• Oilaviy sharoitning salbiy ta’siri ham tarbiyasi ogʻir oʻsmirlarning shakllanishiga sabab boʻladi
  • 3.Tarbiyasi buzilgan bolalar va oʻsmirlar xatti-harakatlarining oila a’zolari tomonidan qoʻllab-quvvatlanish holati.
  • Quyida bolalar va oʻsmirlarda tarbiya buzilishini keltirib chiqaruvchi ayrim omil va sabablar toʻgʻrisida fikr yuritmoqchimiz




    Download 308.66 Kb.
    bet48/52
    Sana15.05.2023
    Hajmi308.66 Kb.
    #59817
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
    Bog'liq
    1 4 sinf oʻquvchilari bilan oʻtkaziladigan psixologik tadbirlar
    2012-iyul-sentyabr, Fizika fanidan mustaqil ish, 9-lekciya CifrlıinfXızmeti, anatatsiya, HUSANOV S SLAYD, Ofis dasturlari va ularning yangi imkoniyatlari. Ofis dasturlar , 6-test english, mehmonxona xujaligida xizmatlar sifatini boshqarish, Авр, 1 Ma\'ruzalar 1-qism, Taza Jаqtılаndırıw qurılmаlаrı, lаmpаlаrdıń túri hám tаrmаqqа jаlǵаnıw sхеmаlаrı, 15, Ижара учун (электр), АМАЛ-14...
    Quyida bolalar va oʻsmirlarda tarbiya buzilishini keltirib chiqaruvchi ayrim omil va sabablar toʻgʻrisida fikr yuritmoqchimiz.
    1.Tarbiya buzilishi kelib chiqishining asosiy sabab- laridan biri bolalar va oʻsmirlarda oʻqishga nisbatan salbiy munosabatning paydo boʻlishidir.
    Odatda, bunday munosabatning paydo boʻlishiga boshqa sabablar ham ta’sir koʻrsatishi mumkin. Jumladan, oʻquv faoliyati usuli, malakalari toʻla tarkib topmaganligi sababli nisbiy bilim olish bilan qanoat hosil qilish, oʻzlashtirish qobiliyatining sust rivojlangani, muayyan vaziyatlarda hukm va xulosa chiqarishda qiyinchilikka duch kelish, oʻqituvchilar tomonidan oʻquvchiga ob’ektiv baho bermaslik, oʻqituvchining boladagi individual-psixologik va intellektual imkoniyatiga yetarlicha e’tibor bermaslik, oʻqitish saviyasining pastligi, darslarning qiziqarsiz oʻtilishi va bosh- qalardir.
    2 .Oilaviy sharoitning salbiy ta’siri ham tarbiyasi ogʻir oʻsmirlarning shakllanishiga sabab boʻladi.
    Ayrim oilalarda bola uchun zaruriy imkoniyatlarning mavjud emasligi sababli u noxush holat bilan yolgʻiz oʻzi kurash olib borish kechinmalariga duch keladi. Bunday holat oʻsmir dunyo- sida oilaviy sharoitga nisbatan paydo boʻlgan norozilik hissining kundan-kun avj olib, ichki isyonga aylanib borishiga olib kelishi mumkin.
    3.Tarbiyasi buzilgan bolalar va oʻsmirlar xatti-harakatlarining oila a’zolari tomonidan qoʻllab-quvvatlanish holati.
    Bunda bolalar va oʻsmirlarning tarbiyasizlik va gʻayriqonuniy xatti-harakatiga oila a’zolari va yaqinlari tomonidan ijobiy yoki e’tiborsizlik koʻrinishidagi munosabat bildiriladi. “Bunday ish qilma”, “Qilayotgan harakating yoki gap-soʻzlaring tarbiyasizlik hisoblanadi”, deyish oʻrniga ota-onalar yoki atrofdagilar ularning xatti-harakatlarini ma’qullashadi yoki unga e’tibor berishmaydi. Natijada oʻz gʻayritabiiy harakatining ma’qullanishini his etgan bola yana boshqa bir tarbiyasizlik harakatiga qoʻl uradi. Oqibatda salbiy xulq-atvor oʻsmirning butun faoliyatini, ongini qamrab oladi.

    1. Sogʻlom xulqli bolalar va oʻsmirlarga qaraganda nosogʻlom xulq-atvorga ega boʻlgan bolalar va oʻsmirlarga ijtimoiy muhitdagi salbiy ta’sirlarning bir joyga toʻplangan holda (kontsentratsiyalashgan) ta’sir etish holati.

    Ya’ni, xulq ogʻishi yoki tarbiyasi buzilgan oʻsmirga ijtimoiy muhitdagi salbiy ta’sirlar toʻplangan va har taraflama ta’sir qiladi. Boshqacha qilib aytganda, oʻsmirning noqonuniy, noaxloqiy psixologik muhitga tushib qolishi unga har tomonlama, ya’ni ham ma’naviy, ham ruhiy, ham jismoniy, ham koʻrgazmali tarzda ta’sir oʻtkazadi. Bu oʻsmirda tarbiya buzilishi va hatto jinoyatchilik xulqining kelib chiqishi uchun qulay ijtimoiy muhit va shart-sharoit yaratadi. Sogʻlom xulqli bolalar va oʻsmirlarda esa toʻplangan holda har taraflama salbiy ta’sir etish muhitining mavjud boʻlmasligi ularda gʻayritabiiy xulq-atvorning kelib chiqishining oldini oladi.


    1. Download 308.66 Kb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




    Download 308.66 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Quyida bolalar va oʻsmirlarda tarbiya buzilishini keltirib chiqaruvchi ayrim omil va sabablar toʻgʻrisida fikr yuritmoqchimiz

    Download 308.66 Kb.