• Huquq normasi - davlat tomonidan belgilanadigan, kafolatlanadigan va muhofaza qilinadigan barcha uchun majburiy xulq-atvor qoidalaridir
  • REFERAT Mavzu: Huquq normalari tushunchasi, belgilari




    Download 181,09 Kb.
    bet2/29
    Sana13.05.2024
    Hajmi181,09 Kb.
    #229804
    TuriReferat
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
    REFERAT
    Mavzu: Huquq normalari tushunchasi, belgilari


    Bajardi: ______________________
    Tekshirdi: ______________________


    HUQUQ NORMALARI TUSHUNCHASI, BELGILARI
    Reja:
    1. Huquq normalari tushunchasi, belgilari va о`ziga xos xususiyatlari.
    2. Huquq normalarining turlari.
    3. Huquq normalarining tuzilishi.


    «Norma» sо`zi, lotinchadan tarjima qilinganda, «qoida», «namuna» ma`nosini anglatadi.
    Huquq normasi - davlat tomonidan belgilanadigan, kafolatlanadigan va muhofaza qilinadigan barcha uchun majburiy xulq-atvor qoidalaridir.
    Huquq normasi umumiy xulq-atvor qoidasi sifatida:
    birinchidan, hayotiy munosabatlardagi tipik, takrorlanib turadigan narsalarni umumlashtirish zarurati natijasida shakllanadi;
    ikkinchidan, kо`p marta qо`llashga mо`ljallangan bо`ladi;
    uchinchidan, hamisha qandaydir umumiy belgilarga ega bо`lgan shaxslar (harbiy xizmatchilar, vrachlar va sh.k)ga qaratilgan bо`ladi.
    Huquq normasi davlat bilan uzviy aloqadordir.
    Huquq normasi:
    davlatning (xalqning) irodasini aks ettiradi;
    davlat tomonidan normativ hujjatlarda shakllantiriladi;
    davlatning irodasi sifatida namoyon bо`ladi;
    davlat tomonidan muhofaza qilinadi;
    davlat nuqtai-nazaridan eng muhim bо`lgan ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlaydi.
    Huquqning asosiy vazifasi - ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish. Huquq normasi umummajburiy tusga ega. Huquq normasi huquq tizimidagi ilk hujayra hisoblanadi.
    Huquq alohida normalar, xulq-atvor qoidalaridan tashkil topgan. Ular birgalikda u yoki bu davlatning huquqiy tizimini tashkil etadi.
    Yuridik norma - huquqning birlamchi bosh elementi bо`lib, butun huquqiy tizimning о`zagini tashkil qiluvchi tushunchadir.
    Huquqni shakllantirish va uni amalga oshirish, qonun chiqarish, barcha yuridik tushuncha va nazariyalar bevosita yohud bilvosita yuridik normalarga tayanadi.
    Yuridik norma (huquqiy norma) – davlat xokimiyat kо`rsatmasi kо`rinishida ifodalangan va ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi umummajburiy qoida.
    Huquqiy norma – bu ham meyoriy qoida, lekin belgilangan tarzda shakllantirilgan, ya`ni qonunchilikda ifodalanganligi bilan ajralib turadi. Meyoriy huquqiy qoida huquqning elementidir.
    Ijtimoiy meyorlarning bircha sifatlariga ega bо`lgan holda yuridik normalar – ularning davlat bilan bevosita aloqadorligiga ham egadir.
    О`zida odamlarning xulq-atvoriga umumijtimoiy va davlat ta`siri xususiyatlarini jamlagan holda, alohida ifodalanish va huquqbuzarliklarda muxofaza etish shakliga ega bо`lgan yuridik normalar tartibga soluvchi imkoniyatlarga egadir.
    Huquq normasi qо`yidagi о`ziga xos belgilarga ega;

    Download 181,09 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




    Download 181,09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    REFERAT Mavzu: Huquq normalari tushunchasi, belgilari

    Download 181,09 Kb.