• Tipiklashtirish
  • T о `rtinchidan
  • O’zbekiston respublikasida davlat shaklining o’ziga xos xususiyatlari reja




    Download 181,09 Kb.
    bet4/29
    Sana13.05.2024
    Hajmi181,09 Kb.
    #229804
    TuriReferat
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
    Uchinchidan, huquq normasi ijtimoiy jarayonlar, holatlar va aloqalarning taqrorlanishi oqibatida odatiyligini aks ettiradi va mustahkamlaydi.
    Qoida tariqasida odatiylik mavjud munosabatlarga taalluqlidir, lekin u kelajakda takrorlanib turishi extimol tutilgan yangi ijtimoiy aloqalarga ham tallukli bо`lishi mumkin.
    Tipiklashtirish - murakkab fikriy jarayon bо`lib, umumlashtirish, holatlarining muhim belgilarini e`tiborga olib, ahamiyatsiz belgilarni bо`rttirmaslikni nazarda tutadi. Huquqiy normaga nisbatan olsak, tipiklashtirish ma`lum sharoitlardagi huquqiy holat yoki inson xatti-harakatidagi xarakterliroq narsalarni ajratib kо`rsatishda ifodalanadi. Bu huquqiy xolatlarda (shaxsning individual belgilaridan uning ayrim fe`l atvorigacha) muayyanlikdan abstraksiyalashishga о`tish jarayonidir. Shu tufayli aniq va umumiy normalar sifatida konunlarda erkinlik alohida shaxs о`zboshimchaligiga bog`liq bо`lmagan, nomuayan, nazariy mavjudlik kasb etadi.
    Tipiklashtirish tufayli huquqiy tushuncha о`ziga xos ma`lum belgilariga ega bо`ladi, xulq-atvor huquqi esa ijtimoiy munosabatlar bilan aloqani uzgan holda о`zligiga tartibga solish ta`siri bilan nomuayyan miqdordagi shaxslarni kamrab olish xususiyatiga ega. Shu ma`noda yuridik norma uchun mazmunining aniqligi va adresatning mavjudligi, mavhumligini tipiklashtirish shunga olib keladiki, bunda ular «turli shaxslar uchun bir xil miqyos kasb etadi». Bu huquqning barqarorlik xususiyatini ham belgilab beradi. Ijtimoiy munosabatlar ancha uzoq muddat о`tgandan keyingina, ularga xos bо`lgan umumiy va barqaror belgilar shakllanib bо`lgandagina tipiklashadi. Bu barqarorlik huquq normasida mustahkamlanib, ularga barqarorlik xususiyatini beradi. Huquqiy norma faqat shunday holdagina о`zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
    Tо`rtinchidan, huquq normalari umummajburiy xarakterga ega.
    Huquq normasining bu xususiyati unga og`ishmay rioya qilish va ijro etish hamda inson xulq atvoriga davlat, jamiyat aks ta`sirini berishini kо`zda tutadi. Agar xulq atvor yuridik meyor talabalarga muvofiq kelsa aks ta`siri ijobiy bо`lishi mumkin yoki norma talablari buziladigan bо`lsa, salbiy aks ta`sir yuz berishi mumkin. Huquqiy normaga rioya qilish va uni ijro etish (umuman huquqqa) ichki va tashqi tartib omillari bilan ta`minlanadi.
    Huquq normasi majburiyligining tashqi tabiati inson ruhiyatiga tashqi ta`sirlar – ishontirish va majburlov kabi tashqi omillar bilan belgilanadi. Bu holda talablarning majburiyligini ta`minlaydigan vositalar о`zga shaxs, ijtimoiy guruh va tashqilotdan chiqadi. Bunda ular bir guruh ijtimoiy normalarga kо`proq darajada taalluqli bо`lsa, boshqalariga kamroq taalluqli bо`ladi.
    Tartibga solinadigan boshqa ijtimoiy normadan farqli ravishda xuquqiy normalarda modellashtiriladigan ijtimoiy munosabatlarning majburiyligi davlatning ta`sir kuchi bilan, shu jumladan, davlat majburlovi bilan ta`minlanadi.
    Huquq normalarining asosiy belgilarini aniqlar ekanmiz ularning mazmunini ochib berish zarur. Huquq normasining mazmuni uni tashkil qiluvchi barcha usullari xususiyatlari birligidir, ularning о`zaro harakati va ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdir. Normaning mazmuni kо`p jihatlarga ega bо`lib, shu nuqtai nazardan quyidagilarni ajratib kо`rsatish mumkin:

    Download 181,09 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




    Download 181,09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasida davlat shaklining o’ziga xos xususiyatlari reja

    Download 181,09 Kb.