• Optimizm
  • Ayollik xususiyatlari
  • Egotsentrizm, liderlikka intilish




    Download 308.66 Kb.
    bet44/52
    Sana15.05.2023
    Hajmi308.66 Kb.
    #59817
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   52
    Bog'liq
    1 4 sinf oʻquvchilari bilan oʻtkaziladigan psixologik tadbirlar
    2012-iyul-sentyabr, Fizika fanidan mustaqil ish, 9-lekciya CifrlıinfXızmeti, anatatsiya, HUSANOV S SLAYD, Ofis dasturlari va ularning yangi imkoniyatlari. Ofis dasturlar , 6-test english, mehmonxona xujaligida xizmatlar sifatini boshqarish, Авр, 1 Ma\'ruzalar 1-qism, Taza Jаqtılаndırıw qurılmаlаrı, lаmpаlаrdıń túri hám tаrmаqqа jаlǵаnıw sхеmаlаrı, 15, Ижара учун (электр), АМАЛ-14...
    Egotsentrizm, liderlikka intilish - varaqning markazida joylashgan katta rasm.
    Oʻziga ishonchsizlik, tobelik - varakning quyi qismida joylashgan kichik rasm.
    Namoyishkorlik, ochiqlik - kaktusda boʻrtib chiqib turgan oʻsimtalarning borligi, shaklning jimjimadorligi.
    Yopiklik, ehtiyotkorlik - kaktus konturi boʻyicha yoki ichida zigzaglarning joylashuvi.
    Optimizm - yorqin ranglardan foydalanish (rangli qalamlar variantida), “xursand” kaktuslarni ifodalash;
    Xavotirlanish - qora ranglardan foydalanish (rangli qalamlardan foydalanish variantida), uzuq-yuluq chiziqlar yordamidagi ichki shtrixovkalarning koʻpligi;
    Ayollik xususiyatlari - bezaklarning, gullarning, yumshoq chiziq va shakllarning borligi.
    Fil” rasmi testi
    Odamning jismoniy, axloqiy va emotsional holatini baholash imkonini beradigan diagnostikaning turli metodlari mavjud. Shunday metodlardan biri «Fil» nomli rasmli metodika yordamida odamni tadqiq qilish mumkin.
    Tadqiq qilinmoqchi boʻlgan odamga bir varaq oq qogʻoz beriladi va fil rasmini chizish soʻraladi. Daraxt rasmini chizayotib odam oʻz hayotini u bilan ifoda qilganidek, fil rasmini chizayotib, ham u oʻzini, oʻz muammolarini va hayotga boʻlgan oʻz qarashlarini ifodalaydi.
    Agar filning qulogʻi, koʻzi, ogzi, xartumining uchi va umuman sezgi organlari bilan bogʻliq tomonlarini hammasi aniq chizilgan boʻlsa. demak, ushbu rasmni chizgan odam hayotga yetarlicha sezgir, uni koʻra olish va eshita olish qobiliyatiga ega.
    Sezgi organlari, shu jumladan xartumi chizilgan, lekin e’tiborsizlik bilan chizilgan. Eng muhim qism, ya’ni filning oyogida tirnoqlari yoʻq. Bu shundan dalolat beradiki, bu odam palapartish, tartibli emas, puxta emas, hayot sifatiga alohida e’tibor bermaydi, hayotda kichikroq narsalarni koʻrmaydi.
    Agar oyoqlar ham e’tiborsizlik bilan chizilgan boʻlsa, bu shundan dalolat beradiki, bu odam asosli oʻylamaydigan odam.
    Rasmning tashqi koʻrinishi mantiqiy proportsional, haqiqiy filni umumiy koʻrinishi bilan mos kelsa, demak, rasmni chizgan odamda me’yor hissi bor, hayotga kompleks yondosha oladi, garmoniya nima ekanini biladi.
    Toʻrtta oyogʻi ham bir xil uzunlikda boʻlsa, bu odamning hayotda yetarlicha mustahkamligidan, asosan faqat oʻziga ishonishga odatlanganidan va oʻzini ishonchli hamda turgʻun his qilishidan dalolat beradi.
    Filning boshi dumaloq. Umuman rasmda bunday dumaloqliklar koʻp. Dumaloqlik ayollik printsipidagi energiyaning borligidan dalolat beradi. Yumaloqlik - ochiq koʻngillik.
    Katta, yuqoriga qayrilgan dandon tishlar odamning oʻzini himoya qila olish imkoniyati va shunga tayyorgarligini koʻrsatadi. Agar dandon tishlar chizilgan boʻlsa, lekin kichkina va yuqoriga qayrilmagan boʻlsa, bu rasm chizgan odamning tajovuzkor emasligini bildiradi.
    Filning boshi boʻyinga oʻtayotgan joyida, ya’ni boshni orqasida chuqurcha mavjud. Agar bu chuqurcha yaqqol ifodalangan boʻlsa, demak, rasm chizgan odamning koʻngli nozik, u hayotda koʻp narsalarni unutishni xohlagan boʻlardi. Filning dumi va xartumi pastga tushgan. Odatda bu fikrlovchi - xomush, yuvvosh (boʻshroq) xarakterni ifodalaydi. Lekin, bu bilan birga rasmda har xil aylanalar va toʻlqinlik boʻlsa, tasavvur qilish mumkinki, rasm muallifi kayfiyatini oʻzgartirib turishga moyil.
    Quloqlar tinch holatda ifodalangan boʻlsa, johil yoki asabiy xarakter egasi degan xulosaga kelishga asos boʻladi. Agar filning quloqlari yuqoriga koʻtarilgan boʻlsa, rasm muallifi doim xavfsirash holatida, u hayotdan fitnalar va noxushliklarni kutadi.
    Agar fil kuloqlari yuqoriga koʻtarilgan, dandon tishlari koʻtarilgan, dumi choʻzilgan, xartumi yuqoriga qayrilgan holatda chizilgan boʻlsa, demak, odam ortiqcha asabiylik va tajovuzkorlikka ega. Uni tinchlantirish, unga hayot har doim ham changalzor emas, har doim ham ortiqcha safarbarlik zarur emas degan fikrni singdirish kerak.
    Filning rasmini chizgan odam faqatgina oʻzining rasmini chizgani yoʻq, u qogʻozda muammolarini namoyon qildi. Siz ularni koʻrar ekansiz, odamga hayotda toʻgʻri yoʻl tanlashiga yordam berasiz.


    Download 308.66 Kb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   52




    Download 308.66 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Egotsentrizm, liderlikka intilish

    Download 308.66 Kb.