Ota-onalarda bolalar tarbiyasi toʻgʻrisidagi nazariy va amaliy bilim va ma’lumotlarning yetishmasligi oilaviy tarbiyada nuqsonlarning kelib chiqishiga sabab boʻladi




Download 308.66 Kb.
bet50/52
Sana15.05.2023
Hajmi308.66 Kb.
#59817
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Bog'liq
1 4 sinf oʻquvchilari bilan oʻtkaziladigan psixologik tadbirlar
2012-iyul-sentyabr, Fizika fanidan mustaqil ish, 9-lekciya CifrlıinfXızmeti, anatatsiya, HUSANOV S SLAYD, Ofis dasturlari va ularning yangi imkoniyatlari. Ofis dasturlar , 6-test english, mehmonxona xujaligida xizmatlar sifatini boshqarish, Авр, 1 Ma\'ruzalar 1-qism, Taza Jаqtılаndırıw qurılmаlаrı, lаmpаlаrdıń túri hám tаrmаqqа jаlǵаnıw sхеmаlаrı, 15, Ижара учун (электр), АМАЛ-14...
Ota-onalarda bolalar tarbiyasi toʻgʻrisidagi nazariy va amaliy bilim va ma’lumotlarning yetishmasligi oilaviy tarbiyada nuqsonlarning kelib chiqishiga sabab boʻladi.

Bolalar va oʻsmirlarda xulq ogʻishi va tarbiya buzilishining kelib chiqishiga ta’sir etuvchi oilaviy tarbiyaga bogʻliq boʻlgan omillar orasida ota-onalarda farzand- lar tarbiyasiga doir bilimlarning yetarli emasligi holati ham yaqqol koʻzga tashlanadi. Oilada ota-onalar koʻpincha farzandlari biron bir yomon ish qilib qoʻysa, uni qattiq jazolash, erkini cheklash va ularni uydan chiqarmay qoʻyish usullari orqali tarbiyalamoqchi boʻladilar. Farzandi oʻzlariga yoqadigan ishga qoʻl ursa, uni haddan ortiq maqtaydilar va mukofotlaydilar. Oʻzlari qoʻllayotgan usullarning qay biri toʻgʻri, qay biri notoʻgʻri ekanligini anglab yetmaydilar. Oʻzlaricha tarbiya shunday beriladi, deb oʻylaydilar. Natijada oʻzlari bilmagan holda bolalarining tarbiyasiga salbiy ta’sir koʻrsatadilar. Shuning uchun ota-ona, eng avvalo, oilada bolalarni tarbiyalash toʻgʻrisidagi nazariy va amaliy bilimlarga ega boʻlishi zarur. Buning uchun esa, ular tarbiya toʻgʻrisidagi pedagogik va psixologik kitoblarni, gazeta-jurnallarni koʻproq oʻqishlari zarur boʻladi. Ushbulardan koʻrinadiki, ota-onalarda tarbiya borasidagi bilimlarning yetishmasligi, tarbiya jarayonida milliy qadriyatlar, urf-odatlar va rasm-rusumlarimizdan foydalanmaslik bolalar tarbiyasining buzilishiga, ularda turli xil xulq ogʻishlarining kelib chiqishiga olib keladi. Tadqiqotlarimiz natijalaridan ma’lum boʻlishicha, oilada bolalar tarbiyasida qariyalarning ishtirok etmasligi holati ham bolalar tarbiyasiga salbiy ta’sir koʻrsatadi
Axir xalqimizda “Qarisi bor uyning – parisi bor”, deb bejiz aytilmagan. Birinchidan, qariyalarning deyarli uyda boʻlishlari bolalar bilan doimo muloqotda boʻlishga, ular faoliyatini doimo nazorat qilib turishga olib kelsa, ikkinchidan, ulardagi hayotiy tajribaning koʻpligi bolalar tarbiyasida muhim oʻrin tutadi. Nazarimizda, keyingi yillarda yoshlarimizda xalqimizga xos boʻlgan mehr-shafqat, bagʻrikenglik (tolerantlik), nochorlar, dardmandlar holidan xabar olish, ularga yordam berish xislatlari negadir bugungi kunda unutilib ketayotgandek tuyulmoqda. Yoshlarimiz oʻrtasida xasislik, boqibegʻamlik, loqaydlik, betgachoparlik, manfaatparastlik, ta’magirlik, koʻzboʻyamachilik kabi illatlar kuchayib bormoqda. Kuzatishlarimizga qaraganda, oilalarda ota-ona hamda farzand oʻrtasidagi munosabatlarda ham oʻziga xos samarasiz usullardan foydalanilayotgani koʻzga tashlanmoqda. Jumladan, ota-onalar ba’zan farzandlariga oʻta darajada mehr qoʻyadilar. Ularni asrab-avaylaydilar, e’zozlaydilar. Ularga gard yuqtirmaslikka harakat qiladilar. Aytgan yoki istagan narsalarini muhayyo qilishga intiladilar. Bir qarashda “ota-ona-da, nima qilibdi”, deysiz. Ammo ota-onalarning bolalarga bunday munosabatlari bolalarda salbiy xislatlarning shakllanishiga olib kelmoqda. Ota-onasi tomonidan koʻrsatilayotgan bunday munosabat natijasida bolada manmanlik, birovlarni mensimaslik, tayyorga ayyorlik, mehnatning qadriga yetmaslik, sabr-toqatsizlik kabi salbiy xislatlar paydo boʻlmoqda. Bunday xislatlarga ega boʻlgan bolalarda mehnatsevarlik, olijanoblik, oʻzgalarni hurmat va e’zozlash, mehnatning qadriga yetish xislatlari shakllanmaydi. Shuningdek, ularda maqtanchoqlik, birovlarning ustidan kulish, nochorligini yuziga solish odatlari ham kuzatiladi. Bunday ruhda tarbiyalangan bolalar muammoli vaziyatlarda mus- taqil fikr yuritish, muayyan qarorlarga kelish borasida ham qiyinchiliklarga uchraydilar. Bundaylar oʻz tenqurlari bilan kelisha olmasliklari, doʻstlari doirasining torligi tufayli koʻpincha tengdoshlaridan yakkalanib qolishlari bilan ajralib turadilar.


  1. Download 308.66 Kb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Download 308.66 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ota-onalarda bolalar tarbiyasi toʻgʻrisidagi nazariy va amaliy bilim va ma’lumotlarning yetishmasligi oilaviy tarbiyada nuqsonlarning kelib chiqishiga sabab boʻladi

Download 308.66 Kb.