• «Parlament nazorati to’g’risida»gi, «Prokuratura to’g’risida»gi, «Ichki ishlar organlari to’g’risida»gi qonunlarga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida»gi
  • «Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to’g’risida»
  • Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi
  • «Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»
  • Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish




    Download 195,15 Kb.
    bet7/45
    Sana26.03.2019
    Hajmi195,15 Kb.
    #4567
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45

    2.4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish

    83.

    Diniy ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish bo’yicha tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni kuchaytirish.

    2017 yil IV chorak

    IIV, MXX, DBQ,
    Bosh prokuratura,

    Mudofaa vazirligi



    -

    -

    Chora-tadbirlar dasturi.

    Diniy ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish amaliyotini o’rganib, ushbu yo’nalishda tashkiliy-amaliy tadbirlarni yanada kuchaytirish yuzasidan takliflar tayyorlash va kiritish.

    Mazkur chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ushbu sohadagi jinoyatchilikka qarshi kurash bo’yicha samarali usullarni ishlab chiqish imkonini beradi.


    84.

    Davlat organlari xodimlari, ta’lim muassasalari o’quvchilari va jamoatchilik o’rtasida terrorizm, ekstremizm va boshqa jinoiy faoliyatni oldini olishga qaratilgan kompleks profilaktik-tushuntirish tadbirlarini o’tkazish. Ushbu mavzularda bir qator radio va teledasturlar tashkil etish.

    Yil mobaynida

    IIV, OvaO’MTV,
    Bosh prokuratura, Xalq ta’limi vazirligi,
    MTRK, «Mahalla» jamg’armasi, «Kamolot» YoIH, vazirlik va idoralar

    -

    -

    Kompleks profilaktik-tushuntirish tadbirlari.

    Ushbu hujjatning qabul qilinishi jamiyatda terrorizm, ekstremizm va boshqa jinoiy faoliyatni oldini olishga qaratilgan ishlarning samarali tizimi yaratilishiga, ushbu sohada davlat organlari va jamoatchilikning o’zaro hamkorligi mexanizmini yanada takomillashtirishga imkon beradi.



    85.

    «Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

    2017 yil I chorak

    Bosh prokuratura, MXX, IIV,
    Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar

    -

    -

    O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

    Loyihaning qabul qilinishi amaldagi qonunchilikni yangi qabul qilingan «Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida»gi Qonun normalariga muvofiqlashtirish imkonini beradi.



    86.

    Ichki ishlar organlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari va samaradorligini kompleks o’rganish, tahlil qilish va baholash, birinchi navbatda, quyidagi sohalarda:

    fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish;

    huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jinoyat ishlari bo’yicha surishtiruv va dastlabki tergovni olib borish;

    faoliyatning shaffofligini, ommaviy axborot vositalari bilan o’zaro hamkorlikni, ish natijalari to’g’risida aholini xabardor qilishni ta’minlash;

    axborot-tahliliy ishlarni tashkil etish va faoliyatni normativ-huquqiy ta’minlash;

    jazoni ijro etish, xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish, yo’l harakati xavfsizligini, yong’in xavfsizligini ta’minlash hamda qo’riqlash tuzilmalari faoliyati;

    ilg’or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish.


    2017 yil I chorak

    Vazirlar Mahkamasi, IIV, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi

    -

    -

    Kompleks o’rganish.

    O’rganish natijasida ichki ishlar organlariga qonun bilan yuklatilgan vazifa va vakolatlarning amaliyotda samarali bajarilayotganligi holati, fuqarolarning huquqlari va erkinliklari, jamoat xavfsizligi ta’minlanayotganligi darajasi tahlil qilinib, ushbu yo’nalishda tegishli takliflar ishlab chiqiladi.



    87.

    Quyidagi loyihalarni ishlab chiqish va kiritish:

    «O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy organlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni;

    profilaktika inspektorlari faoliyatini tashkil etish printsiplari, ular faoliyatini baholashning mezonlari, profilaktika inspektori lavozimiga tayinlanadigan shaxslarga qo’yiladigan talablar, ularning vazifa va funktsiyalari, huquq va majburiyatlari, o’zaro hamkorlikni, shu jumladan, fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) va aholi bilan hamkorlikni amalga oshirish tartibini nazarda tutuvchi Ichki ishlar organlari tayanch punktlari to’g’risidagi nizom;

    ichki ishlar organlari xodimi lavozimiga nomzodlarga qo’yiladigan malakaviy talablar, kadrlarni tanlov asosida olish jarayonlari, ichki ishlar organlari xodimlari faoliyati samaradorligini baholashning aniq mezonlarini nazarda tutuvchi Ichki ishlar organlarida xizmatni o’tash tartibi to’g’risidagi nizom;

    ichki ishlar organlari xodimlari xulq-atvorining yangilangan qoidalari, xodimlarni tarbiyalash va xizmat vazifalari lozim darajada bajarilishini ta’minlash maqsadida tuzilmalar rahbarlarining xodimlar bilan yakka tartibda ish olib borganligi uchun shaxsiy javobgarlik choralarini nazarda tutuvchi Ichki ishlar organlarining Intizom ustavi.


    2017 yil I chorak

    Vazirlar Mahkamasi, IIV,
    Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi

    -

    -

    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi.

    Loyiha bilan Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy organlari, shu jumladan, tayanch punktlari faoliyatini tubdan takomillashtirish bo’yicha aniq chora-tadbirlar belgilanadi, amaliyotda mavjud muammolarni hal qilish bo’yicha tegishli mexanizmlar ishlab chiqiladi.



    88.

    Tuman (shahar) ichki ishlar organlari tuzilmasida quyidagilarni ta’sis etish:

    belgilangan shtatlar soni doirasida boshqarma boshlig’i o’rinbosari — voyaga etmaganlar va yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo’limi boshlig’i lavozimi;

    axborot-tushuntirish, targ’ibot ishlarini amalga oshirishga, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni ta’minlashga va jamoatchilik bilan aloqa o’rnatishga mas’ul bo’lgan matbuot kotibi lavozimi;

    faoliyatga yuridik xizmat ko’rsatishni ta’minlovchi, xodimlarni huquqiy himoya qiluvchi yuridik xizmat tuzilmasi yoki yuriskonsult lavozimi.



    2017 yil I chorak

    IIV

    -

    -

    Qonun hujjatlari loyihalari.

    Ushbu hujjatning qabul qilinishi tuman (shahar) ichki ishlar organlari tuzilmasini takomillashtirish, ularning voyaga etmaganlar, ommaviy axborot vositalari bilan ishlash, yuridik xizmat ko’rsatishga oid faoliyatini kuchaytirish imkonini beradi.



    89.

    Ichki ishlar organlari huquqiy bazasi va norma ijodkorligi faoliyatining shaffofligi va erkinligini quyidagi yo’llar bilan ta’minlash:

    jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor maxfiy tusdagi normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlarning sonini qisqartirish;

    vazirlikning maxfiy bo’lmagan idoraviy hujjatlari (buyruqlar, nizomlar, qoidalar, yo’riqnomalar) elektron bazasini, shu jumladan, Internet tarmog’i orqali erkin kiriladigan bazani yaratish.


    2017 yil III chorak

    IIV,
    Bosh prokuratura,
    Adliya vazirligi

    -

    -

    Aniq chora-tadbirlar.

    Mazkur chora-tadbirlarning ko’rilishi vazirlik faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, bu haqdagi mavjud axborotlardan erkin foydalanish imkonini beradi.



    90.

    Barcha darajadagi hokimlarning, prokuratura va ichki ishlar organlarining aholi oldida hisobot berish tizimini joriy etish maqsadida «Parlament nazorati to’g’risida»gi, «Prokuratura to’g’risida»gi, «Ichki ishlar organlari to’g’risida»gi qonunlarga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

    2017 yil III chorak

    Oliy Majlis palatalari
    (kelishuv asosida),

    Vazirlar Mahkamasi,

    Bosh prokuratura,

    Adliya vazirligi,


    IIV, AQHMI, FJShMQMI,

    fuqarolik jamiyati institutlari



    -

    -

    O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

    Loyiha:


    huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash holati yuzasidan Oliy Majlis palatalari tomonidan ichki ishlar vazirining yillik hisobotini eshitish tartibini joriy qilishni;

    barcha darajadagi hokim, prokuratura va ichki ishlar organlarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, shuningdek, aholi oldida hisobotlarini eshitish tartibi va mexanizmlarini huquqiy tartibga solishni nazarda tutadi.



    91.

    «Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. Unda quyidagi munosabatlarni tartibga solish nazarda tutiladi:

    normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatishning amaliy tashkiliy-huquqiy mexanizmlari;

    huquqiy axborotni tarqatishga mas’ul bo’lgan davlat organlari va ularning vakolatlari;

    normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganidan so’ng ularning foydalanuvchigacha etkazish bosqichlari;

    qabul qilingan qonun va qonunosti hujjatlarining kontseptsiyalari, tushuntirish xatlarini e’lon qilish tartibi va boshqalar.


    2017 yil II chorak

    Oliy Majlis palatalari
    (kelishuv asosida),

    Adliya vazirligi,

    Bosh prokuratura,

    Oliy sud


    -

    -

    O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

    Bunda qabul qilingan qonun hujjatlarini aholi va ijrochilarga o’z vaqtida etkazishning yaxlit tizimi yaratiladi.



    92.

    Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi loyihasini tayyorlash.

    2017 yil III chorak

    Oliy Majlis palatalari
    (kelishuv asosida),

    Adliya vazirligi, Inson huquqlari bo’yicha milliy markaz, DBA, TDYuU, MTRK, «Mahalla» jamg’armasi, «Kamolot» YoIH



    -

    -

    Oliy Majlis palatalarining qo’shma qarori loyihasi.

    Fuqaro, jamiyat va davlatning o’zaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyati va ijtimoiy faolligini yanada yuksaltirish, davlat organlari xodimlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish samaradorligini ta’minlovchi mexanizmlarni takomillashtirish va bu boradagi munosabatlarni tartibga solish imkonini beradi.



    93.

    Aholining faol fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish, jamiyatda huquqiy madaniyat
    va huquqiy ongni yanada yuksaltirish maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari hamkorligini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

    Yil davomida

    Oliy Majlis palatalari
    (kelishuv asosida),

    Adliya vazirligi,

    Bosh prokuratura,

    Oliy sud, Ombudsman



    -

    -

    Chora-tadbirlar.

    Huquqiy axborotni o’z vaqtida hamda sifatli etkazishning mazkur vazifa yuklatilgan davlat organlari axborot xizmatlarining hamkorlikda faoliyat yuritishlari bilan chambarchas bog’liqdir. Shu sababli mazkur faoliyatni reja asosida, muvofiqlashtirilgan tarzda amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.



    94.

    Barcha davlat organlari tomonidan mahallalarda, o’quv muassasalarida, korxona, tashkilot va idoralarda jamiyat hayotidagi dolzarb muammolar muhokamasi, qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida tizimli ravishda uchrashuvlar o’tkazish amaliyotini joriy etish.

    Yil davomida

    Oliy Majlis palatalari
    (kelishuv asosida),

    Adliya vazirligi,

    Bosh prokuratura,

    Oliy sud, Ombudsman, O’zNNTMA



    -

    -

    Uchrashuvlar targ’ibot tadbirlarining samarador shakli bo’lib, bevosita joylarga chiqqan holda aholining turli qatlamlari bilan o’tkaziladigan jonli muloqot hisoblanadi. Shu sababli davlat organlari OAVdan qilinadigan chiqishlardan tashqari asosiy e’tiborni mazkur turdagi targ’ibot tadbirlariga qaratishlari maqsadga muvofiqdir.

    95.

    «Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish.

    2017 yil I chorak

    Adliya vazirligi,

    Bosh prokuratura,

    Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud,
    Oliy xo’jalik sudi,
    Axborot texnologiyalari vazirligi


    -

    -

    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

    Qarorda quyidagilar taklif etiladi:

    qonun hujjatlarini tarqatish tizimini takomillashtirish nuqtai nazaridan Adliya vazirligi tuzilmasini qayta ko’rib chiqish;

    qonun hujjatlari milliy elektron bazasini qo’shimcha ma’lumotlar bilan to’ldirish va aholiga erkin foydalanishi uchun keng imkoniyatlar yaratish.



    96.

    Jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarning oldini olish bo’yicha faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish.

    2017 yil IV chorak

    Bosh prokuratura, MXX, IIV,
    Adliya vazirligi, vazirlik va idoral?r

    -

    -

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi.

    Huquqbuzarliklar profilaktikasi


    va jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar faoliyatini muvofiqlashtirishning tartibi va mexanizmlari belgilab beriladi.

    97.

    Huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya tizimini takomillashtirish va kuchaytirish mexanizmini o’z ichiga olgan davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlarini ishlab chiqishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini tayyorlash.

    2017 yil iyun

    Xalq ta’limi vazirligi,
    OvaO’MTV, IIV, Adliya vazirligi,
    Bosh prokuratura

    -

    -

    Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

    Qaror asosida:

    huquqiy ta’limning davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlari qayta ko’rib chiqiladi;

    uzluksizlik va uzviylik tamoyillari asosida huquqiy ta’lim modeli ishlab chiqiladi;

    oila, maktabgacha ta’limdan boshlab huquqiy ta’lim-tarbiya tizimining sifati yaxshilanadi.


    98.

    Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan aholining huquqiy faolligini, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatda bo’lish darajasini oshirishga qaratilgan «Men har qanday huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashda faol ishtirok etaman», «Mahallamiz jinoyatchilikka qarshi turadi» aktsiyalarini o’tkazish. Bunda, birinchi navbatda, mahallalarda huquqbuzarlik va jinoyat sodir etgan fuqarolarning xatti-harakatlarini muhokama qilish amaliyotini keng joriy etish.

    Yil davomida

    «Mahalla» jamg’armasi, IIV,
    Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

    960,0

    Ijrochilar mablag’lari

    Maxsus reja ishlab chiqish.

    Jamiyatda qonunlarga hurmat, huquqbuzarlik holatlariga murosasiz munosabatda bo’lish borasida fuqarolik pozitsiyasining kuchayishiga hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga erishiladi.



    99.

    Aholini, ayniqsa, yoshlarni diniy ekstremizm, aqidaparastlik kabi buzg’unchi harakatlar ta’siridan asrash maqsadida mahallalarda hamda ta’lim muassasalarida «Islom ma’rifati aqidaparastlikni qoralaydi», «Diniy ekstremizm va terrorizm — yoshlar kelajagiga tahdid» mavzularida uchrashuv va davra suhbatlarini tashkil etish bo’yicha maxsus dastur ishlab chiqish.

    Yil davomida

    Din ishlari bo’yicha qo’mita, OvaO’MTV, Xalq ta’limi vazirligi, O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, O’zbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent islom universiteti, «Kamolot» YoIH, «Mahalla» jamg’armasi, Milliy g’oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, O’zNNTMA

    -

    -

    Maxsus dastur loyihasi.

    Yoshlarda dinlar bo’yicha to’g’ri va haqqoniy ma’lumotlar shakllanishiga, ularning savollariga mutaxassislar tomonidan haqqoniy faktlarga asoslanilgan javoblar berilishiga, milliy an’analarga, boy madaniy merosiga tayangan holda, ma’naviy va ma’rifiy ishlarni tizimli olib borishga erishiladi.



    100.

    Ta’lim muassasalari o’quvchi
    va talabalarining huquqiy bilimlari va savodxonligini yanada oshirish va mustahkamlashga qaratilgan «Huquq bilimdonlari», «Siz qonunni bilasizmi?», «Tafakkur sinovlari», «Konstitutsiya — baxtimiz poydevori» respublika ko’rik-tanlovlarini o’tkazish.

    Yil davomida

    Xalq ta’limi vazirligi,

    «Kamolot» YoIH,

    Adliya vazirligi, OvaO’MTV, O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, FJShMQMI


    25,0

    Ijrochilar mablag’lari

    Ko’rik tanlovlarini o’tkazish rejasi loyihasi.

    Tanlovlar orqali o’quvchi-talabalarda huquqiy bilimlarni yanada oshirish va mustahkamlashga erishiladi hamda bu sohada iqtidorli yoshlar aniqlanadi. Shuningdek, tanlov ishtirokchi jamoalari bilan birga, tinglovchi sifatida jalb qilingan keng yoshlar qatlamini ham huquqiy ongini oshirishga erishiladi.



    101.

    Huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan hayotiy misollarga asoslangan, huquqiy-ma’rifiy yo’nalishdagi «Jinoyatdan saqlaning!» ruknida ommabop risolalar tayyorlash va nashr etish, ularning taqdimotlarini o’tkazish.

    2017 yil II-III chorak

    Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi, IIV, «Kamolot» YoIH, «Mahalla» jamg’armasi

    10,0

    Ijrochilar mablag’lari

    Mazkur adabiyotlar «Kamolot» YoIH orqali yoshlarga, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari orqali esa keng aholi ommasiga etkaziladi.

    Jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish bo’yicha profilaktika ishlari samaradorligini oshirishga erishiladi.



    102.

    Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari xodimlari hamda aholining huquqiy ongi
    va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularga qabul qilingan yangi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida mahallalarda haftada bir marta «Huquqiy bilimlar» o’quv-mashg’ulotini joriy etish va doimiy o’tkazib borish.

    2017 yil fevral (keyinchalik har haftaning juma kunlari)

    «Mahalla» jamg’armasi, IIV,
    Adliya vazirligi,
    Bosh prokuratura,
    vazirlik va idoralar

    -

    -

    O’quv-mashg’ulotlarining yillik reja va dasturi loyihasi.

    Aholiga amaldagi qonun hujjatlarining, ayniqsa, yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlarning maqsadi, mazmun-mohiyatini o’z vaqtida etkazishga erishiladi.



    Download 195,15 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45




    Download 195,15 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish

    Download 195,15 Kb.