1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish
44.
|
«Jamoatchilik nazorati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.
|
2017 yil II chorak
|
Oliy Majlis palatalari
(kelishuv asosida),
AQHMI, FJShMQMI, Adliya vazirligi,
Bosh prokuratura,
«Kamolot» YoIH, «Mahalla» jamg’armasi, EOAVMA, O’zNNTMA, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari
|
-
|
-
|
O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Loyihani qabul qilinishi davlat organlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish samaradorligining oshishiga, ular tomonidan inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlariga rioya etilishiga, fuqarolarning murojaatlarini, ularda ko’tarilgan muammolarni joyida hal etishda davlat organlari rahbarlari tomonidan qay darajada munosabat bildirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini o’rnatishga imkon beradi.
|
45.
|
Har bir tuman (shahar)da jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish bo’yicha «Xalq qabulxonalari»ni tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
|
2017 yil I chorak
|
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Bosh prokuratura,
Moliya vazirligi
|
Hisob kitoblarga asosan
|
Davlat byudjeti mablag’lari
|
Amaliy chora-tadbirlar dasturi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning taklif, ariza va shikoyatlarini ko’rib chiqishni, aholi bilan doimiy va ochiq muloqotni, ularning muammolarini atroflicha o’rganish va hal etishni, shuningdek, aholining davlatga bo’lgan ishonchi ortishini ta’minlaydi.
|
46.
|
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, shuningdek, tuman va shaharlarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari tashkil etilganligi munosabati bilan amaldagi qonun hujjatlariga tegishli o’zgartish va qo’shimchalar kiritish.
|
2017 yil II chorak
|
Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar
|
-
|
-
|
Qonun hujjatlari loyihalari.
Xalq qabulxonalarining huquq va majburiyatlari, ommaviy axborot vositalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o’zaro hamkorlik mexanizmlari, shu jumladan, jamoatchilik fikrini tizimli o’rganib borish mexanizmi ishlab chiqiladi.
|
47.
|
«Normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.
|
2017 yil III chorak
|
Oliy Majlis palatalari
(kelishuv asosida),
Adliya vazirligi,
Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud,
Oliy xo’jalik sudi,
Bosh prokuratura, O’zNNTMA, AQHMI
|
-
|
-
|
O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada:
muhim ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy ahamiyatga ega qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishning barcha bosqichida ushbu loyihalarni Internet tarmog’idagi rasmiy veb-saytlarga joylashtirishning majburiyligi;
qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasida fuqarolik jamiyati institutlari va tegishli ilmiy tadqiqot muassasalari vakillarining keng ishtirokini ta’minlash nazarda tutiladi.
|
48.
|
Qonun hujjatlariga huquqni muhofaza qiluvchi va davlat boshqaruvi organlari huzurida ushbu organlar faoliyati samaradorligini oshirish bo’yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi jamoatchilik kengashlari tuzishni nazarda tutuvchi o’zgartish va qo’shimchalar kiritish.
|
2017 yil III chorak
|
Adliya vazirligi,
Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, FJShMQMI, O’zNNTMA, vazirlik va idoralar
|
-
|
-
|
Qonun hujjatlari loyihalari.
Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va ularning fuqarolik jamiyati institutlari bilan o’zaro samarali hamkorligi ta’minlanadi.
|
49.
|
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar
va Toshkent shahar Kengashlari huzurida fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat notijorat tashkilotlarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha jamoat fondlarini tashkil etish.
|
2017 yil III chorak
|
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari,
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, FJShMQMI
|
-
|
-
|
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qarorlari loyihalari.
Hududlarda nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ijtimoiy sheriklik loyihalari bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish ko’lamini kengaytirishga xizmat qiladi.
|
50.
|
«Ijtimoiy sheriklik to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.
|
2017 yil III chorak
|
Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, FJShMQMI, O’zNNTMA
|
-
|
-
|
O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Loyihada davlat boshqaruvi organlari tomonidan ijtimoiy foydali vazifalarni amalga oshirish uchun Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondidan tashqari nodavlat notijorat tashkilotlariga ham bevosita ijtimoiy buyurtma berish tartibi belgilanadi.
|
51.
|
«Ommaviy axborot vositalari to’g’risida»gi va «Jurnalistning kasbiy faoliyatini himoya qilish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish.
|
2017 yil III chorak
|
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Matbuot
va axborot agentligi,
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, FJShMQMI, MTRK, EOAVMA, OAVni qo’llab-quvvatlash jamoat fondi
|
-
|
-
|
O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada:
ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning aniq mexanizmlari;
ommaviy axborot vositalari tomonidan jamoatchilik nazoratini (jurnalistik tekshiruvi) amalga oshirish tartibi va jurnalistning erkin faoliyat yuritishi uchun qo’shimcha kafolatlar nazarda tutiladi.
|
52.
|
Jurnalistlarning amaliy kasbiy malakasi va amaliy ko’nikmalarini oshirish Dasturini ishlab chiqish.
|
2017 yil I chorak
|
Matbuot va axborot agentligi,
EOAVMA, MTRK, OAVni qo’llab-quvvatlash jamoat fondi
|
-
|
-
|
Ijrochilarning qo’shma qarori.
Jurnalistlarni xorijiy davlatlarga malaka oshirish uchun stajirovkaga yuborish, xorijiy jurnalist va ekspertlarning O’zbekistonda seminar-trening va mahorat darslarini (master-klasslarini) o’tkazish.
|
53.
|
2018-2020 yillarda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish va rivojlantirish Dasturini ishlab chiqish.
|
2017 yil I chorak
|
«Mahalla» jamg’armasi,
Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, FJShMQMI
|
-
|
-
|
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi. Loyihada:
«Mahalla» jamg’armasi tuzilmasi va faoliyatini yanada takomillashtirish;
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari vakolatlarini amalga oshirish mexanizmlarini tartibga solish;
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari moddiy-texnika bazasini yaxshilash nazarda tutiladi.
|
II. QONUN USTUVORLIGINI TA’MINLASh VA SUD-HUQUQ TIZIMINI YaNADA ISLOH QILIShNING USTUVOR YO’NALIShLARI
|
2.1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish
|
54.
|
Sudya lavozimida bo’lishning ilk marotaba besh yillik, keyin o’n yillik muddatini va shundan so’ng muddatsiz davrini belgilash.
|
2017 yil I chorak
|
Oliy malaka komissiyasi,
Oliy sud,
Oliy xo’jalik sudi, Konstitutsiyaviy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi
|
-
|
-
|
«O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi qonun loyihasi.
Ushbu o’zgartishlar sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlashga, sud tizimida etuk va professional sudyalik korpusining shakllanishiga, sud hokimiyatini boshqa hokimiyat organlari ta’siridan xoli bo’lishiga xizmat qiladi.
|
55.
|
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo’yicha oliy malaka komissiyasi negizida sud hokimiyati organi sifatida Sudyalar oliy kengashini tashkil qilish, kengash tarkibining kamida yarmini sudyalar hisobidan shakllantirish va unga quyidagi vakolatlarni berish masalalarini ko’rib chiqish:
sudyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha choralar ko’rish;
sudyalarning intizomiy javobgarligi to’g’risidagi ishlarni ko’rish, shuningdek, sudyalarni rag’batlantirish bo’yicha tashabbus ko’rsatish;
sudyalik lavozimlariga tayinlash (tasdiqlash) uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga nomzodlarni taqdim etish.
|
2017 yil I chorak
|
Oliy malaka komissiyasi,
Oliy sud,
Oliy xo’jalik sudi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi
|
-
|
-
|
«O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi qonun loyihasi.
Sudyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda sudyalarni rag’batlantirish bo’yicha Oliy malaka komissiyasiga vakolat berish sud hokimiyatining mustaqilligini mustahkamlash, odil sudlovga erishishni, sudyalarni muayyan mansabdor shaxs ta’siridan xoli bo’lishiga, sud tizimida etuk va professional sudyalik korpusining shakllanishiga xizmat qiladi.
|
56.
|
Sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish mexanizmini, shu jumladan, uning asoslarini aniqlashtirish orqali takomillashtirish va sud raislarining sudyalarga nisbatan intizomiy ish qo’zg’atishga oid vakolatini tugatish.
|
2017 yil IV chorak
|
Oliy sud,
Oliy xo’jalik sudi,
Oliy malaka komissiyasi,
Adliya vazirligi
|
-
|
-
|
O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish mexanizmini, uning asoslarini aniqlashtirish va sud raislarining sudyalarga nisbatan intizomiy ish qo’zg’atishga oid vakolatini tugatish sudyalarning sud raislari ta’siridan xoli tarzda mustaqil faoliyat yuritishini ta’minlaydi.
|
57.
|
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudiga adliya organlarining umumiy yurisdiktsiya sudlari faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash sohasidagi vazifa va vakolatlarini, shuningdek, tegishli shtat birligini o’tkazish.
|
2017 yil I chorak
|
Oliy sud,
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi
|
-
|
-
|
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.
Ushbu choralar sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlashga xizmat qiladi.
|
58.
|
Sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash.
Shu jumladan:
|
|
Oliy sud,
Oliy xo’jalik sudi,
Bosh prokuratura,
Adliya vazirligi,
Moliya vazirligi
|
-
|
-
|
Qonun hujjatlari loyihalari.
Ushbu choralar xo’jalik, birinchi navbatda, ma’muriy ishlarni ko’rib chiqish sifatini oshirishga, sudyalarni odil sudlov bilan bevosita bog’liq bo’lmagan vazifalardan ozod qilishga xizmat qiladi.
|
xo’jalik sudlari tizimida mintaqaviy apellyatsiya sudlarini tashkil etish;
|
2017 yil I chorak
|
fuqarolik, jinoyat ishlari bo’yicha sudlar va xo’jalik sudlarining vakolatlarini qayta ko’rib chiqish yo’li bilan ma’muriy sudlarni tashkil etish;
|
2017 yil III chorak
|
sudlar tizimida sudya yordamchisi lavozimini ta’sis etish bo’yicha takliflar tayyorlash (asosan, umumiy shtat birligi doirasida).
|
2017 yil III chorak
|
59.
|
Sudyalarning alohida maqomini inobatga olgan holda, ularning mehnatiga haq to’lash normalari va pensiya ta’minoti mexanizmini belgilash, shu jumladan, sudlar faoliyatini faqat byudjet mablag’lari hisobidan moliyalashtirish tartibini, har yili respublika byudjetida qonunchilik va ijro hokimiyati organlaridan ajratilgan holda alohida qatorda belgilash tizimini joriy etish.
|
2017 yil II chorak
|
Oliy sud,
Oliy xo’jalik sudi, Konstitutsiyaviy sud, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi
|
-
|
-
|
«O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi qonun loyihasi.
Ushbu chora sudlarning mustaqilligini ta’minlashda muhim omil bo’lib, ularning faoliyatiga aralashmaslikning qo’shimcha kafolatlarini yaratadi.
|
60.
|
Sudya lavozimida bo’lishning eng yuqori yoshini belgilash,
ya’ni tuman va viloyat sudlari sudya lavozimlarini 65 yoshgacha, Konstitutsiyaviy, Oliy va Oliy xo’jalik sudlari sudya lavozimlarini — 70 yoshgacha.
|
2017 yil IV chorak
|
Oliy sud,
Oliy xo’jalik sudi, Konstitutsiyaviy sud, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi
|
-
|
-
|
«O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi qonun loyihasi.
Ushbu chora sudyaning mustaqilligini ta’minlashning muhim omili hisoblanadi.
|
61.
|
Sud hokimiyati nufuziga
va odil sudlovni amalga oshirish vazifalariga mos, qulay va xavfsizlik, shuningdek, moddiy-texnika jihatidan jihozlanish talablariga javob beradigan 2018 — 2021 yillar uchun mo’ljallangan sudlarning namunaviy binolarini qurish dasturi loyihasini ishlab chiqish va kiritish.
|
2017 yil II chorak
|
Oliy sud,
Oliy xo’jalik sudi, Oliy malaka komissiyasi,
Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi
|
-
|
-
|
Dastur loyihasi.
Dastur sud hokimiyati nufuzi va odil sudlov vazifalari samarali amalga oshirish, aholiga qulaylik yaratish
va xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
|
62.
|
Sud raislarining protsessual tartibda ko’rilishi lozim bo’lgan masalalar yuzasidan jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish vakolatlarini bekor qilish.
|
2017 yil II chorak
|
Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, IIV, Oliy sud,
Oliy xo’jalik sudi, Konstitutsiyaviy sud
|
-
|
-
|
«O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi qonun loyihasi.
Ushbu chora taraflarning tortishuvi printsipini ta’minlash orqali jinoyat va fuqarolik ishlarini ko’rib chiqish tartibini takomillashtirishda muhim omil bo’lib hisoblanadi.
|
63.
|
Advokat vakolatlarini tergov va sud jarayonlarining barcha bosqichida kengaytirish, shu jumladan, advokat tomonidan ishni nazorat tartibida ko’rib chiqish tashabbusi mexanizmlarini belgilash.
|
2017 yil II chorak
|
Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, IIV, Oliy sud,
Oliy xo’jalik sudi, Konstitutsiyaviy sud
|
-
|
-
|
«O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi qonun loyihasi.
Ushbu chora advokatura institutini yanada takomillashtirish, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlashda advokatning rolini kuchaytiradi.
|
64.
|
Quyi instantsiyalar miqyosida ixtisoslashuvni amalga oshirgan holda, Oliy sud va Oliy xo’jalik sudi negizida yagona oliy instantsiya sudini tashkil etish masalasini o’rganib chiqish va xalqaro standartlarni inobatga olgan holda ushbu masala yuzasidan takliflar tayyorlash.
|
2017 yil IV chorak
|
Oliy malaka komissiyasi, Oliy sud, Oliy xo’jalik sudi, Konstitutsiyaviy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi
|
-
|
-
|
Ushbu chora sudlarda yagona amaliyotni ta’minlash, sud tizimini soddalashtirish va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
|
65.
|
Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish. Xususan:
sudyalar o’rtasida ishlarni avtomatik ravishda taqsimlash tartibini joriy qilish;
sudlarda o’z vaqtida elektron tarzda axborot almashuvini ta’minlovchi korporativ aloqani joriy etish, sud faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimini kiritish;
sud qarorlarining axborot-huquqiy elektron bazasini yuritish, shaxsiy hayot daxlsizligini ta’minlagan holda va sud ishtirokchilarining roziligi bilan barcha sud qarorlarini chop etish tartibini joriy qilish (yopiq sud jarayonida ko’rib chiqilganlaridan tashqari).
|
2017 yil III chorak
|
Oliy sud,
Oliy xo’jalik sudi, Adliya vazirligi, Axborot t�xnologiyalari vazirligi,
Moliya vaziri
|
-
|
-
|
«O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi qonun loyihasi.
Fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga so’zsiz rioya etilishini ta’minlash, faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan ilg’or ilmiy-texnika vositalari va axborot texnologiyalarini, shuningdek, ishni tashkil etishning zamonaviy shakl va usullarini joriy etishga xizmat qiladi.
|
|
|