|
O’zbekiston respublikasida davlat shaklining o’ziga xos xususiyatlari reja
|
bet | 5/29 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 181,09 Kb. | | #229804 | Turi | Referat |
birinchidan, normaning mantiqiy mazmuni ya`ni obyektiv voqelik predmetlari yoki holatlari haqida nimanidir tasdiqlaydigan fikrdan kelib chiqadi;
ikkinchidan, obyekt va subyekt birligida norma bilan tartibga solinadigan u yoki bu ijtimoiy munosabat sifatida tushuniladigan – huquqiy norma mazmunidir;
uchinchidan, davlat ijtimoiy munosabatlarni ma`lum bir tarzda tartibga solishga intilishida aks etadigan huquqiy norma-larining amr mazmunini kasb etishi, bunda davlat ixtiyoridagi imkoniyatlardan foydalaniladi.
Agar huquqiy normani mavjudligini zaruriyat nuqtai nazardan kо`rib chiqadigan bо`lsak, unda amr qilish zaruriyatga erishish vositasi bо`lib chiqadi. U majburiylik subyektlarining xulk-atvoriga davlat ta`sirini о`tkazish imkonining timsoli bо`lib chiqadi.
Huquq normasining mazmuni ma`lum bir shaklda beriladigan eng kо`p uchraydigan shakllardan biri bu qonunchilikning normativ qoidalaridir.
Huquqiy norma va uni mazmuni asosiy belgilarini aniqlar ekanmiz, huquqning barcha qoidalari ham norma hisoblanadimi yoki ularga faqat xulq-atvor qoidalari tegishlimi – degan savol tug`iladi.
Har qanday huquq tizimi qoidalari shunchalik boyki, ularning hammasini ham xulq-atvor qoidalari, ya`ni kishilar о`z faoliyatlarida rioya kilishlari kerak bо`lgan etalon deb bо`lmasa kerak. Bularga ma`lum bir yuridik tushunchalarni, huquq prinsiplarini, huquqni tartibga solishning vazifa va maqsadlarini, yuridik texnika qoidalari kiradi. Qonunchilikning yanada rivojlana borishi manbai xarakteriga ega bо`lgan qoidalarning soni oshishiga sabab bо`ladi. Ular huquq tizimining barkamolligini kо`rsatib, unga mantiqiy izchillik bag`ishlaydi va huquqni qullash faoliyatida bir hillikni ta`minlaydi.
Xulq-atvor qoidalari bо`lmagan qonunchilik normalari turlichadir. Ular haqiqatan ham subyektga xulq-atvorning u yoki bu variantini tavsiya etavermaydi, yuridik ish yechimi asosiga har kim va har vaqt ham kuyilavermaydi. Ammo uning hammasi normativdir va hukm etish xarakteriga ega.
|
| |