|
O'zbekiston respublikasida ommaviy axborot vositalari faoliyati, O'zgarish va muammolar akbar Nomozovich Rasulov Chirchiq davlat pedagogika instituti Gulruh Baxodir qizi Vafoeva Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi annotatsiya
|
bet | 2/2 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 19,69 Kb. | | #126852 |
Bog'liq O\'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI FAOLIYATI, O\'ZGARISH VA MUAMMOLARMUHOKAMA VA NATIJALAR
Hayot ko'zgusi hisoblanmish matbuot "to'rtinchi hokimiyat" darajasiga ko'tarilmog'i lozimligi ko'p bora ta'kidlangan. Bu borada hali oldimizda turgan vazifalar juda ko'p. Mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari uzoq vaqt mafkuraviy va ma'muriy nazorat ostida ishlagani tufayli ularning hali-beri bu holatdan chiqishi, avvalo psixologik jihatdan o'zini erkin his etishi qiyin kechmoqda. Shu sababli ular o'zi uchun yangi bo'lgan hozirgi vaziyatda ba'zan hali ham nima qilish yoki nima qilmaslik haqida yuqoridan ko'rsatma kutib o'tirgandek ko'rinishi to'g'ri tanqid qilinmoqda. Shu o'rinda ba'zi tanqidiy-tahliliy fikrlarga e'tibor qaratsak. www.kun.uz saytida berilgan xabarda quyidagilar bayon etilgan: "O'zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov OAV bo'yicha selektor o'tkazmoqda. Hukumat rahbari vazirlik, hokimlik idoralari va boshqa tashkilotlarda OAV bilan ishlash talab darajasida emasligini tanqidga oldi. «Bugungi kunda OAV mamlakatda sodir bo'layotgan dolzarb voqealarga tezkor munosabat bildirmoqda. Matbuotda ham turli mavzulardagi tanqidiy va tahliliy materiallar keskin ko'paydi. Bu esa jamoatchilik fikri shakllanishida muhim rol o'ynamoqda. Tan olish kerak,
bundan 2-3 yil avval OAVdagi bunday ochiqlikni ko'pchilik tasavvur ham qila olmasdi.
Ammo davlat organlari va OAV o'rtasida hamkorlik qanday yo'lga qo'yilgani haqidagi savolga javob yo'q. To'g'risini aytish kerak, ba'zi rahbarlar matbuot bilan ishlashni ikkinchi va hatto beshinchi darajali ish deb qaramoqda. Ba'zi tashkilotlar Axborot xizmati vakillariga yetarli sharoit yaratib bermagan. Shu kungacha 20 ga yaqin davlat va xo'jalik boshqaruv organlarida, 150 dan ortiq tuman, shahar va viloyat hokimliklarida Axborot xizmatlari tashkil qilinmagan. Boriga ham yana boshqa ishlar topshirib qo'yilganki, u o'z ishi bilan shug'ullanishga ulgurmaydi ham..." deya Aripovning so'zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri"[2]. Bunday tanqidiy-tahliliy fikrlarga yana bir misol tariqasida www.uza.uz saytida berilgan "Saida Mirziyoyeva: "Axborot xizmatlari tizimini tubdan takomillashtirish lozim!" sarlavhali xabarda yanada teranroq va tahliliy fikrlar bayon etilgan. Berilgan xabarga ko'ra "Hyatt Regency Tashkent" mehmonxonasida "OAV sohasida milliy qonunchilikni yanada takomillashtirishning dolzarb masalalari" mavzusida respublika konferensiyasi o'tkazilgan. Konferensiyada agentlik direktor o'rinbosari Saida Mirziyoyeva ham o'z ma'ruzasi bilan ishtirok etgan. Ma'ruzada ta'kidlanishicha, o'tkazilgan tahlillar va o'rganishlar shuni ko'rsatmoqdaki, sohada eng asosiy muammo, bugungi kunda yagona davlat axborot siyosati to'g'risidagi konseptual hujjatning mavjud emasligidir. Hozirda esa ushbu hujjat tayyorlanmoqda. Shuningdek, Saida Mirziyoyeva o'z nutqida davlat va xo'jalik tashkilotlari Axborot xizmatlari faoliyatidagi mavjud kamchiliklar xususida alohida to'xtaldi. Sohada ish hajmining ko'p, zamonaviy talablarga javob bera olmayapti. Mavjud sharoitlarning yetarli darajada emasligi sabab axborot xizmatlari faoliyati qoniqarsiz ahvolda qolib ketmoqda. O'ndan ortiq respublika darajasidagi tashkilotlar, ko'pgina tuman va shahar hokimliklarida haligacha axborot xizmati faoliyati tashkilotlari etilmagan. Ko'plab davlat va xo'jalik tashkilotlari veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida axborotlar yetarli darajada emasligini ham tanqid qilindi. - Ularning veb-saytlariga kiruvchilarning umumiy soni 400 ming, Facebook ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifalariga murojaat qiluvchilar soni 150 ming, Telegram tarmog'ida a'zolar 300 ming nafardan oshmaydi,- dedi Saida Mirziyoyeva.-O'zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 20 milliondan ortiq ekanini hisobga olsak, yuqoridagi ko'rsatkichlardan o'zingiz xulosa olishingiz mumkin. Saida Mirziyoyeva shu va boshqa bir qator kamchiliklarni sanab o'tar ekan, «Axborot xizmatlari tizimini tubdan takomillashtirish lozim», deya qat'iy ta'kidladi"[3].
Mamlakatimizda Axborot xizmatlari tizimini takomillashtirish borasida muhim qadamlar qo'yildi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevral kuni e'lon qilingan "O'zbekiston Respublikasi davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 125-sonli qarori sohani yanada rivojlantirish uchun huquqiy asos bo'lib xizmat qiladi.
Qarorda qayd etilganidek, hozirgi shiddat bilan rivojlanayotgan dunyoda axborot va bilim eng muhim milliy resurslarga, ularni yaratish va tarqatishni ta'minlovchi tizimlar esa - barqaror rivojlanishning strategik omillariga aylanmoqda. Ushbu sharoitlarda O'zbekistonda demokratik huquqiy davlatni va ochiq adolatli fuqarolik jamiyatini qurish, shuningdek, insonning huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta'minlashdek strategik maqsadga erishish, davlat boshqaruvining sifati davlatning axborot, bilim va innovatsiyalarga asoslangan modeliga o'tishini ta'minlaydigan axborotni va bilimni yaratish, qabul qilish va tarqatish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shu munosabat bilan davlat va xo'jalik boshqaruvi sohasida ochiqlik va shaffoflikka asoslangan samarali qarorlar qabul qilish tizimini joriy etish, axborot olishda mansabdor shaxslarning jamiyat oldidagi hisobdorligi, ochiqligi va mas'uliyatini ta'minlash zarur.
XULOSA
Bugungi kunda OAV ni davlatimiz rahbari shaxsan o'zi qo'llab-quvvatlamoqda. 2020-yil 27-iyun kuni nishonlanadigan Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tabrigi davlat rahbari matbuot xizmati tomonidan e'lon qilindi.[5] "Eng asosiysi, ommaviy axborot vositalari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli o'zgarish va yangilanish jarayonlarini har tomonlama tahlil qilib, joylardagi ijtimoiy muammolar, xato va kamchiliklarga davlat idoralari va jamoatchilik e'tiborini qaratmoqda", — deya qayd etildi tabriknomada. Shavkat Mirziyeyov bo'lg'usi jurnalistlar chuqur bilim va kasb mahoratini, ona tili bilan birga chet tillarni, faol fuqarolik pozitsiyasini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, notiqlik malakasini puxta egallashlariga alohida e'tibor qaratishi kerakligini bildirdi.
REFERENCES
1. Mirziyoyev Sh.M. Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga. www.uza.uz 2017 yil 27-iyun.
2. "Tandiq bor, munosabat yo'q. Demak hammasi to'g'ri ekan-da?"- Abdulla Aripov selektorda tashkilotlar tanqidlarga sukut saqlashi haqida gapirdi. www.kun.uz 30.07.2019
3. Ahatova I. "Saida Mirziyoyeva: << Axborot xizmatlarini tizimini tubdan takomillashtirish lozim!>> http://uza.uz/oz/society/saida-mirziyeeva-akhborot-khizmatlari-tizimini-tubdan-takomi-28-05-2019 "
4. O'zbekiston Respublikasining "Ommaviy axborot vositalari to'g'risida" gi qonuni (yangi tahriri). - www.lex.uz
5. Prezident OAV xodimlarini tabrikladi va professionallikga chaqirdi. https://www.gazeta.uz/oz/2020/06/26/president-media/
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O'zbekiston respublikasida ommaviy axborot vositalari faoliyati, O'zgarish va muammolar akbar Nomozovich Rasulov Chirchiq davlat pedagogika instituti Gulruh Baxodir qizi Vafoeva Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi annotatsiya
|