|
Viloyatlar, tumanlar va shaharlarni kompleks va muvozanatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning salohiyatidan samarali va optimal foydalanish
|
bet | 12/45 | Sana | 26.03.2019 | Hajmi | 195,15 Kb. | | #4567 |
3.5. Viloyatlar, tumanlar va shaharlarni kompleks va muvozanatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning salohiyatidan samarali va optimal foydalanish
189.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda nisbatan orqada qolayotgan Nurota, Kattaqo’rg’on, Qo’shrabot, Qiziriq, Muzrabot, Boyovut, Sardoba tumanlarini kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish.
|
2017 yil I chorak
|
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo viloyati hokimliklari, tijorat banklari
|
Dastur asosida
|
Tijorat banklari kreditlari, tadbirkorlarning mablag’lari
|
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.
Tumanlar iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasini, aholi bandligi, turmush sifatini oshirishga xizmat qiladi.
|
190.
|
Toshkent shahrining Yashnobod va Olmazor tumanlarida kichik biznesning innovatsion texnoparklarini tashkil etish.
|
2017 yil I chorak
|
Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi, Markaziy bank,
Fanlar akademiyasi, DSQ, O’zbekenergo, O’ztransgaz,
Toshkent shahar hokimligi
|
Manzilli dasturlar asosida
|
Ijrochilar mablag’lari, tijorat banklari kreditlari, xorijiy investitsiya
va kreditlar
|
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.
Kichik biznes sub’ektlarining barcha qulayliklarga ega bo’lgan hududda faoliyat ko’rsatishi uchun sharoitlar yaratiladi.
|
191.
|
Yangi kichik sanoat zonalarini tashkil etish va faoliyat yuritayotganlarining samara-dorligini oshirish maqsadida:
kichik sanoat zonalari ishtirokchilarining zaruriy muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish holatini tanqidiy o’rgangan holda tegishli chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash;
kichik sanoat zonalariga ularning ixtisoslashuvi, hududning resurs salohiyatini inobatga olgan holda, ishlab chiqarishning to’liq tsiklini amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’ektlarini joylashtirish;
investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish va ishtirokchilarga yuklatilgan majburiyatlarning ijrosi yuzasidan tizimli monitoring olib borish;
kichik sanoat zonalari hududida yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishda tijorat banklarining ishtirokini kengaytirish.
|
2017 yil I chorak
|
Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qo’mitasi,
O’zbekenergo, O’ztransgaz,
Savdo sanoat palatasi,
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar
|
-
|
-
|
Kompleks chora-tadbirlar.
Foydalanilmayotgan davlat mulki ob’ektlaridan oqilona va samarali foydalanish, zamonaviy va raqobatdosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi ish o’rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirishga xizmat qiladi.
|
192.
|
O’zida sanoat-iqtisod ko’rsatkichlari haqidagi ma’lumotlarni, tabiiy va mehnat resurslarini, shuningdek, hududning boshqa potentsial imkoniyatlarini ifoda etgan respublikaning har bir tuman (shahar) pasportini tuzish.
|
2017 yil IV chorak
|
Iqtisodiyot vazirligi, TIAISV,
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
Hisob-kitoblarga asosan
|
Ijrochilar mablag’lari
|
Tuman (shahar) pasportidan erkin foydalanishga qaratilgan zamonaviy tizim joriy etiladi.
Hududlarga investitsiya jalb qilish imkoniyatlarini kengaytiradi.
|
193.
|
Tarmoqlar va xo’jalik birlashmalari tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlarda, birinchi navbatda, ishsizlik darajasi yuqori bo’lgan hududlarda amalga oshirish uchun quyidagi yo’nalishlarda yangi loyihalarni ishlab chiqish:
Engil sanoatda 85 ta, charmpoyabzal sohasida 31 ta, qurilish materiallari ishlab chiqarishda 16 ta, oziq-ovqat sanoatida 78 ta, farmatsevtika sohasida 18 ta, elektrotexnika sanoatida 17 ta loyiha.
|
2017 yil I chorak
|
O’zbekengilsanoat,
O’zbekcharmpoyabzali,
O’zqurilishmateriallari,
O’zbekoziqovqatxolding,
O’zdonmahsulot,
O’zvinosanoatxolding,
O’zfarmsonat,
«Dori-Darmon» AK,
O’zeltexsanoat,
tijorat banklari
|
Biznes rejalari
va loyiha hujjatlari asosida
|
Ijrochilar mablag’lari, tijorat banklari va xalqaro moliya institutlari kreditlari
|
Loyiha hujjati.
Ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishda nisbatan orqada qolayotgan tumanlarni sanoat salohiyatini oshirish, soliq solinadigan bazani kengaytirish imkonini beradi.
|
IV. IJTIMOIY SOHANI RIVOJLANTIRIShNING USTUVOR YO’NALIShLARI
|
4.1. Aholining bandligi va real daromadlarini izchil oshirish
|
194.
|
Hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlari va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan tasdiqlangan Aholi bandligini ta’minlash dasturini so’zsiz amalga oshirilishini ta’minlash:
|
Har oyda
|
Iqtisodiyot vazirligi,
Mehnat vazirligi, vazirlik va idoralar,
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tijorat banklari
|
16 600 000,0
|
Korxona va tashkilotlar mablag’lari, tijorat banklari kreditlari, xorijiy investitsiyalar va kreditlar
|
Hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlari.
25 mingga yaqin investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga 256,4 mingdan ortiq ish o’rinlari tashkil etilishiga erishiladi.
|
2017 yil davomida sanoatni (5440 ta �oyiha 131 mingta ish o’rni bilan), qishloq xo’jaligini (8430 loyihada 55,8 mingta ish o’rni bilan) va xizmat ko’rsatishni (11 mingta loyiha 69,5 mingta ish o’rni bilan) rivojlantirish bo’yicha viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining faoliyatini kuchaytirish.
|
Tarmoq jadvallar asosida
|
195.
|
Ishsizlik darajasi yuqori bo’lgan va mehnat bozorida vaziyat murakkab bo’lgan 34 ta tumanda 46,8 mingta ish o’rni tashkil etish, jumladan:
sanoatda — 14 mingta;
xizmat ko’rsatish va servis sohasida — 8,7 mingta;
qurilishda — 12,5 mingta;
qishloq xo’jaligida — 11,5 mingta.
|
Yil davomida
|
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiyot vazirligi,
Mehnat vazirligi,
vazirlik va idoralar
|
4 300 000,0
|
Korxonalar mablag’lari va tijorat banklari kreditlari
|
Aholi bandligi hududiy dasturlari doirasida ijro etuvchilarning qarorlari.
Qishloq joylarda barqaror ish o’rinlari tashkil etish hisobiga aholi bandligini oshirish.
|
196.
|
Mehnat va Iqtisodiyot vazirliklari tomonidan ishlab chiqilgan metodika asosida mehnat bozorida vaziyat murakkab bo’lgan tuman va shaharlar ro’yxatini aniqlash, unga muvofiq aholi bandligi dasturlarining manzilli ro’yxatlari, kichik sanoat zonalari, xizmatlar sohasini rivojlantirish, chorvachilik, parrandachilik va issiqxona xo’jaliklarini barpo etish, kasb-hunar kollejlari va oliy o’quv yurtlari bitiruvchilari uchun «start-ap» loyihalarini amalga oshirishga mikrokreditlar va lizing asosida ishlab chiqarish vositalarini ajratish.
|
2017 yil II chorak
|
Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Davlat raqobat qo’mitasi,
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar
|
Maqsadli dasturlar asosida
|
Korxonalar mablag’lari, tijorat banklari kreditlari, xorijiy investitsiyalar
|
Dasturlarni tasdiqlash bo’yicha Vazirlar Mahkamasi yig’ilishi bayoni.
Ish o’rinlari tashkil etish orqali bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini tadbirkorlikka jalb qilish.
|
197.
|
Aholi bandligini ta’minlash maqsadida 10 ming nafar ta’lim muassasalari bitiruvchisiga o’z tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun kredit mablag’lari ajratish.
|
Yil davomida
|
Markaziy bank,
tijorat banklari, OvaO’MTV,
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
60 000,0
|
Tijorat banklari kreditlari
|
Ijrochilarning qarorlari.
Tadbirkorlik va mehnat faolligini oshirish hisobiga bandlikni va oila daromadlarini oshirish.
|
198.
|
Mehnat bozori talablariga asosan, professional kadrlarni qayta tayyorlash yuzasidan qisqa muddatli trening va o’quv kurslarini o’tkazish bo’yicha nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini rag’batlantirish.
|
2017 yil II chorak
|
Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo’mitasi, OvaO’MTV
|
-
|
-
|
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi. Loyihada:
nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash tartibini soddalashtirish;
davlat akkreditatsiyasiga ega bo’lgan nodavlat ta’lim muassasalari uchun davlat namunasidagi hujjatlarni berish bo’yicha mavjud cheklovlarni bartaraf etish nazarda tutilgan.
|
199.
|
O’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida kerakli talabdan ortiq hajmda tayyorlanayotgan gumanitar ta’lim yo’nalishlarini qisqartirishni va mos ravishda agrar sektor, qurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy-joy kommunal xo’jaligi sohasi mutaxassislari tayyorlashni kengaytirishni ko’zda tutuvchi o’rta maxsus va kasb-hunar ta’lim mutaxassislik yo’nalishlarini qayta ko’rib chiqish.
|
2017 yil II chorak
|
Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo’mitasi, OvaO’MTV,
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi
|
-
|
-
|
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.
Joriy va istiqboldagi kadrlarga bo’lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda mutaxassislarni tayyorlash, agrar sektor, qurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy-joy kommunal xo’jaligini malakali mutaxassislar bilan hamda bitiruvchilarni kafolatlangan ish bilan ta’minlash imkonini beradi.
|
200.
|
Respublika hududlarida aholi bandligini ta’minlash hamda qo’shimcha daromad manbaini yaratish maqsadida tijorat banklari tomonidan fuqarolarning shaxsiy yordamchi xo’jaliklarida qishloq xo’jaligi mahsulotlari etishtirish, qoramol, qo’y, echki, quyon boqish va go’sht etishtirish, parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish, ixcham issiqxonalar tashkil etish, shuningdek, urug’ va ko’chatlar uchun mikrokreditlar ajratish hajmini yanada oshirish.
|
Yil davomida
|
Markaziy bank, tijorat banklari,
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari
|
400 000,0
|
Tijorat banklari kreditlari
|
Ijrochilarning qarorlari.
Qishloq aholisi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish. Buning natijasida aholi tomorqasidan foydalanish samaradorligi oshadi, ishlab chiqariladigan sifatli qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi ko’payadi.
|
201.
|
Xizmat ko’rsatish va servis sohasini yanada rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash maqsadida tadbirkorlik sub’ektlariga kredit mablag’lari ajratish.
|
Yil davomida
|
Markaziy bank, tijorat banklari
|
1 200 000,0
|
Tijorat banklari kreditlari
|
Hududlarda xizmat ko’rsatish ko’lami kengayadi va sifati oshadi, natijada aholi bandligi hamda daromadlari oshishi ta’minlanadi.
|
202.
|
Ayollarning jamiyatdagi mavqeini yanada oshirish, ular bandligini ta’minlash maqsadida ayollar tadbirkorligini moliyaviy qo’llab-quvvatlash.
|
Yil davomida
|
Markaziy bank, tijorat banklari
|
1 000 000,0
|
Tijorat banklari kreditlari
|
Hududlarda ayollarning bandligi ta’minlanadi.
Pedagogik ma’lumotga ega bo’lgan, biroq bola parvarishlash munosabati bilan vaqtincha ishlamayotgan ayollarga oilaviy maktabgacha ta’lim tarbiyachisi sifatida kasanachilik faoliyatini tashkil etish.
|
203.
|
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Mehnat stajini hamda byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta to’lovlari davriyligini ro’yxatga olish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida»gi qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish.
|
2017 yil II chorak
|
Mehnat vazirligi,
Moliya vazirligi,
Axborot texnologiyalari vazirligi,
DSQ
|
-
|
-
|
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.
Mehnat stajini elektron tarzda ro’yxatga olish hamda davlat ijtimoiy sug’urta to’lovlarini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslarning yagona reestrini yuritishning imkonini yaratadi.
|
204.
|
«Mehnat migratsiyasi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.
|
2017 yil IV chorak
|
Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, IIV, Moliya vazirligi,
Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, O’zNNTMA
|
-
|
-
|
O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Mehnat migratsiyasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari, fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirishning mexanizm va shakllari, mehnat migrantlari bilan ishlash sohasidagi diplomatik vakolatxonalarining asosiy faoliyat yo’nalishlari, chet elda O’zbekiston fuqarolarining shaxsiy xavfsizligini ta’minlash va ularning ijtimoiy himoyasi bo’yicha chora-tadbirlarni nazarda tutadi.
|
205.
|
Mehnat vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo’yicha agentligi faoliyati samaradorligini oshirish.
|
2017 yil IV chorak
|
Mehnat vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Adliya vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi,
Moliya vazirligi,
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi
|
-
|
-
|
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.
Loyiha quyidagilarni nazarda tutadi:
hududlarda fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish bo’yicha xo’jalik hisobidagi Byuro, shuningdek ishga joylashtirilayotgan fuqarolarga o’zini tutish etikasi, borayotgan mamlakatning madaniyati va tili, qonunchiligi asoslariga o’rgatishni yuklagan holda Chet ellarga ketayotgan fuqarolarni oldindan ko’niktirish va o’qitish markazining hududiy tuzilmalarini tashkil etish;
fuqarolarga chet elda ishga joylashish uchun ruxsatnomalarni bekor qilish va xorijiy mamlakatlarga chiquvchi fuqarolarni hisobga olishning xabardor qilish tartibini joriy qilish;
O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijiy mamlakatlarga (AQSh, Kanada, Yaponiya, EI va Fors ko’rfazi mamlakatlariga) ishga yuborish hajmi va yo’nalishini kengaytirish maqsadida xorijiy mamlakatlarning vakolatli organlari bilan muzokaralar o’tkazish.
|
206.
|
Toshkent va Samarqand shaharlaridagi (Koreya Respublikasi hukumatining grant mablag’lari hisobiga tashkil etilgan) kasb-hunarga o’qitish markazlarida mehnat resurslari ko’p bo’lgan tumanlarning kamida 300 nafar ishsiz yoshlarini mehnat bozorida talab yuqori bo’lgan kasblarga qayta o’qitish.
|
Yil davomida
|
Mehnat vazirligi
|
4 000,0
|
Bandlikka ko’maklashish jamg’armasi mablag’lari
|
Mehnat vazirligining buyrug’i loyihasi.
Nisbatan sust rivojlangan tumanlarning ishsiz yoshlarini mehnat bozorida talab yuqori bo’lgan kasblarga qayta o’qitish orqali ularning bandligi ta’minlanadi.
|
207.
|
«Aholi bandligiga ko’maklashish nodavlat tashkilotlari (rekruting agentliklari) to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.
|
2017 yil IV chorak
|
Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi
|
-
|
-
|
O’zb�kiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Loyiha mehnat bozori infratuzilmasini oshirish, aholi bandligini ta’minlash imkoniyatlarini, aholi daromadlari va turmush dara?asini oshirishga qaratilgan.
|
208.
|
«O’zbekiston Respublika-sining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.
|
2017 yil IV chorak
|
Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi
|
-
|
-
|
O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Loyiha quyidagilarni nazarda tutadi:
xususiy sektorda ish beruvchi va xodim o’rtasidagi mehnat shartnomasi tuzish jarayonini soddalashtirish, muddatli mehnat shartnomasi tuzish asoslarini kengaytirish;
ishga olishning yangi shakllarini (bir martalik, soatbay), shuningdek soatbay ish haqi to’lash tartibini joriy etish;
xodimlar bilan mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmagani, mehnatni muhofaza qilish qoidalari, xodimni ijtimoiy sug’urta qilish bo’yicha talablarni buzgani uchun ish beruvchining javobgarligini kuchaytirish.
|
209.
|
Mehnat vazirligi tizimida Koreya Respublikasi, Yaponiya
va boshqa davlatlar hamda xalqaro moliya institutlarining grant mablag’lari va imtiyozli kreditlarini jalb etgan holda viloyat markazlarida ishsiz fuqarolarni kasbga o’qitish markazlarini bosqichma-bosqich tashkil etish.
Har bir tuman markazida ishsiz fuqarolarni kasbga o’qitish va qayta tayyorlash bo’yicha kasb-hunar kollejlari bazasida (mashg’ulotlardan bo’sh vaqtda) qisqa muddatli kurslarni tashkil etish.
|
Dasturni ishlab chiqish
2017 yil
I chorak
Amalga oshirish 2017-2020
yillar
|
Mehnat vazirligi, OvaO’MTV,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, O’rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi markazi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari
|
8,5 mln.doll. (o’rtacha
1 ta markazni tashkil etish uchun)
3 000,0
|
Grant mablag’lari,
Xalqaro moliya tashkilotlari kreditlari
Bandlikka ko’maklashish jamg’armasi mablag’lari
|
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.
Ishsiz fuqarolarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish.
|
210.
|
Xotin-qizlarning va kollej bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, tadbirkor ayollarni qo’llab-quvvatlash maqsadida:
|
|
Xotin-qizlar qo’mitasi,
Mehnat vazirligi,
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazi,
Markaziy bank, Mikrokreditbank,
«Mahalla» jamg’armasi, «Tadbirkor ayol» uyushmasi,
Savdo-sanoat palatasi,
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
|
543,0
|
Ijrochilar mablag’lari
|
Chora-tadbirlar dasturi.
Xotin-qizlarda va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchi qizlarida tadbirkorlik ko’nikmalari shakllantiriladi, ularning huquqiy va iqtisodiy bilimlari oshiriladi.
|
«Mahallaning eng namunali tadbirkor ayoli» tanlovining mahallalararo va tuman (shahar) bosqichlarini o’tkazish;
|
Yil davomida
|
«Tadbirkor qizning eng yaxshi loyihasi — 2017» respublika tanlovini o’tkazish;
Qo’rg’ontepa, Olot, Paxtakor, Dehqonobod, Koson, Nurota, Uzun va Qo’shko’pir tumanlarida ayollarni kasbga o’qitish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish.
|
Alohida reja asosida 2017 yil mart-dekabr
|
|
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Viloyatlar, tumanlar va shaharlarni kompleks va muvozanatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning salohiyatidan samarali va optimal foydalanish
|