• Suverenitet
  • Umuminsoniy funksiyalarni (vazifalarni) bajarish
  • Davlatning mohiyati
  • Davlatning asosiy belgilari quyidagilardan iborat




    Download 181,09 Kb.
    bet28/29
    Sana13.05.2024
    Hajmi181,09 Kb.
    #229804
    TuriReferat
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
    Davlatning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
    1. О`ziga xos ommaviy hokimiyatning – davlat hokimiyatining mavjudligi, ya`ni hokimiyat va boshqaruv apparatining, majburlash apparatining borligi.
    2. Aholining hududlar bо`yicha uyushganligi. Bu fuqarolarning davlat chegaralari doirasida, muayyan ma`muriy-hududiy birliklarda yashashini bildiradi.
    3. Suverenitet, ya`ni ichki va tashqi siyosatni о`tkazishda mustaqil bо`lish.
    4. Huquq ijodkorligi, ya`ni davlat hududida yashovchi barcha kishilar rioya etadigan qonunlarni chiqarishga qodirlik.
    5. Aholidan davlat apparatini saqlash hamda aholining kam ta`minlangan qismiga yordam berishga sarflanadigan soliqlarni tо`p-lash.
    6. Umuminsoniy funksiyalarni (vazifalarni) bajarish, ya`ni hu-dudni kо`riqlash, jinoyatchilikka qarshi kurash, umumiy farovonlik maqsadlarini amalga oshirish.
    Davlat hokimiyatining о`ziga xos xususiyatlari
    Davlat hokimiyati — ijtimoiy hokimiyatning bir turidir. «Davlat hokimiyati» tushun«siyosiy hokimiyat» tushunchasiga yaqin turadi. Bir guruh huquqshunos olimlar siyosiy hokimiyat davlat hokimiyatidan kengroq tushuncha, deb hisoblaydilar. Chunki siyosiy hokimiyat faqat davlat tomonidangina emas, balki jamiyat siyosiy tizimining boshqa tarkibiy qismlari bо`lmish siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari va boshqalar tomonidan ham amalga oshiriladi. Ikkinchi guruh mualliflar esa «siyosiy hokimiyat» va «davlat hokimiyati» tushunchalari sinonim deb hisoblaydilar.
    Davlat hokimiyatining о`ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
    birinchidan, davlat hokimiyati butun jamiyatga joriy etiladi;
    ikkinchidan, davlat hokimiyati ommaviysiyosiy xarakterga ega;
    uchinchidan, davlat hokimiyati davlat majburloviga tayanadi;
    tо`rtinchidan, davlat hokimiyati maxsus shaxslar, ya`ni mansabdor shaxslar, davlat xizmatchilari, siyosatdonlar va boshqalar tomonidan amalga oshiriladi;
    beshinchidan, davlat hokimiyati soliklar tizimini о`rnatadi;
    oltinchidan, davlat hokimiyati axrlining hududiy belgisi bо`yicha bо`ladi.
    Davlatning mohiyati
    Davlat — syyosiy hokimiyat tashkiloti bо`lib, muayyan hududda turli sinfiy, umuminsoniy, diniy, milliy. va boshqa manfaatlarni amalga oshirishga kо`maklashadi.
    Davlatning mohiyati uning faoliyatining mazmunini tashkil etadi. Davlatni uning faoliyati bilan aralashtirmaslik kerak. Davlat faoliyati uning muayyan voqelik sifatida namoyon bо`lishidir. Har bir davlat u yoki bu jamiyatda tutgan о`rniga qarab о`z mohiyatiga ega bо`ladi.
    Davlatning mohiyatini aniqlashda shakl va mazmun jihatiga e`tibor berish zarur:
    birinchidan, har qanday davlat — siyosiy hokimiyat tashkiloti. Bu masalaning shakliy tomoni.
    ikkinchidan, davlat kimning manfaatlariga xizmat qiladi. Bu masalaning mazmun jihatidir.
    Davlatning mohiyatiga asosan ikki xil (sinfiy va umumijtimoiy) yondashuvlarni kо`rsatish mumkin.

    Download 181,09 Kb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




    Download 181,09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Davlatning asosiy belgilari quyidagilardan iborat

    Download 181,09 Kb.