• Tarbiyasi buzilgan bolalar va oʻsmirlar tomonidan amalga oshirilayotgan xatti-harakatlarga katta yoshdagi kishilar va ota-onalarning e’tiborsizligi holati.
  • Ayrim ota-onalarning oilada farzandlari bilan qilayotgan muomala-munosabatlari koʻrinishlari bolalar va oʻsmirlarda gʻayriaxloqiy xulqning kelib chiqishiga sabab boʻlishi mumkin
  • Tarbiyasi buzilgan bolalar va oʻsmirlarning sogʻlom xulqli bolalar va oʻsmirlarga qaraganda tez-tez nizoli vaziyatlarga tushib qolish holati




    Download 308.66 Kb.
    bet49/52
    Sana15.05.2023
    Hajmi308.66 Kb.
    #59817
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
    Bog'liq
    1 4 sinf oʻquvchilari bilan oʻtkaziladigan psixologik tadbirlar
    2012-iyul-sentyabr, Fizika fanidan mustaqil ish, 9-lekciya CifrlıinfXızmeti, anatatsiya, HUSANOV S SLAYD, Ofis dasturlari va ularning yangi imkoniyatlari. Ofis dasturlar , 6-test english, mehmonxona xujaligida xizmatlar sifatini boshqarish, Авр, 1 Ma\'ruzalar 1-qism, Taza Jаqtılаndırıw qurılmаlаrı, lаmpаlаrdıń túri hám tаrmаqqа jаlǵаnıw sхеmаlаrı, 15, Ижара учун (электр), АМАЛ-14...
    Tarbiyasi buzilgan bolalar va oʻsmirlarning sogʻlom xulqli bolalar va oʻsmirlarga qaraganda tez-tez nizoli vaziyatlarga tushib qolish holati.

    Bunda tarbiyasi ogʻir oʻsmir nizoli vaziyatlar muhitiga tez-tez tushib qoladi. Buning sababi, birinchidan, u hayot kechirayotgan va faoliyat yuritayotgan ijtimoiy muhitning nosogʻlomligiga bogʻliq boʻlsa, ikkinchidan, tarbiyasida nuqsoni boʻlgan bolalar va oʻsmirlar xulq-atvoridagi psixopatologik oʻzgarishlar hamda ularning yosh davri xususiyatlari nizoli vaziyatlarning koʻproq yuzaga kelishiga olib keladi. Sogʻlom xulqli bolalar va oʻsmirlarda esa ular yashayotgan va faoliyat yuritayotgan ijtimoiy muhitning sogʻlomligi nizoli vaziyatlarning oldini oladi va shuning uchun ular nizoli vaziyatlarga kam duch keladilar. Nizoli vaziyatlarning doimiy yuz berib turishi esa bola xulq-atvorida salbiy oʻzgarishlarning kelib chiqishiga zamin yaratadi.

    1. Tarbiyasi buzilgan bolalar va oʻsmirlar tomonidan amalga oshirilayotgan xatti-harakatlarga katta yoshdagi kishilar va ota-onalarning e’tiborsizligi holati.

    Bunda oʻz gʻayritabiiy harakatlarining javobsiz qolishini, kattalar tomonidan ma’qullanishini his etgan oʻsmir nizoli vaziyatlarga barham berishda gʻayriaxloqiy yoʻlni tanlaydi. Chunki u ota-onasidan, atrofdagilardan jazo olmasligini, dashnom eshitmasligini biladi. Bu esa oʻsmirga yangi-yangi gʻayriaxloqiy harakatlarni bajarishga imkoniyat eshigini ochib beradi. Sogʻlom xulqli bolalar va oʻsmirlar esa oʻzlarining jazolanishlarini bilishlari tufayli gʻayriaxloqiy harakatlarni bajarishdan oʻzlarini tiyadilar. Chunki ular muhitida, oilasida gʻayriaxloqiy harakatlarni qoralash psixologiyasi mavjud boʻladi.

    1. Ayrim ota-onalarning oilada farzandlari bilan qilayotgan muomala-munosabatlari koʻrinishlari bolalar va oʻsmirlarda gʻayriaxloqiy xulqning kelib chiqishiga sabab boʻlishi mumkin.

    Oilada qahr-gʻazab asosidagi ota-ona munosabati bolalarni uydan bezdiradi. Uydan bezish, oila muhitini tan olmaslik oʻsmirlarda oilaviy muhitga nisbatan moslashishning izdan chiqishiga olib keladi. Natijada oʻsmir oiladan tashqari nosogʻlom koʻcha muhitini oʻziga ma’qul koʻradi. Koʻcha muhiti esa ba’zan gʻayriaxloqiy mazmunga ega boʻlishi mumkin. Natijada noaxloqiy xulq-atvor muhitiga tushib qolgan oʻsmirda tarbiya buzilishining kelib chiqishi uchun imkoniyat yaratiladi. Ba’zan ayrim ota-onalarning farzandlarini haddan ortiq suyishi, erkalashi, qattiq gapirmasligi, pand-nasihat qilmasligi holati ham gʻayriaxloqiy xulqning kelib chiqishiga sabab boʻlib qolishi mumkin. Xullas, bu borada me’yor chegarasi buzilmasligiga rioya qilish maqsadga muvofiqligini unutmasligimiz kerak.


    1. Ayrim ota-onalarning qahr-gʻazab asosidagi munosabati bolalar va oʻsmirlarda salbiy xarakter xislatlarining, xususan, qoʻrqoqlik, tobelik, asabiylik, hissiyotlarga beriluvchanlik va mustaqil tafakkurning yetishmasligi kabilarning shakllanishiga olib keladi.

    Qoʻrqoq, tobe bolalar va oʻsmirlar birovlarning qistovi, zoʻrlashi natijasida turli xil gʻayriaxloqiy guruhlarga qoʻshilib ketishga moyil boʻladilar. Ulardagi asabiylik, qoʻzgʻaluvchanlik va hissiyotlarga beriluvchanlik xususiyatlari esa tez-tez nizoli vaziyatlarga duch kelishga sabab boʻladi. Shuningdek, ulardagi mustaqil fikrlash layoqatining sustligi nizoli vaziyatlarning chigallashuviga, muammoli vaziyatlardan chiqib ketish yoʻllarini notoʻgʻri qoʻllashga olib keladi. Natijada bunday vaziyatlarda oʻsmir oʻzining yosh davri xususiyati va hayotiy tajribasizligi tufayli gʻayriqonuniy harakatlarga qoʻl urishi mumkin. Nazarimizda, oilada bolalarga haddan ortik erkinlik berish ularni oʻz bilganicha ish tutishga, qilayotgan ishining toʻgʻri yoki notoʻgʻriligini anglab yetmaslikka olib keladi. Ota-ona nazoratidan, soʻrab-tergashidan chetda qolgan oʻsmir oʻzini erkin bilib, koʻngli tusagan ishga qoʻl uradi.

    1. Ota-onalarning farzandlari hayoti va faoliyati bilan qiziqmasliklari, ularni nazoratsiz qoldirishlari koʻpincha oʻsmirni gʻayriqonuniy xulq-atvorga ega boʻlgan bolalar va oʻsmirlar safiga qoʻshilib ketishiga olib keladi.

    Shuning uchun ota-onalar farzandlarining, ayniqsa, oʻsmirlik davridagi faoliyatlarini, boʻsh vaqtlarida nimalar bilan shugʻullanayotganliklarini domiy ravishda nazorat qilib borishlari maqsadga muvofiqdir. Qolaversa, oʻsmirlik yoshi davridagi psixofiziologik oʻzgarishlar va oʻtish davri xususiyatlari bu yosh ota-onalar va katta yoshdagi kishilarning oʻziga xos alohida e’tiborini talab qiladigan yosh davri hisoblanadi. Oilada ota- onalarning bu yoshdagi oʻsmirlarga nisbatan boʻladigan e’tiborsizliklari, tarbiya shunday berilishi kerak deb qarashlari bolalar va oʻsmirlarda gʻayriaxloqiy xulqning kelib chiqishiga imkoniyat yaratadi. Shuningdek, oiladagi avtoritar, haddan ortiq qattiqqoʻllik asosidagi munosabat ham bolalar va oʻsmirlarda xulq ogʻishining kelib chiqishiga sabab boʻlishi kuzatiladi.

    1. Bolalar va oʻsmirlarda gʻayriaxloqiy xulqning kelib chiqishiga sabab boʻluvchi oilaviy tarbiyaga bogʻliq boʻlgan omillardan yana biri oilaviy tarbiyada primetiv (eskirgan, noma’qul) usullardan foydalanishdir.

    Bunday tarbiya usulida tarbiya ba’zan oʻta qattiqqoʻllik, avtoritar, bolalarning fikr va qarashlarini inobatga olmaslik asosida olib boriladi. Bunday usulda bolalarni tarbiyalashning notoʻgʻri ekanligini bugun hayotning oʻzi koʻrsatib turibdi. Chunki bugungi yoshlar mustaqil fikrlashga intiluvchan, oʻz qarashlariga ega boʻlgan, aqlan yetuk yoshlardir. Bunday yoshlar bilan hisoblashish, ularning fikr va mulohazalarini eshitish, kerakli joylarda zarur maslahatni ayamaslik yaxshi natijalar berishini unutmasligimiz kerak.

    1. Oilaviy tarbiyada qoʻpollik, andishasizlik, haqorat, doʻq-poʻpisa va jismoniy jazolash singari usullardan foydalanish holati koʻpincha bolalar va oʻsmirlarning uydan qochishiga, biron ish qilib qoʻyib ota-onasidan qoʻrqqanidan koʻchalarda daydib yurishiga, qaerlardadir tunab qolishiga olib keladi.

    Bunday bolalarning oila muhitiga nisbatan ijtimoiy psixologik moslashuvi izdan chiqadi. Oqibatda oʻziga ma’qul boʻlgan oiladan tashqari guruh yoki koʻcha muhitini qabul qiladi. Bu muhit oʻzining xarakteriga koʻra, bolaga salbiy yoki ijobiy ta’sir qilishi mumkin. Afsuski, nosogʻlom muhit psixologiyasiga ega boʻlgan koʻcha muhiti bolalarga koʻp holatlarda salbiy ta’sir koʻrsatadi.


    1. Download 308.66 Kb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




    Download 308.66 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tarbiyasi buzilgan bolalar va oʻsmirlarning sogʻlom xulqli bolalar va oʻsmirlarga qaraganda tez-tez nizoli vaziyatlarga tushib qolish holati

    Download 308.66 Kb.