REFERAT Mavzu: Angliya huquqi manbalari




Download 181,09 Kb.
bet6/29
Sana13.05.2024
Hajmi181,09 Kb.
#229804
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
REFERAT
Mavzu: Angliya huquqi manbalari


Bajardi: ______________________
Tekshirdi: ______________________

Angliya huquqi manbalari
Reja:

  1. Angliya davlatining tashkil topishi va rivojlanish bosqichlari.

  2. Ingliz-sakslarning ilk feodal monarxiyasi (IX-XI asrlar).

  3. Angliyada markazlashgan senorlik monarxiyasi (XI-XII asrlar).

Angliya feodal davlatining tashkil topishi Britaniya orollariga ger-man va skandinav qabilalarning ko`p sonli bosqinchilik yurishlari bilan bog`liq bo`lgan. Ma`lumki, Rim legionlari Britaniyadan V asrning boshla-ridayoq chiqib ketgan edi. Biroq oradan ko`p vaqt o`tmay, bir qancha may-da qirolliklarga bo`lingan "britaniya mustaqilligi" barham topdi. V asrning o`rtalaridan boshlab (449 yil atrofida) bu orolga turli xil shimoli-g`arbiy german qabilalari - inglizlar, sakslar, yutlar bostirib kira boshlaydi. Bu isti-lo qariyb bir asrga - VI asrning ikkinchi yarmigacha cho`zilib, orol oz-oz-dan istilo qilinib bordi. Ingliz-sakslar istilosi natijasida ilgarigi Britaniya hududida o`ndan ortiq mayda varvar qirolliklari vujudga keldi. Bu varvar qirolliklari chekka Uels, Kornuel va Shotlandiyadan tashqari, orolning bu-tun hududini egallab oldi. VII asrga kelib ingliz-sakslar xrestianlikni qabul qilib, o`zlarining bir qadar yirikroq yettita (geptarxiya deb ataladigan) qirolliklarini barpo etdilar. Bular: janubda sakslarning uchta qirolligi – Uesseks, Sesseks, Esseks (g`arbiy, janubiy va sharqiy saks) qirolliklari, markazda va shimoli-sharqda asosan angllarning uchta - Mersiya, Nortum-briya va Sharqiy Angliya qirolliklari hamda chekka janubi-g`arbda yutlar-ning Kent qirolligi edi. 827 yilda Uesseks qiroli Ekbert (802-839 yillar) bu qirolliklarni o`z hukmronligi ostida birlashtirib, yagona ingliz-sakslar qi-rolligiga asos soladi. X asrdan boshlab bu yagona davlat Angliya deb atala boshlaydi. XI asrning boshida ingliz taxti daniyaliklar tomonidan egallab olinadi. Daniyaliklar Angliyani Eduard Ispovednik (1042-1066 yillar) to-monidan ingliz-sakslar sulolasi qayta tiklangunga qadar boshqardilar. 1066 yilda Angliyani Normandiya gersogi Vilgelm istilo qilib, shu tariqa Fotix (istilochi) nomi bilan Angliya qiroli bo`lib oladi. Bunda unga, bir tomo-ndan, Rim papasi xayrixohlik qilgan bo`lsa, ikkinchi tomondan, fransuz qi-roli bevosita ko`p sonli harbiy qo`shinlari bilan yordam bergan edi. Nor-mandlar hokimiyati kuchayib, markazlashgan davlat barpo qilishga asos solingan.


O`rta asrlarda Angliya feodal davlatining rivojlanish bosqichlarini quyidagi davrlarga bo`lish mumkin: 1) ingliz-sakslarning ilk feodal monar-xiyasi davri (IX-XI asrlar); 2) markazlashgan senorlik monarxiyasi va qirol hokimiyatini cheklash uchun fuqarolar urushi (XII asr) davri; 3) tabaqa-vakillik monarxiyasi davri (XIII asrning ikkinchi yarmi -XV asr); 4) absolut monarxiya davri (XV asrning oxiri - XVII asrning o`rtasi).
German qabilalarining Britaniyadagi feo-dal jamiyatlarining shakllanishi juda sekinlik bilan yuz bergan. Bu ma`lum darajada ingliz-sakslarning qabilaviy urf-odatlari orolda darhol buzilmaganligi va skandi-nav an`analarining turg`unlik ta`siri bilan bog`liq edi. VI-VIII asrlardagi ko`pgina "haqiqat"larda, ya`ni turli ingliz-saks qirollarining qonunlar to`p-lamlarida ingliz-sakslarning o`sha davrga oid ijtimoiy tuzumi haqida an-chagina ma`lumotlar beriladi. Ularning ijtimoiy tuzumi ko`p jihatdan franklarning "Sali haqiqati"da tasvirlangan ijtimoiy tuzumiga o`xshar edi. Inglizlar, sakslar va yutlardan iborat german qabilalari o`zlari bosib olgan mamlakat xalqlariga nisbatan ijtimoiy va madaniy rivojlanishning ancha quyi darajasida turar edi. Ular bosib olgan mamalakatda nisbatan rivojlan-gan qishloq xo`jaligiga duch kelganlar. Shu sababli istilodan keyin tez ora-da ularning asosiy mashg`uloti dehqonchilik bo`lib qolgan. Ingliz-sakslar davlati aholisi, manbalarning darak berishicha, qadimgi davrlardayoq erk-in, yarim erkin kishilarga va qullarga bo`lingan edi. Franklardagi singari, ingliz-sakslarda ham aholining asosiy ommasi, ingliz-sakslar "haqiqatlari" da ishlatilgan ibora bilan aytganda, kyorllardan - erkin kishilardan iborat edi. Bular mustaqil xo`jalik yurituvchi jamoachi dehqonlar bo`lib, gayda deb atalgan katta-katta yer uchastkalariga ega edilar (ba`zi qirolliklarda har bir kyorl oilasiga tegishli chek yerning miqdori 120 akr, bizning hisobi-mizcha 50 gektarga to`g`ri kelardi). Kyorlning vergeldi 200 shilling edi. Urug`-qabila zodagonlari - erllar bo`lib, ular jamiyatning hukmron taba-qasini tashkil etgan. Erlning vergeldi dastlab faqat 400 shilling bo`lgan bo`lsa, keyinchalik 600 shillingga, undan keyin yanada oshib 1200 shil-lingga yetgan. Erllar va kyorllar jamiyatda erkin kishilar edi. "Haqiqat-lar"da yuqoridagilardan tashqari, yana letlar yoki uillar tilga olinadi. Bular o`z ahvoli jihatidan frank litlariga o`xshagan yarim erkin kishilar edi. Ularning o`z yeri bo`lmay, ma`lum majburiyat evaziga erllarning yeri-ni ishlab berar edilar. Ularning vergeldi 80 shilling atrofida edi. Letlar Bri-taniyaning bo`ysundirilgan mahalliy aholisidan (uil so`zi Britaniyaning g`arbiy qismi - Uelsdan) kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. Zodagon ing-liz-sakslarning, erllarning (va hatto ba`zi bir eng boy kyorllarning) qullari ham bo`lib, ularning bir qismi hovlida xizmat qiladigan, bir qismi obrokchi qullar bo`lib, dehqonchilik bilan shug`ullanardi. Qullar jamiyatning eng quyi po-g`onasida turgan. Ingliz-sakslarda asirga olish, qullardan tug`ilish va og`ir jinoyatlar uchun qullikka sotish qullikning asosiy manbalari edi. Qulni o`ldirish qul egasining mulkiga yetkazilgan zarar sifatida ko`rilgan va aybdorga faqat yetkazilgan zararni to`lash majburiyati yuklatilgan xo-los. Shuni ta`kidlash joizki, cherkov qullarga nisbatan o`zboshimchalikni va shafqat-sizlikni qoralardi. Xo`jayinning buyrug`i bilan yakshanba kuni ishlagan qul erkinlikka chiqarilardi.
Huquqiy yodgorliklarda, shuningdek, ruhoniylar va qirol ham eslati-ladi. Ularda yepiskopning vergeldi hatto qirolning vergeldidan yuqori belgilangan.
VIII asrda shaxsiy patronat tajribasi tarqala boshladi. Bunda har bir odam o`ziga homiy (glaford) izlashi lozim edi va homiysining roziligisiz undan ketish huquqiga ega emasdi.
VII-IX asrlardagi yodgorliklarda drujinnik-tanlar alohida tilga olinadi. Drujinnik-tanlar qatoriga erllar ham, kyorllar ham kirib, ular qirol foydasiga harbiy xizmat o`tashlari lozim edi. Bu toifaga kirishning yagona mezoni ma`lum miqdordagi (5 gayd) yer uchastkasiga egalik qilish bo`lgan. Shunday qilib, erkin kishilarning turli ijtimoiy guruhlari o`rtasidagi chegaralar yopiq bo`lmagan va qat`iy cheklab qo`yilmagan edi. Ingliz dehqoni va hatto, erkinlikka chiqarilgan kishining avlodlari xo`jayin yoki qiroldan yer uchastkasi olib, tan bo`lib qolishi mumkin edi. Tarixchilarning darak berishicha, o`sha davrda ingliz tanlarining deyarli to`rtdan bir qismi dehqonlar va hunarmandlardan kelib chiqqan.
Bu davrda yuqoridagi jarayonlar bilan bir vaqtda hukmronlik va bo`ysunish munosabatlari ham rivojlanishda davom etgan. X asrda o`zi uchun sudda javob bera olmaydiganlarning hammasiga o`ziga glaford topish buyurilgan, ya`ni majburiy kommendatsiya joriy etilgan. Angliyada kommendatsiya VII-VIII asrlarga oid esdaliklardayoq uchraydi, lekin bu narsa IX-X asrda ayniqsa ko`paydi.
Angliya qiroli Etelstan (Buyuk Alfredning nevarasi) 930 yilda har bir erkin kishiga o`zi uchun bir xo`jayin (ingliz-sakscha "lord", fransuzcha "senor" degan iboraga to`g`ri keladi) topib olishni buyurgan. Etelstan qonunlariga binoan, agar dehqon ma`lum muddat mobaynida qandaydir feodalning himoyasida bo`lmasa, u qochoq deb topilgan va har kim uni jazo bermay o`g`ri sifatida o`ldirishi mumkin edi. Dehqonning o`z yonidagi katta yer egasiga bo`lgan qaramligini davlat hokimiyati immunitet tarzida rasmiylashtirgan. Qirol katta yer egalariga o`z atrofidagi aholini sud qilish va undan tegishli sud bojlari olish huquqini bergan. Bunday xususiy sud qilish huquqi soka deb, xususiy sud qilingan dehqonlar esa sokmenlar deb atalardi. Har qanday odam qirol sudiga murojaat qilishdan avval o`zining glafordiga murojaat qilishi lozim edi. Xo`jayinning hayoti erllar uchun ham, kyorllar uchun ham daxlsiz deb e`lon qilingan. Yuqoridagilar bilan bir vaqtda kafillik instituti har qanday kishiga uning glafordi va ma`lum (12 tadan ortiq bo`lmagan) miqdordagi erkin kishilarning kafolat berishi mustahkamlangan.
XI asrga kelib, tanlarning ham, qaram dehqonlarning ham yerga oid xizmatlari belgilangan. Tanlar qirollik hujjatiga asoslangan yerlarga egalik qilish huquqiga ega bo`lganlar va uchta asosiy majburiyatlarni bajarishlari lozim edi. Bular: yurishlarda, istehkomlar qurishda va ko`priklar tuzatishda ishtirok etish majburiyatlari edi. Bundan tashqari, ko`pchilik dehqon uchun qirol buyrug`i bilan boshqa xizmatlar: qo`riqlanadigan qirollik bog`larini yaratish, kemalarni jihozlash, qirg`oqlarni qo`riqlash, cherkov yerlariga qarab turish va boshqalar ham joriy etilishi mumkin edi. Tanlar asta-sekin harbiy tabaqani tashkil etganlar.
Kambag`allashgan kyorllardan ko`p sonli qaram dehqonlar tashkil topgan. Bunday dehqonlarning majburiyatlari ba`zan aniq o`rnatilgan, ba`zan esa aniq belgilanmagan edi. Majburiyatlar joylardagi urf-odatlar bilan belgilanardi. Dehqon o`lgandan keyin uning barcha mol-mulki glafordda qolardi.
Erdor lordlar manorlar (bu so`z ham ingliz-sakslar vaqtida paydo bo`lgan) deb atalgan o`z pomestyelarida qisman qullar mehnatini, qisman esa krepostnoylar mehnatini ekspluatatsiya qilardilar. 1000 yilga oid bir manbada dehqonlarning turli guruhlari tasvirlanadi, lekin ilgari kyorl degan nom o`rniga mazkur hujjatda genitlar va geburlar degan yangi nomlar ishlatiladi; genitlar xususiy yer egalari bo`lib, qisman qirolga, qisman yonidagi lordlarga soliqlar to`lab turuvchi erkin dehqonlar edi, geburlar esa o`z yeri bo`lmay, pomeshchiklarning yerida dehqonchilik qilib, unga yil bo`yi har haftada uch-to`rt kun juda og`ir barshchina o`tab beruvchi va bundan tashqari, lordga mol, g`alla, pul shaklida turli soliqlar to`lab turuvchi dehqonlar edi. Kam yerli dehqonlarning yana bir guruhi bo`lmish kassitlar (kotterlar) ham tilga olinadi, bularning kichik bir parcha yerlari va kulbalari bo`lib, ular evaziga uncha katta bo`lmagan barshchina majburiyatini o`tar edilar.
VIII-IX asrlarda, ayniqsa, X asrda ingliz-sakslarning patriarxal jamoa tartiblari tobora tushkunlik sari yuz tutdi. Hali kuchli bo`lgan qishloq jamoasi bilan bir qatorda katta aristokratik yer egaligi avj oldi. Qirol maxsus yorliqlar berib, yerni dunyoviy zodagonlarga va cherkovga xususiy mulk qilib bera boshladi. Odatdagi qonun-qoidalarga asoslangan yer mulkiga, ya`ni jamoalarning, dehqonlarning yer mulkiga (folklendga) qarama-qarshi o`laroq, mamlakatda pomeshchiklar mulki (boklend), ya`ni yerga qirol yorlig`i - bos yoki book asosida egalik qilish tobora kuchayib bordi, qirol yer feodallarning xususiy mulki bo`lishini tan olish bilan birga, boklend egalariga ko`pincha yana bir qancha imtiyoz va immunitetlar (mahalliy dehqon aholisini sud qilish va ulardan soliq olish huquqi)ni ham berdi.


Download 181,09 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Download 181,09 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



REFERAT Mavzu: Angliya huquqi manbalari

Download 181,09 Kb.