|
O’zbekiston respublikasida davlat shaklining o’ziga xos xususiyatlari reja
|
bet | 1/29 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 181,09 Kb. | | #229804 | Turi | Referat |
REFERAT
Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi davlat shaklining o‘ziga xos xususiyatlari
Bajardi: ______________________
Tekshirdi: ______________________
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DAVLAT SHAKLINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Reja:
O’zbekiston tuzilish shaklining o’ziga xos xususiyatlari.
O’zbekistonda boshqaruv shakli.
O’zbekiston Respublikasi siyosiy rejimi demokratik siyosiy rejim sifatida.
O’zbekiston tuzilish shaklining o’ziga xos xususiyatlari.
Har bir davlat o’zining muayyan ma’muriy-hududiy tuzilishiga ega bo’ladi. Chunki davlat hududining ma’lum ma’muriy-hududiy bo’laklarga bo’linishi davlatning asosiy vazifa va funksiyalarini amalga oshirish uchun zarur tadbir hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining davlat tuzilishi jamiyatimizning siyosiy tashkillashtirilishida muhim o’rin tutadi. Bu davlatning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati bilan belgilangan hududiy tashkillashtirilishidir. Ushbu masala davlatning tarkibiy qismlarga bo’linishi, bir butun davlat bilan uning tarkibiy qismlari o’rtasidagi munosabatini, bu qismlar har birining huquqiy holatini qamrab oladi.
Unitar (yagona) davlatga tarkibida ma’muriy-hududiy birliklar, shuningdek, suveren davlat huquqiga ega bo’lgan milliy-hududiy tuzilmasi bilgan O’zbekiston Respublikasi kiradi.
Ma’muriy-hududiy bo’linma – ma’muriy-hududiy tuzilish tizimining mustaqil tarkibiy qismi bo’lib, bunda davlatning vazifalari va asosiy funksiyalariga muvofiq tarzda davlat apparati mahalliy organlarining strukturasi tuziladi va faoliyati amalga oshiriladi.
O’zbekiston ma’muriy-hududiy tuzilishi ham barcha organlari, institutlari singari o’zining konstitutsiyaviy kafolatlariga egadir. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 16 bobi O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishiga bag’ishlangan. Mazkur bobning 68-moddasi «O’zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovulllar, shuningdek Qoraqalpog’iston Respublikasidan iboratdir» – degan konstitutsiyaviy normani mustashkamlab qo’ygan.
O’zbekiston Respublikasining hozirgi ma’muriy-hududiy bo’linishi mamlakatning ishlab chiqarish kuchlari ahvolini, ularning joylashish xususiyatini, transport va aloqa vositalarining rivojlanishini, joylardagi boshqaruvning tashkiliy tuzilishini aks ettiradi. Viloyat O’zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tizimidagi yuqori bo’g’indir va eng yirik bo’linma sifatida alohida o’rin tutadi. Hududiy tizimining qolgan bo’g’inlari – tuman, shashar, shasharcha, qishloq, ovul, viloyatning tarkibiy qismilari, ichki bo’g’inlari bo’lib, shu tariqa u muhim tashkiliy funksiyani bajaradi. Chunki u orqali O’zbekiston Respublikasi davlat vakillik hokimiyat organi va boshqaruv idoralari bilan aloqa bog’lashning butun tizimi amalga oshadi. Bunday holat viloyat quyi hokimiyat vakillik va ijroiya organlari faoliyatiga nafaqat rashbarlik qilishni, balki ularni umumdavlat va mahalliy manfaatlaridan kelib chiqib birlashtirilishini anglatadi.
Viloyat yirik ma’muriy-hududiy bo’linma sifatida barqaror bo’lmog’i lozim. Uning tuzilishi, mustashkamlanishi, yiriklashuvi yoki bo’linishi iqtisodiy jihatdan asoslantirilishi lozim, bu mazkur ma’muriy-hududiy birlikda xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarining kompleks rivojlanishiga olib kelmog’i lozim va bu viloyat barcha tarkibiy bo’g’inlarining mavjud iqtisodiy va madaniy aloqalariga tayanmog’i shart.
Mavjud viloyatlarga bo’linish, umuman olganda so’nggi yillarda barqaror saqlanib qolmoqda. Ular hozir O’zbekiston Respublikasi tarkibida 12 ta.
Tuman - qishloq joylardagi iqtisodiy, xo’jalik va ijtimoiy-madaniy hayotga bevosita rahbarlik qilishning muhim bo’g’ini. O’zbekistonda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi bilan, yangi tabiiy resurslarni o’zlashtirish hamda aholi sonining o’sishi bilan ma’muriy-hududiy bo’linmalarning chegarasi, o’zgarishlar, avvalo, qishloqdagi tuman bo’g’inlari hisobiga ro’y beradi.
O’zbekiston Respublikasidagi shaharlar respublika itoatidagi (Toshkent shahar) viloyat, Qoraqalpog’iston Respublikasi va tuman itoatidagi shaharlarga bo’linadi.
Respublika itoatidagi shaharlar toifasiga aholisi 500 ming kishidan ortiq yirik iqtisodiy, madaniy, ma’muriy markaz bo’lgan shaharlar kiradi.
Shaharlardan keyingi toifasiga – bu viloyatga itoat etuvchi shaharlardir. Hozirgi O’zbekiston Respublikasida bunday shaharlar soni 51ta bo’lib, ular, masalan, 1967 yildagidan 24 ta ko’pdir. Bunday ko’payish asosan o’rtacha shaharlarda sanoat ishlab chiqarishning tezlashishi va aholining mujassamlashishi bilan izohlanadi.
Viloyat itoatdagi shaharlarni tumanlar maqomiga tenglashtirish o’zining maqsadga muvofiqligini isbotladi. Viloyat, Qoraqalpog’iston Respublikasi itoatidagi shaharlar toifasiga muhim sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan, aholisi 30 ming kishidan kam bo’lmagan iqtisodiy, madaniy markazi bo’lgan shaharlar kiradi.
Tuman itoatidagi shaharlar toifasiga sanoat korxonalari, kommunal xo’jaligi, davlat uy-joy fondi, rivojlangan ijtimoiy-madaniy muassasalarni, savdo umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari mavjud bo’lgan hamda aholisi 7 ming kishidan kam bo’lmagan va uning uchdan ikki qismini ishchi, xizmatchilar va ularning oila a’zolari tashkil etgan shaharchalar va boshqa aholi manzillari kiritiladi. Bunda mazkur aholi manzillarining ma’muriy ahamiyati va rivojlanish istiqbollari e’tiborga olinadi.
Qishloq, ovul, shaharcha – respublika ma’muriy-hududiy tizimidagi eng quyi bo’g’inlar.
Viloyatlarni tuzish, tugatish yoki ularining chegarasini o’zgartirish tegishli viloyat vakillik idoralarining tavsiyasi asosida Vazirlar Mahkamasi taklifiga ko’ra Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Tuman ma’muriy-hududiy bo’linishdagi muhim bo’g’indir, shuning uchun uni tuzish yoki tugatish Oliy Majlis tomonidan yiriklashtirilayotgan (tugatilayotgan) tuman, shashardagi tuman Kengashlarining, viloyatlar, Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining tavsiyasiga ko’ra amalga oshiriladi.
Shaharlarni respublika itoatidagi shaharlar toifasiga kiritish tegishli shahar va viloyat xalq deputatlari Kengashi tavsiyasiga asosan Vazirlar Mashkamasi kiritadigan taklifga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi.
Shasharlarni viloyat itoatidagi shaharlar toifasiga kiritish yoki ularni qayta tuzish tegishli shahar, tuman va viloyat xalq deputatlari tavsiyasi asosida Vazirlar Mashkamasiga kiritadigan taklifga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasining «O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi, toponomik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o’zgartirish masalalarini hal qilish tartibi to’g’risida»gi 1996yil 30 avgust qonunida O’zbekistonning ma’muriy-hududiy tuzilishi shakllari va ularni hal qilish tartibi ko’rsatilgan.
Shunday qilib, O’zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy jihatdan Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullardan tashkil topadi.
O’zbekiston Respublikasi davlat tuzilishi jihatidan unitar respublikadir. Lekin O’zbekistonda davlat tuzilishining o’ziga xos xususiyatlari bor. Chunki O’zbekiston Respublikasi tarkibiga kiruvchi Qoraqalpog’iston Respublikasi mustaqildir.
Har bir millatning o’z taqdirini o’ozi belgilash prinsipi asosida Qoraqalpoq millati O’zbekiston hududida o’z davlatini muhtor respublika shaklida tashkil etgan edi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo’lga kiritgandan so’ng, Qoraqalpog’iston Respublikasi mustaqil deb e’lon qilindi. Bu Mustaqillik to’g’risidagi deklaratsiyada, Mustaqillik asoslari to’g’risidagi qonunda va nihoyat, 1993 yil 9 aprelda qabul qilingan Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyasida o’z ifodasini topgan.
Konstitutsiyaga asosan, O’zbekiston Respublikasi davlat tuzilishi bo’yicha unitar davlat hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining unitar davlat deb atalishiga quyidagi xususiyatlar sabab bo’ladi:
Birinchidan, Ozbekiston Respublikasining hududi tuzilishi bo’yicha yaxlit birlikni tashkil qiladi;
Ikkinchidan, davlat hokimiyati, bo’linish prinsipi asosida tuzilgan bo’lsa ham, hududida bir butunlikni tashkil etadi va ularining chiqargan huquqiy hujjatlari butun O’zbekiston hududiga taalluqlidir;
Uchinchidan, qonunchilik tizimi ham butun O’zbekiston uchun taalluqli bo’lib, O’zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi asosida amal qiladi;
To’rtinchidan, sud hokimiyati va prokuratura organlari tizimi butun O’zbekiston hududida yagonadir;
Beshinchidan, O’zbekistonda tashqi siyosatni butun O’zbekiston xalqining manfaatini ko’zlab va uning nomidan faqat u saylab qo’ygan Oliy Majlis va O’zbekiston Respublikasining Prezidenti amalga oshirishi mumkin;
Oltinchidan, O’zbekistonda moliya, soliq, bojxona tuzilishi va respublika qurolli Kuchlari, milliy xavfsizlik va ichki ishlar organlari xizmati markazlashtirilgan;
Yettinchidan, butun O’zbekiston hududida yagona fuqarolik joriy qilingan.
O’zbekistonning yagona davlat ekanligini ko’rsatish bilan birga, O’zbekistonning davlat tuzilishidagi o’ziga xos ayrim federativ belgilar, federativ davlatga xos xususiyatlarini ham ko’rsatish lozim:
O’zbekiston Respublikasi tarkibida suveren Qoraqalpog’iston Respublikasining mavjudligi va uning suvereniteti O’zbekiston Respublikasi tomonidan qo’riqlanadi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi huquqiy tizimida alohida Konstitutsiyasining mavjudligi;
O’zbekiston Respublikasi umumdavlat organlari bilan bir qatorda Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat organlarining va boshqa davlat-huquqiy institutlarining o’ziga xos va ma’lum darajada mustaqil belgilanishi: Jiqorg’i Kenges, Vazirlar Kengashi, sud organlari, respublika fuqaroligining mavjudligi va boshqalar;
Qoraqalpog’iston Respublikasi hududi va chegarasining daxlsizligi, o’zgartirilishi va bo’linishi uning ruxsatisiz amalga oshirilmaydi (Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyaning 3-moddasi);
Qoraqalpog’iston Respublikasining o’z ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini izi mustaqil hal qiladi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi O’zbekiston Respublikasi tarkibidan Qoraqalpog’iston xalqining umumiy referendumi asosida ajralib chiqish huquqiga ega;
Qoraqalpog’iston Respublikasi bilan O’zbekiston Respublikasi aloqalarini o’zaro tuzilgan shartnomalar va bitimlar orqali tartibga soladi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi ‘z davlat ramzlariga ega.
|
| |