• Tekshirdi: ______________________ OZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA JAMIYAT , DAVLAT VA HUQUQ MASALALARI
  • Birinchisi
  • Davlat organlarini hokimiyatlar bo‘linishi prinsipiga muvofiq




    Download 181,09 Kb.
    bet19/29
    Sana13.05.2024
    Hajmi181,09 Kb.
    #229804
    TuriReferat
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
    Davlat organlarini hokimiyatlar bo‘linishi prinsipiga muvofiq,
    - qonun chiqaruvchi davlat organlari,
    - ijro etuvchi davlat organlari,
    - sud hokimiyati organlariga ajratiladi.

    REFERAT
    Mavzu: O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA JAMIYAT, DAVLAT VA HUQUQ MASALALARI.


    Bajardi: ______________________
    Tekshirdi: ______________________

    O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA JAMIYATDAVLAT VA HUQUQ MASALALARI.
    REJA
    1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiya va qonunlarda Sharq va G’arb mumtoz mutafakkirlari asarlarida adolat to’g’risidagi qarashlarining hisobga olinishi.
    2 O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida milliylik va umuminsoniy tamoyillarining aks etishi
    3. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida jamiyat, davlat va huquq masalalari. 
    Jamiyat, davlat shaxs, inson munosabatlari nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy mazmunga, shuningdek ma’naviy mazmunga ham ega. Odatda ko’p hollarda bu munosabatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jihatdan o’rganiladi, ma’naviy tomonlari esa o’rganilmaydi Shu sababli tadqiqot mavzuning dolzarbligini quyidagilar bilan belgilash mumkin.
    Ma’naviyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy hayot bilan bog’liqligi, ma’naviy, axloqiy milliy va umuminsoniy tamoyillarning Konstitutsiyamiz va qonunchiligimizda hisobga olinish darajasi o’rganish va uni tahlil qilish.
    Ushbu masalalarini maxsus tadqiq etish O’zbekiston Konstitutsiyasi va qonunchiligining insonparvarlik mohiyatini teranroq anglab olishga, ma’naviy, siyosiy-huquqiy tarbiyani yanada takomillashtirishga imkon beradi.
    O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarini yaratishda 2 asosga tayaniladi.
    davlatchiligimiz tarixida qo’llanilgan muhim tamoyillar, meyorlar, ma’naviy qadriyatlar bo’lsa.
    Birinchisi:xalqimizning asriy tajribasi Ikkinchsi: umuminsoniy qadriyatlardir.
    O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
    2-moddasida Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga hizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar.
    Aytishimiz mumkinki, davlat eng avvalo xalq irodasini ifoda etadi, o’z navbatida ma’naviyatning takibiy tuzulmasi hisoblanmish iroda insonning muayyan maqsadini tanlay bilishi unga erishish uchun kerakli kuch topa olish qobilyatidir. Iroda orqali inson o’zida kuch topa oladi har qanday qiyinchillikda tushkunlikka tushib qolmaydi.
    Yaponiya Konstitutsiyasining 24-moddasida bеlgilanishicha, nikoh faqat ikkala tomonning o’zaro roziligiga asoslanadi va er-xotinning tеng huquqliligiga asoslangan o’zaro hamkorlik nеgizida vujudga kеladi. Oila va nikohga tеgishli barcha masalalar jinslarning tеngligi va shaxsiy qadr-qimmati tamoyilidan kеlib chiqqan holda qonun bilan tartibga solinishi lozim.
    Grеtsiya Konstitutsiyasining 21-moddasi, 1-qismiga muvofiq, “oila millatni saqlab qolish va rivojlantirishning asosi, nikoh ham xuddi shunday, onalik va bolalik davlat himoyasi ostidadir”.
    amlakatimizda amalga oshirilgan konstitutsiyaviy islohot va yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning qabul qilinishi yangi taraqqiyot bosqichining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, axloqiy va tashkiliy asoslarini oliy darajada mustahkamladi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya Yangi O‘zbekiston huquqiy tizimining asosi bo‘lib, u mamlakatda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar uchun poydevor vazifasini bajarmoqda.
    Yangi tahrirdagi Konstitutsiyani ishlab chiqish va qabul qilish masalasida umumxalq muhokamasi va referendumning o‘tkazilishi har bir fuqaroga mamlakat siyosiy tuzilmasini yanada rivojlantirishga shaxsiy hissasini, inson, jamiyat va davlat o‘rtasidagi munosabatlarning mutlaqo yangi tizimiga ovoz berishini ta’minlagan demokratiya namunasi bo‘ldi.
    Konstitutsiyaviy islohotlar siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o‘sishni nazarda tutadi, lekin bu o‘sishning adolatli, oshkora, hisobdor va shaffof bo‘lishi inson huquqlarining ta’minlanish darajasiga bog‘liq. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, Yangi O‘zbekistonda davlat siyosatining markazida inson qadri va uning manfaatlarini ta’minlash ustuvorligi turadi.
    Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi bilan inson huquqlarini himoya qilishning kafolatlari va mexanizmlari eng yuqori darajada – Asosiy qonun darajasida kuchaytirildi. Zero, Yangi O‘zbekistonda inson huquq va erkinliklarini faqat tan olishnigina emas, balki ularga rioya qilish va ularni himoya qilish asoslarini ham kuchaytirish maqsad qilib qo‘yilgan.
    Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 40 foizidan ortig‘i, yangi kiritilgan 27 ta normaning 11 tasi bevosita inson huquq va erkinliklarini ta’minlashga taalluqli ekanligi, normalarining inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarga to‘la muvofiqlashtirilganligi yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning inson huquqlari va erkinliklari ustuvorligini to‘laqonli ta’minlashdan iborat mohiyatini belgilaydi.
    Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning Muqaddimasi “Biz, O‘zbekistonning yagona xalqi – inson huquq va erkinliklariga sodiqligimizni tantanali ravishda e’lon qilib”, deb boshlanishi ham O‘zbekistonda bundan buyon jamiyat va davlatning asosiy maqsadi inson huquq va erkinliklari ustuvorligini ta’minlashdan iborat bo‘lishini ramziy jihatdan ifodalaydi.
    Konstitutsiyaning 1-moddasida “O‘zbekiston – boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat”, deb mustahkamlanishi va 154-modda bilan bu normani qayta ko‘rib chiqish mumkin emas degan qoidaning o‘rnatilishi inson huquq va erkinliklarini ta’minlash kafolatlari qat’iy belgilanganidan dalolat beradi.
    Konstitutsiya bilan inson huquq va erkinliklarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy, huquqiy va tashkiliy kafolatlarning keng qamrovli majmui mustahkamlangan.
    Birinchidan, Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklarini ta’minlashning moddiy-iqtisodiy asoslarini yaratish bilan bog‘liq iqtisodiy kafolatlar mustahkamlangan. Bozor iqtisodiyoti asoslari, mulk shakllarining turli-tumanligi, iqtisodiy faoliyat erkinligi, mulk daxlsizligi va boshqa iqtisodiy kafolatlar kuchaytirilgan.
    Jumladan, Konstitutsiyaning 65-moddasiga muvofiq, davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi, iste’molchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlaydi. Bosh qomusimizning 67-moddasiga binoan, davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi kafolatlanadi.
    Ikkinchidan, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklarini ta’minlashning siyosiy kafolatlari kuchaytirilgan. Asosiy qonun normalarida mamlakatda siyosiy barqarorlik, osoyishtalik, fuqarolik jamiyati va demokratiya rivojlanishi, davlatni boshqarishda turli qatlam vakillariga teng imkoniyatlar yaratilishi, davlat va jamiyat boshqaruvida aholining turli qatlamlari manfaatlari hisobga olinishi, shaxs va jamiyat manfaatlari uyg‘unligi va mutanosibligi ta’minlanishi kafolatlangan.
    Jumladan, Konstitutsiyaning 72-moddaga muvofiq, davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi, ularga jamiyat hayotida ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratadi. Asosiy qonunning 81-moddasiga binoan, davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlash, olish, undan foydalanish va uni tarqatishga bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi.
    Uchinchidan, yangi tahrirdagi Konstitutsiya inson huquq va erkinliklarini ta’minlashning ijtimoiy kafolatlarini kengaytirdi. Konstitutsiyada insonning munosib hayot kechirishi uchun shart-sharoit yaratish, jumladan moddiy, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, sifatli ta’lim va tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini, bolalar, yoshlar, ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksa yoshdagi shaxslar va boshqalarga munosib sharoitlarni ta’minlashga xizmat qiladigan ijtimoiy davlat asoslari mustahkamlangan.

    Jumladan, Konstitutsiyaning 57-moddasiga muvofiq, mehnatga layoqatsiz va yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlari davlat himoyasidadir. Davlat aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalari turmush sifatini oshirishga, jamiyat va davlat hayotida to‘laqonli ishtirok etishi uchun ularga shart-sharoitlar yaratishga hamda ularning asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan choralarni ko‘radi. Konstitutsiyamizning 78-moddasiga ko‘ra, bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyatidir.


    To‘rtinchidan, Konstitutsiyada inson qadri hamda huquq va erkinliklarini ta’minlashning ma’naviy-axloqiy kafolatlari belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mamlakatimiz inson huquq va erkinliklarini ta’minlash borasida umuminsoniy qadriyatlar bilan birga yurtimizda ming yillar davomida shakllangan milliy-axloqiy qadriyatlarga ham tayanilishi mustahkamlangan.
    Jumladan, Konstitutsiyaning 21-moddasiga muvofiq, inson o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, jamiyat hamda davlatning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi shart. Insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq va faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligi hamda jamoat tartibini ta’minlash maqsadida zarur bo‘lgan doirada cheklanishi mumkin.
    Beshinchidan, Konstitutsiyada mamlakatda inson huquq va erkinliklarini ta’minlashning huquqiy muhitini yaratishni nazarda tutadigan huquqiy kafolatlar mustahkamlangan. Bu huquqiy davlat asoslarining mustahkamlanishini anglatadi.



    Download 181,09 Kb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




    Download 181,09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Davlat organlarini hokimiyatlar bo‘linishi prinsipiga muvofiq

    Download 181,09 Kb.