• «Odam a’zolari va to’qimalarini transplantatsiya qilish to’g’risida»
  • Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizla




    Download 195,15 Kb.
    bet13/45
    Sana26.03.2019
    Hajmi195,15 Kb.
    #4567
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   45

    4.2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizla?ing ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish

    211.

    Nuroniylarni qo’llab-quvvatlash, rag’batlantirish, ularning madaniy hordiq chiqarishiga va sog’liqlarini mustahkamlashga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish:

    har bir tuman, shaharlardagi madaniyat va istirohat bog’lari hududida «Nuroniylar maskanlari»ni barpo etish, ularni boy kutubxona, dam olish, sog’lomlashtirish va tibbiy xizmat jihozlari bilan ta’minlash;

    ko’krak nishonlari, foto-albom, kitoblar bilan taqdirlash, nuroniylar uchun gazeta va jurnallar chiqarish, teleko’rsatuvlar tayyorlash, ularning sanatoriy-kurortlarda dam olishlari uchun sharoit yaratish, ziyoratgohlarga ekskursiyalar uyushtirish.


    2017 yil sentyabr

    Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, «Nuroniy» jamg’armasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, «Kamolot» YoIH, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, MTRK, vazirlik va idoralar

    Hisob-kitoblarga asosan

    Ijrochilar mablag’lari

    Kompleks chora-tadbirlar.

    Nuroniylarni qo’shimcha moddiy


    va ma’naviy qo’llab-quvvatlash, rag’batlantirish usullari joriy etiladi.

    Ularning vaqtlari yanada mazmunli o’tkazilishi, sog’liqlari mustahkamlanishi ta’minlanadi hamda muammolari hal qilinishiga erishiladi.



    212.

    Keksalarning maishiy holatlarini yaxshilash, ularning muammolarini o’rganish, mahallalarda istiqomat qilayotgan ko’makka muhtoj keksalar, imkoniyati cheklangan shaxslar bilan bir qatorda, «Muruvvat», «Sahovat» uylarida yashovchilar holidan muntazam xabar olish, bu ishlarga yoshlarni keng jalb etish maqsadida «Nuroniylar e’zozimizda» patronaj yoshlar harakatini tashkil etish.

    Yil davomida

    «Kamolot» YoIH, «Nuroniy»,
    «Sog’lom avlod uchun» fondi, «Mahalla» jamg’armasi,
    Xotin-qizlar qo’mitasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

    40,0

    Ijrochilar mablag’lari

    Bajaruvchilarning qo’shma qarorlari.

    Oila va jamiyatda ulug’ yoshdagi odamlarning o’rni va obro’sini oshirish, yosh avlodda ota-onalarni va har bir keksa kishini chuqur hurmat qilish, e’zozlash va ular to’g’risida g’amxo’rlik qilish tuyg’usini shakllantirish.

    Uy-joy va maishiy shart-sharoitlarni yaxshilashda keksa kishilarning ehtiyojlarini o’z vaqtida aniqlash va qondirish.


    213.

    Keksa avlod vakillari hamda «Mehribonlik» uylari, maxsus maktab-internatlar tarbiya-lanuvchilari, «Sahovat» uylarida yashovchi yakka yolg’iz qariyalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun yurtimizdagi tarixiy obidalar, ziyoratgohlar va muqaddas qadamjolarga bepul sayohatlar uyushtirish.

    Yil davomida

    «Kamolot» YoIH,
    Xalq ta’limi vazirligi,
    Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi,
    «Mahalla» jamg’armasi, «Nuroniy» jamg’armasi», «O’zbekiston temir yo’llari», Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

    100,0

    Ijrochilar va xayriya mablag’lari

    Bajaruvchilarning qo’shma qarorlari.

    Yurtimizdagi tarixiy obidalar, ulug’ alloma ajdodlarimiz nomlari bilan bog’liq muqaddas ziyoratgohlar haqida yoshlarning xabardorligini oshiradi.



    214.

    Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarida fuqarolar yig’ini raisining o’rinbosari — keksalar va faxriylar ishlari bo’yicha maslahatchilari uchun:

    2017 yil

    «Nuroniy» jamg’armasi, «Mahalla» jamg’armasi, Xotin-qizlar qo’mitasi, «Oila» ilmiy-amaliy markazi, O’zbekiston musulmonlari idorasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

    200,0

    Ijrochilar mablag’lari

    Vazirlar Mahkamasi yig’ilishining bayoni.

    Keksa yoshdagi fuqarolarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida keng qamrovli ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, jamiyat, oilalar va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, shuningdek yosh avlodni xalqimizning ko’p asrlik an’analarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash ishidagi rolini oshirish.



    turkum tadbirlar dasturini amalga oshirish;

    mart

    o’quv-seminarlarini o’tkazish;

    aprel

    ularning ish faoliyati samaradorligini ta’minlash maqsadida uslubiy qo’llanmalar ishlab chiqish.

    iyun

    215.

    Jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali keksa avlod vakillarini ma’naviy va moddiy qo’llab-quvvatlashga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish:

    2017 yil

    Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi

    8000,0

    shu jumladan:



    Ish beruvchilar mablag’lari — 7000,0

    Kasaba uyushmalari mablag’lari — 1000,0



    Jamoa shartnomalari.

    Keksa avlodni qo’llab-quvvatlash va manzilli ijtimoiy himoyasini kengaytirish borasida ish beruvchilar va kasaba uyushmalarining mas’uliyatini oshirish.

    Keksalarni moddiy qo’llab-quvvatlash.


    15 ming nafar pensiya yoshidagi shaxslarga pensiyaga chiqishdan oldin bir yo’la moddiy yordam berish va ularni qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlash;

    1500,0

    14 ming nafar xodimlarga yubiley sanalari munosabati bilan qimmatbaho sovg’alar topshirish;

    1000,0

    55 ming nafar ishlamaydigan pensionerlarga (korxonalarning sobiq xodimlariga) moddiy yordam berish.

    5500,0

    216.

    Respublika hududlaridagi ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo’yicha kompleks choralarni amalga oshirish, jumladan:

    Nukus shahrida nogiron ayollar uchun yangi «Muruvvat» internat-uyini qurish;

    Andijon viloyati Andijon shahridagi «Saxovat» internat-uyi binolarini rekonstruktsiya qilish (3-bosqich);

    Namangan viloyatidagi Namangan «Saxovat» uyining bino va inshootlarini qurish


    va rekonstruktsiya qilish;

    Samarqand viloyati, Kattaqo’rg’on shahridagi «Marvarid» sihatgohining 100 o’rinli yotoqxonasini, davolash korpusini qurish va oshxonasini rekonstruktsiya qilish;

    Samarqand viloyatidagi Samarqand «Sahovat» uyining bino va inshootlarini qurish
    va rekonstruktsiya qilish;

    Samarqand viloyati Urgut tumanidagi «Muruvvat» nogironlar uyining bino


    va inshootlarini qurish
    va rekonstruktsiya qilish;

    Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi «Sahovat» uyining bino va inshootlarini qurish


    va rekonstruktsiya qilish;

    Farg’ona viloyati Farg’ona «Sahovat» uyining bino


    va inshootlarini qurish
    va rekonstruktsiya qilish;

    Farg’ona viloyati, «Oltiariq» sihatgohining 100 o’rinli yotoqxonasini qurish, mavjud bino va inshootlarini rekonstruktsiya qilish;

    Toshkent shahridagi «Nuroniy» sihatgohi binolarini rekonstruktsiya qilish;

    Toshkent shahridagi urush


    va mehnat faxriylari respublika pansionatining bino va inshootlarini qurish
    va rekonstruktsiya qilish.

    2017 yil

    Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

    viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

    Sog’liqni saqlash vazirligi,

    Moliya vazirligi,

    Iqtisodiyot vazirligi,

    Davarxitektqurilish



    49 312,0

    Investitsiya dasturi parametrlari doirasida Davlat byudjeti mablag’lari

    Urush va mehnat faxriylari, nogironlar va qariyalar uchun sihatgohlar va internat-uylarining moddiy-texnika bazasini yaxshilashga erishiladi.

    Keksa yoshdagi fuqarolar va nogironlarning salomatligini tiklash uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi.



    217.

    Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar
    hamda moddiy yordam tayinlash va to’lash tartibi to’g’risidagi nizomga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish.

    2017 yil III chorak

    Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi,

    Sog’liqni saqlash vazirligi,


    Iqtisodiyot vazirligi

    -

    -

    Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 fevraldagi 44-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish.

    Haqiqatdan ehtiyojmand va davlat ko’magiga muhtoj bo’lgan kam ta’minlangan oilalarni aniqlash, ularga nafaqa va moddiy yordam tayinlash, vaqtinchalik yashash joyi bo’yicha nafaqa, moddiy yordam tayinlash tartibini belgilashda qulayliklar nazarda tutiladi.



    218.

    Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini, imkoniyati cheklangan shaxslarni, «Muruvvat», «Sahovat», «Mehribonlik» uylari, maxsus maktab-internatlar va davolash profilaktika muassasalari tarbiyalanuvchilarini:

    nogironlik aravachalari bilan ta’minlash;

    quritilgan, vitaminga boy oziq-ovqat mahsulotlari etkazib berish bilan qo’llab-quvvatlash;

    yozgi oyoq-kiyimlar bilan ta’minlash.



    Yil davomida

    «Sog’lom avlod uchun» fondi, «Ameri Kerz» xalqaro tashkiloti,
    «Resource and Policy Exchange» tashkiloti, «TOM’s SNOES» tashkiloti
    (kelishuv asosida)

    632,0 ming doll.

    Xayriya beg’araz yordami

    Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini, mahallalarda, ayniqsa, chekka qishloqlarda yashayotgan yolg’iz qariyalar, nogironlar, kam ta’minlangan fuqarolarni moddiy va ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, bolalar va maxsus muassasalarni vitaminlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash.

    219.

    Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, ilmiy-tekshirish institutlari va Oliy o’quv yurtlari klinikalari etakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda keng tarqalgan kasalliklarning oldini olish va erta aniqlashga qaratilgan «Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin» shiori ostida keng qamrovli tibbiy ko’rik tadbirlarini o’tkazish.

    Tasdiqlangan jadvalga muvofiq

    Sog’liqni saqlash vazirligi

    214,0

    Ijrochilar mablag’lari

    Respublikaning chekka tumanlari aholisini chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazish, kasalliklarni erta aniqlash va oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.

    220.

    Viloyatlar aholisini sifatli tibbiy yordam bilan ta’minlash maqsadida Respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlari shifokorlarining joylarga chiqib, jarrohlik amaliyotlari va boshqa tibbiy xizmatlar ko’rsatishini tashkil etish bo’yicha maxsus chora-tadbirlar dasturini qabul qilish.

    Yil davomida

    Sog’liqni saqlash vazirligi,
    Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
    Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

    -

    -

    Chora-tadbirlar dasturi.

    Respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlari xizmatidan foydalanuvchilarga qo’shimcha qulayliklar yaratiladi.

    Aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish sifati yanada oshadi.


    221.

    «Odam a’zolari va to’qimalarini transplantatsiya qilish to’g’risida»gi Qonun loyihasini ishlab chiqish.

    2017 yil IV chorak

    Sog’liqni saqlash vazirligi, IIV, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar

    -

    -

    O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

    Mazkur qonun loyihasini qabul qilish orqali aholiga ko’rsatiladigan tibbiy xizmatlar doirasi kengaytiriladi hamda odam a’zolari va to’qimalarini transplantatsiya qilinishi tartibi belgilanadi, shuningdek aholining transplantatsiyaga muhtoj bo’lgan toifasiga qonuniy asoslar va tartiblarda shu turdagi tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyati yaratiladi.



    222.

    Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun:

    tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadalarining kuchi bilan tog’li, cho’l va borish qiyin bo’lgan hududlarda, shuningdek, alohida e’tibor talab etiladigan tumanlarda aholini tibbiy ko’rikdan o’tkazish;

    ekologik jihatdan noqulay mintaqalarda yashovchi (Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasi) aholi uchun «Salomatlik» poezdlarini tashkil etish.


    Yil davomida

    «Sog’lom avlod uchun» fondi,

    Sog’liqni saqlash vazirligi,

    Xotin-qizlar qo’mitasi,

    «Mahalla»

    jamg’armasi


    220,0

    Davlat byudjeti va xayriya mablag’lari

    Borish qiyin bo’lgan hududlarda yashovchi aholini chuqur tibbiy ko’rikdan o’tkazish orqali aholining ijtimoiy holatini aniqlab, sog’lom oila shakllantiriladi va aholida tibbiy savodxonlik oshiriladi.

    223.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholini dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlashni yanada yaxshilash to’g’risida»gi qarorini amalga tatbiq etish.

    2017 yil I chorak

    Sog’liqni saqlash vazirligi

    O’zfarmsanoat, Davlat raqobat qo’mitasi,

    vazirlik va idoralar


    -

    -

    Bu, o’z navbatida, ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning 343 nomlanishi bo’yicha qat’iy narxlarning nazoratini amalga oshirishni, dorixonalarda sotilayotgan barcha dori vositalarining narxiga qat’iy qo’shimchalar kiritilishini ta’minlashga imkon yaratadi.

    224.

    Onalar va bolalarga yuqori malakali tibbiy yordam ko’rsatish uchun tuman va shahar tibbiyot birlashmalarining 40 ta tug’ruq bo’limlari negizida tumanlararo perinatal markazlar tashkil etish.

    Yil davomida

    Sog’liqni saqlash vazirligi,
    Moliya vazirligi

    5,8 mln. doll.

    Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi, «Salomatlik-3» loyihasi, byudjet mablag’lari

    Onalar va bolalarga ko’rsatiladigan tibbiy xizmat sifatini oshirish, onalar va yangi tug’ilgan chaqaloqlarga yuqori malakali tibbiy xizmat ko’rsatiladi.

    225.

    Quyidagilarni amalga oshirish yo’li bilan tug’ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash davlat dasturini amalga oshirishni davom ettirish:

    Respublika skrining markazida va uning hududiy filiallarida homilador ayollar hamda chaqaloqlar orasida perinatal va neonatal skrining o’tkazish;

    sog’liqni saqlashning birla�chi bo’g’ini darajasida homilador ayollarning ommaviy, barvaqt perinatal skriningini o’tkazish.


    Yil davomida

    «Sog’lom avlod uchun» fondi,

    Sog’liqni saqlash vazirligi,

    Moliya vazirligi


    1 625,8
    ming doll.

    Davlat byudjeti mablag’lari

    Chaqaloqlar hamda homilador ayollardagi tug’ma va avloddan-avlodga o’tuvchi patologiyani erta aniqlash orqali sog’lom avlod tug’ilishi uchun shart-sharoitlar yaratiladi.

    226.

    Ayollar hamda qizlarning salomatligini mustahkamlash, ular orasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish maqsadida:

    Yil davomida

    Madaniyat va sport ishlari vazirligi,
    Xalq ta’limi vazirligi, «Sog’lom avlod uchun» fondi,

    Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi,


    Xotin-qizlar qo’mitasi,
    «Kamolot» YoIH, Toshkent shahar hokimligi

    60,0

    Ijrochilar mablag’lari

    Ayollar o’rtasida sportning ommaviyligini oshirish.

    Korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan ayollar salomatligini mustahkamlash.



    Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida «Sog’lom ona — sog’lom bola» shiori ostida an’anaviy mintaqaviy «Ayollar sport festivali»;

    2017 yil I chorak

    «Sog’lom avlod uchun» kubogi uchun suzish, sinxron suzish, suvga sakrash, gimnastika, badiiy gimnastika, sport raqsi va gimnastrada kabi sport musobaqalari hamda boshqa tadbirlarni o’tkazish.

    2017 yil II chorak

    227.

    Respublikaning turli hududlarida yashovchi 2 ming nafar ehtiyojmand oilalar ayollarini elektr maishiy texnika jihozlari berish yo’li bilan rag’batlantirish.

    Yil davomida

    Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi

    1500,0

    Kasaba uyushmalarining mablag’lari

    Kasaba uyushmalari organlarining qarorlari.

    Ayollarning uy-ro’zg’or yumushlarini engillashtirish, ular uchun etarli maishiy sharoitlarni yaratish.



    228.

    Surunkali kasalliklarni, jumladan, yashirin va avval aniqlanmagan kasalliklarni erta aniqlash tadbirlarini amalga oshirish:

    ko’p tarmoqli poliklinikalarning 7–9 nafar tor soha mutaxassislari va umumiy amaliyot shifokorlari tomonidan xavf guruhiga mansub aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko’riklar;

    surunkali kasalligi bor aholini yiliga 2–6 marta (bemor holatidan kelib chiqib) tizimli dispanser ko’riklari;

    nikohga kiruvchi shaxslarni tibbiy ko’riklar;

    3,6 mln. nafar aholini flyurografik ko’riklar bilan qamrab olish.


    Yil davomida

    Sog’liqni saqlash vazirligi

    -

    Davlat byudjeti mablag’lari doirasida

    Tarmoq rejalarini tuzish, tor soha mutaxassislaridan iborat brigadalarni shakllantirish va tibbiy ko’riklarni amalga oshirish.

    Aholi salomatligini mustahkamlashga erishish.



    229.

    Aholining profilaktik tadbirlar bilan qamrovini yanada kengaytirish maqsadida o’zgalar parvarishiga muhtoj, urush va mehnat fronti qatnashchilari, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan aholidan surunkali kasallikka chalinganlarni jadval asosida tashkillashtiriladigan «Patronaj oyligi»da tibbiy xodimlarning faol qatnovlarini amalga osh�rish.

    Yil davomida

    Sog’liqni saqlash vazirligi

    10,0

    Davlat byudjeti mablag’lari doirasida

    Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan hududlarda mintaqaviy seminarlarni o’tkazish va amaliy-uslubiy yordam ko’rsatish.

    230.

    1941–1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari, nafaqaxo’rlar, nogironlar, yolg’iz qariyalar va aholining boshqa nochor qatlamlaridan kamida 35 ming nafarining sanatoriy muassasalarida bepul davolanishini tashkil qilish.

    Yil davomida

    Sog’liqni saqlash vazirligi,

    Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi, «Nuroniy» jamg’armasi,


    Moliya vazirligi

    18 000,0

    Davlat byudjeti mablag’lari

    Ijrochilarning qo’shma qarori.

    Urush va mehnat faxriylarini bepul asosda har yili dispanserizatsiya ko’rigidan o’tkazish, davolash va sog’lomlashtirish tashkil etiladi.



    231.

    Bepul asosda kamida 10 ming nafar nogiron va yolg’iz qariyani protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash.

    Yil davomida

    Sog’liqni saqlash vazirligi,
    Moliya vazirligi, «Sog’lom avlod uchun» fondi,
    Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

    2 500,0

    Davlat byudjeti mablag’lari

    Ijrochilarning qarorlari.

    Nogiron shaxslarni protez-ortopediya vositalari, reabilitatsiya texnika va yordamchi vositalar bilan bepul ta’minlash yo’li bilan qo’llab-quvvatlanadi.

    Nogironlarni jamiyatga qaytarish maqsadida reabilitatsiya tadbirlarining samaradorligi oshiriladi.


    232.

    Aholiga ko’rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini oshirish, davolash-profilaktika muassasasi, tug’ruqqa yordam beruvchi va bolalar tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, qurilish, rekonstruktsiya qilish, kapital ta’mirlash va asbob-uskunalar bilan jihozlash ishlarini bajarish.

    Yil davomida

    Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sog’liqni saqlash vazirligi,
    Iqtisodiyot vazirligi,

    Moliya vazirligi, Davarxitektqurilish qo’mitasi



    519 350,0

    Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasi mablag’lari

    2017 yil Investitsiya dasturi.

    Amalga oshiriladigan qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta’mirlash orqali tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga erishiladi. Aholiga ko’rsatilayotgan tibbiy yordam sifati oshiriladi.



    233.

    «Tez tibbiy yordam xizmati»ni jami 1200 ta maxsus avtotransport vositasi bilan ta’minlash.

    Yil davomida

    Sog’liqni saqlash vazirligi,

    Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, TIAISV,


    O’zavtosanoat

    28 419,3

    6525,8 ming doll.



    Davlat byudjeti mablag’lari

    «Salomatlik-3» loyihasi

    va XMI grant mablag’lari


    Aholiga malakali tez tibbiy yordam ko’rsatish sifatini oshirib, chaqiriqlarga kechikish holatlarining oldi olinadi.

    Tibbiy yordam ko’rsatish sifati zamonaviy talablar darajasiga etkaziladi.



    234.

    Quyidagi tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash:

    Yil davomida

    Sog’liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, TIAISV







    Tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasi yaxshilanib, aholiga ko’rsatilayotgan tibbiy yordam sifati oshiriladi.

    barcha tuman, shahar tibbiyot birlashmalari va oilaviy poliklinikalarni;

    40 mln. doll.

    «Salomatlik-3» loyihasi

    onkologik muassasalarni;

    15,15 mln. doll.

    ITB

    respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarini;

    10,0 mln.doll.

    SFR

    Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazlarini;

    8,5 mln. doll.

    ITB

    Respublika ilmiy shoshilinch tibbiy yordam markazini;

    0,10 mln. doll.

    MAR

    tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining klinikalari va respublika klinik shifoxonalarini;

    0,10 mln. doll.

    KFAER

    to’rtinchi darajali ko’p tarmoqli bolalar tibbiyot markazini.

    10,0 mln. doll.

    Eksimbank

    235.

    Sog’liqni saqlash tizimining birlamchi bo’g’ini bo’lgan qishloq vrachlik punktlari faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida:

    QVPlarning muntazam faoliyatini ta’minlashga xizmat qiluvchi qo’shimcha qulaylik yaratish maqsadida ularning vrachlariga ish joyi yonidagi hududlarda uy-joylar qurib berish;

    QVPlarning moddiy-texnika bazasini kuchaytirish hamda ularni malakali kadrlar bilan ta’minlash.


    2017-2022 yillar

    Sog’liqni saqlash vazirligi,
    Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davarxitektqurilish

    -

    -

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi.

    Qishloq vrachlik punktlari malakali kadrlar bilan ta’minlanadi hamda qishloq aholisiga malakali tibbiy xizmat ko’rsatiladi.



    236.

    Respublikada oilalar farovonligini ta’minlash, oilalar va mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitning barqarorligini saqlash, sog’lom turmush tarzini yanada mustahkamlash, sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalashda jamoat tashkilotlarining ijtimoiy hamkorligini keng yo’lga qo’yish.

    2017 yil fevral

    Xotin-qizlar qo’mitasi,

    «Mahalla» fondi, «Kamolot» YoIH, «Nuroniy» jamg’armasi,


    «Oila» ilmiy-amaliy markazi, FJShMQMI, O’zNNTMA

    -

    -

    Chora-tadbirlar dasturi.

    Oilalarning ijtimoiy-ma’naviy holatini tizimli o’rganishning samarali mexanizmini yaratib, amaliyotga tatbiq etish.

    Aholi turmush darajasining haqiqiy ahvolini doimiy o’rganib borish, joylardagi jamoatchilik vakillariga bu borada uslubiy ko’maklashish, oilalardagi mavjud muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish.


    237.

    Oilalar mustahkamligini ta’minlash, oilaning farzand tarbiyasi borasidagi mas’uliyatini oshirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda oilaning tutgan o’rnini ko’rsatish hamda oila institutining mavqeini oshirish maqsadida 15 may — «Xalqaro oila kuni» munosabati bilan «Inson va oila manfaati — jamiyat farovonligi» nomli telemarafon o’tkazish.

    2017 yil may

    Xotin-qizlar qo’mitasi, «Oila» ilmiy-amaliy markazi, «Mahalla» fondi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, «Sog’lom avlod uchun» fondi, MTRK,
    Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

    100,0

    Ijrochilar mablag’lari

    Vazirlar Mahkamasi yig’ilishining bayoni.

    Oilaviy munosabatlarda milliy muomala madaniyatini yuksaltirish, namunali oilalarni targ’ib qilish orqali qadriyatlarimizni saqlash.



    238.

    Hududlarda aholi, ayniqsa, xotin-qizlar bilan muloqotda bo’lish, oilalarga kirish, ularning muammolarini hal qilish, xotin-qizlar, yoshlar va voyaga etmaganlarning manfaatlarini ta’minlash maqsadida etuk va mas’ul mutaxassislar tomonidan mahallalarda sayyor qabullar tashkil qilib, zarur huquqiy, psixologik va tibbiy yordamlar ko’rsatish.

    Yil davomida

    Xotin-qizlar qo’mitasi,
    «Mahalla» fondi, «Oila» ilmiy-amaliy markazi, «Nuroniy» jamg’armasi, «Kamolot» YoIH

    193,0

    Ijrochilar mablag’lari

    Chora-tadbirlar dasturi.

    Fuqarolar murojaatlari eng ko’p qayd etilgan hududlarda sayyor qabullar tashkil etiladi.

    Fuqarolarning maishiy muammo va kamchiliklari joylarda hal etiladi, ularga huquqiy, psixologik va tibbiy yordamlar ko’rsatiladi.


    239.

    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Xotin-qizlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash markazlari faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

    Yil davomida

    Xotin-qizlar qo’mitasi,
    Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi,
    «Oila» ilmiy-amaliy markazi, «Mahalla» jamg’armasi

    -

    -

    Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

    Hududlarda tashkil etiladigan «Xotin-qizlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash markazi» orqali aholining muammoli masalalarini hal etishning samarali tizimi yaratiladi.



    240.

    Jizzax viloyati Zomin tumanidagi mavjud dam olish maskanida umumiy qiymati
    35,0 mlrd. so’mlik 100 o’rinli sanatoriy tashkil etish;

    2017-2018 yillar davomida

    NKMK

    35 000,0,
    �u jumladan: 2017 yilda 12 000,0

    Ijrochi mablag’lari

    Fuqarolarning dam olish, sog’lig’ini qayta tiklash, sport bilan shug’ullanish imkoniyatlarini oshiradi.

    Navoiy viloyati Uchquduq tumani markazida joylashgan kombinatga qarashli «Kelajak yoshlar» markazini qayta rekonstruktsiya qilish;

    Yil davomida

    2 500,0

    Zarafshon shahridagi NKMKning «Alpomish» sport majmuasi «Neptun» suzish havzasi va o’yingohini mukammal ta’mirlash;

    Yil davomida

    2 500,0

    Navoiy shahridagi kombinatga tegishli «So’g’diyona» stadionini ta’mirlash;

    Yil davomida

    3 000,0

    Buxoro viloyati, G’ijduvon tumani Zafarobod qo’rg’onida joylashgan kombinatning 5-kon boshqarmasiga qarashli foydalanilmayotgan binoni qayta ta’mirlash orqali madaniyat va sport majmuasini tashkil etish.

    2017-2018 yillar davomida

    6 500,0,
    shu jumladan:
    3 000,0
    2017 yilda

    241.

    Bolalar sog’lomlashtirish oromgohlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xususan:

    Yil davomida

    Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi

    18 540,7

    shu jumladan:



    Kasaba uyushmalari mablag’lari

    Ob’ektlarning manzilli dasturini tasdiqlash.

    Bolalar sog’lomlashtirish oromgohlarini o’rnatilgan tartibda qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga erishiladi.



    Surxondaryo viloyatida 200 o’rinli «Amudaryo sohili» oromgohini qurish ishlarini yakunlash;

    13440,7

    Andijon viloyatidagi «Bog’ishamol» oromgohini rekonstruktsiya qilish;

    2300,0

    Sirdaryo viloyatidagi «Sirdaryo» oromgohini rekonstruktsiya qilish;

    2100,0

    Navoiy viloyatidagi «Ishonch» oromgohida suzish havzasini qurish.

    700,0

    242.

    Xodimlar va ular oila a’zolarining sog’lomlashtirish va dam olishini tashkil etish maqsadida kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriylarda quyidagi ishlarni amalga oshirish:

    Yil davomida

    Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi

    17 810,0,
    shu jumladan:

    Kasaba uyushmalari mablag’lari

    Federatsiya kengashi rayosatining qarori.

    Sanatoriylarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda oilalarni, xususan, ayollar va bolalarni sog’lomlashtirish va dam oldirish samaradorligini oshirishga erishiladi.



    «Oq tosh» sanatoriysida yotoq binolarini qurish;

    5 310,0

    «Zomin» sanatoriysida yotoq binolarini quri�;

    5 000,0

    Surxondaryo viloyatidagi «Termiz marvaridi» sanatoriysini kapital ta’mirlash va rekonstruktsiya qilish;

    4 000,0

    Namangan viloyati «Chodak» qishloq fuqarolar yig’inida dam olish uyini qurish.

    3 500,0

    Download 195,15 Kb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   45




    Download 195,15 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizla

    Download 195,15 Kb.