• Oʻzbek oilalarida berilayotgan tarbiya nuqsonlaridan yana biri oilaviy tarbiyada milliy–ma’naviy merosimizdan, ya’ni ertak, maqol, rivoyat va hadis ilmidan yetarlicha foydalanilmayotganidir
  • Bugungi kunda oʻzbek oilasida mavjud boʻlgan tarbiyadagi nuqsonlardan yana biri ota-onalarning rad etish, taqiqlash, ruxsat etmaslik asosidagi tarbiyalash usulidir




    Download 308.66 Kb.
    bet51/52
    Sana15.05.2023
    Hajmi308.66 Kb.
    #59817
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
    Bog'liq
    1 4 sinf oʻquvchilari bilan oʻtkaziladigan psixologik tadbirlar
    2012-iyul-sentyabr, Fizika fanidan mustaqil ish, 9-lekciya CifrlıinfXızmeti, anatatsiya, HUSANOV S SLAYD, Ofis dasturlari va ularning yangi imkoniyatlari. Ofis dasturlar , 6-test english, mehmonxona xujaligida xizmatlar sifatini boshqarish, Авр, 1 Ma\'ruzalar 1-qism, Taza Jаqtılаndırıw qurılmаlаrı, lаmpаlаrdıń túri hám tаrmаqqа jаlǵаnıw sхеmаlаrı, 15, Ижара учун (электр), АМАЛ-14...
    Bugungi kunda oʻzbek oilasida mavjud boʻlgan tarbiyadagi nuqsonlardan yana biri ota-onalarning rad etish, taqiqlash, ruxsat etmaslik asosidagi tarbiyalash usulidir.

    Bu xildagi tarbiya usulida bolalarning xohish-istaklari, oʻy-xayollari, orzu-intilishlari, fikr va mulohazalari inobatga olinmaydi. Bundan tashqari, bunday tarbiya usulida bolalarga oʻz fikr-mulohazalarini ochiqcha bayon etish, mustaqil qarorlarga kelish va muayyan vaziyatlarga oʻz nuqtai nazarini bildirish imkoniyati cheklanadi. Bunday tarbiya usulida ba’zan bolalarning xatti-harakatlari majburiy tarzda taqiqlash usullari bilan boshqarib boriladi. Uyda bu narsaga tegish mumkin, bu narsaga tegish mumkin emas, bu kiyimni kiyasan, bunisini kiymaysan qabilidagi munosabat oʻrnatiladi. Bolaning qiziqishi, erkinligi, oʻziga yoqqan kiyimni kiyishi, koʻngli istagan ish bilan mashgʻul boʻlishi, qiziqqan kitobini oʻqishi va xohlagan sport turi bilan shugʻullanishi ota-ona ixtiyori bilan amalga oshiriladi. Oilada ota yoki onaning aytgani-aytgan, degani-degan boʻladi. Bunday usulda tarbiyalangan bolalarda mustaqil fikr yuritish qobiliyatining sust rivojlanishi, tortinchoqlik, oʻz fikr-mulohazalarini bayon eta olmaslik, tobelik, qoʻrqoqlik va jur’atsizlik kabi salbiy xislatlar yorqin namoyon boʻladi. Jur’atsiz, tobe, tortinchoq bolada faollik va oʻziga ishonch hissi yetishmaydi. Shuningdek, ularda nutqning sust rivojlanish holati ham kuzatiladi. Bunday bolalar butun umr davomida birovlarga tobe boʻlib yashaydilar. Ularda rahbarlik, boshqaruvchanlik qobiliyatlari sust rivojlangan boʻladi. Ular birovlarning gap-soʻzlariga tez uchadilar. Shuning uchun ular aldovlar, koʻzboʻyamachiliklar, ta’magirlik- lar qurboniga aylanib qolmoqdalar. Qolaversa, ulardagi fikrlash qobiliyatining sust rivojlangani nizoli vaziyatlarga tez-tez tushib qolishlariga sabab boʻladi. Bundaylar nizoli vaziyatlarda toʻgʻri qarorlar qabul qilishga qiynaladilar. Ular birovlarning ta’siri, qistovi yoki majburlashi natijasida turli xil qonunbuzarliklarni amalga oshirishlari mumkin.

    1. Oʻzbek oilalarida berilayotgan tarbiya nuqsonlaridan yana biri oilaviy tarbiyada milliy–ma’naviy merosimizdan, ya’ni ertak, maqol, rivoyat va hadis ilmidan yetarlicha foydalanilmayotganidir.

    Tadqiqot natijalaridan ma’lum boʻlishicha, tadqiqotimizda ishtirok etgan ota-onalarning atigi chorak qismi farzandlariga yoshligida ertak, rivoyat va maqollar aytib berishganini eslaydilar xolos. Axir qadriyatlarimiz, xalq ogʻzaki ijodi durdonalari, rivoyatlar va hadis ilmi bolalarda yaxshilik, olijanoblik, xushxulqlilik xislatlarining shakllanishiga xizmat qilishi hammaga ayon. Shunday boʻlsa-da, nega bugun farzandlar tarbiyasida bu masalaga e’tiborsizlik qilamiz? Sizu bizning ana shu e’tiborsizligimiz, ertaga katta boʻlganda tarbiyalanib qolar, degan aqidaga berilishimiz bolalarimizning barkamol, xushxulqli insonlar boʻlib yetishishiga salbiy ta’sir koʻrsatmasdan qolmaydi.


    1. Download 308.66 Kb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




    Download 308.66 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bugungi kunda oʻzbek oilasida mavjud boʻlgan tarbiyadagi nuqsonlardan yana biri ota-onalarning rad etish, taqiqlash, ruxsat etmaslik asosidagi tarbiyalash usulidir

    Download 308.66 Kb.