ochiqlikka namoyishkorona intilish.
    Yon tarafdagi eshik – voqelikni qabul qilmaslik, ajralib qolishlik.
    Eshiklar juda katta boʻlsa boshqalarga haddan tashqari bogʻliqlik yoki oʻzining muloqatchanligi bilan boshqalarni hayratga solishga intilish.
    Eshiklar juda kichkina boʻlsa – oʻzining «Men»iga boshqalarni kiritmaslik xohishi, ijtimoiy vaziyatlarga mos kelmaslik, noadekvatlik hissi. Katta qulfli eshik-dushmanlik, vahimachilik, pinhoniylik, himoyalanish tendentsiyasi.
    Qalin tutun – sezilarli darajadagi ichki zoʻriqish.
    Qalin boʻlmagan tutun oqimi - emotsionallik yetishmasligi hissi.
    Deraza
    Deraza – birinchi qavat oxirida chizilgan boʻlsa, bu shaxslararo munosabatlardan nafratlanish va voqelikdan ajralib qolishga intilishni bildiradi. Deraza oxirigacha ochilgan va koʻp boʻlsa aloqa oʻrnatishga tayyorlik, pardalarning boʻlmasligi oʻz hissiyotlarini namoyish qilishga intilishning mavjud emasligi.
    Deraza qattiq yopiq boʻlsa, muhit bilan oʻzaro ta’sir oʻrnatishdan tashvishlanish.
    Oynasi yoʻq deraza dushmanchilik, ajralib qolishlik, pastki qavatda oyna yoʻq, lekin yuqori qavatda mavjud boʻlsa, haqiqiy hayot bilan xayoliy hayot oʻrtasidagi oraliq.
    Tom
    Tom - xayol sohasi hisoblanadi. Tom va moʻrini shamol uchirib yuborgan qilib tasvirlansa, subyektning hissiyotlarini ifodalaydi. (Oʻzining iroda kuchiga qaramay, ustun turuvchi hissiyotlar).
    Chizilgan rasmga umuman mos tushmagan qalin chizilgan tom odatda tashvishlanish, shu bilan birga keladigan lazzatlanish manbai sifatida kelib chiqadigan fantaziya. Chekkalari ingichka chiziqli tom - fantaziyani nazorat qilishning kuchsizligi.
    Chekkalari qalin chiziqli tom - fantaziyani jilovlash, oʻzini nazorat qilishga haddan tashqari urinish.
    Xona
    Assotsiatsiyalar xonada yashovchi odam va xonadagi shaxslararo munosabatlar tufayli hosil boʻlishi hamda ijobiy (pozitiv) yoki salbiy (negativ) emotsional tusga ega boʻlishi mumkin.
    Varaqqa sigʻmagan holda tasvirlangai xona - subyektning xonadagi noxush assotsiatsiyalar yoki unda yashovchilar bilan yaxshi munosabatlar yoʻqligi sababli muayyan xonalar rasmini tasvirlashni istamaslik boʻlishi mumkin. Subyektning yaqin xonani tanlashi - badgumonlik.
    Vannaxona
    Vannaxona sanitarlik vazifasini bajaradi. Agar vannaxona katta tasvirlangan boʻlsa bu vazifalarning buzilishi toʻgʻrisida gapirish mumkin.
    Quvur
    Quvurning mavjud emasligi - subyekt uyda psixologik iliqlikning yetishmasligini his qiladi. Quvur deyarli koʻrinmasa, emotsional ta’sirotlarni istamaslik.
    Tomga nisbatan quvur qiyshiq chizilgan boʻlsa, bola uchun norma: kattalarda kuzatilsa bu kuchli agressiya, suv oqadigan kuvur kuchli himoya va odatda badgumonlik.
    Vodoprovod quvuri kuchli himoyalanish ustanovkasi va odatda yuqori darajadagi badgumonlik.
    Qoʻshimchalar

    Download 308.66 Kb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   52




    Download 308.66 Kb.