• Metodik-tur”
  • “Metodist soati”
  • Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlaridagi




    Download 5,96 Mb.
    bet2/16
    Sana15.05.2024
    Hajmi5,96 Mb.
    #234572
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    Amaliy fanlar Merodbirlashma 372-BUYRUQ ASOSIDA

    Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlaridagi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limining fan metodistlari o‘qituvchilarga quyidagi metodik xizmatlarni ko‘rsatadi:

    o‘quvchilarni xalqaro baholash dasturlariga (PISA -15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash, PIRLS -boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushuntirish darajasini baholash, TIMSS – 4- va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash) tayyorlash uchun o‘qituvchilarni qo‘shimcha materiallar bilan ta’minlaydi;
    o‘qituvchilar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish ishlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida “onlayn metodik yordamlar” tashkil qiladi;
    yangi metodik adabiyotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘qituvchilarga yetkazish choralarini ko‘radi;
    o‘qituvchilarni o‘quv tarbiya jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha metodik tavsiya va qo‘llanmalar bilan ta’minlaydi;
    variativ o‘quv rejalar asosida tanlov sinflarini tashkil etishga metodik yordam ko‘rsatadi;
    o‘qituvchilarning ilg‘or ish tajribalarini o‘rganadi va har xil seminarlarda fan o‘qituvchilarining ommalashtirilgan ishlarini yo‘nalishi bo‘yicha o‘qituvchilarga yetkazib boradi;
    Metodik-tur” tartibiga muvofiq, reja asosida ta’lim sifati yuqori bo‘lmagan maktablarga manzilli metodik yordam berib borish tizimi yaratiladi;
    ta’lim berishning innovatsion usullarini joriy etishga yo‘naltirilgan o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini yaratish bo‘yicha fundamental, amaliy va ilmiy tadqiqotlar loyihalarini tajriba-sinovdan o‘tkazib beradi;
    davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja, dasturlarni, o‘quv-metodik materiallarni tizimli tahlil qiladi, Metodik xizmat bo‘limlari huzurida O‘quv-metodik kengashlari faoliyatini olib boradi;
    umumta’lim maktab o‘qituvchilarining darslarini onlayn va offlayn kuzatib boradi hamda tahlil qilish orqali metodik yordam beradi;
    Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari bilan kelishilgan holda malaka oshirishga kelgan o‘qituvchilar uchun yo‘nalishi bo‘yicha “Metodist soati”ni o‘tishi mumkin;
    o‘quvchilarning bilimini baholashda xalqaro baholash dasturlarini amaliyotda qo‘llashni o‘rgatadi;
    ta’lim sifati yuqori bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim maktablariga borib manzilli metodik yordam ko‘rsatadi;
    fanlarni integratsiya qilgan holda o‘qitish usullarini o‘rgatadi; mediasavodxonlik va onlayn axborot xavfsizligi bo‘yicha o‘qituvchilarning tegishli ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari uchun o‘quvlar tashkil qilib boradi;
    o‘qituvchilar uchun tegishli fanidan tashqi monitoring natijalari asosida o‘quvchilar bilimidagi bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan tavsiya ishlab chiqadi, shuningdek, ishlab chiqilgan tavsiyalarning yetkazilishini ta’minlaydi, hududlarga chiqqan holda seminarlar tashkil etadi;
    har bir fan metodisti yo‘nalishi bo‘yicha fan o‘qituvchilarining xalqaro va milliy sertifikat olishlari uchun tegishli metodik yordamlar ko‘rsatib boradi;
    o‘qitish va o‘rganishni sifatli tashkil etishga doir zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ilg‘or metodikalarni o‘zida jamlagan tavsiya va qo‘llanmalar ishlab chiqadi va o‘qituvchilarga yetkazadi.
    o‘z fani bo‘yicha toifasiz va ikkinchi toifaga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni toifa olishga yo‘naltirish (onlayn) uchun o‘quvlar tashkil qiladi.

    1. Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlaridagi Metodik xizmat bo‘limi huzuridagi O‘quv metodik kengashi har chorakda bir marta o‘tkaziladi.

    Mazkur O‘quv metodik kengashda Metodik xizmat bo‘limining fan metodistlari tomonidan tashkil etilgan metodik xizmat sifati, uning natijasida erishilgan yutuqlar va kuzatilgan kamchiliklar atroflicha muhokama qilinadi hamda tegishli tavsiyalar beriladi.
    Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida har chorakda bir marta hududiy xalq ta’limi boshqarmalari va Respublika ta’lim markaziga hisobot berib boradi.


    1. Download 5,96 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 5,96 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlaridagi

    Download 5,96 Mb.