|
O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi viloyat xalq ta`limi boshqarmasi
|
bet | 2/5 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 2,5 Mb. | | #243369 |
Bog'liq Bosh harf kishilar ism va familyasining bosh harfi bilan yozolishi dars ishlanmaDarsning turi: Yangi bilim, ko`nikma, malakalarini shakllantiruvchi dars.
Darsning metodi: savol-javob, tushuntirish, “Yomg`ir yog`di mashqlari.
Darsning jihozi. Proyektor, elektron doska, kompyuter, rasmlar, tarqatmalar, rangli qalamlar,A4formatli list.
Dars sxemasi.
1
|
Tashkiliy qism
|
5
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
25
|
4
|
Dam olish daqiqasi
|
3
|
5
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
5
|
6
|
Baxolash va rag`batlantirish
|
1
|
7
|
Vazifa
|
1
|
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism
O`quvchi: Har kun ertalab turib,
Boramiz maktab tomon,
Bizlar ilmga chanqoq,
Ustozimiz mehribon.
Qo`limiz ko`ksimizda
Hamma o`quvchilar: Assalomu alaykum.
O`qituvchi: Qalam tutgan nozikkina.
Qo`lingizdan o`rgilay.
Mehr bilan boqib turgan.
Ko`zingizdan o`rgilay.
Sizni juda sog`inaman.
Sizni intiq kutaman.
Meni moydek erituvchi.
So`zingizdan o`rgiray.
Vaalaykum assalom bolajonlar.
Hamma o`quvchilar: Zamonaviy dars o`tmoqqa.
Bizlar shaymiz saboqqa.
O`qituvchi: Kimdir bugun navbatchi?
O`quvchi; Sinfda men navbatchi
Tayyor barcha o’quvchi
Xonamiz ham ozoda
Topshirdim men Xonzoda
O’qituvchi:
Hozir darsimiz ona tili. Bu fanni o’rganishdan asosiy maqsadimiz nima ekan?
1-o’quvchi:
Ona tili fanini o’rganishdan maqsadimiz:
- To’gri va ravon yoza olishimiz ;
- Ijodiy mustaqil fikrlay olish ;
- Nutq madaniyatini oshirishdir.
Hamma:
Tilimiz boy , tilimiz sof go’zaldir ,
Biri maqol , biri matal , masaldir.
Dog’ tushurmay avlodlarga eltaylik.
Navoiyning ruhini shod etaylik.
O`qituvchi: Shiorimiz nima?
O`quvchilar:Chiroyli yoz , yozsang xat,
Bilsang bu ham zo’r san’at .
1-o’quvchi :
Ona tilim , jon tilim .
Sen o’zingsan , jon dilim .
Yuragimning to’rida
Sayrab turgan bulbulim
2-o’quvchi:
Sen borsan , men tirikman ,
Suyumliman,suyukman .
Men sen bilan ardoqli ,
Men sen bilan buyukman .
O`qituvchi: - Biz ona diyorimiz, hur O`zbekistonning
farzandlarimiz. Albatta, jahon keng, dunyoda mamla- katlar ko`p. Lekin bu olamda betakror ona yurtimiz
O`zbekistonimiz yagona. Bu go`zal yurt tolei baland, iqboli kulgan xalq faqat bizgagina atalgan.
Siyosiy savol-javoblar:
1. – Xozir qaysi fasl? Unga ta`rif bering.
- Bahor fasli, fasllar kelinchagi deydilar.
2. – Bahorda qanday bayramlar bor?
3. – Davlat ramzlarini bilasizmi?
- Ha, bayroq, gerb, konstitutsiya, madhiya.
O`quvchi:
Assalom ona zamin, muqaddas tuproq
Sening bag`ringga men shoshilib keldim.
Qanotlarim ostida tinchlik, totuvlik,
Shu yurtga Baraka, baxt olib keldim.
|
| |