• Boshlovchi uchun eslatma.
  • Maqsad: Hayotiy maqsadlarni qoʻya bilish va ularni amalga oshirish qobiliyatini rivojlantirish Mazmuni




    Download 308.66 Kb.
    bet47/52
    Sana15.05.2023
    Hajmi308.66 Kb.
    #59817
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
    Bog'liq
    1 4 sinf oʻquvchilari bilan oʻtkaziladigan psixologik tadbirlar
    2012-iyul-sentyabr, Fizika fanidan mustaqil ish, 9-lekciya CifrlıinfXızmeti, anatatsiya, HUSANOV S SLAYD, Ofis dasturlari va ularning yangi imkoniyatlari. Ofis dasturlar , 6-test english, mehmonxona xujaligida xizmatlar sifatini boshqarish, Авр, 1 Ma\'ruzalar 1-qism, Taza Jаqtılаndırıw qurılmаlаrı, lаmpаlаrdıń túri hám tаrmаqqа jаlǵаnıw sхеmаlаrı, 15, Ижара учун (электр), АМАЛ-14...
    Maqsad: Hayotiy maqsadlarni qoʻya bilish va ularni amalga oshirish qobiliyatini rivojlantirish
    Mazmuni. Oʻsmirlarga 30 yoshga kirganlarida ular haqida film suratga olinishini tasavvur qilish taklif qilinadi. Ularda ushbu filmni hozir koʻrish imkoniyati mavjud. Oʻzi haqida filmning bosh qahramoni sifatida gapirib berish kerak: qanday koʻrinishda, nima bilan shugʻullanadi, qayerda yashaydi, oilaviy ahvoli.
    Boshlovchi uchun eslatma. Yigitlarga xayol surish yoqadi, ularga oʻz oʻy-fikrlarini erkin bildirish imkonini berish kerak. Balki bu ularga oʻzini rivojlantirish uchun turtki berar: bildirilgan ichki xohish-istak koʻpincha ana shunday turtkiga sabab boʻlishi mumkin.
    OTA-ONALAR YIGʻILISHLARI
    Oilaviy tarbiyadagi xatoliklar”
    Ma’lumki, biror bir ijtimoiy va biologik hodisaning sodir etilishi uchun qandaydir bir sabab va sharoit boʻlishi talab etiladi. Qandaydir bir sabab ikkinchi bir hodisaning yuzaga kelishiga turtki boʻladi. Bu falsafiy nuqtai nazardan sababiy bogʻlanishlar jarayoni tarzida tushuntiriladi. Xuddi shunday tarbiya buzilishining kelib chiqishi ham qandaydir sabablarga bogʻlangan holda sodir boʻladi.
    Bolalar va oʻsmirlarda xulq ogʻishi va tarbiya buzilishining kelib chiqishiga ta’sir etuvchi sabablarni oʻrganar ekanmiz, ularning subyektiv va ob’ektiv koʻrinishlarini bir-biridan farqlash lozim boʻladi. Tarbiya buzilishining subyektiv sabablariga oʻsmir shaxsining qiziqish va ehtiyojlari, dunyoqarashi va ma’naviy olami, maqsad va yoʻnalishlari, qadriyatlari, huquqiy ongi, hayotiy rejalari, turmush tarzi va motivlari (hayotiy yoʻnalishi, maqsad va qarashlari) kiradi. Subyektiv shart-sharoitlarga esa aholining demografik va ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, xususan, etnopsixologik jihatlari, xarakteri, temperamenti, yoshi va jinsi kiradi. Ob’ektiv sabablar sifatida jamiyatdagi nosogʻlom muhit, shart-sharoit, iqtisodiy va siyosiy beqarorlik, kichik ijtimoiy guruhlardagi ijtimoiy-psixologik muhit, kishilar bilan boʻladigan oʻzaro shaxslararo munosabatlarda namoyon boʻladi. Tarbiya buzilishining ob’ektiv shart-sharoitlari esa, jamiyatdagi tashkiliy va texnik xatoliklar, boshqaruv tizimidagi kamchiliklar, qonun va qoidalarning talabga javob bermasligi va boshqalardan iboratdir. Shuningdek, tarbiya buzilishining kelib chiqish sabab- larini aniqlash, eng avvalo, u yuzaga kelgan ijtimoiy muhit xususiyatlarini oʻrganib chiqishni taqozo qiladi. Chunki tarbiya buzilishini umumiy koʻrinishda oladigan boʻlsak, u biror bir shaxsga xos boʻlgan subyektiv xulqatvor natijasi emas, balki subyektiv va ob’ektiv jarayonlar, shart-sharoitlar, munosabatlar natijasi sifatida ifodalanishini kuzatishimiz mumkin. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, ijtimoiy jarayonlarning individual xatti-harakatlarga ta’siri masalasiga oydinlik kiritish zarur boʻladi. Ma’lumki, inson ijtimoiy munosabatlar qurshovida yashaydi. Ijtimoiy munosabatlar va jarayonlarning shaxsga ta’siri masalasi ijobiy yoki salbiy koʻrinishda boʻlishi mumkin. Insonga ijtimoiy jarayonlarning ijobiy yoki salbiy ta’sir etishi, birinchidan, shaxsning individual-psixologik xususiyatlariga bogʻliq boʻlsa, ikkinchidan, ijtimoiy muhit voqea-hodisalari xususiyatlari va shart-sharoitlari mazmuniga koʻra namoyon boʻladi. Ya’ni, ijtimoiy muhitning sogʻlom yoki nosogʻlomligi va uning ta’sirchanlik darajasiga koʻra, individga u yoki bu koʻrinishda ta’sir etadi va xulq ogʻishi va tarbiya buzilishining kelib chiqishi uchun qandaydir ma’noda imkoniyat yaratadi. Shaxs xulq-atvoridagi buzilish ijtimoiy muhitning oʻziga xos jihatlari, ya’ni sogʻlom va nosogʻlomligiga, individning fe’l-atvori, xarakter xususiyatlari, ijtimoiy me’yorlar va shaxs oʻrtasidagi ziddiyatlar hamda ularning zoʻrayib borishi kabilarga bogʻliq boʻladi. Shaxsning dunyo- qarashi, ya’ni qadriyatlar orientatsiyasi, ijtimoiylashuvi va individual hissiyotlarining ijobiy tarzda shakllanishi va namoyon boʻlishi uni va insoniyat uchun foydali boʻlgan xatti-harakatlarga undaydi. Shuni unutmaslik kerakki, tashqi muhit yoki ijtimoiy voqea-hodisalar har doim ham xulq ogʻishi va tarbiya buzilishining kelib chiqishi uchun asos boʻlib xizmat qilmaydi. Qachonki, ijtimoiy voqea-hodisalar va individ oʻrtasida qarama-qarshilik va ziddiyatlar yuzaga kelsa, jamiyatda hukm surayotgan ijtimoiy me’yorlar individ tomonidan qabul qilinmasa hamda ijtimoiy muhitda xulq ogʻishi va tarbiya buzilishining kelib chiqishi uchun yetarli shart-sharoit mavjud boʻlsa, xulq ogʻishi va tarbiya buzilishi kelib chiqishi mumkin. Ma’lumki, oila ijtimoiy institut sifatida hozirgi paytda bir qator oʻzgarishlarni boshdan kechirmoqda. U bugun juda koʻplab ta’sirlar qurshovida qolmoqda. Xususan, iqtisodiy inqiroz, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy va huquqiy mazmunning susayishi, oilaviy ajrashishlarning koʻpayishi va boshqalar oilaviy tarbiya ta’sirchanligining susayishiga olib kelmoqda. Bular, oʻz navbatida, oilaviy muhitning buzilishiga, farzandlar tarbiyasidagi nuqsonlarning kelib chiqishiga zamin yaratmoqda. Oqibatda oilaviy muhitga, oilaviy tarbiyaga bogʻliq boʻlgan muammolar ortishi kuzatilmoqda. Oilalarda nosogʻlom psixologik muhitning mavjudligi oilaviy munosabatlar noxushligi, oilaviy ajrashish- lar, ota-onalardan biri yoʻqligi, oilaviy tarbiyadagi yoʻl qoʻyilayotgan nuqsonlar hamda oilaning tarbiyaviy ta’sirga ega emasligi holatlari bolalar va oʻsmirlarda jinoyatchilik xulqining kelib chiqishiga ta’sir koʻrsatadi. Ma’lumki, oilaviy tarbiya bola hayotida muhim oʻrin tutadi. Oilaning bolalarga tarbiyaviy ta’sir doirasi ijtimoiy ta’sir doirasi singari oʻta kengdir. Oila bolalarni Vatanga muhabbat, ota-ona va atrofdagilarga sadoqat, xalq boyliklariga ongli munosabat, nuqsonlarga murosasizlik, yuksak axloqiy va ma’naviy sifatlarni shakllantirishda, turmushga, ijtimoiy faoliyatga nisbatan psixologik va amaliy jihatdan tayyorlashda katta imkoniyatlarga egadir. Biroq, keyingi yillarda oilada farzand tarbiyalashda, ularni kamol toptirishda bir qator muammolar, nuqsonlarga duch kelinmoqda. Tabiiyki, ushbu muammolar bolalar va oʻsmirlar xulq-atvoriga, shaxs sifatida shakllanishiga salbiy ta’sir koʻrsatmoqda. Kuzatishlarga qaraganda, keyingi yillarda oilalarda turli xil sabablarga koʻra, xususan, yurtimizda kechayotgan islohotlar, bozor munosabatlariga oʻtish, kishilarda kundalik turmush tashvishlariga barham berish, qiyinchiliklarni yengib oʻtish va kelajakka nisbatan yangicha qarash layoqatining yetishmasligi va shu kabilar oilada farzandlar tarbiyasiga e’tiborning biroz susayishiga sabab boʻlib, ota-onalar farzandlari bilan kam muloqotda boʻlishiga toʻgʻri kelmoqda. Shu boisdan yurtimizda oiladan tashqarida farzandlar kamoloti, tarbiyasi bilan mashgʻul boʻladigan turli xil mashgʻulotlarga, (sport, kasb-hunar) toʻgaraklarga nisbatan boʻlgan ehtiyojning ortib borayotgani kuzatilmoqda.
    Shu oʻrinda ta’kidlash lozimki, bu borada mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli chora-tadbirlar diqqatga sazavordir. Joylarda foydalanishga topshirilayotgan sport inshootlari, zamonaviy talablarga javob beradigan ta’lim maskanlarining bunyod etilishi, yoshlarimizning boʻsh vaqtlarida shugʻullanishlari uchun turli xil toʻgaraklarning barpo etilishi bu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlarning namunasidir. Ammo bu sohada hali qilinadigan ishlar ham koʻp. Oilada mukammal tarbiya koʻrmagan bolalar turmush qiyinchiliklaridan qoqiladi. Turli xil nizoli vaziyatlarga duch keladi. Tarbiyasizlik oʻsmirni yaxshi oʻrtoqlaridan, davralardan ayiradi. Oqibatda oʻsmir uchun birdan-bir yoʻl nosogʻlom xulqli tengqurlari davrasiga qoʻshilib ketish boʻlib qoladi.

    Download 308.66 Kb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




    Download 308.66 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maqsad: Hayotiy maqsadlarni qoʻya bilish va ularni amalga oshirish qobiliyatini rivojlantirish Mazmuni

    Download 308.66 Kb.