• REFERAT Mavzu: Qonun chiqaruvchi organning huquq ijodkorligi sohasidagi vakolatlari Bajardi: ______________________ Tekshirdi: ______________________
  • O’zbekiston respublikasida davlat shaklining o’ziga xos xususiyatlari reja




    Download 181,09 Kb.
    bet29/29
    Sana13.05.2024
    Hajmi181,09 Kb.
    #229804
    TuriReferat
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
    Sinfiy yondashuvda davlat ik,tisodiy hukmron sinfning siyosiy hokimiyatining tashkiloti sifatida qaraladi. Bunda davlat faqat hukmron sinfning manfaatlarini ta`minlashga xizmat qiladi, uning umuminsoniy jihati ikkinchi darajali bо`ladi.
    Umumijtimoiy yondashuvda davlat turli sinf va ijtimoiy guruhlarning manfaatlarini kelishtiruvchi siyosiy hokimiyat tashkiloti sifatida namoyon bо`ladi.
    Davlatning mohiyatiga taalluqli bu ikki asosiy yondashuvdan tashqari, yana diniy, milliy, irqiy va boshqa yondashuvlarni kо`rsatish mumkin. Ular muayyan, bir davlat siyosatida milliy, Diniy, irqiy va boshqa manfaatlar ustuvor ahamiyatga ega bо`lganda ayniqsa muhimdir. Demak, davlatning mohiyati murakkab va kо`p qirrali. Davlatning mohiyati sinfiy va umumijtimoiy xususiyatlar bilangina cheklanmaydi. Har qanday davlatning mohiyati aniq tarixiy sharoitlardan kelib chiqadi, unda u yoki bu jihatlar ustunlik qiladi.



    REFERAT
    Mavzu: Qonun chiqaruvchi organning huquq ijodkorligi sohasidagi vakolatlari

    Bajardi: ______________________
    Tekshirdi: ______________________

    QONUN CHIQARUVCHI ORGANNING HUQUQ IJODKORLIGI SOHASIDAGI VAKOLATLARI
    Reja:
    1-. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyatining tashkiliy shakllari.
    2-. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati faoliyatining tashkiliy shakllari

    O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyatining asosiy shakli:


    - sessiyalar davridagi yalpi majlislari;
    - Qonunchilik palatasi Kengashi faoliyati;
    - Qonunchilik palatasi qo`mitaa va komissiyalari faoliyati;
    - Qonunchilik palatasi fraksiyalari va deputatlar guruhlarida;
    - Palatalar qo`shma majlislari;
    - Kelishuv komissiyasi.
    O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birinchi majlislari tegishincha Qonunchilik palatasiga saylovdan keyin ikki oydan kechiktirmay va Senat tarkib topganidan keyin bir oydan kechiktirmay Markaziy saylov komissiyasi tomonidan chaqiriladi.
    O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi majlislari sessiyalar davrida o`tkaziladi. Sessiyalar, qoida tariqasida, sentabrning birinchi ish kunidan boshlab kelgusi yilning iyun oyi oxirgi ish kuniga qadar o`tkaziladi.
    O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislari, agar ular ishida barcha deputatlar umumiy sonining kamida yarmi ishtirok etayotgan bo`lsa, vakolatli hisoblanadi.
    Konstitutsiyaviy qonunlarni qabul qilishda barcha deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etishi shart.
    O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi majlislarida, shuningdek ularning organlari majlislarida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining a'zolari, Respublika Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo`jalik sudi raislari, Bosh prokurori, Markaziy bank boshqaruvining raisi ishtirok etishlari mumkin. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va uning organlari majlislarida Senat Raisi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va uning organlari majlislarida Qonunchilik palatasi Spikeri ishtirok etishi mumkin.
    O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarorlari Qonunchilik palatasi deputatlari yoki Senat a'zolari umumiy sonining ko`pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Shuning uchun deputatlarni majlislarda muntazam va samarali ishtirokini ta'milash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Zero, Qonunchilik palatasi kollegial organ bo`lib, uning vakolatlariga doir masalalar albatta deputatlarning birgalikdagi muhokamasi uning faoliyati asosiy prinsiplaridan biri hisoblanadi.
    Qonunchilik palatasi majlislarida ko`rib chiqiladigan masalalarni, ya'ni uning kun tartibini belgilash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamenti to`g`risida”gi Qonunning 10-moddasiga ko`ra, Qonunchilik palatasi majlisida ko`rib chiqilishi lozim bo`lgan masalalar ularni ko`rib chiqish navbati, palataning har bir masalani ko`rib chiqishga tayyorlash uchun mas'ul bo`lgan qo`mitalari, ma'ruzachilar (qo`shimcha ma'ruzachilar), shuningdek boshqa ma'lumotlar ko`rsatilgan holda majlis kun tartibi loyihasiga kiritiladi. Mazkur moddaning ikkinchi qismida esa Qonunchilik palatasi majlisi kun tartibining loyihasi Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan tuziladi deb e'tirof etilgan. Qonunchilik palatasining deputatlari Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga kiritilgan masalalar to`g`risida oldindan xabardor qilinishini ta'minlash dolzarb masalalardan biridir. Chunki har bir deputat muhokama qilinadigan masala yuzasidan amaldagi ahvol, uning saylovchilari va partiya manfaatlarini o`rganib chiqishi lozim.
    Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi palata qarori bilan tasdiqlanishi demokratik normalardan biridir. Bu yerda masalani deputatlar o`rganilganligi, uning muhokamasiga tayyorliklari va boshqa vajlarni inobatga olgan holda kun tartibiga o`zgartishlar kiritish imkoni bo`ladi.
    Qonunchilik palatasi majlislaridagi masalalar bo`yicha ovoz berish shakl va uslublarini belgilash katta ahamiyatga ega. “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamenti to`g`risida”gi qonunning 11-moddasiga ko`ra Qonunchilik palatasining qarorlari uning majlislarida ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali qabul qilinadi. Ochiq ovoz berish nomma-nom, ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalangan holda yoki yashirin ovoz berish bulletenlaridan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin.
    O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida hamda konstitutsiyaviy qonunlarda belgilangan hollardan mustasno ovoz berish shakli va usuli to`g`risidagi qaror Qonunchilik palatasi tomonidan ochiq ovoz berish orqali qabul qilinishi ijobiy hol.
    Qonunchilik palatasining deputati o`zining ovoz berish huquqini shaxsan amalga oshirishining mustahkamlanishi ham demokratiyaning talabidir. Aynan deputat o`z saylovchilari va partiya manfaatlarini himoya qilishi lozim. Bu masalani ro`yobga chiqarishda ovozlarni hisobga olish shaklini belgilash hal qiluvchi rolni o`ynaydi. Qoida tariqasida, Qonunchilik palatasi majlisida ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanilishi ustidan nazoratni Qonunchilik palatasi deputatlari jumlasidan bo`lgan guruh amalga oshiradi. Bu guruh ovozlarni to`g`ri tashkil etish uchun javob beradi. Agarda deputatlarda elektron tizimni to`g`ri ishlashi haqida shubha paydo bo`lsa, ular bulletenlardan foydalangan holda ovoz berishni tanlashlari mumkin.
    Parlament faoliyatida jamoatchilik fikrini hisobga olish, avvalo uni shakllantirishni taqazo etadi. Shu jihatdan deputatlarning dahlsizligi (immuniteti) ularga parlament faoliyatining barcha masalalari yuzasidan ochiq va tanqidiy fikr bildirish imkoniyatini ta'minlaydi. Parlamentdagi o`z chiqishlari uchun deputat javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
    Parlament majlislari odatda ochiq bo`lib, har bir saylovchi muhokama qilinayotgan masalalar va ularni hal qilish yo`llari to`g`risida xabardor bo`lish hamda o`z fikrini bildirish huquqiga ega. Horijiy davlatlar, parlamentlarning internet va boshqa ommaviy axborot vositalardagi maxsus sahifalari, nashrlari, ko`rsatuvlari bunga qulay sharoit yaratadi. Fransiyada esa, ochiq muhokamalar 1995 yildan keng qo`llanila boshladi. Misol uchun 2 oktabr 1995 yildan 30 sentabr 1996 yilgacha Milliy Majlis komissiyalari tomonidan 21 ta majlis «ochiq» o`tkazilgan . 1994 yildan esa komissiyalarning audio-vizual hisobotlarini tarqatish amaliyoti joriy etildi. Ushbu tadbirlar fuqarolarning faolligining oshishi va Qonunchilik palatasida ko`rilayotgan masalalar yuzasidan ularning obyektiv fikrini yig`ish uchun xizmat qiladi.
    O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlislari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qasamyod qilganda, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan nutq so`zlaganda, chet davlatlarning rahbarlari nutq so`zlaganda o`tkaziladi. Palatalarning kelishuviga binoan qo`shma majlislar boshqa masalalar yuzasidan ham o`tkazilishi mumkin.
    Qonunchilik palatasi faoliyatini samarali tashkil etish, qo`mitalar ishini muvofiqlashtirib borish, qonun loyihalarini tayyorlash ishini rejalashtirish masalasini dastlabki tarzda ko`rib chiqishni tashkil etish maqsadida Qonunchilik palatasi Kengashi tuziladi. Qonunchilik palatasi Kengashining tarkibiga Qonunchilik palatasi Spikeri, uning o`rinbosarlari, fraksiyalar va deputatlar guruhlarining rahbarlari, Qonunchilik palatasi qo`mitalarining raislari kiradi.Qonunchilik palatasi Kengashiga Qonunchilik palatasi Spikeri rahbarlik qiladi, u Kengashning majlislarini olib boradi va uning qarorlarini imzolaydi.
    Qonunchilik palatasi siyosiy partiya fraksiyalari ham tuziladi. Fraksiya siyosiy partiyadan ko`rsatiladigan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini Qonunchilik palatasida ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkazilgan deputatlar birlashmasidir. Deputatlar guruhlarini Qonunchilik palatasi tarkibiga saylangan, siyosiy partiyalardan ko`rsatilmagan deputatlar tuzishga haqlidir. Qonunchilik palatasining kamida to`qqiz nafar deputati fraksiya yoki deputatlar guruhini tuzish huquqiga ega. Qonunchilik palatasining deputati faqat bir fraksiya yoki deputatlar guruhining a'zosi bo`lishi mumkin. Siyosiy partiyadan ko`rsatilgan va Qonunchilik palatasiga saylangan deputat faqat shu partiya fraksiyasining a'zosi bo`lishi mumkin yoki hech bir fraksiya yoxud deputatlar guruhiga kirmaslikka haqli.
    O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati faoliyatining tashkiliy shakllari quyidagilardan iborat:
    - O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yalpi majlisi;
    - O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi;
    - O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qumita va komissiyalari faoliyati;
    - Palatalar qo`shma majlislari;
    Senat faoliyatining tashkiliy shakli uning zaruratga qarab, lekin yiliga kamida uch marta o`tkaziladigan majlislaridir. Senat majlislari, agar ularning ishida senatorlar umumiy sonining kamida yarmi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini, konstitutsiyaviy qonunlarni ma'qullash, ularga o`zgartishlar va qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi masalalarni ko`rib chiqishda senatorlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir bo`lishi shart.Senatning birinchi majlisi Senat shakllantirilganidan keyin bir oydan kechiktirmay o`tkaziladi. Mazkur majlisni O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi ochadi va Senat Raisi saylangunga qadar unda raislik qiladi.
    Senat faoliyatini samarali tashkil etish, qo`mitalar ishini muvofiqlashtirib borish, kun tartibi yuzasidan takliflar tayyorlash, qonunlarni dastlabki tarzda ko`rib chiqishni tashkil etish maqsadida Senat Kengashi tuziladi. Senat Kengashining tarkibiga Senat Raisi, uning o`rinbosarlari va Senat qo`mitalarining raislari kiradi. Senat Kengashiga Senat Raisi rahbarlik qiladi, u Kengashning majlislarini olib boradi va uning qarorlarini imzolaydi.
    Download 181,09 Kb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




    Download 181,09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasida davlat shaklining o’ziga xos xususiyatlari reja

    Download 181,09 Kb.